Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nukus filiali kompyuter injiniringi fakulteti
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
malumotlar uzatishda qollaniladigan tarmoqlararo ekran tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.1. Shaxsiy komp`yuterlarda ishlovchi xodimlar xavfsizligini ta`minlash turlari.
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
INTERNET Marshrutizator Kommutator Web - сервер Web - сервер Web - сервер 3.16 -rasm. Taqsimlangan tarmoqlararo ekranlar yordamida korporativ serverlarni himoyalash 92 An`anaviy va taqsimlangan tarmoqlararo ekranlarni quyidagi ko`rsatkichlari bo`yicha taqqoslaylik.Samaradorlik. An`anaviy brandmauer ko`pincha tarmoq perimetrii bo`yicha joylashtiriladi, ya`ni u ximoyaning bir qatlamini ta`minlaydi xolos. Agar bu yagona qatlam buzilsa, tizim xarqanday xujumga bardosh beraolmaydi. Shaxsiy brandmauer operatsion tizimning yadro satxida ishlaydi va barcha kiruvchi va chiquvchi paketlarni tekshirib korporativ serverlarni ishonchli ximoyalaydi. O`rnatilishining osonligi. An`anaviy brandmauer korporativ tarmoq konfiguratsiyasining bo`limi sifatida o`rnatilishi lozim. Taqsimlangan brandmauer dasturiy ta`minot bo`lib, sanoqli daqiqalarda o`rnatiladi va olib tashlanadi. Boshqarish. An`anaviy brandmauer tarmoq ma`muri tomonidan boshqariladi. Taqsimlangan brandmauer tarmoq ma`muri yoki lokal tarmoq foydalanuvchisi tomonidan boshqarilishi mumkin. Unumdorlik. An`anaviy brandmauer tarmoqlararo almashishni ta`minlovchi qurilma bo`lib, unumdoroigi (paket/daqiqa bo`yicha) belgilangan chegaralanishga ega. U bir-biri bilan kommutatsiyalanuvchi maxalliy tarmoq orqali bog`langan o`suvchi server parklari uchun to`g`ri kelmaydi. Taqsimlangan brandmauer qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga ziyon etkazmasdan server parklarini o`sishiga imkon beradi. Narxi. An`anaviy brandmauer, odatda funktsiyalari belgilangan, narxi etarlicha yuqori tizim xisoblanadi. Brandmauerning taqsimlangan maxsulotlari dasturiy ta`minot bo`lib, an`anaviy tarmoqlararo ekranlar narxining 1/5 yoki 1/10 ga teng. 93 XULOSA Uchinchi bo`limda quyidagi masalalar ko`rilgan: - tarmoqlararo ekranlarning ishlash xususiyatlari va ulash sxemalari; - tarmoqlararo ekranlarning asosiy komponentlari; - tarmoqlararo ekranlar asosidagi tarmoq ximoyasining sxemalari, shaxsiy va taqsimlangan tarmoq ekranlari keltirilgan. 4. XAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI 94 4.1. Shaxsiy komp`yuterlarda ishlovchi xodimlar xavfsizligini ta`minlash turlari. Komp`yuter bilan ishlaganda maxalliy tarmoqdagi kuchlanish 110-220V diapazonida bo`lishi kerak. Tizim blokidagi nominal kuchlanish qiymati o`rnatilganligini tekshirish zarur. ShK (shaxsiy komp`yuter) – xavfsiz tarmoq kabeli bilan jihozlangan va faqat erga ulangan tarmoq razetkasiga ulanadi. ShK razetkasi va tarmoq razetkasi oson bog`lanuvchan bo`lishi kerak. Komp`yuterning ON/OFF (POWER) – o`chirib yoqish tugmasi uni tarmoq kuchlanishidan to`liq izolyatsiya qila olmaydi. Tarmoqdan to`liq izolyatsiya qilish uchun vilkani tarmoq razetkasidan ajratish kerak. Momaqaldiroq vaqtida ma`lumotlar uzatish kabelini uzish xam, yoqish xam ta`qiqlanadi. ShK ichiga xech qanday begona buyumlar (Misol uchun: zanjir, kontselyar qisqich, mix va shu kabilar), qisqa tutashuv yoki tok urishiga sabab bo`ladigan suyuqliklar tushib qolmasligi kerak. Favqulotda vaziyat bo`lganda (misol uchun: korpus, boshqaruv elementi yoki tarmoq kabeli shikastlanganda, ichiga suyuqlik yoki begona jismlar tushib qolganda), darxol ShK ni o`chirish va tarmoq razetkasidan vilkani tortib olish kerak. ShK ni o`zboshimchalik bilan ichini ochish, ichidagi buyumlarga tegish tavsiya qilinmaydi. ShK ni ta`mirlashni faqat vakolatli xodimlargina amalga oshirishi mumkin. Ruxsat etilmagan ochishlar yoki moxirsizlik bilan ta`mirlash foydalanuvchiga xavfni tug`dirishi mumkin (tok urishi, yong`in va shu kabilar). Talablarga muvofiq ShK ni ekspluatatsiyasi faqat to`liq ta`mirlangan korpus va orqa qopqog`i o`rnatilgan xoldagina ta`minlanadi. 95 Tizim blokini ochishdan oldin ShK ni o`chirish va vilkani tarmoq razetkasidan chiqarib olish kerak. Tizim blokini ochishda ShK ekspluatatsiyasi va texnik ma`lumotnomasida keltirilgan ko`rsatmalarni e`tiborga olish kerak. Komp`yuter bilan ishlaganda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak: 1. Ishdan oldin: - ish joyini to`g`ri tashkil qilish; - Kuchlanish kabellarini, ulovchi o`tkazgichlarni, razetka, shtepsel` vilkalarini sozligini tekshirish; - Mashinani shunday o`rnatish kerakki, tebranish(vibriatsiya) va chayqalish turlari bartaraf etish imkoni bo`lsin; - Mashinaning xamma bloklarini sozligini va komp`yuterni butun ishga tayyorlik darajasini tekshirish; 2. Ish mobaynida: - ShK da begona shaxslarni ishlashiga yo`l qo`ymaslik; - begona buyumlarni mashinaning ishlayotgan bloklariga tushib qolmasligini nazoratlab turish; 3. Ishdan so`ng: - Ish joyini tartibga keltirish; Ish mobaynida quyidagilar ta`qiqlanadi: 1. Kiyimning yuqori cho`ntaklarida begona metall buyumlar, ayniqsa o`zining tarkibida magnitlangan temirga ega bo`lgan buyumlarni saqlash; 2. Malakasi ikkinchi toifadan past bo`lgan shaxslarni xonada bir o`zi ishlashi; 3. Mashinaning tok oqib o`tadigan qismlariga teginish; 96 4. Manbaga ulangan komp`yuterdan platalarni olish va qo`yish, shuningdek ajralishli yoki bog`lanishli ulanishlarni ajratish yoki ulash; 5. Tarmoqqa ulangan komp`yuterning ustki qopqog`ini echish; 6. Axborotni tasvirlovchi modul (monitor) qopqog`ini ochish, chunki elektron-nur trupkaga yuqori kuchlanish beriladi; 7. Ventilyatsion tirqishlarni berkitish; 8. Malakaviy mas`uliyatga ega bo`lmagan foydalanuvchilarga komp`yuterda paydo bo`lgan nosozliklarni sozlashga ruxsat berish; 9. Boshqa nominalga ega bo`lgan saqlagichlarni ishlatish; 10. Nosoz mashinalar bilan ishlash; 11. Ish vaktida uzoq tanaffuslarga mashinani yoqiq xolda tashlab ketish; Kiritish/chiqarish qurilmalari (monitor, klaviatura, va sichqoncha) ergonomik ekspluatatsiya va sog`liqni asrash uchun mo`ljallangan. Shuningdek, kiritish/chiqarish qurilmalarini nosoz ishlashi, qo`lni noto`g`ri qo`yish yoki to`g`ri o`tirmaslik, uzoq vakt uzluksiz klaviatura yoki sichqoncha orqali axborot kiritish inson tanasining zo`riqishiga va charchashiga olib kelishi mumkin. Ko`zni zo`riqishiga, mushaklarda nerv tizimini susayishiga, bo`g`imlarda og`riq paydo bo`lishiga xam sababchi bo`ladi. Bu xolat quyidagi maslaxatlarga amal qilinganda sezilarli darajada kamayishi mumkin. Ish joyida monitor shunday joylashishi kerakki, yorug`lik iloji boricha yuqoridan burchak ostida tushishi kerak. Monitor derazaga nisbatan yoni bilan turishi, ish stoli esa, yorituvchi qurilmalar orasida turishi kerak. Ko`zni zo`riqtiradigan, to`g`ri (ko`rish maydoniga tushayotgan yorug`lik manbai) va qaytgan (ekrandan qaytgan yorug`lik) yorug`likdan iloji boricha ximoyalanish kerak. Buning uchun ish joyini o`zgartirish kerak. Monitordagi tasvirning yoritilganligi, ravshanligi va kontrasti bajarilayotgan ishga va xonaning yoritilganligiga bog`lik xolda sozlanishi kerak. Monitor, xujjatlar va klaviatura shunday joylashishi kerakki, ularni yorug`lik manbasiga nisbatan joylashganligiga bog`liq bo`lgan yuzalaridagi ravshanlik 1:10 nisbatdan oshib ketmasligi kerak (1:3 nisbat tavsiya etiladi). Klaviatura va sichqonchani shunday joylashtirish zarurki, ularning ekspluatatsiyasida sezilarli kuchlanishlar paydo bo`lmasligi kerak. Klaviaturani tananing yuqori qismiga nisbatan 97 parallel ravishda, sichqonchani esa, aynan klaviatura satxida joylashtirish kerak. Stol cheti bilan klaviatura orasi 5-10 sm bo`lishi kerak. Monitorni shunday joylashtirish kerakki, undagi tasvirni boshni yoki tanani burmasdan ko`rish mumkin bo`lsin. Monitorgacha bo`lgan masofa 70 sm dan oshmasligi zarur (optimal masofa 50 sm). Xujjatlashtirish qurilmalari va tez-tez ishlatib turilmaydigan texnik vositalar operatordan o`ng tomonda, maksimal erishish zonasida joylashtirish, aloqa vositalari esa chap tomonda o`ng qo`lni yozish uchun bo`sh qoldirish maqsadida joylashtirish tavsiya etiladi. Xujjatgacha bo`lgan masofa xuddi monitor uchun mo`ljallangan masofadek bo`lishi kerak. Stol yoki stulning balandligi operatorning bo`yiga qarab moslashtiriladi. Stulning suyanchigi umurtqa pogonasini bel qismiga tegib turadigan va operator to`g`ri o`tira oladigan bo`lishi kerak. O`tirganda oyoqlarning bukilgan burchagi 90 0 va undan yuqorini tashkil qilishi zarur. Axborot kiritish vaqtida qo`lning tirsakdan to kaftgacha bo`lgan qismi pol bilan parallel bo`lishi, elkalar esa erkin xolda bo`lishi kerak. Monitor tasvirning yuqori chekkasi ko`z chizig`ida bo`lishi zarur. Bu maslaxatlarning xammasi ShK bilan ishlashda tana a`zolarini toliqtirmasdan, zo`riqtirmasdan ishlashini ta`minlaydi. 4.2. Statik elektr maydoni va nurlanishdan himoyalanish Ma`lumki, komp`yuter texnikasi elektromagnit nurlanish manbai xisoblanadi. U inson xayoti uchun xavfli, ayniqsa uni noto`g`ri ishlatganda. Bu masala O`zbekiston uchun o`ziga xos axamiyatli o`ringa ega. Chunki O`zbekistonda komp`yuter-axborotlashtirish texnologiyalarini rivojlantirish bo`yicha katta ijobiy o`zgarishlar qilinmokda. Komp`yuter texnikasini ishlab chiqarish jarayonida avtomatikani, tezkorlikni, aniqlikni oshiradi. Lekin bu qurilmani ximoyasiz ishlatish inson salomatligiga salbiy ta`sir ko`rsatishi muqarrardir. O`zbekistonda xam komp`yuter texnikasini rivojlantirish bosqichlarida ularning soni ko`paytirildi. Bojxonadan o`tkazilayotgan komp`yuter texnikalarini ekologik me`yorlarga javob berishiga qaralmadi (chet ellarda elektromagnit xavfsizlik bo`yicha «shved standarti» MPR II jaxon xamjamiyatida tan olingan). ShK monitorlari uchun ekran ximoya fil`trlari sifatini tartibga soluvchi biror bir xujjatlar yo`q. Natijada, bozorda «absolyut», «to`liq», «global» ximoya 98 fil`trlarining reklamasi ko`payib ketdi. Tekshiruvlar natijasida esa, ularning ayrimlari chiroyli romchaga solingan oddiy shisha bo`lib chiqmoqda. Lekin muommo faqat shunda emas, komp`yuter texnikasi bilan jixozlangan ish joylarida o`rnatilgan sifat darajasi gigienik meyyorlarga mos kelmayapti. Ish joyida elektromagnit xavfsizlik muommosini xal qilish uchun komp`yuterlarni eng yangi modellariga almashtirishni o`zi kifoya qiladi degan noto`g`ri o`ylashlar ko`p tarqalgan. Komp`yuter bilan ishlaganda xavfsizlik (boshqa murakkabroq elektrotexnik vositalar bilan xam) birinchi navbatda uni to`g`ri o`rnatish va to`g`ri ekspluatatsiya qilishga bog`liq bo`ladi. Lekin, ekspluatatsiya bo`yicha ko`rsatma xam, komp`yuterning texnik xujjatlashtirishdagi boshqa xujjatlarda xam bu muommo xakida axborot berilmaydi. quyidagilarni ko`pchilik albatta bilmaydi: - ShK bilan jixozlangan ish joyidagi elektromagnit maydon darajasi komp`yuter ta`minot vilkasini tarmoq razetkasiga mo`ljallanishiga bog`liq xolda 3-5 martta o`zgaradi; - ish joyida ko`chirma tarmoq fil`trlarini ishlatishda elektromagnit maydon darajasi tez ko`tariladi; - statistik ma`lumotlarga qaraganda zamonaviy komp`yuterlarning 20% foiziga yaqini elektromagnit maydon xosil qilish darajasi bo`yicha oldingi ishlab chiqarilgan modellaridan kamroq farq qiladi. Shuningdek, korxonalarda ishlatiladigan evropa standarti bo`yicha bajarilgan elektro ta`minot razetkalari amaliyotda ShK ta`minot vilkasini erga ulovchi o`tkazgich bilan kerakli kontaktni ta`minlab bera olmaydi; - ish joyida displey ekranlariga o`rnatilgan, past chastotali o`zgaruvchan elektrmaydonni kamaytirishi kafolatlangan ximoya fil`trlari odatda 2-4 marttadan ko`p kamaytira olmaydi; - ximoya fil`trlarining materiallari va ularning xujjatlarida o`zgaruvchan elektromagnit maydonni kamaytirish bo`yicha ko`rsatilgan 95-99% ko`rsatkich xech qachon real sharoitda erishilmaydi. Bunday fil`trlar ish joyida ekrandagi elektrostatik potentsialni kamaytirishi mumkin; - ixcham komp`terlar (noutbuk)ni ekspluatatsiyasida xam to`liq xavfsizlik ta`minlanmaydi. To`g`ri past kuchlanish ist`mol qiladigan bu komp`yuterlar ekranda elektrostatik potentsial xosil qilmasada, lekin ta`minot tizimida o`rnatilgan impul`sli o`zgartirgichlardan xosil bo`ladigan o`zgaruvchan elektromagnit maydon qiymati sezilarli darajada mavjud. Xatto noutbuklarning ayrim turlaridagi elektromagnit maydon elektron-nur trupkali displeylarda xosil qilinadigan maydondan unchalik kam emas. 99 ShK ni ekspluatatsiya qilishda o`tkazilgan tekshiruvlar shuni ko`rsatadiki, elektromagnit xavfsizlikni ta`minlash komp`yuterlarning sifatiga bog`liq bo`lmagan xolda, o`zining ma`lum axamiyatiga ega. Komp`yuter texnikalarining sifati, kerak bo`lgan tashkiliy va texnik tadbirlarni narxi va xajmiga, tavsifiga xal qiluvchi axamiyatni kasb etadi. Lekin bunday tadbirlarda majmuani o`zi ShK bilan ishlaganda mexnat sharoitida gigienik meyyorlar talabini ta`minlashni kafolatlash uchun mas`uliyatli jayga ega bo`lishi kerak. Mutaxassislarning elektromagnit xavfsizlik soxasidagi ishlash malakalari shuni ko`satadiki, bu muommo hal kilinishi mumkin va uni hal qilishda xamma narsa etarli: ilmiy qo`shimcha ishlash va muommoni hal qilish usullarini tasdiqlash, mutaxassislar, o`lchov texnikalari, ximoya vositalari va x.k. Bu borada o`z ichiga ShK ekspluatatsiyasi bo`yicha mutaxassislarni o`qitishni, mexnatni muxofaza qilish xizmati xodimlari va ShK bilan ishlashda xavfsizlik talablarini qondira oladigan maxsuslashtirilgan laboratoriyalarni, ShK ishlatiladigan ish joylarida baxolash usuli bo`yicha texnik vositalarni tanlashni, nurlanishni o`lchash va kamaytirish usullarini, ShK dan foydalaniladigan ish joyini tashkillashtirish usullarini va optimal ish tartibini o`z ichiga oluvchi tizimli yondashish zarur. Aynan shunday kompleksli yondashish shaxsiy elektron xisoblash mashinasi bilan ishlaganda ish joyida elektromagnit xavfsizlikni ta`minlaydigan namunali dasturni taklif qiladi. Axborot asri ko`pchilik soxalar uchun o`zining majburiyatlarini bajarish usulida dramatik o`zgarishlarga olib keldi. Xozir o`rta darajadagi texnik mutaxassislar bo`lmaganlar xam, ilgari yukori malakali dasturchi qilgan ishini bajarishi mumkin. Xodim o`z ixtiyorida xech qachon ega bo`lmagan bir qancha aniq va operativ axborotlarga ega bo`ladi. Komp`yuterlar birinchi paydo bo`lgan vaqtda ular faqat ularni ishlata oladigan son jixatdan unchalik ko`p bo`lmagan mutaxassislarga tegishli bo`lgan. Odatda ular ish joyidan xududiy jixatdan uzoqroq bo`lgan maxsus binolarda joylashtirilgan. Xozirda esa komp`yuterlashtirish avtomatikasi ancha rivojlandi, bajariladigan ishlarni osonlashtirmokda, lekin inson salomatligiga ozmi-ko`pmi salbiy ta`sir qilmokda. Bunday nurlanishdan ximoyalanish choralarini ko`rish global muommolarga aylangan va uni xal qilishda ko`p ximoya vositalari ishlab chiqarilmoqda. Mutaxassislarning fikri bo`yicha 50 sm masofada elektrostatik maydon ta`siri inson uchun xavfsiz darajagacha kamayadi. Maxsus ximoya fil`trlarini qo`llash orqali ularni nol` qiymatgacha kamaytirish mumkin. Lekin monitor ishlaganda nafaqat uning ekrani elektrlanadi, balki xona ichidagi xavo ham elektrlanishi tabiiy, albatta. Bu xolda xavo o`z xolatini o`zgartiradi, ya`ni o`zida musbat zaryad to`playdi, musbat elektrlangan kislorod molekulasi 100 inson organizmiga kisloroddek singmaydi va nafakat o`pkani bo`sh ishlashiga, balki o`pkaga changlarning mikroskopik zarrachalarini ham olib keladi. Komp`yuter radiatsiyasi xaqida gapiruvchi odamlar, komp`yuterni yadro reaktori bilan chalkashtirib qo`yganlar. Komp`yuter xech qanday radiaktiv zarrachalar (-al`fa, -beta, -gamma, neytronlar)ni chiqarmaydi. Ixtiyoriy kinoskop, monitorning kinoskopi xam rentgen nurlanishini tarqatadi, lekin zamonaviy komp`yuterlarda bu to`liqligicha neytrallanadi. Xatto eski monitorlarda xam, agar siz yarim metr uzoqroq masofada o`tirsanggiz, siz to`liq xavfsizlikda bo`lasiz. Bunday ishonch qaerdan paydo bo`ldi? degan savol odamni qiziqtiradi. Bu monitorlardagi «Low Radiation» yozuvidan xosil bo`lgan. Lekin «Radiation» so`zi o`zbek va boshqa tillarga tarjima qilinganida radiatsiya emas, balki elektromagnit nurlanish degan ma`noni beradi. Bunday nurlanishni nafaqat komp`yuter, xatto ixtiyoriy elektr asbobi ham tarqatishi tabiiy. Elektromagnit maydonni asosan monitor chiqaradi. Inson tanasi «magnitlanish» xususiyatiga ega va buning ta`sirida moddalar almashinuvi ham o`zgaradi. O`zgaruvchan elektromagnit maydon inson organizmida ionlarni tebranishiga olib keladi, bu xar doim ham uning foydasiga bo`lavermaydi. Lekin, xuddi shu maydon meditsinada ham ishlatiladi (misol uchun: fizioterapiyada), lekin u erda xammasi ma`lum miqdorda va vakt bo`yicha xisoblangan bo`ladi. Ma`lumki dori bilan zaxar faqat miqdor bo`yicha farqlanadi. Lekin biz kundalik xayotda elektromagnit nurlanishni ko`p miqdorini televizordan, chang yutgichdan, trolleybusdan «olamiz», agar uyda elektr kabeli bo`lsa, bu komp`yuterdan xam zararlirok bo`ladi. Ayrim odamlar komp`yuterdan tarqalayotgan elektromagnit nurlanishni kamaytirish yoki undan saqlanish uchun kaktus o`simliklaridan foydalanadi. Ko`pchilik o`simliklar (bunda kaktus ham) xaqiqatdan xam elektromagnit nurlanish katta bo`lgan sharoitda o`sadi. Lekin ular nurlanishni xech qancha kamaytirmaydi. Ayrim komp`yuterlashtirilgan joylarda butun bir bog`ni qurish mumkin, lekin bularning bari befoyda. Ishlayotgan monitor elektromagnit nurlanishdan tashqari elektrostatik maydonni ham xosil qiladi. Qo`lingizni monitorga yaqin olib borsangiz shitirlagan ovozni va igna kabi sanchilishlarni sezasiz. Xuddi shunday, ekrandan yarim metr uzoqroq masofada o`tirsangiz, siz xavfsizlikda bo`lasiz, ayniqsa ekran erga ulangan fil`tr bilan jixozlangan bo`lsa. Biroq, negadir xamma unitib qo`yadigan yana bir axamiyat bor: monitor ishlayotgan vaqtda nafaqat ekran, balki xonadagi xavo ham zaryadlanadi – bu inson organizmiga juda zararli. Tog` va dengiz xavosining xususiyati – ular manfiy zaryadlangan bo`ladi. Shuning uchun momaqaldirok bo`lib, chaqmoq chaqqandan so`ng nafas olish engillashadi (bu yuqoridagi sabablarga ko`ra) va aksincha, musbat zaryadlangan kislorod organizmga kisloroddek singmaydi. Siz istaganingizcha xonani shamollatishingiz mumkin, lekin xavo musbat zaryadga ega bo`lsa - bu uni yo`q degani bilan barobardir. 101 Ko`p komp`yuterlar ishlayotgan xonada nafas olish, xar doim qiyin. Shuningdek, doim televizor ishlab turadigan xonalarda nafas olish bundanda qiyinlashadi. Shuning uchun quyidagilar e`tibor qaratish kerak: 1. Komp`yuterlar ishlayotgan xonada xavo ionizatori bo`lishi kerak. 2. Monitorni shunday qo`yish kerakki, u sizdan yarim metr uzoqroqda bo`lsin. 3. Elektrostatik maydondan ximoyalanish uchun albatta, ekraningizni ximoya fil`tri erga ulanishi zarur. Ko`pchilik foydalanuvchilarda ximoya fil`trining o`tkazgich simi uzilgan yoki korpusga ulangan bo`ladi. Uni erga ulash kerak, aks xolda sizning ximoya fil`tringiz foydasiz bo`ladi (xatto, zararli xamdir, chunki xonadagi xamma changlarni o`zida to`playdi). 4. Ximoya fil`trlari (ekranlari) elekromagnit nurlanishdan saqlamaydi. Rentgen nuridan, ko`zni zo`riqishidan, elektrostatik kuchlanishdan saqlaydi (agar ximoya fil`tri erga ulangan bo`lsa). 5. Agar sizning monitoringiz MPR II standartiga mos kelsa, u xolda ximoya fil`trga xarajat qilmasa ham bo`ladi, fil`tr monitorga o`rnatilgan. 6. Monitor elektromagnit va elektrostatik maydonni nafaqat ekran tomonidan xosil qiladi. Monitorning orqa va yon tomonlaridan xosil qilinadigan elektromagnit maydon oldi tomoniga nisbatan ancha kuchliroq. Shuning uchun, nafaqat o`zimizning monitordan, balki qo`shni monitorlardan xam ximoyalanishimiz kerak. Sanitariya meyyorlari ta`kidlaydiki, qo`shni komp`yutergacha bo`lgan masofa yarim metrdan kam bo`lmasligi kerak. Yaxshisi komp`yuterlarni devorning parimetri bo`yicha o`rnatgan ma`qul. Afsuski, ayrim korxonalarda monitorning orqa tarafi oldinda o`tirgan odamga qarab turadi. 7. Umuman olganda biron-bir joyga chiqib kelmoqchi bo`lsangiz, komp`yuterni tez-tez o`chirib yoqib turish tavsiya qilinmaydi. Biroq bu narsa monitorga taalluqli emas. Tushlikka ketganda yoki komp`yutersiz ishlar bilan shug`ullanganda monitorni o`chirib qo`ying, shunda xavodagi musbat ionlar soni kamroq bo`ladi. Hozir xamma narsalar o`zgardi. Komp`yuter terminallari va stol ustida turadigan komp`yuterlar xamma joyda ishlatilmoqda. Komp`yuter qurilmalari foydalanuvchilarga muxim bo`lib qoldi, shuning uchun ko`pchilik odamlar undan foydalanishni tez va oson o`rganishlari mumkin. 102 UMUMIY XULOSA Bitiruv malakaviy ishda quyidagi masalalar keltirilgan: - tarmoqning tashkil etilishi va ularga qo`yiladigan talablar, asosan tarmoqning tashkil etilishi, tarmoq elementlari, ularning vazifalari va xususiyatlari, tarmoq tuzilmalari komponentlari, tarmoqning funktsional modeli, kommutatsiya usullari; - axborot xavfsizligini buzilishiga olib keluvchi taxdidlarning turlari va ularning tasniflari, ximoyaning buzilishlari, passiv xujumlar, ma`lumotlar oqimini taxlili, axborotlar mazmunini fosh etish, ximoya mexanizmlari; - axborot xavfsizligini ta`minlash choralari tasniflari, komp`yuter tizimlari va tarmoqlarining axborot xavfsizligini ta`minlash va apparat dasturli vositalari;. - o`zaro ochiq tizimlarning etalon modelini xavfsizlik arxitekturasi, axborot xavfsizligining xizmatlari va mexanizmlari; - axborot xavfsizligining dasturiy texnikaviy vositalarining tuzilishi; - tarmoqlar oraligi ekranlari va o`rnatish chizmasi, tarmoqlararo ekranlarning asosiy tashkil etuvchilari; - tarmoqlararo ekranlarning ishlash xususiyatlari va ulash sxemalari; - tarmoqlararo ekranlarning asosiy komponentlari; - tarmoqlararo ekranlar asosidagi tarmoq ximoyasining sxemalari, shaxsiy va taqsimlangan tarmoq ekranlari ko`rib o`tilgan. 103 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Domarev V.V Bezopasnost` informatsionnix texnologiy: metodologiya sozdaniya sistem zashiti / V.V. Domarev. – M.: SPb; Kiev: DS DifSoft , 2001. - 688s 2. Petrakov A.V. Osnovi prakticheskoy zashiti informatsii.: - M.: Radio i svyaz`., 1999 g. 3. Romanets Yu.V., Timofeev P.A., Shan`gin V.F. Zashita informatsii v komp`yuter sistemx i setyax.- M.: Radio i svyaz`, 1999 g. 4. Kulakov M.V., Garanin A.V., Informatsionnaya bezopasnost` telekommunikatsionnix sistem (texnicheskie aspekti) Ucheb. Posobie dlya vuzov M.: Radio i Svyaz` 2004 1. Informatsionnaya bezopasnost` gosudarstvennix organizatsiy i kommercheskix firm. Spravochnoe posobie M.: 2002. 2. Zegjda D.P. Osnovы bezopasnosti informatsionnix sistem: Ucheb. posobie dlya stud. vuzov. – M.: Goryachaya liniya – Telekom, 2000. - 452s. 7. S.K. G`aniev, M.M. Karimov, K.A. Tashev “Axborot xavfsizligi” –O`quv qo`llanma – T., “Aloqachi”, 2008, 382 bet. 8. D.e Akbarov «Axborot xavfsizligini ta`minlashning kriptografik usullari va ularning qo`llanilishi» -Toshkent, “O`zbekiston markasi” nashriyoti, 2009 – 432 bet. 9. Shakina L.G. «Oxrana truda na predpriyatiyax svyazi» M: Radio i svyaz`, 1983g 10. Oxrana truda na predpriyatiyax svyazi. Pod. redaktsii N.I. Baklashova. M.-1985 Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling