Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi dasturiy mahsulotlar va apparat dasturiy majmualar yaratish


Download 0.5 Mb.
bet28/29
Sana16.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1778761
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi dasturi-fayllar.org


Modelni so’zlar orqali ifodalash;



  • Modelni turli chizmalar orqali ifodalash;



  • Modelni jadvallar ko’rinishida ifodalash;



  • Modelni formulalar orqali ifodalash;



  • Modelni sxematik ko’rinishda ifodalash;



  • Hisoblash algoritmni tuzish;



  • Kompyuterda dasturini tuzish



  • Kompyuterda hisoblash tajribasini o’tkazish va h.k.



    Modelning tasvirlangan shakli tanlangandan keyin uni formallashtirishga o’tkaziladi.

    Formallashtirish bosqichining natijasi axborotli model hisoblanadi. Qurilgan modelni qarama-qarshiligi tekshiriladi va tahlil etiladi hamda uning qanchalik maqsadga muvofiqligi va adekvatligi tekshiriladi.
    Ma’lumki kompyuter ma’lum bir algoritmik tilde yozilgan formallashtirilgan buyruqlar ketma-ketligida ishlaydi. Shuning uchun ham keying bosqichda kompyuterda masalani yechish uchun avval uning algoritmi tuziladi.
    Algoritm- qo’yilgan masalani aniq yechishga yo’naltirilagan amallar ketma-ketligini to’gri ifodalashdir.
    Algoritmni quyidagi keng tarqalgan usullarda ifodalash mumkin:


        • Algoritmni so’zlar orqali ifodalash, ya’ni qo’yilgan masalani yechish uchun so’zlar orqali ifodalangan amallar ketma-ketligi;



        • Algoritmni grafik usulda tasvirlash, ya’ni bajariladigan amallar ketma- ketligini blok-sxema yoki chizmalar orqali ifodalash;



        • Algoritmni algoritmik tillar yordamida ifodalash, ya’ni natijalarni olish va tahlil etish uchun dasturlash tillari orqali dasturini yozish.



    Dasturiy vositasi tuzilgandan keyin hisoblash tajribasi o’tkaziladi. Olingan natijalar modelning adekvatligiga tekshiriladi va shu tarzda model takomillastirib boriladi.

    Yuqorida keltirib o’tilgan barcha amallar kompyuterli modellashtirish ga misol bo’la oladi.
    Kompyuterli modellashtirish bizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:


    • Ob’ektning tadqiq etish ko’lamini kengatiradi- real sharoitda tadqiq etib bo’lmaydigan takrorlanuvchi, takrorlanmaydigan, yuz bergan va yuz berishi mumkin bo’lgan hodisalarni o’rganish imkoniyatini beradi;



    • Ob’ektning har qanday hususiyatlarini vizuallashtirish imkoniyati;



    • Dinamik jarayonlarini va hodisalarini tadqiq etish;



    • Vaqtni boshqarish (tezlashtirish? Sekinlashtirish va h.k.)



    • Model ustida dastlabki vaziyatiga qaytgan holda ko’p martalik tajribalar o’tkazish;



    • Grafik va sonli ko’rinishdagi tavsiflarini olish;



    • Sinov konstruksion nusxasini yasamay turib, optimal konstruksiyasini toppish;



    • Atrof muhitga va sog’likga zarar yetkazmay turib tajribalar o’tkazish.


    Kompyuterli modellashtirishning asosiy bosqichlari quyidagicha:



    1. Masalaning qo’yilishi va uning tahlili;



      1. Model maqsadini aniqlash;



      2. Natijalar qanday ko’rinishda olishni aniqlashtirish;



      3. Modelni qurishda qanday natijalar kerakligini aniqlash;



    2. Information modelini qurish;



      1. Modelning parametrlari va ularning o’zaro bog’liqligini aniqlash;



      2. Qo’yilgan masalaga qaysi parametrlar kuchli bog’langanligini baholash;



      3. Parametrlar o’zaro bog’liqligini matematik ifodalash;



    Download 0.5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling