Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kiberxavfsizlik siyosati


O’zbekiston taraqqiyoti uchun Ochiq Kodli Dasturiy Ta’minotning ahamiyati


Download 148.75 Kb.
bet11/12
Sana18.06.2023
Hajmi148.75 Kb.
#1595723
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2-mustaqil ish KXS

O’zbekiston taraqqiyoti uchun Ochiq Kodli Dasturiy Ta’minotning ahamiyati:
O’zbekistonda Ochiq Kodli Dasturiy Ta’minotni tatbiq qilish, potensialni rivojlanishiga olib kelishi mumkin, shu jumladan, dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda ham va istiqbolli ilmiy tadqiqotlarni o’tkazishda ham.
OKDTdan foydalanishning yana bir muhim natijalaridan biri, pul oqimlarini milliy bozor tomonga qarab qayta taqsimlanishidir. Shunday qilib, OKDT qaerda undan foydalanilayotgan bo’lsa, axborot texnologiyalarini ichki bozorini rivojlantirishga yordam beradi. Ko’p mamlakatlar uchun AKTni rivojlanishiga asosiy to’siq yopiq tijorat, dasturiy ta’minot uchun yuqori litsenzion to’lovlardir. Yaqin kelajakda bu masala O’zbekiston uchun ҳam, mamlakatni mualliflik ҳuquqini ҳimoya qilishning Bern konvensiyasiga qo’shilishi munosabati bilan, dolzarb bo’lib qoladi.
Bunday yopiq tijorat, dasturiy ta’minotning asosiy qismi O’zbekistondan tashqarida ishlab chiqarilganligi sababli, u O’zbekistonga faqat import qilinadi, istiqbolda uni xarid qilish sezilarli qimmatli valyuta zaxiralarini ulushini yutib yuborishi mumkin. Shu bilan birga, bu pullar boshqa muҳimroq maqsadlarga yo’naltirilishi mumkin edi.
OKDTdan foydalanib O’zbekiston o’xshash maҳsulotlarni import qilishni qisqartirib, mustaqil ravishda zarur bo’lgan dasturiy ta’minotni o’zi moslashtirishi va ishlab chiqarishi mumkin.
OKDTning xavfsizlikni ta’minlashdagi afzalligi dastlabki kodlarning borligidir, bu esa, har kimga – mustaqil ekspertlar ham shu jumladan – xavfsizlikni tahlil qilish bosqichlarida o’z hissasini qo’shishga imkon beradi. Tijorat dasturiy ta’minotining bu yo’nalishdagi afzalligi esa, litsenzion tushumlar hisobidan xafvsizlikni ta’minlash sohasidagi tadqiqotlarni moliyalash imkonidadir.
Ochiq standartlar foydalanuvchiga, u xoh xukumat bo’lsin yoki xoh xonadondagi foydalanuvchi bo’lsin, dasturiy paketlarni, platformalarni va ishlab chiqaruvchilarni tanlashdagi kerak bo’lgan epchillikni va erkinlikni beradi.
Ishlab chiqaruvchilarning xususiy standartlari foydalanuvchini faqat bir ishlab chiqaruvchining maҳsulotidan foydalanishga majbur qiladi va amalda iste’molchini ishlab chiqaruvchi muruvvatiga qoldiradi, u esa ochiq formatlar va boshqa ishlab chiqaruvchilarning formatlari bilan moslashtirishga madad berishdan bosh tortishi yoki bu ishni foydalanuvchiga qo’shimcha ҳaq uchun bajarishini taklif qiladi.
O’zbekistonda bir necha sezilarli harakatlar qilindi: mualliflik huquqini himoya qilish to’grisidagi Bern konvensiyasi imzolandi, O’zbekistonning eng mashhur kompaniyalari dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarni mualliflik huquqiga rioya qilish deklaratsiyasini imzoladilar.
Biroq, bularni hammasini harakatga keltirish talab qilinadi, xususan mavjud qaroqchi dasturiy ta’minotni legallashtirish, bu esa, ekspertlar fikriga ko’ra, yuzlab millionlardan to bir necha milliard AQSh dollari miqdorida litsenzion to’lovlar qilinishiga olib kelishi mumkin. Bunday to’lovalarga qarshi boshqa yol tutish –OKDTni tatbiq qilish mumkin.
OKDT ishlab chiqish va undan foydalanish modeli butun dunyodagi ko’pchilik odamlarni birlashtiradi. Shuning uchun, O’zbekistonda undan foydalanish maslakdoshlar orasida to’g’ridan-to’g’ri xalqaro aloqalarni o’rnatish imkonini beradi, bu o’z navbatida albatta, xalqaro tijorat loyihalarini tashkil qilishga olib keladi, bu esa O’zbekistonni eksport potensialini eng samarali yo’l bilan amalga oshirishga imkon beradi.
Mahalliylashtirish – OKDTning eng kuchli tomonlaridan biridir.
Foydalanuvchilar OKDTni o’z ehtiyojlariga ko’ra, o’zlarining hududlarining madaniy o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib katta mablag’ sarflamay sozlab olishlari mumkin. Boshlanish uchun bir necha malakali texnik mutaxassislar va tarjimonlar bo’lishi kifoya, ular OKDTni asosiy tarkibiy qismlarini minimal interfeys darajasida mahalliylashtirishi mumkin, chunki to’la mahalliylashtirish –sodda bo’lmagan masala va ko’p vaqt talab qilinadi. Bundan keyin esa, har yerda
hozir foydalanuvchilar yordam beradilar. Buning uchun ularning har biri xabar, yordam saxifalari va shu kabilarning tarjimasini o’z qismini taklif qiladilar xolos.
Ochiq kodli dasturiy taminot – bu dasturiy ta’minotni ishlab chiqarishning shunday usuliki, unda dasturlarning yaratilayotgan dastlabki kodi ochiq ya’ni barcha ko’rib chiqishi va o’zgartirish kiritishi uchun ochiq bo’ladi.
Open source (Ochiq dasturiy ta’minot) atamasi 1998-yilda Erik Reymond hamda Bryus Perens tomonidan yaratilgan.
Free software (Erkin dasturiy ta’minot) atamasi dasturiy ta’minotning erkin tarqatilishi ma’nosini anglatadi.
Ochiq dasturlarning ko’pchiligi erkin hisoblanadi. Ochiq va erkin dasturiy ta’minotlar o’zaro juda yaqin o’xshashdir, biroq bir-biriga doimo to’g'ri kelmaydi hamda ko’pchilik litsenziyalari ikkisiga ham muvofiq keladi.
Ochiq va erkin dasturiy ta’minotlarning farqi ulardan foydalanish qoidalari va dastlabki matnlaridadir.
Ochiq dasturiy ta’minotlar tarafdorlari ochiq manbalar samaradorligiga ishlab chiqish metodlari, modernizatsiyasi va unga ergashuvchi dasturlarga tayanadilar.
Erkin dasturiy ta’minotlar tarafdorlari esa ochiq va erkin dasturiy ta’minotlarning erkin tarqatilishi huquqiga ega bo’lgan jihatlari, dastur modifikatsiyasi va uning afzalligiga etibor qaratadilar.
Yopiq kodli dasturiy ta’minot (closed source or proprietary) - bu o’z nomi bilan asos kodi yopiq bolgan dasturiy ta’minot. Asos kodi har kim uchun ko’rish yoki o’zgartirish uchun ruxsat berilmaydi, ya’ni bulardan asos kod yopiq.
Ko’plab dasturiy vositalarini sotuvchi kompaniyalar o’z asos kodlarini yopiq saqlaydilar, Bunga sabab boshqalar ko’chira olmaslik va ko’chirib olmaslik.
Ba’zi yaratuvchilar yopiq kodli dasturlarini bepul berishlari ham mumkin. Kodini yopiq qilinishining sababi esa kodni ko’rganda dasturni xatolari ko’rinib qolishi yoki u dasturni qabul qilib olgan odam muallif o’rniga o’z ismini yozib qo’yishi mumkin.
60 – yillargacha katta va qimmat meynfreym kompyuterlar sotish o’rniga ijaraga berilgan. 69 – yillardan so’ng kompyuter sotuvchilari kompyuterlarni mijozlar uchun o’rnatilgan dasturlarning asos kodi bilan ta’minlashgan.
1976 yili Bill Gates kompyuter qiziquvchilariga yo’llagan ochiq maktubida kompyuter dasturlarining asos kodlarini ko’chirib ishlatib, uning ishlarini sifatini pasaytirishini qoralab chiqqan.
1983 yilning fevralidan boshlab IBM kompaniyasi “faqat obekt kod” modeli bo’yicha ishlab dasturlar ro’yxatini o’stirib olgan va asos kodni tarqatishni ya’ni yetkazib berishni to’xtatgan. Shu bilan birga o’sha paytlarda ko’plab katta kompaniyalarning dasturlarining asos kodlari ko’chirmachilik bo’lib qoldi. Bundan tashqari ba’zi texnik qismlarning ishlab chiqilishi ham ko’chirmachilik bo’lib qoldi.
Sotuvchilar kompyuterlarga unda ishlatiladigan dasturlarga cheklovlar qo’ydi yoki foydalanuvchilarga hamma dasturlardan foydalanmaslik cheklovini berdi. Bularni ta’minlash uchun sotuvchilar mahsulot kaliti, texnika qism kaliti yoki ko’chirishdan himoyalash kabi tizimlardan foydalanishdi.
Yopiq kodli dasturiy ta’minotlarga misol qilib quyidagi dasturiy ta’minotlarni keltirishimiz mumkin:
Microsoft Windows, Adobe Flash Player, PS3 OS, iTunes, Adobe photoshop, Google earth, macOS( Rasman Mac OS X va OS X), Skype, WinRAR, Oraclening Java versiyasi va Unix ba’zi versiyalari.
Shu bilan bir qatorda ba’zi tizimlarning distributivlari ham yopiq ham ochiq kodli bo’lishi mumkin. Masalan, Unix operatsion tizimini ochiq kodli deb hisoblasak uning ba’zi distributivlari yopiq kodli hisoblanadi.
Yuqorida aytib o’tdikki dasturiy ta’minotning kodi yopiq bo’lishining sababi mualliflik huquqqini ozlashtirish va asos kodni ko’chirib olish bo’lsa, yana bir sabablardan biri hujumlarni ishlab chiqishlardan himoyalash. Bunga sabab buzg’unchi tizimning asos kodini ko’ra olsa, tizimni tushuna oladi va bu esa tizimga kirish uchun buzg’unchi dasturlar yoki yo’llarni ishlab chiqishda juda katta yordam beradi. Davlat tashkilotlarining ba’zilari o’z tizimiga shu yopiq kodli dasturiy ta’minotlardan foydalanadi.
Yopiq kodli dasturiy ta’minotlarda texnik ta’minotga ham cheklovlar qo’yilishi mumkin. Masalan Appleda Mac OS X dan foydalanish uchun litsenziyali modelidan foydalanadi.
Eng ommabop yopiq kodli dasturiy ta’minotlardan biri bu Windows operatsion tizimi hisoblanadi. Bu kompaniya dasturiy ta’minoti boshqalar uchun asos kodi yopiq hisoblanadi va ular dasturiy vositalarini sotadi.
Ochiq va Yopiq kodli dasturiy ta’minotlarning afzallik va kamchiliklari.
Obyektga yo’naltirilgan dasturlashda ochiq va yopiq kod usulidan foydalaniladi. Masalan Javada Public va private usullari mavjud. Bularni ochiq va yopiq kodlarga misollar keltirsak bo’ladi. Public usulida hammaga ochiq bo’ladi. Lekin Private usulida faqat class ichida ko’rinadi.
Ochiq kodli dasturiy ta’minotlarda asos kod hammaga ochiq hisoblanadi. Bu esa o’z o’rnida hammaga o’zgartirish huquqini beradi. Ya’ni istalgan odam bu dasturiy ta’minotga ozgartirish ya’ni rivojlantirishni qo’sha oladi. Misol uchun Linux operatsion tizimlari ochiq kodli hisoblanadi. Va hammamiz bilamizki bu tizim juda rivojlangan hisoblanadi. Chunki bu tizimga juda ko’plab malakali mutaxassislar rivojlanishga o’z hissalarini qo’shishgan.
Yopiq kodli dasturiy ta’minotning ma’nosi uning asos kodlari yopiq hisoblanadi. Bu esa yuqorida aytganimizdek dasturiy ta’minot kodlarini ko’chirib, o’zlashtirishdan va muallif nomini o’zgartirib o’z nomini yozib yozib qo’yishdan himoyallaydi. Biz bilganimizdek bu tizimga Windows operatsion tizimi misol qila olamiz. Bilamizki bu tizim yaratuvchisi bu orqali juda katta foyda olishidan xabardormiz. Asos kodi yopiq bo’lganligi uchun bu tizimdan ko’chirmachilik qilish imkoni yo’q.



  1. XULOSA

Ochiq kodli loyihalar kundalik hayotimizning bir qismidir. Siz ushbu maqolani sizning mobil telefoningiz yoki planshetingizda o'qishingiz mumkin va agar shunday bo'lsa, ehtimol siz ochiq manbali texnologiyadan foydalana olasiz. IPhone va Android uchun operatsion tizimlar aslida ochiq kodli dasturiy ta'minot, loyihalar va dasturlardan qurilish bloklari yordamida yaratilgan.
Agar ushbu maqolani noutbuk yoki ish stolida o'qiyotgan bo'lsangiz, brauzer sifatida Chrome yoki Firefoxdan foydalanasizmi? Mozilla Firefox - ochiq manba kodli veb-brauzer. Google Chrome - Chromium deb nomlangan ochiq manba brauzer loyihasining o'zgartirilgan versiyasi - Chromium brauzerini yangilanish va qo'shimcha ishlab chiqishda faol rol o'ynashni davom ettirayotgan Google ishlab chiquvchilari tomonidan ishlab chiqilgan bo'lsa-da, Google dasturiy va xususiyatlarni qo'shgan (ularning ba'zilari ochiq emas) manba), Google Chrome brauzerini ishlab chiqish uchun ushbu dasturiy ta'minot.
Aslida, Internet biz bilganimizdek, OSS holda mavjud bo'lmaydi. Bugungi kunda internetni yaratish uchun Linux operatsion tizimi va Apache veb-serverlari kabi ommaviy ochiq manbali texnologiyalarni ishlatib, dunyo bo'ylab veb-saytlarni yaratishga yordam bergan texnologiya kashshoflari. Apache veb-serverlari - ushbu veb-sahifani topish va olib borib, muayyan bir veb-sahifani (masalan, tashrif buyurmoqchi bo'lgan veb-sayt uchun havolani bosgan holda) so'rovni bajaradigan OSS dasturlari. Apache veb-serverlari ochiq manbadir va ishlab chiquvchi ko'ngillilar va Apache Software Foundation deb nomlangan nodavlat-notijorat tashkilotlari a'zolari tomonidan qo'llab-quvvatlanadi.
Ochiq manbalar bizning texnologiyalarimizni va kundalik hayotimizni tez-tez amalga oshirmaydigan usullar bilan takomillashtirish va qayta shakllantirishdir. Ochiq manbali loyihalarga hissa qo'shadigan dasturchilarning global jamoasi OSSning ta'rifini o'sishda davom etmoqda va jamiyatimizga keltiradigan qiymatni qo'shishga davom etmoqda.


  1. Download 148.75 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling