Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi


Polialfavitli almashtirish usullari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/191
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1830049
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   191
Bog'liq
61b762c5e6d666.07483815

Polialfavitli almashtirish usullari aytarlicha yuqori kriptobardoshlikka ega. 
Bu usullar dastlabki matn simvollarini almashtirish uchun bir necha alfavitdan 
foydalanishga asoslangan. Rasman polialfavitli almashtirishni quyidagicha 
tasavvur etish mumkin. N-alfavitli almashtirishda dastlabki A
0
alfavitdagi s
01
simvoli A
1
alfavitdagi s
11
simvoli bilan almashtiriladi va h. s
0N
ni s
NN
simvol bilan 
almashtirilganidan so‘ng S
0(N+1)
simvolning o‘rnini A
1
alfavitdagi S
1(N+1)
simvol 
oladi va h. 
Polialfavitli almashtirish algoritmlari ichida Vijiner jadvali (matritsasi)T
B
ni 
ishlatuvchi algoritm eng keng tarqalgan. Vijiner jadvali [RxR] o‘lchamli kvadrat 
matritsadan iborat bo‘lib, (R-ishlatilayotgan alfavitdagi simvollar soni) birinchi 
qatorida simvollar alfavit tartibida joylashtiriladi. Ikkinchi qatordan boshlab 
simvollar chapga bitta o‘ringa siljitilgan holda yoziladi. Siqib chiqarilgan simvollar 
o‘ng tarafdagi bo‘shagan o‘rinni to‘ldiradi (siklik siljitish). Agar o‘zbek alfaviti 
ishlatilsa, Vijiner matritsasi [36x36] o‘lchamga ega bo‘ladi (5.2-rasm).
Shifrlash takrorlanmaydigan M simvoldan iborat kalit yordamida amalga 
oshiriladi. Vijinerning to‘liq matritsasidan [(M+1),R] o‘lchamli shifrlash matritsasi 
T
(Sh)
ajratiladi. Bu matritsa birinchi qatordan va birinchi elementlari kalit 
simvollariga mos keluvchi qatorlardan iborat bo‘ladi. 


87 
ABDEF...... ......... .......ShChNg_ 
BDEF...... .......... .....ShChNg_A 
DEFG...... .......... ......ChNg_AB 
................. ……... ………………. 
_ABD...... .......... ......G‘ShChNg 
5.2-rasm. Vijiner matritsasi. 
Agar kalit sifatida so‘zi tanlangan bo‘lsa, shifrlash matritsasi 
beshta qatordan iborat bo‘ladi. (5.3-rasm)
ABDEFGHIJKLMNOPRQSTUVXYZO‘G‘ShChNg_ 
G‘ShChNg_ABDEFGHIJKLMNOPRQSTUVXYZO‘ 
O‘G‘ShChNg_ABDEFGHIJKLMNOPRQSTUVXYZ 
ZO‘G‘ShChNg_ABDEFGHIJKLMNOPRQSTUVXY 
ABDEFGHIJKLMNOPRQSTUVXYZO‘G‘ShChNg_ 
5.3-rasm. «G‘o‘za» kaliti uchun shifrlash matritsasi. 
Vijiner jadvali yordamida shifrlash algoritmi quyidagi qadamlar ketma-
ketligidan iborat.
1-qadam. Uzunligi M simvolli kalit K ni tanlash. 
2-qadam. Tanlangan kalit K uchun [(M+1),R] o‘lchamli shifrlash matritsasi 
T
sh
=(b
ij
) ni qurish. 
3- qadam. Dastlabki matnning har bir simvoli s
0r
tagiga kalit simvoli k
m
joylashtiriladi. Kalit keraklicha takrorlanadi. 
4-qadam. Dastlabki matn simvollari shifrlash matritsasi T
sh
dan quyidagi 
qoida bo‘yicha tanlangan simvollar bilan ketma-ket almashtiriladi. 
1) K kalitning almashtiriluvchi s
0r
simvolga mos k
m
simvoli aniqlanadi; 
2) shifrlash matritsasi T
sh
dagi k
m
= b
j1
shart bajariluvchi iqator topiladi. 
3) s
or
= b
i1
shart bajariluvchi j ustun aniqlanadi. 
4) s
or
simvoli b
ij
simvoli bilan almashtiriladi.
T
Sh



88 
5-qadam. Shifrlangan ketma-ketlik ma’lum uzunlikdagi (masalan 4 simvolli) 
bloklarga ajratiladi. Oxirgi blokning bo‘sh joylari maxsus simvol-to‘ldiruvchilar 
bilan to‘ldiriladi. 
Rasshifrovka qilish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi. 
1-qadam. Shifrlash algoritmining 3-qadamidagidek shifrmatn tagiga kalit 
simvollari ketma-ketligi yoziladi. 
2-qadam. Shifrmatndan s
1r
simvollari va mos kalit simvollari k
m
ketma-ket 
tanlanadi. T
sh
matritsada k
m
= b
ij
shartni qanoatlantiruvchi iqator aniqlanadi. i-
qatorda b
ij
=s
1r
element aniqlanadi. Rasshifrovka qilingan matnda r - o‘rniga b
ij
simvoli joylashtiriladi.
3-qadam. Rasshifrovka qilingan matn ajratilmasdan yoziladi. Xizmatchi 
simvollar olib tashlanadi.
Misol. K= kaliti yordamida T=
dastlabki 
matnni shifrlash va rasshifrovka qilish talab etilsin. Shifrlash va rasshifrovka qilish 
mexanizmi 5.4-rasmda keltirilgan. 
Dastlabki matn P A X T A _ G‘A R A M I 
Kalit G‘O‘Z A G‘O‘ Z A G‘O‘Z A 
Almashtirilgan 
so‘nggi matn K O‘N T G‘ Z T A L O‘ F I 
Shifrmatn K O‘N T G‘ Z T A L O‘ F I 
Kalit G‘O‘ZA G‘O‘ Z A G‘O‘ZA 
Rasshifrovka 
qilingan matn P A X T A _ G‘A R A M I 
Dastlabki matn P A X T A _ G‘A R A M I 
5.4-rasm. Vijiner matritsasi yordamida shifrlash misoli. 
 
Polialfavitli almashtirish usullarining kriptobardoshligi oddiy almashtirish 
usullariga qaraganda aytarlicha yuqori, chunki ularda dastlabki ketma-ketlikning 
bir xil simvollari turli simvollar bilan almashtirilishi mumkin. Ammo shifrning 
statistik usullariga bardoshliligi kalit uzunligiga bog‘liq. 


89 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling