Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
61b762c5e6d666.07483815
Nazorat savollari: 1. Simmetrik shifrlash tizimlarining ishlash sxemasini tushuntirib bering. 2. AQShning axborotni shifrlash standarti DES algoritmini tushuntirib bering. 3. AQShning axborotni shifrlash standarti AES algoritmini tushuntirib bering. 4. Rossiyaning axborotni shifrlash standarti GOST 2814-89 algoritmini ishlash sxemasini tushuntirib bering. 5. O‘zbekiston Respublikasining ma’lumotlarni shifrlash standarti O’z DSt 1105-2009 algoritmini ishlash sxemasini tushuntirib bering. 6. Simmetrik shifrlash tizimlarining afzalliklari va kamchiliklari. 5.3. Asimmetrik shifrlash tizimlari Asimmetrik kriptotizimlarda axborotni shifrlashda va rasshifrovka qilishda turli kalitlardan foydalaniladi: ochiq kalit K axborotni shifrlashda ishlatiladi, maxfiy kalit k dan hisoblab chiqariladi; 113 maxfiy kalit k , uning jufti bo‘lgan ochiq kalit yordamida shifrlangan axborotni rasshifrovka qilishda ishlatiladi. Maxfiy va ochiq kalitlar juft-juft generatsiyalanadi. Maxfiy kalit egasida qolishi va uni ruxsatsiz foydalanishdan ishonchli ximoyalash zarur (simmetrik algoritmdagi shifrlash kalitiga o‘xshab). Ochiq kalitning nusxalari maxfiy kalit egasi axborot almashinadigan kriptografik tarmoq abonentlarining har birida bo‘lishi shart. Asimmetrik shifrlashning umumlashtirilgan sxemasi 5.15-rasmda keltirilgan. Asimmetrik kriptotizimda shifrlangan axborotni uzatish quyidagicha amalga oshiriladi: 1. Tayyorgarlik bosqichi: - abonent V juft kalitni generatsiyalaydi: maxfiy kalit k V va ochiq kalit K V ; - ochiq kalit K V abonent A ga va qolgan abonentlarga jo‘natiladi. 2. A va V abonentlar o‘rtasida axborot almashish: - abonent A abonent Vning ochiq kaliti K V yordamida axborotni shifrlaydi va shifrmatnni abonent Vga jo‘natadi; - abonent V o‘zining maxfiy kaliti k V yordamida axborotni rasshifrovka qiladi. Hech kim (shu jumladan abonent A ham) ushbu axborotni rasshifrovka qilaolmaydi, chunki abonent Vning mahfiy kaliti unda yo‘q. Asimmetrik kriptotizimda axborotni ximoyalash axborot qabul qiluvchi kaliti k V ning mahfiyligiga asoslangan. Asimmetrik kriptotizimlarning asosiy hususiyatlari quyidagilar: 1. Ochiq kalitni va shifr matnni himoyalangan kanal orqali jo‘natish mumkin, ya’ni niyati buzuq odamga ular ma’lum bo‘lishi mumkin. 2. Shifrlash E V : M C va rasshifrovka qilish D B : S M algoritmlari ochiq. Asimmetrik shifrlashning birinchi va keng tarqalgan kriptoalgoritmi RSA 1993 yilda standart sifatida qabul qilindi. Ushbu kriptoalgoritm har taraflama tasdiqlangan va kalitning yetarli uzunligida bardoshligi e’tirof etilgan. Hozirda 512 bitli kalit bardoshlikni ta’minlashda yetarli hisoblanmaydi va 1024 bitli kalitdan 114 foydalaniladi. Ba’zi mualliflarning fikricha protsessor quvvatining oshishi RSAkriptoalgoritmining to‘liq saralash xujumlarga bardoshligining yo‘qolishiga olib keladi. Ammo, protsessor quvvatining oshishi yanada uzun kalitlardan foydalanishga, va demak, RSA bardoshligini oshishiga imkon yaratadi. Shifrlash ЕK(M) Rasshifrovka qilish Dk(C) Xabar М’ Himoyalanmagan kanal Shifrmatn С Jo’natuvchi A Қабул қилувчи B Qabul qiluvchining mahfiy kaliti Qabul qiluvchining ochiq kaliti Kb Xabar М Kb Kb 5.15-rasm. Asimmetrik shifrlashning umumlashtirilgan sxemasi. Asimmetrik kriptoalgoritmlarda simmetrik kriptoalgoritmlardagi kamchiliklar bartaraf etilgan: kalitlarni mahfiy tarzda yetkazish zaruriyati yo‘q; asimmetrik shifrlash ochiq kalitlarni dinamik tarzda yetkazishga imkon beradi, simmetrik shifrlashda esa himoyalangan aloqa seansi boshlanishidan avval mahfiy kalitlar almashinishi zarur edi; kalitlar sonining foydalanuvchilar soniga kvadratli bog‘lanishligi yo‘qoladi; RSA asimmetrik kriptotizimda kalitlar sonining foydalanuvchilar soniga bog‘liqligi chiziqli ko‘rinishga ega (N foydalanuvchisi bo‘lgan tizimda 2N kalit ishlatiladi). Ammo asimmetrik kriptotizimlar, xususan RSA kriptotizimi, kamchiliklardan holi emas: hozirgacha asimmetrik algoritmlarda ishlatiluvchi funksiyalarning qaytarilmasligining matematik isboti yo‘q; asimmetrik shifrlash simmetrik shifrlashga nisbatan sekin amalga 115 oshiriladi, chunki shifrlashda va rasshifrovka qilishda katta resurs talab etiladigan amallar ishlatiladi (xususan, RSAda katta sonni katta sonli darajaga oshirish talab etiladi). Shu sababli asimmetrik algoritmlarni apparat amalga oshirilishi, simmetrik algoritmlardagiga nisbatan anchagina murakkab; ochiq kalitlarni almashtirib quyilishidan himoyalash zarur. Faraz qilaylik "A" abonentning kompyuterida "V" abonentning ochiq kaliti "K Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling