Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi
SHA-1 xeshlash funksiyasi algoritmi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
61b762c5e6d666.07483815
SHA-1 xeshlash funksiyasi algoritmi. Kafolatlangan bardoshlilikka ega
bo‘lgan xeshlash algoritmi SHA (SecureHashAlgorithm) AQShning standartlar va texnologiyalar Milliy instituti (NIST) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, 1992 yilda axborotni qayta ishlash federal standarti (PUBFIPS 180) ko‘rinishida nashr qilindi. 1995 yilda bu standart qaytadan ko‘rib chiqildi va SHA-1 deb nomlandi (PUB FIPS 180). SHA algoritmi MD4 algoritmiga asoslanadi va uning tuzilishi MD4 algoritmining tuzilishiga juda yaqin. Bu algoritm elektron raqamli imzoni shakllantirish bo‘yicha DSS standartida qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Bu algoritmda kiruvchi ma’lumot uzunligi 2 64 bitdan kichik, xesh qiymat uzunligi 160 bit bo‘ladi. Kiritilayotgan ma’lumot 512 bitlik bloklarga ajratilib qayta ishlanadi. Xesh qiymatni hisoblash jarayoni quyidagicha bosqichlardan iborat: 1-bosqich: To‘ldirish bitlarini qo‘shish. 2-bosqich: Ma’lumotning uzunligini qo‘shish. 3-bosqich: Xesh qiymat uchun bufer initsializasiya qilish. 4-bosqich: Ma’lumotni 512 bitlik bloklarga ajratib qayta ishlash. 5-bosqich: Natija. SHA-1 algoritmidagi bir iteratsiya sxemasi 5.17-rasmda keltirilgan. 122 A B C D E A B C D E + + + + F <<<5 <<<30 Wt Kt 5.17-rasm. SHA-1 algoritmida bir iterasiyasining sxemasi. SHA1 xeshlash funksiyasi algoritmining ishlash blok sxemasi 5.18-rasmda keltirilgan. 5.18-rasm. SHA1 algoritmi ishlash blok sxemasi GOST R34.11-94 xeshlash funksiyasi algoritmi. Rossiyaning GOST R 34.11-94 xesh funksiya standarti axborotni kriptografik usulda muhofaza qilish BOSHLANISH To’ldirish bitlarini qo’shish Ma’lumotning uzunligini qo’shish Xesh qiymat uchun buffer inisializatsiya qilish Ma’lumotni 512 bitlik bloklarga ajratib qayta ishlash. 80 ta round asosida bloklarni xeshlash. Natija: Xesh qiymat ТАМОМ 123 uchun, xususan GOST R 34.11-94 va GOST R 34.10-2001 elektron raqamli imzo algoritmlarida ishlatish uchun mo‘ljallangan. Xesh funksiyaning qiymatini hisoblash jarayonida GOST 28147-89 shifrlash standartidan foydalaniladi. GOST R 34.11-94 xesh funksiya standartida chiqish uzunligi belgilangan qadamli xeshlash funksiyasidan foydalanuvchi ketma-ket xeshlash usulidan foydalaniladi. Xesh-funksiya argumentining uzunligi 256 bit bo‘lgan funksiya bo‘lib, xesh qiymat uzunligi 256 bit bo‘ladi. Xeshlanadigan ma’lumot uzunligi ixtiyoriy bo‘lib, ma’lumot uzunligi 256 bit bo‘lgan bloklarga ajratiladi. Oxirgi blok uzunligi 256 bitdan kichik bo‘lsa, 256 bitgacha nol bilan to‘ldiriladi.undan tashqari, bu bloklarning oxiriga ma’lumot uzunligining kodini bildiruvchi va nazorat yig‘indisini bildiruvchi yana ikkita 256 bitlik bloklarga qo‘shiladi. Ma’lumot uzunligining kodini blok xeshlanadigan ma’lumotning bit uzunligi mod2 256 bo‘yicha hisoblanib (bu protsedura MD kuchaytirish deyiladi) hosil qilinadi. Nazorat yig‘indisining kodini bildiruvchi blok esa, oxirgi to‘liqmas blok nol bilan to‘ldirilgandan keyin barcha bloklarning yig‘indisi mod2 256 bo‘yicha hisoblanib hosil qilinadi. GOST R 34.11-94 xeshlash funksiyasini hisoblashda quyidagi belgilashlardan foydalaniladi: M – xeshlanishi kerak bo‘lgan ma’lumot; h – M ma’lumotni ga akslantiruvchi xesh-funksiya, bu erda – uzunligi 256 bit bo‘lgan barcha ikkilik so‘zlar to‘plami, – A ni GOST 28147-89 shifrlash algoritmidan foydalanib K kalitda shifrlash natijasi, –berilgan boshlang‘ich vektor. GOST R 34.11-94 xeshlash funksiyasini hisoblash uchun quyidagilar zarur: - qadamli xeshlash funksiyasi ni hisoblash algoritmi; - xesh qiymatni iterativ hisoblash jarayoni. Qadamli xeshlash funksiyasi uch bosqichda hisoblanadi. Birinchi bosqichda uzunliklari 256 bit bo‘lgan to‘rtta , , , kalit generatsiya qilinadi. Ikkinchi 124 bosqichda boshlang‘ich N vektor har birining uzunligi 64 bit bo‘lgan to‘rtta blokka ajratiladi va bu bloklar mos , , , kalitlar bilan GOST 28147-89 algoritmi yordamida shifrlanadi. Uchinchi bosqichda shifrlash natijasini aralashtiruvchi akslantirish bajariladi. Qadamli xeshlash funksiyasini hisoblash algoritmining blok-sxemasi 5.19- rasmda keltirilgan. 5.19-rasm. Xesh qiymatni hisoblash algoritmining blok-sxemasi 30>5> Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling