Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
61b762c5e6d666.07483815
biror narsani bilish asosida. Misol sifatida parol, shaxsiy
identifikasiya kodi PIN (Personal Identification Number) hamda “so‘rov javob” xilidagi protokollarda namoyish etiluvchi maxfiy va ochiq kalitlarni ko‘rsatish mumkin; - biror narsaga egaligi asosida. Odatda bular magnit kartalar, smart- kartalar, sertifikatlar va touch memory qurilmalari; - qandaydir daxlsiz xarakteristikalar asosida. Ushbu faktor o‘z 146 tarkibiga foydalanuvchining biometrik xarakteristikalariga (ovozlar, ko‘zining rangdor pardasi va to‘r pardasi, barmoq izlari, kaft geometriyasi va x.) asoslangan usullarni oladi. Bu faktorda kriptografik usullar va vositalar ishlatilmaydi. Beometrik xarakteristikalar binodan yoki qandaydir texnikadan foydalanishni nazoratlashda ishlatiladi. Sub’ektning haqiqiyligini tasdiqlash autentifikatsiyaning uchta faktoridan biri yordamida amalga oshirilishi mumkin. Masalan, foydalanuvchini autentifikatsiyalash jarayonida undan parol yoki barmoq izlari so‘ralishi mumkin. Autentifikatsiya jarayonida faqat bitta faktor ishlatilsa, bunday autentifikatsiya bir faktorli deb yuritiladi. Autentifikatsiya jarayonida bir necha faktor ishlatilsa, bunday autentifikatsiya ko‘p faktorli deb yuritiladi. Masalan, autentifikatsiya jarayonida foydalanuvchi smart-kartadan va qo‘shimcha paroldan (yoki PIN-koddan) foydalanishi lozim. Ikki faktorli va uch faktorli autentifikatsiya tushunchalari ham ishlatiladi. NCSC-TG-017 xujjatda ko‘p faktorli autentifikatsiya turlari uchun 1, 2 xilli, 2,3 xilli va 1,2,3 xilli autentifikatsiya atamalari kiritilgan. 1,2 xilli autentifikatsiya (bir ikki xilli autentifikatsiya deb yuritiladi) masalan autentifikatsiyaning ikki faktori ishlatadi: birinchi (bir narsani bilish asosida) va ikkinchi (bir narsaga egaligi asosida). 1,2,3 xilli autentifikatsiya (bir ikki uch xilli autentifikatsiya deb yuritiladi) autentifikatsiyaning uchta faktorining kombinasiyasini ishlatadi (bir narsa bilish asosida, bir narsaga egaligi asosida va qandaydir daxlsiz xarakteristikalar asosida). Agar autentifikatsiyalashda bir omilli autentifikatsiya ishlatilsa bunday autentifikatsiya zaif hisoblanadi. Shu sababli xavfsizlikning yuqori darajasini ta’minlash uchun ko‘p faktorli autentifikatsiyadan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bankomatdan foydalanuvchini haqiqiyligini tasdiqlashda ikki faktorli autentifikatsiya keng tarqalgan. Bu bir vaqtda magnit xoshiyali karta va PIN-kod ishlatiladi. 147 Parol – foydalanuvchi hamda uning axborot almashinuvidagi sherigi biladigan narsa. O‘zaro autentifikatsiya uchun foydalanuvchi va uning sherigi o‘rtasida parol almashinishi mumkin. Plastik karta va smart-karta egasini autentifikatsiyasida shaxsiy identifikasiya nomeri PIN sinalgan usul hisoblanadi. PIN – kodning mahfiy qiymati faqat karta egasiga ma’lum bo‘lishi shart. Dinamik – (bir martalik) parol- bir marta ishlatilganidan so‘ng boshqa umuman ishlatilmaydigan parol. Amalda odatda doimiy parolga yoki tayanch iboroga asoslanuvchi muntazam o‘zgarib turuvchi qiymat ishlatiladi. “So‘rov-javob” tizimi - taraflarning biri noyob va oldindan bilib bo‘lmaydigan “so‘rov” qiymatini ikkinchi tarafga jo‘natish orqali autentifikatsiyani boshlab beradi, ikkinchi taraf esa so‘rov va sir yordamida hisoblangan javobni jo‘natadi. Ikkala tarafga bitta sir ma’lum bo‘lgani sababli, birinchi taraf ikkinchi taraf javobini ligini tekshirishi mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling