Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
61b762c5e6d666.07483815
Nazorat savollari: 1. Shifrlashning monoalfavitli almashtirish usulini tushuntirib bering. 2. Polialfavitli almashtirish usulining ishlash prinsipi. 3. O‘rin almashtirish usullari qanday amalga oshiriladi? 4. Shifrlashning analitik usulini tushuntirib bering. 5. Shifrlashning additiv usuli qanday amalga oshiriladi? 6. Shifrlashning kombinasiyalangan usulini yoritib bering. 97 5.2. Simmetrik shifrlash tizimlari Axborotning himoyalashning aksariyat mexanizmlari asosini shifrlash tashkil etadi. Axborotni shifrlash deganda ochiq axborotni (dastlabki matnni) shifrlangan axborotga o‘zgartirish (shifrlash) va aksincha (rasshifrovka qilish) jarayoni tushuniladi. Shifrlash kriptotizimining umumlashtirilgan sxemasi 5.8- rasmda keltirilgan. Shifrlash Е Rasshifrovka qilish D Xabar М Shifrlash kaliti k1 Shifrlash kaliti k2 Xabar М’ Jo’natuvchi Qabul qiluvchi Himoyalanmagan Shifrmatn С 5.8-rasm. Shifrlash kriptotizimining umumlashtirilgan sxemasi. Uzatiluvchi axborot matni M kriptografik o‘zgartirish E k1 yordamida shifrlanadi, natijada shifrmatn C olinadi: ) ( 1 M E C k bu erda 1 k – shifrlash kaliti deb ataluvchi E funksiyaning parametri. Shifrlash kaliti yordamida shifrlash natijalarini o‘zgartirish mumkin. Shifrlash kaliti muayyan foydalanuvchiga yoki foydalanuvchilar guruhiga tegishli va ular uchun yagona bo‘lishi mumkin. Muayyan kalit yordamida shifrlangan axborot faqat ushbu kalit egasi (yoki egalari) tomonidan rasshifrovka qilinishi mumkin. Axborotni teskari o‘zgartirish quyidagi ko‘rinishga ega: ) ( ' 2 C D M k D funksiyasi E funksiyaga nisbatan teskari funksiya bo‘lib, shifr matnni rasshifrovka qiladi. Bu funksiya ham 2 k kalit ko‘rinishidagi qo‘shimcha parametrga ega. 1 k va 2 k kalitlar bir ma’noli moslikka ega bo‘lishlari shart. Bu holda rasshifrovka qilingan ' M axborot M ga ekvivalent bo‘ladi. 2 k kaliti ishonchli bo‘lmasa D funksiya yordamida M M ' dastlabki matnni olib bo‘lmaydi. Kriptotizimlarning ikkita sinfi farqlanadi: 98 - simmetrik kriptotizim (bir kalitli); - asimmetrik kriptotizim (ikkita kalitli). Shifrlashning simmetrik kriptotizimida shifrlash va rasshifrovka qilish uchun bitta kalitning o‘zi ishlatiladi. Demak, shifrlash kalitidan foydalanish xuquqiga ega bo‘lgan har qanday odam axborotni rasshifrovka qilishi mumkin. Shu sababli, simmetrik kriptotizimlar mahfiy kalitli kriptotizimlar deb yuritiladi. Ya’ni shifrlash kalitidan faqat axborot atalgan odamgina foydalana olishi mumkin. Shifrlashning simmetrik kriptotizimi sxemasi 5.9-rasmda keltirilgan. Elektron xujjatlarni uzatishning konfidensialligini simmetrik kriptotizim yordamida ta’minlash masalasi shifrlash kaliti konfidensialligini ta’minlashga keltiriladi. Odatda, shifrlash kaliti ma’lumotlar fayli va massividan iborat bo‘ladi va shaxsiy kalit eltuvchisidan masalan, disketda yoki smart-kartada saqlanadi. Shaxsiy kalit eltuvchisi egasidan boshqa odamlarning foydalanishiga qarshi choralar ko‘rilishi shart. Shifrlash ЕK(M) Rasshifrovka qilish Dk(C) Xabar М’ Himoyalanmagan kanal Shifrmatn С Jo’natuvchi Qabul qiluvchi k=k1=k2 Mahfiy kalit Mahfiy kalit 5.9-rasm. Simmetrik shifrlash kriptotizimining sxemasi. Simmetrik shifrlash axborotni "o‘zi uchun", masalan, egasi yo‘qligida undan ruxsatsiz foydalanishni oldini olish maqsadida, shifrlashda juda qulay hisoblanadi. Bu tanlangan fayllarni arxivli shifrlash va butun bir mantiqiy yoki fizik disklarni shaffof(avtomatik) shifrlash bo‘lishi mumkin. Simmetrik shifrlashning noqulayligi - axborot almashinuvi boshlanmasdan oldin barcha adresatlar bilan maxfiy kalitlar bilan ayirboshlash zaruriyatidir. Simmetrik kriptotizimda maxfiy kalitni aloqaning umumfoydalanuvchi kanallari orqali uzatish mumkin emas. Maxfiy kalit jo‘natuvchiga va qabul qiluvchiga 99 kalitlar tarqatiluvchi himoyalangan kanallar orqali uzatilishi kerak. Simmetrik shifrlash algoritmining ma’lumotlarni abonentli shifrlashda, ya’ni shifrlangan axborotni abonentga, masalan Internet orqali, uzatishda amalga oshirilgan variantlari mavjud. Bunday kriptografik tarmoqning barcha abonentlari uchun bitta kalitning ishlatilishi xavfsizlik nuqtai nazaridan nojoizdir. Xaqiqatan, kalit obro‘sizlantirilganda (yo‘qotilganida, o‘g‘rilanganda) barcha abonentlarning xujjat almashishi xavf ostida qoladi. Bu holda kalitlarning matritsasi (5.10-rasm) ishlatilishi mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling