Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nukus filiali kompyuter injiniringi fakulteti


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana06.05.2020
Hajmi1.5 Mb.
#103706
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
malumotlar uzatishda qollaniladigan tarmoqlararo ekran tahlili


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA 
TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QO`MITASI  
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI  
NUKUS FILIALI  
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI 
«TELEKOMMUNIKATSIYA INJINIRINGI» KAFEDRASI 
Mavzu: «
 
Ma`lumоtlar uzatishda qo’llaniladigan tarmоqlararo    
ekran tahlili  » mavzusidagi 
 
BITIRUV MALAKAVIY ISHI 
 
 
  Bajardi:«5522200- 
telekommunikatsiya» ta`lim yo`nalishi 
bitiruvchi 4 kurs talabasi  
Jalekeev.M.________________ 
 
   
ILMIY RAXBAR: 
O`z R A A T T davlat qo`mitasi  
Qoraqalpog`iston 
Hududiy boshqarmasi boshlig`i.. 
Kolanov.K.___________________   
 
 
Bitiruv malakaviy ishi kafedradan dastlabki himoyadan o`tdi. 
__________ sonli bayonnomasi «_____» _________________ 2014 yil 
Nukus – 2014-yil 
 
       
 
 

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA           
TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QO`MITASI 
TOSHKENTAXBOROTTEXNOLOGIYALARIUNIVERSITETI 
NUKUSFILIALI 
 
“Komp`yuterinjiniringi”fakul`teti 
 
“Telekommunikatsiyainjiniringi” 
kafedrasi 
 
5522200 – Telekommunikatsiyabakalavrta`limyo`nalishi 
“Tasdiqlayman” 
Telekommunikatsiya injiniringi 
kafedrasi mudiri _______K.O.Tleuov 
«____» ___________  2014  y 
 
Jalekeev Mirbek Jollibaevichning
 
                                                           (Familiyasi ,Ismi, Otasiningismi) 
 
Malakaviyishmavzusi::
Ma`lumot  uzatishda qo`llaniladigan tarmoqlararo 
ekran taxlili
mavzuyidagi bitiruv ishiga oid 
 
TOPSHIRIQ 
 
1.TATU Nukus filialining №  122 buyrug`i bilan 2014-yil  “ 4-mart” da tasdiqlangan. 
2.Malakaviy ishni topshirish muddati:   2014    yil 5 -iyun 
3
.  Ishiga oid dastlabki ma’lumotlar Diplom oldi amaliyoti va adabiyotlar 
4.  Hisoblash tushintirish yozmalar mazmuni (ishlab chiqiladigan masalalarning 
ro’yxati). 
1. Ma`lumotlaruzatishtarmoqlarivaaxborotxavfsizligimuammolari.  2
Ma`lumotlaruzatishtarmoqlariniaxborotxavfsizliginita`minlash___    tamoyillari.  3
Ma`lumotlaruzatishdaqo`llaniladigantarmoqlararoekrantaxlili
4
Xayotfaoliyatixavfsizligi__
 
5. Grafikmateriallarro`yhatiPrezentatsiya 
6
.Topshiriqberilgansana     26.01.2014 
Rahbar  ________________________________   
imzo 
Topshiriqoldim ______________________  
imzo

7.Ishningayrimbo`limlaribo`yichamaslaxatchilar: 
 
Bo`limnomi 
 
 
Maslahatchi 
 
 
Imzo, sana 
Topshiriqberildi 
Topshiriq 
Olindi 
 
 
Asosiyqism 
 
 
 
 
 
Kolanov.K 
 
 
 
 
26.01.2014 
 
 
 
 
 
8.Ishnibajarishgrafigi 
 
 
 
 
 
 
 
Bitiruvchi__________________ 
 
2014yil «_____»___________ 
imzo 
 
Rahbar_____________________  
 
2014yil «_____»___________  
imzo 
T/r 
Ishbo`limlarinomi 
Bajarishmudda
ti 
Rahbar 
(maslahatchi) 
imzosi 
1. 
 
 
2. 
 
 
 
3. 
 
 
4. 
Ma`lumotlar uzatish tarmoqlari va axborot 
xavfsizligi muammolari.   
Ma`lumotlar uzatish tarmoqlarini  axborot 
xavfsizligini ta`minlash tamoyillari.   
Ma`lumotlar uzatishda qo`llaniladigan  
tarmoqlararo ekran taxlili 
 
Xayot faoliyati xavfsizligi 
 
21.02.2014 
 
19.03.2014 
 
20.04.2014 
 
 
26.05.2014 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 

 
                                    ANNOTASIYA 
 
     
Ushbu  bitiruv  malakaviy  ishda  ma`lumotlar  uzatishda  qo`llaniladigan 
tarmoqlararo  ekran  taxlili,  tarmoqlararo  ekranlarning  ishlash  xususiyatlari  va 
tarmoqlararo ekran asosidagi tarmoq ximoyasining sxemalari keltirilgan.  
Shuningdek xayot faoliyati xavfsizligi choralari xam ko`rib o`tilgan. 
 
 
 
V  dannoy  vipusknoy  kvalifikatsionnoy  rabote  proveden  analiz  vnedrenie 
mejsetevix 
ekranov 
dlya 
peredachi 
dannix, 
rassmotreni 
osobennosti 
funktsionirovaniya mejsetevix ekranov i prvedeni sxemi zashiti setey,  osnovannix 
na primenenii mejsetevix ekranov. 
Takje rassmotreni voprosi bezopasnosti jiznedeyatel`nosti. 
 
 
In  the  given  final  qualifying  work  the  analysis  introduction  of  gateway 
screens  for  data  transmission  is  carried  out,  features  of  functioning  of  gateway 
screens  are  considered  and  schemes  of  protection  of  the  networks  based  on 
application of gateway screens are spent.
 
Also ability to live safety issues are considered.
 
 
 
 

 

MUNDARIJA 
 
KIRISH............................................................................................... 

 
MA`LUMOT UZATISH TARMOQLARI VA AXBOROT 
XAVFSIZLIGI MUAMMOLARI.............................................. 
 

1.1.  Tarmoqning tashkil etilishi va talablar....................................... 

1.2.  Axborot  xavfsizligining  buzilishiga  olib        keluvchi    taxdidlarning 
turlari va ularning tasnifi................................. 
 
20 
1.3.  Axborot xavfsizligini ta`minlash choralarining tasnifi......... 
28 
 
Xulosa ……………………………………………............................. 
32 
2. 
MA`LUMOT UZATISH TARMOQLARINI AXBOROT 
XAVFSIZLIGINI TA`MINLASH TAMOYILLARI......... 
 
33 
2.1.  O`zaro ochiq tizimlarning etalon modelini xavfsizlik arxitekturasi 
axborot xavfsizligining xizmatlari va 
mexanizmlari...................................................................................... 
 
 
33 
2.2.  Axborot xavfsizligini dasturiy – texnikaviy vositalarining 
tuzilishi..............................................................................................
 
 
39 
2.3.  Tarmoqlar oraligi ekranlari...........................................................
 
41 
 
Xulosa ……………………………………………............................. 
45 
3. 
MA`LUMOT UZATISHDA QO`LLANILADIGAN 
TARMOQLARARO EKRAN TAXLILI.......................................
 
 
46 
3.1.  Tarmoqlararo ekranlarning ishlash xususiyatlari.........................
 
46 
3.2.  Tarmoqlararo ekranlarning asosiy komponentlari......................
 
56 
3.3.  Tarmoqlararo ekranlar asosidagi tarmoq ximoyasining 
sxemalari............................................................................................. 
 
68 
 
Xulosa ……………………………………………............................. 
79 
4. 
XAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI......................................... 
80 
 
UMUMIY XULOSA........................................................................ 
90 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.......................................... 
91 
 
ILOVA................................................................................................ 
92 
 

 

KIRISH 
 
 
 
Axborot  juda  qadriyatli  yoki  o`ta  muhim  bo`lganligi  sababli  bunday 
axborotni  saqlaydigan,  qayta  ishlaydigan  yoki  uzatadigan  komp`yuter  tizimlariga 
nisbatan  turli  –  tuman  yomon  niyatli  harakatlar  mavjuddir.    Masalan,  buzg`unchi 
o`zini  boshqa  foydalanuvchi  kabi  ko`rsatishga  intilishi,  aloqa  kanalini 
bildirmasdan eshitib olishi yoki tizim foydalanuvchilari  almashayotgan axborotni 
ushlab  olishi  va  o`zgartirishi  mumkin.  Zamonaviy  komp`yuter  tizimlari  va 
tarmoqlari  (KT  va  T),  Internetdan  yomon  niyatli  odamlarga  muhim  maxfiy 
axborotni  o`g`irlash,  buzish  yoki  xalaqitlarga  uchratish  maqsadida  korxona  va 
tashkilotlarning  ichki  tarmoqlariga  kirish  uchun  ko`plab  imkoniyat  yaratib 
beradilar.  Shu  sababli  hozirda  insonlarni  va  jamiyatni  informatsion  xavfsizlik  va 
axborotni  himoya  qilishni  ta`minlash  muammosini  kompleks  echishni  dolzarb 
ravishda kerakligi paydo bo`lmokda. 
 
Axborot  xavfsizligini  ta`minlash    muammosi    Internetning  ishlash 
sharoitlarida    muhim  ahamiyat    kasb  etadi.  Mutloq    ko`pchilik    kompaniya  va 
tashkilotlar    bugungi    kunda    o`zlarining    lokal    tarmoqlarini    Internetga,  uning 
resurslari    va    afzalliklaridan    foydalanish    uchun    ulamoqdalar.  Ular    Internetni  
turli maqsadlarda  ishlatadilar, bunga  elektron  pochta  bilan almashinish, qiziqib 
qolgan    shaxs  va  tashkilotlar    o`rtasida  axborotlarni      olish  va  tarqatish    va  
boshqalar    kiradi.  Bosh  tarmoqqa    ulanish    katta    afzallikga  ega,  ammo    bunda  
ulanayotgan  lokal    yoki  korporativ    tarmoqdagi    axborot    xavfsizligini  
ta`minlashda  jiddiy    muammolar    paydo    bo`ladi.  O`zining    idealogiyasidagi  
ochiqchilik  tufayli  Internet    yomon  niyatli    odamlarga,  muhim    va  maxfiy  
axborotni    o`g`irlash,    xalaqitlarga    uchratish    va  buzish    maqsadida  korxona    va 
tashkilotlarning    ichki    tarmoqlariga      kirish    uchun    ko`p    imkoniyat    yaratib  
beradi. Axborot  juda  axamiyatli  yoki  o`ta muhim  bo`lganligi sababli  bunday  

 

axborotni  saqlayotgan, qayta ishlayotgan  yoki  uzatayotgan  komp`yuter tizimlari  
va tarmoqlariga  nisbatan  turli xil  yomon  niyatli  xarakatlar  bo`lishi  mumkin.  
 
 
Masalan,    buzuvchi  odam    o`zini  tizimning    boshqa    foydalanuvchisi    qilib 
ko`rsatishga  intilishi  mumkin, aloqa  kanalini bildirmasdan  eshitishi yoki tarmoq  
foydalanuvchilari    almashayotgan    axborotni    ushlab  olish    va  o`zgartirishi  
mumkin.  Tizimning    foydalanuvchisi    buzg`unchi    bo`lishi    mumkin,    u  o`zi  
xaqiqatda  ham    uzatilmagan      ma`lumotni    ular  tomonidan    olinganligini  
tasdiqlashga    intilishi    mumkin.    U  murojaat  qilishi    mumkin    bo`lmagan  
axborotga    murojaat    qilishga  ruxsat    olish    uchun    o`zining    vakolatlarini  
kengaytirishga    intilishi    yoki  boshqa    foydalanuvchilarning    xuquqlarini    ruxsat 
etilmagan  holda  o`zgartirib tizimni  buzishga  intilishi  mumkin. Shu munosabat 
bilan,  zamonaviy    axborotlashgan    jamiyatda  global    va  boshqa  tarmoqlarning  
ulkan  afzalliklari  mavjudligi  bilan bir  qatorda,  ularda  axborotni himoya qilish  
bo`yicha    o`ziga  xos    muammolarni      ham    echishga    to`g`ri    keladi.  Shuning  
uchun  axborotning  maxfiyligi  va butunligini  ta`minlash  bilan   bog`liq  bo`lgan  
barcha kerakli ishlarni  amalga  oshirish  uchun  samarali  vositalarni  yaratish  va 
qo`llash  juda muhimdir. 
Internetni tadbiq qilinishi  bilan    jinoyatlar  ayniqsa  keng quloch  yoydi. 
Bu esa qonuniyatlidir, negaki  ShK ning  faol ishlatilishining birinchi  o`n  yilligida  
komp`yuterlarga    asosan    telefon  tarmog`i    orqali    ulanib  olgan    xakerlar    yoki 
«elektron    qaroqchilar»        asosiy    xavf-xatarga    ega  bo`lgan  bo`lsa,  unda 
komp`yuter  tizimlarini  va tarmoqlarini  ommaviy   ishlatish davrida axborotning  
ishonchliligi  va butunligini  buzishga  komp`yuter  viruslari  dasturlari  va Internet  
global  tarmoqi  orqali  xavf  solinmoqda. 
 
Komp`yuterlar,  komp`yuter  tizimlari  va  tarmoqlari  axborotni  saqlash  va 
qayta ishlashni, uni iste`molchilarga taqdim etishni, shu bilan birga eng zamonaviy 

 
10 
axborot  texnologiyalarini  qo`llashni  amalga  oshiradigan,  axborotni  qayta 
ishlaydigan barcha avtomatlashtirilgan tizimlarning asosi hisoblanadi. 
 
 
 
 
 
 
1.MA`LUMOT UZATISH TARMOQLARI VA AXBOROT 
XAVFSIZLIGI MUAMMOLARI 
 
1.1.  Tarmoqning tashkil etilishi va talablari. 
 
  Tarmoqning  tashkil  etilishi.  Tashkiliy  tuzilma  tarmoqning  yaxlit  tashkil 
qilinishini,  ya`ni  uning  vazifalari,  elementlarning  asosiy  xususiyatlari  va  aloxida 
tizim osti axborot tarmoq segmentlari sifatida qo`llaniladigan unsurlarning tuzilma 
komponentlariga birlashtirishning kompozitsion tamoyillarini aks ettiradi. 
Tarmoq elementlari, ularning vazifalari va xususiyatlariUmumiy xolda xar 
qanday  tarmoqning  elementlari  punktlar  va  ularni  bog`lovchi  liniyalar 
xisoblanadilar. Tarmoq punktlari oxirgi va tugun punktlarga bo`linadi. 
Oxirgi  punktlarda  (OP)  (endpoints)  tarmoqning  terminal  uskunalari  xamda 
OP  funktsional  vazifalarini  belgilovchi  axborot  resurslari  va  ishchi  tizimlar 
joylashadi.  Masalan,  OP  tarmoqqa,telekommunikatsion  xizmatlarga  kirishni 
ta`minlash  yoki  tarmoqning  turli  segmentlarini  birlashtirish  uchun  ishlatiladi. 
Yuqoridagi ikkita xolatda OP kirish tuguni (access node) deb ataladi. 
Foydalanuvchilarning  tarmoqqa  kirishida,  muvofiq  OP  terminal  qurilmasi 
foydalanuvchi  vazifasiga  ko`ra,  axborot  kiritish-chiqarish  xamda  axborotni  qayta 
ishlash funktsiyasini bajaradi. 

 
11 
Telekommunikatsiya  xizmatlaridan  foydalanish  uchun  foydalanuvchining 
tarmoqqa  kirish  imkonini  beruvchi  punkt-xizmat  tuguni  (service  node)  deb 
yuritiladi.  Ularda  foydalanuvchilar  kirishi  uchun  abonent-tarmoq  interfeyslari 
(User  Network  Interface,  UNI)  va  tarmoq  bilan  o`zaro  bog`lanish  uchun  xizmat 
tuguni interfeysi (Service Node Interface) amalga oshirilgan. 
Turli  segmentlarni  birlashtiruvchi  OP  da  chegara  kommutator,  kiritish-
chiqarish mul`tipleksori yoki turli telekommunikatsion texnologiyalar tarmoqlarini 
birlashtirishda  tarmoqlararo  o`zgartirgich  (shlyuz)  vazifasini  bajaruvchi  maxsus 
uskunalar o`rnatilishi mumkin. 
Tugun punkti (node point) yoki tarmoq tuguni (node) bu ikki va undan ortiq 
aloqa liniyalari birlashgan punkt va ushbu punkt ma`lumotlar oqimi yo`lida oraliq 
punktdir.  Tarmoq  tugunida  bir  paytda  yoki  xar  xil  paytda  turli  vazifalar  amalga 
oshiriladi,  ulardan  asosiysi  kommutatsiya,  kontsentratsiya,  mul`tipleksorlash  va 
marshrutizatsiyadir. 
Kommutatsiya  (switching)-marshrutizatsiya  sxemasiga  muvofiq  tarmoqda 
axborot  oqimlarini  taqsimlashda  tugunda  birlashadigan  liniyalar  o`rtasida  aloqa 
o`rnatish  jarayoni.  Kommutatsiya  operativ  (aloqa  seansi  mobaynida)  va  uzoq 
muddatli  (krossli),  ya`ni  tugunda  birlashadigan  liniyalarni  krosslash  yo`li  bilan 
amalga oshiriladigan bo`ladi. 
Kontsentratsiya  (concentration)-liniyaning  samarali  yuklanishini  ta`minlash 
maqsadida  quvvatli  chiqish  oqimiga  erishish  uchun  bir  necha  kirish  axborot 
oqimlarini birlashtirishdir. 
Mul`tipleksorlash  (multiptxing)-liniyaning  o`tkazish  qobiliyati  resursning 
ma`lum qismini axborot oqimining xar biriga berish yo`li bilan bitta liniyadan bir 
necha  axborot  oqimlarini  uzatishni  ta`minlab  beradi.  O`rnatilgan  bu  taqsimlash 
uzatilayotgan  axborot  yo`qligida  xam  saqlanib  qoladi,  ya`ni  bu  erda 
kontsentratsiya vazifasi mavjud emas. 

 
12 
Marshrutizatsiya  (routing)-adres  axborot  va  marshrutlar  trassasi  jadvali 
asosida tarmoqning ikki punkti o`rtasida yo`l qidirish jarayoni. 
Aloqa liniyalari signal shaklida axborot oqimlarini uzatishni ta`minlab beradi 
va umumiy xolatda signal tarqatish muxitini va uni taqsimlash rejimida ishlatishga 
imkoniyat  beruvchi  uskunalar    majmuasini  o`z  ichiga  oluvchi  qurilmalardir. 
Fizikaviy  muxit  juft  mis  simlar,  optik  tola,efir  bo`lishi  mumkin.  Muxit  turiga 
bog`liq ravishda aloqa liniyalari simli va simsizga ajratiladi.  
Simli  liniyalarga  signal  sun`iy  tashkil  qilingan  yo`naltiruvchi  muxitda 
tarqaladigan,  masalan,  ximoyalangan  qobiqqa  ega  simlar(kabel`  aloqa  liniyalari) 
kiradi.  Kabel`  aloqa  liniyalarida  uzoq  masofani  ta`minlash  maqsadida,  ma`lum 
intervalda kuchaytirgich punktlari tashkil qilinadi. Optik tolali aloqa liniyalari xam 
simli  xisoblanadi,  ularda  tarqalish  muxiti  sifatida  dielektrik  material,  xususan, 
yupqa shisha tolalar ishlatiladi. Ularning afzalligi konstruktsiyasida defitsit bo`lgan 
mis, alyuminiy, qo`rg`oshinning yo`qligidir. 
Tarmoq  tuzilmasi  komponentlari.  Tarmoq  elementlari  birlashishning 
nisbatan  mustaqil  tuzilma  komponentlarga  –tarmoq  segmentlariga-birlashishi 
tamoyillari  odatda  segment  miqyosi,  uning  bajarayotgan  vazifasi,  ishlatilayotgan 
telekommunikatsion 
texnologiyasi 
bo`yicha 
tasniflanadi. 
Tarmoqni 
segmentatsiyalashning  asosiy  vazifasi  segment  ichidagi  oqim  ulushini 
maksimallashtirish va segmentlar orasidagi oqimlar ulushini kamaytirishdir.  
Tarmoq segmentlarini miqyos tamoyili asosida tasnif qilish tarmoq ierarxiyasi 
bilan tasvirlanadi (1.1-rasm): 
 

 
13 
 
1.1-rasm. Masshtab belgisiga ko`ra tarmoqning ierarxiya segmenti 
 
- lokal tarmoq (Local Area Network, LAN), unda yuklanishning asosiy qismi 
kichik  xudud,  muassasa,  sanoat  korxonasi  va  xokazo  ichida  chegaralanadi,  ya`ni 
katta  bo`lmagan  ma`lum  xududda  joylashgan  komp`yuterlar  tarmog`i.  Umumiy 
xolda bitta yoki bir nechta binolar va bitta tashkilotga taalluqli bo`lgan qurilmalar 
majmuasi; 
-  xududiy  (mintaqaviy)  tarmoq  (Metropolitan  Area  Network,  MAN),  yirik 
axoli punkti yoki kichik mintaqaga xizmat qilish uchun mo`ljallangan; 
- yirik miqyosli xududiy (global)  tarmoq (Wide Area Network,WAN), katta 
xudud,  davlat,  kontinent  xamda  turli  kontinentlarda  joylashgan  LAN,  MAN 
turidagi  tarmoqlarni  birlashtirish  uchun  mo`ljallangan.  Mazkur  magistral  tarmoq 
uzatish muxiti sifatida asosan optik toladan foydalaniladi. 
LAN,  MAN,  WAN  tarmoqlaridan  xar  biri  kichik  miqyosdagi  bir  qator 
segmentlarga bo`linishi mumkin. Ular tarmoqning mantiqiy tuzilmasini aks ettiradi 
va  ularning  xar  bir  segmenti  umumtarmoq  almashuvini  shakllantirishda  aniq 
funktsional  vazifani  bajaradi.  Xar  qanday  qatlamda  segmentlar  bog`liqligi 
magistrallar (magistral segmentlar) bilan ta`minlanadi.  
LAN 
MAN 
LAN 
LAN 
WAN 
MAN 

 
14 
Oxirgi  punktlarning  segment  ichida  birlashishi  va  magistral  segmentlarning 
amalga  oshirilishi  umumiy  kommunikatsion  muxit  yoki  tugun  tashkil  qilish  yo`li 
bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Umumiy  kommunikatsion  muxitni  ishlatish  iqtisodiy  tomondan  foydalidir. 
Bunda  bitta  tugun  tizimi  bilan  generatsiya  qilinadigan  yuklama  barcha  boshqa 
tizimlarga yuboriladi, biroq qabul qiluvchi manzili bo`lgan bitta tizim bilan qabul 
qilinadi.  Umumiy  bo`linadigan  muxitli  tarmoq  segmentlari  misoliga  shina 
topologiyali kichik bir rangli maxalliy tarmoqlarni xamda transport xalqa tamoyili 
bo`yicha tashkil qilingan xududiy tarmoqlarni keltirsa bo`ladi. 
Tugun  tashkil  qilish  segment  kommutatsiyalanayotgan  topologiyani  ochiq 
tizimlar  o`zaro  bog`lanish  modelini  (Open  System  Interconnection,OSI)  kanal  va 
tarmoq vazifalarga ega bo`lgan uskunalar tugunida joylashtirish yo`li orqali amalga 
oshiriladi.  Bunda  umumiy  kommunikatsion  muxitdan  farqli  ravishda  tarmoqning 
katta miqyosi, yuqori ishlab chiqarish darajasi va ishonchliligi ta`minlanadi, biroq 
narxi  oshadi.  Bunday  tarmoqlarga  misol  sifatida  yuqori  tezlikli  maxalliy 
tarmoqlarning magistral segmentlarini xamda radial tugun tamoyili asosida tashkil 
qilingan xududiy tarmoqlarni keltirsa bo`ladi.  
Tarmoq  (tarmoq  segmentlari)  bog`lovchi  magistral  sifatida  tashkil  qilinsa, 
tayanch  tarmoq  (backbone  network)  deb  ataladi.  Magistral  qurilishining  turli 
topografik  variantlari  bo`lishi  mumkin,  bunga  asoslanib  tayanch  tarmoqlarning 
nomlanishi  xam  turlichadir,  masalan:  «tizma  tarmoq»,  «transport  xalqa», 
«kommutatsiyalanadigan  tarmoq».  Ulardan  xar  biri  aniq  vazifa  doirasida 
chegaralangan.  
Tayanch  tarmoq  ixtiyoriy  darajada  (LAN,  MAN,  WAN)  tashkil  qilinishi 
mumkin,  ya`ni  tarmoqning  ishonchliligi,  ishlab  chiqarishni  oshirish  maqsadida, 
tarmoqning mantiqiy segmentatsiya  vazifasi echiladigan xamma joyda ishlatilishi 
mumkin.  Turli  darajalardagi  tayanch  tarmoqlarning  yig`indisi  taqsimlangan 
tarmoqning  ierarxik  bog`liqligini  ta`minlab  beradi.  Shuni  qayd  qilish  lozimki, 

 
15 
kichik  miqyosli  segmentlar  (LAN, MAN)  uchun  tayanch tarmog`i vazifasini bitta 
tugun  bajarishi  mumkin.  Bunday  magistral  o`zgargan  magistral  (collapsed 
backbone) yoxud tayanch tuguni (backbone node) deb nomlanadi. Misol tariqasida 
maxalliy  tarmoqlarning  marshrutizator  yordamida  markaziy  nuqtada  birlashishini 
keltirsak  bo`ladi.  Tayanch  tugun  oxirgi  punkt  segmenti  yoki  bitta  daraja 
segmentlari  o`rtasida  yuklamani  qayta  taqsimlaydi,  bu  yo`l  bilan  yuqoriroq 
darajadagi  segmentnm  tashkil  qiladi  va  uning  chegara  ortiga  yo`naltiriladigan 
oqimlarni kontsentratsiya qiladi. 
Taqsimlangan  tarmoq  bog`liqlik  ierarxiyasidagi  yuqori  daraja  tayanch 
tarmog`ini  transport  tarmoq(transport  network)  deb  atashadi.  U  yuklamani  ancha 
sekin  segmentlar  bo`lmish  mintaqaviy  va  maxalliy  darajaga  uzatadigan  yuqori 
tezlikli trakt(segment) tizimi ko`rinishida amalga oshiriladi.  
«Transport  tarmog`i»  atamasi  segmentning  masshtabini  emas,  balki 
funktsionalligini aks ettiradi. Buning natijasida transport tarmog`i texnologiyalarni 
qo`llab  tashkil  qilingan  katta  bo`lmagan  xududiy  tarmoqlarning  tayanch 
tarmoqlarini  aksariyat  xollarda  transport  tarmoqlari  deb  ataladi.  Barcha 
vaziyatlarda  segmentlarning  transport  magistrali  bilan  birlashishi  uning  oxirgi 
punktlari bo`lgan kirish tugunlarida amalga oshiriladi. 
Funktsionallikni  kompozitsion  tamoyil  sifatida  qabul  qilib,  kirish  tarmog`i 
(access  network)  deb  transport  tarmog`iga  kirish  punkti  bilan  o`zaro  bog`langan 
axborot  tarmoqni  xududiy  taqsimlangan  oxirgi  punktlari  traktini  tashkil  qiladigan 
segment  yoki  segmentlar  yig`indisiga  aytiladi.  Xususan,  servis  tuguni  bilan 
foydalanuvchilarning  terminal  tizimlari  o`zaro  ta`sir  qiladigan  tarmoq  segmenti 
abonent kirish tarmog`i (customer access network) deb ataladi. 
Transport  tarmoqlari  va  kirish  tarmoqlari  funktsional  belgilari  bo`yicha 
mustaqil tuzilma komponentlari, ya`ni telekommunikatsion tarmoqning funktsional 
segmenti sifatida qabul qilinishi mumkin.  

 
16 
Axborot  tarmog`i  kontseptsiyasida  axborot  va  xisoblash  resurslariga  kirishni 
taqdim  etuvchi  ishchi  tizimlar  bilan  foydalanuvchilarni  terminal  tizimlarning 
o`zaro  ta`sirini  ta`minlab  beruvchi  telekommunikatsion  tarmoq  segmentlari 
yig`indisi  uzoqlashgan  kirish  (remote  access)  sifatida  tavsiflanishi  mumkin.  Uni 
amalga  oshirish  uslublari  global  aloqalarni  tashkil  qilish  sxemalari  va 
ishlatilayotgan  dasturiy  maxsulotlar  funktsiyalari  bilan  axamiyatli  farqlanishi 
mumkin. 
Foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish platformasini tashkil qilish xam tarmoq 
komponentlarini  vazifalari  bo`yicha  birlashtirishga  asoslangan.  Xizmatlar 
ko`rsatishning  yagona  platformasini  tashkil  qilishda  xizmatlarni  etkazib  beruvchi 
va  aloka  operatorlarini  birlashtiruvchi  global  kommunikatsiyalar  segmentining 
yig`indisi baza tarmog`i (Core Network) deb ataladi. 
Turli  o`lchamdagi  (butun  tarmoqdan  aloxida  fragmentgacha)  texnologik 
ravishda farqlanadigan segmentlar tarmoq texnologiyalarning keskin rivojlanishida 
axborot  tarmoqlarining  evolyutsion  rivojlanishi  tufayli  paydo  bo`ldi.  Bunday 
segmentlarning  mavjudligi  xizmatlar  ko`rsatishning  yagona  mul`tiservisli 
platformaga  o`tish  davri  uchun  xosdir.  Ularni  funktsional-texnologik  belgilar 
bo`yicha  tasniflab,  quyidagi  tushunchalar  ishlatiladi:  analog  tarmoq,  raqamli 
tarmoq,  ISDN  tarmog`i,  IP-tarmoq,  SDH  tarmog`i,  FR(Frame  Relay)  tarmog`i, 
ATM tarmog`i va boshqalar. 
Tarmoqning  funktsional  modeli.  Funktsional  model`  tarmoqning  fizikaviy 
amalga  oshirilishi  tamoyillariga  bog`liq  bo`lmagan  xolda  tarmoqni  mantiqiy 
darajada  mavxum  ravishda  tasvirlaydi.  Model`  elementlar  sifatida  ko`rib 
chiqilayotgan tarmoq funktsiyalarining o`zaro ta`sirini aks ettiradi. 
Funktsiya-mantiqiy  element  bo`lib,  belgilangan  vazifani  bajaradi.  Fizikaviy 
ravishda  funktsiya  apparat  bilan  yoki  dasturiy  maxsulot  (funktsional  ob`ekt) 
ko`rinishida amalga oshirilishi mumkin. 

 
17 
 Oxirgi xolatda funktsiyalarni ob`ekt deb nomlash qabul qilingan. Funktsiyani 
fizikaviy  amalga  oshirishda  ularni  mantiqiy  modul  deb  ataluvchi  aloxida 
funktsional tizim osti birliklar guruxiga birlashtirish mumkin. 
Tarmoqda bajariladigan funktsiyalarning quyidagi turlari farqlanadi: 
amaliy(qo`llanish) funktsiyalar-foydalanuvchilar va tarmoq ma`muriyati 
ilova ob`ektlari; 
-    xizmatlarni  boshqarish  funktsiyalari-xizmat  komponentlaridan  va  ular 
bilan  bog`liq  bo`lgan  resurslardan  xizmatlarni  amalga  oshirishga  imkoniyat 
beruvchi  va  foydalanuvchini  mazkur  xizmatlar  o`zaro  ta`siri  bilan  boshqarish 
imkoniyatini beradigan ob`ektlar; 
- tarmoqni ma`muriy boshqaruv funktsiyalari-xamma boshqa funktsiyalar 
boshqaruvini amalga oshiradigan ob`ektlar; 
-  ma`lumotlarga  ishlov  berish  va  saqlash  funktsiyalari-ilova  ob`ektlarini 
chaqirish  va  boshqarish,  ularning  o`zaro  ta`sirini  xamda  ma`lumotlarni 
ma`lumotlar  bazasidan  olish  yoki  unga  joylashtirishni  ta`minlab  beradigan 
ob`ektlar; 
-  kommutatsion  funktsiyalar-axborot  oqimlarini  boshqarish  va  transport 
funktsiyalari (ular kommunikatsion tugunlarda qayta taqsimlanganda). 
 Tarmoq  funktsiyalari  o`zaro  ta`sir  tartibi  funktsional  model`  elementlar 
aloqasini  belgilab  beradi.  Bunday    o`zaro  ta`sirni  aloxida  funktsiyalar  (ob`ektlar) 
yoki mantiqiy modullar o`rtasida to`liq maxsulligi mantiqiy interfeys deb ataladi. U 
elementlar o`zaro ta`sir qoidalari majmuasini va almashilayotgan axborotni taqdim 
etish  formatini  belgilab  beradi.  Bir  turdagi  funktsiyalar  (ob`ektlar)  o`rtasidagi 
mantiqiy  interfeys  protokol  deb  ataladi.  Kommunikatsion  funktsiyalar  o`rtasidagi 
mantiqiy interfeys  telekommunikatsion tarmoqning funktsional etalon nuqtasi deb 
ataladi. 

 
18 
 Kommutatsiya jarayonining vazifalaridan bo`lgan – oqimlar va kerakli marshrutlar 
aniqlash,  maxsus  jadvallarda  marshrutlarni  belgilash,  oqimlarni  multiplekslash, 
uzatish  muxitini  taqsimlash  –  texnikaviy  masalalar  barcha  tarmoq  texnologiyalari 
asosi sifatda uning funktsional xususiyatlarini belgilaydi. 
Tarmoqlarda  ikkita  foydalanuvchi  biri  biri  bilan  bog`lanish  jarayonida 
quyidagi asosiy kommutatsya usullari mavjud: 

  Kanallar kommutatsyasi (circuit switching); 

  Paketlar kommutatsiyasi (packet switching); 

  Xabarlar kommutatsiyasi (message switching). 
Umumiy  xolda  foydalanuvchilar  bog`lanishi  1.2-rasmda  keltirilgan  kabi 
bo`ladi,  kommutatsiya usuliga ko`ra bajariladigan vazifalar farqlanadi.  
Kanallar  kommutatsiyasi  tarixi  dastlabki  telefon  tarmoqlaridan  boshlanadi. 
Paketlar  kommutatsiyasi  60chi  yillar  oxirida  barpo  etilib,  birinchi  kompyuter 
tarmoqlarida  qo`llanilgan.  Kommutatsiya  usullarning  xar  biri  afzallik  va 
kamchiliklarga  ega;  mutaxassislar  fikriga  ko`ra,  paketlar  kommutatsiyasiga 
asoslangan tarmoq texnologiyalari istiqbolda asosiy o`rin egallaydi.      
 
 
 1.2. rasm  Tarmoqda foydalanuvchilar kommutatsiyasi 

 
19 
Kanallar kommutatsiyasi usulida tugunlar o`rtasida uzluksiz fizikaviy kanal 
xosil  bo`lib,  kommutatorlar  erdamida  aloxida  kanal  qismlari  ketma  ket  ulangan 
bo`ladi: bir nechta fizikaviy kanallar yagona fizikaviy kanalni tashkil etadi va xar 
bir kanalda uzatish tezligi bir xil bo`lishi sharti asoslangan. Bunday yagona kanal 
ma`lumot  uzatish  jaraenidan  avval  o`rnatilishi  kerak  bo`ladi,  va  bu  kanal  ulash 
o`rnatish jaraenida faqat ushbu bog`lanishga xizmat qiladi.    
Misol  uchun,  rasmdagi  1-tugundan  7-tugunga  ma`lumot  uzatish  uchun, 
avval 1-tugun A-kommutatoriga ulash o`rnatish uchun 7-tugun adresini belgilagan 
xolda maxsus so`rov signalini yuboradi. A-kommutatori yagona kanal xosil qilish 
uchun  marshrut  aniiqlab, so`rov  signalini  keyingi  kommutatorga  yuboradi va  x.k. 
7-tugun  so`rov  belgisini  olganligi  to`g`risida  1-tugunga  javob  signalini  qaytaradi 
va  yagona  kanal  xosil  bo`lganligi  (kommutatsiyalanganligi)  ni  belgilanadi; 
shundan so`ng 1-tugun 7-tugun bilan ma`lumot almashishi mumkin.    
Kanallar kommutatsiyasining afzalliklari: 
-  Foydalanuvchilar aro o`rnatilgan kanalda ma`lumot uzatish tezligi doimiy va 
ma`lum bo`ladi (foydalanuvchi sifatli uzatishga mo`ljallangan kanalning 
o`tkazish qobiliyatiga moslab kerakli tezlikni belgilash imkoniyatiga ega); 
-  Tarmoq orqali ma`lumot uzatishda to`xtalishlar darajasi past va doimiy 
bo`lishi (to`xtalishlarga sezgir real vaqtli trafik (ovoz, video)ni sifatli 
uzatilish imkoniyati). 
Kanallar kommutatsiyasining kamchiliklari: 
-  kanal bandligida foydalanuvchiga rad eish javobi berilishi
-  fizikaviy kanllarning o`tkazish qobiliyatini samarasiz ishlatilishi (kanal 
ulash o`ratish jaraeni mobaynida band bo`ladi); 
-  avvaldan ulash o`rnatilishi tufayli ma`lumot uzatish jaraenidan oldin shartli 
to`xtalish mavjudligi. 
Bu kommutatsiya usuli telefon so`zlashuvlarni uzatishda qo`llaniladi. 
Paketlar 
kommutatsiyasi 
asosan, 
kompyuter 
trafigini 
uzatishga 
mo`ljallangan  bo`lib,  ma`lumot  almashuvini  samarali  ravishda  tashkil  etishga 
imkon beradi.  

 
20 
Paketlar kommutatsiyasida foydalanuvchilar aro uzatilaetgan xabarlar kichik 
qismlar- paketlarga bo`linadi. Ma`lumot uzatish tarmoqlarida paket asosiy uzatish 
birligi xisoblanadi. Katta xajmdagi xabarlar kichik paketlarga bo`linishi tarmoqda 
ma`lumot  uzatish  tezligini  keskin  oshishiga  olib  keladi.  Xabarlar  turli  uzunlikga 
ega  bo`lishi  mumkin  –  bir  necha  baytdan  o`nlab  megabaytgacha;  paketlar  esa 
o`zgaruvchan uzunlikga ega bo`lishlari mumkin.   
Xar bir paket kerakli tugunga etib borishi uchun adres axboroti belgilangan 
sarlavxa qismi bilan boshlanadi. Paket turli qismlardan iborat bo`lishi mumkin va 
quyidagilarni o`z tarkibiga olishi shart: 
-  uzatuvchini (source) ifodalaydigan manba adresi; 
-  uzatiletgan ma`lumotlar; 
-  qabul qiluvchining (destination) adresi 
-  tarmoq vositalariga ma`lumot uzatilishi lozim bo`lgan marshrut axboroti; 
-  xabarni dastlabki ko`rinishda taqdim etish uchun axborot; 
-  uzatish aniqligini ta`minlovchi xatoliklar tekshirish axboroti. 
Bu qismlar uchta guruxga bo`linib, paketning sarlavxa, ma`lumot va treyler 
qismlarini shakllaydi.    
Sarlavxa  qismi  paket  uzatilishi  signali,  manba  adresi,  makon  adresi, 
uzatishni sinxronlash kabilarni o`z ichiga olgan. 
Ma`lumot qismi xabar tarkibidagi uzatishga mo`ljallangan ma`lumolardan 
iborat. Tarmoq turiga nisbatan bu qism 0,5-4 Kb bo`lishi mumkin.  
Treyler qismi ko`p xollarda xatoliklarni tekshirishga mo`ljallangan (misol 
uchun, Cyclic Redundancy Check tsiklik kod erdamida tekshiruv).  
Paket  shakllanishi  OSI  modelining  qo`llanish  pog`onasida  boshlanadi.  Uzatishga 
mo`ljallangan axborot yuqori (qo`llanish pog`onasi)dan quyi pog`onaga etkaziladi 
va xar bir pog`ona ma`lumot qismiga tegishli axborot qo`shadi (1.3- rasm) 
Paketlar  tarmoq  orqali  mustaqil  axborot  bloklar  sifatida  uzatiladi.  Paketli 
kommutatsiya asosidagi tarmoqda kommutatorlar ichki bufer xotirasiga ega bo`lib, 
unda  paketlar  vaqtincha  saqlaniladi.  Kommutatorning  chiqish  porti  band  bo`lgan 
xolatda, paket biror vaqt   navbat kutadi  va  keyingi kommutatorga uzatiladi  (1.4  - 

 
21 
rasm).  Paketlar  uzatishni  shunday  yo`sinda  tashkil  etish  trafik  pulsatsiyasini 
bartaraf  etishga  va  tarmoqning  umumiy  o`tkazish  qobiliyatini  oshirishga  imkon 
beradi.     
Paketlar  kommutatsiyasida  bir  vaqtda  uzatilaetgan  ma`lmotlar  xajmi  nisbatan 
yuqori bo`ladi va uzatish tezligi oshadi.  
 
 
   
Jarayon A 
Jarayon V 
ma`lumot 
ma`lumot 
   Protokollar          Interfeyslar 
 
1.3. Paketli uzatishni tashkil etish 
Tarmoqdan uzatish 

 
22 
 
Sarlavxalar  uzatilishiga  vaqt  sarflanishi,  xar  bir  keyingi  paketni  uzatishga 
zarur  bo`lgan  vaqt,  paket  buferizatsiyasi  va  kommutatsiyasiga  sarflangan  vaqt- 
tarmoqdan  paketni  umumiy  uzatish  vaqtiga  ta`sir  ko`rsatadi  va  to`sqinliklar 
manbai bo`ladi.   
Paketli kommutatsiyaning afzalliklari: 
- pulsatsiyali  trafikni  uzatishda  tarmoqni  o`tkazish  qobiliyatini  oshirish 
imkoniyatini beradi; 
- foydalanuvchilar aro trafik xolatini inobatga olgan xolda, tarmoq sharoitiga 
nisbatan fizikaviy kanallarning  o`tkazish qobiliyatini taqsimlash imkoniyati. 
Paketli kommutatsiyaning kamchiliklari: 

kommutatorlar  buferlarida  to`sqinliklar  tarmoq  xolatiga  bog`liq 
bo`lganligi   sababli foydalanuvchilar aro uzatish tezligi noaniqligi
- ma`lumot paketlarining to`sqinligi o`zgaruvchanligi; 
- buferlarda  navbatlar  ortib  ketganligi  sababli  ma`lumot  (paketlar) 
yo`qolishi. 
Paketlar kommutatori 
                        Paketlar navbati 
1.4. Paketlar kommutatsiyasida trafik uzatilishini tashkil etish  

 
23 
Bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida turli usullar qo`llaniladi (Quality 
of  Service  QoS  kabi).  Bunday  usullar  qo`llanilishi  paketlar  kommutatsiyasini 
xozirgi kundagi yuqori tezlikli tarmoqlar tashkil etishda eng samarali va istiqbolli 
deb tan olingan.   
Xabarlar 
kommutatsiyasi 
usuli 
o`z 
vazifalari 
bo`yicha 
paketlar 
kommutatsiyasiga  yaqin.  Bu  usulda  ma`lumotlarning  to`liq  bloki  tarmoqning 
oraliq  tugunlarida  vaqtincha  saqlanib,  tranzit  tugunlari  aro  uzatiladi.  Xabar 
tarkibidagi axborot uning uzunligni belgilaydi.  
Tranzit  tugunlar  o`zaro  bog`lanishda  nafaqat  paketli,  balki  kanallar 
kommutatsisi  asosidagi  tarmoqdan  foydalanishlari  mumkin.  Xabar  oraliq  tugunda 
birir  vaqt  saqlanishi  mumkin  va  tarmoq  bo`shashi  bilan  kerakli  foydalanuvchiga 
etkaziladi.  Bunday  ishlash  printsip  zaruriyati  yuqori  bo`lmagan  xabarlar 
etkazilishda  qo`llaniladi  (misol  uchun,  elektron  xat,  matnli  xujjat,  fayl)  va  oraliq 
«saqlash bilan uzatish» (store-and-forward) usuli nomini olgan.    Xozirgi kunda 
xabarlar  kommutatsiyasi,  asosan,  paketli  kommutatsiyali  tarmoqlarda,  qo`llanish 
pog`onasi  xizmati  sifatida  faqat  ba`zi  tezkor  bo`lmagan  xizmatlar  tashkil  etishda 
qo`llaniladi.     

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling