Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nukus filiali kompyuter injiniringi fakulteti


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana06.05.2020
Hajmi1.5 Mb.
#103706
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
malumotlar uzatishda qollaniladigan tarmoqlararo ekran tahlili


 
 
INTERNET 
Marshrutizator  
Kommutator   
Web - сервер   
Web - сервер   
Web - сервер   
3.16 -rasm. Taqsimlangan tarmoqlararo ekranlar yordamida korporativ 
serverlarni himoyalash 

 
92 
 
 
 
An`anaviy va taqsimlangan tarmoqlararo ekranlarni quyidagi ko`rsatkichlari 
bo`yicha  taqqoslaylik.Samaradorlik.  An`anaviy  brandmauer  ko`pincha  tarmoq 
perimetrii  bo`yicha  joylashtiriladi,  ya`ni  u  ximoyaning  bir  qatlamini  ta`minlaydi 
xolos.  
Agar  bu  yagona  qatlam  buzilsa,  tizim  xarqanday  xujumga  bardosh 
beraolmaydi.  Shaxsiy  brandmauer  operatsion  tizimning  yadro  satxida  ishlaydi  va 
barcha  kiruvchi  va  chiquvchi  paketlarni  tekshirib  korporativ  serverlarni  ishonchli 
ximoyalaydi. 
O`rnatilishining  osonligi.  An`anaviy  brandmauer  korporativ  tarmoq 
konfiguratsiyasining bo`limi sifatida o`rnatilishi lozim. Taqsimlangan brandmauer 
dasturiy ta`minot bo`lib, sanoqli daqiqalarda o`rnatiladi va olib tashlanadi. 
Boshqarish. 
An`anaviy 
brandmauer 
tarmoq 
ma`muri 
tomonidan 
boshqariladi.  Taqsimlangan  brandmauer  tarmoq  ma`muri  yoki  lokal  tarmoq 
foydalanuvchisi tomonidan boshqarilishi mumkin. 
Unumdorlik.  An`anaviy  brandmauer tarmoqlararo almashishni  ta`minlovchi 
qurilma  bo`lib, unumdoroigi  (paket/daqiqa  bo`yicha)  belgilangan  chegaralanishga 
ega.  U  bir-biri  bilan  kommutatsiyalanuvchi  maxalliy  tarmoq  orqali  bog`langan 
o`suvchi  server  parklari  uchun  to`g`ri  kelmaydi.  Taqsimlangan  brandmauer  qabul 
qilingan xavfsizlik siyosatiga ziyon etkazmasdan server parklarini o`sishiga imkon 
beradi. 
Narxi.  An`anaviy  brandmauer,  odatda  funktsiyalari  belgilangan,  narxi 
etarlicha  yuqori  tizim  xisoblanadi.  Brandmauerning  taqsimlangan  maxsulotlari 
dasturiy  ta`minot bo`lib, an`anaviy  tarmoqlararo  ekranlar  narxining  1/5  yoki  1/10 
ga teng. 

 
93 
   
XULOSA 
 
Uchinchi  bo`limda quyidagi masalalar ko`rilgan: 
-  tarmoqlararo ekranlarning ishlash xususiyatlari va ulash sxemalari
-  tarmoqlararo ekranlarning asosiy komponentlari; 
-  tarmoqlararo  ekranlar  asosidagi    tarmoq  ximoyasining  sxemalari,  shaxsiy  va 
taqsimlangan tarmoq ekranlari keltirilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4. XAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI 
 

 
94 
4.1. Shaxsiy komp`yuterlarda ishlovchi xodimlar xavfsizligini ta`minlash 
turlari. 
  
Komp`yuter    bilan    ishlaganda    maxalliy    tarmoqdagi    kuchlanish    110-220V  
diapazonida  bo`lishi  kerak.  Tizim  blokidagi  nominal  kuchlanish  qiymati  o`rnatilganligini 
tekshirish zarur.  
ShK  (shaxsiy  komp`yuter)  –  xavfsiz  tarmoq  kabeli  bilan  jihozlangan  va 
faqat erga ulangan tarmoq razetkasiga ulanadi. 
ShK  razetkasi  va  tarmoq  razetkasi  oson  bog`lanuvchan  bo`lishi  kerak. 
Komp`yuterning  ON/OFF  (POWER)  –  o`chirib  yoqish  tugmasi  uni  tarmoq 
kuchlanishidan to`liq izolyatsiya qila olmaydi. Tarmoqdan to`liq izolyatsiya qilish 
uchun vilkani tarmoq razetkasidan ajratish kerak.  
Momaqaldiroq vaqtida ma`lumotlar uzatish kabelini uzish xam, yoqish 
xam ta`qiqlanadi. 
ShK ichiga xech qanday begona buyumlar (Misol uchun: zanjir, kontselyar 
qisqich,  mix  va  shu  kabilar),  qisqa  tutashuv  yoki  tok  urishiga  sabab  bo`ladigan 
suyuqliklar tushib qolmasligi kerak. 
Favqulotda  vaziyat  bo`lganda  (misol  uchun:  korpus,  boshqaruv  elementi 
yoki  tarmoq  kabeli  shikastlanganda,  ichiga  suyuqlik  yoki  begona  jismlar  tushib 
qolganda),  darxol  ShK  ni  o`chirish  va  tarmoq  razetkasidan  vilkani  tortib  olish 
kerak. 
ShK  ni  o`zboshimchalik  bilan  ichini  ochish,  ichidagi  buyumlarga  tegish 
tavsiya  qilinmaydi.  ShK  ni  ta`mirlashni  faqat  vakolatli  xodimlargina  amalga 
oshirishi  mumkin.  Ruxsat  etilmagan  ochishlar  yoki  moxirsizlik  bilan  ta`mirlash 
foydalanuvchiga  xavfni  tug`dirishi  mumkin  (tok  urishi,  yong`in  va  shu  kabilar). 
Talablarga  muvofiq  ShK  ni  ekspluatatsiyasi  faqat  to`liq  ta`mirlangan  korpus  va 
orqa qopqog`i o`rnatilgan xoldagina ta`minlanadi. 

 
95 
Tizim  blokini  ochishdan  oldin  ShK  ni  o`chirish  va  vilkani  tarmoq 
razetkasidan chiqarib olish kerak. Tizim blokini ochishda ShK ekspluatatsiyasi va 
texnik ma`lumotnomasida keltirilgan ko`rsatmalarni e`tiborga olish kerak. 
Komp`yuter bilan ishlaganda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak: 
1. Ishdan oldin: 
-  ish joyini to`g`ri tashkil qilish; 
-  Kuchlanish kabellarini, ulovchi o`tkazgichlarni, razetka, shtepsel`  
vilkalarini sozligini tekshirish; 
-  Mashinani shunday o`rnatish kerakki, tebranish(vibriatsiya) va  
chayqalish turlari bartaraf etish imkoni bo`lsin; 
-  Mashinaning xamma bloklarini sozligini va komp`yuterni butun  
ishga tayyorlik darajasini tekshirish; 
2. Ish mobaynida: 
-  ShK da begona shaxslarni ishlashiga yo`l qo`ymaslik; 
-  begona buyumlarni mashinaning ishlayotgan bloklariga tushib  
qolmasligini nazoratlab turish; 
 3. Ishdan so`ng:  
-  Ish joyini tartibga keltirish; 
Ish mobaynida quyidagilar ta`qiqlanadi: 
 1.  Kiyimning  yuqori  cho`ntaklarida  begona  metall  buyumlar,  ayniqsa 
o`zining tarkibida magnitlangan temirga ega bo`lgan buyumlarni saqlash;        
 2.    Malakasi  ikkinchi  toifadan  past  bo`lgan  shaxslarni  xonada  bir  o`zi 
ishlashi; 
 3.  Mashinaning tok oqib o`tadigan qismlariga teginish; 

 
96 
 4.    Manbaga  ulangan  komp`yuterdan  platalarni  olish  va  qo`yish, 
shuningdek ajralishli yoki bog`lanishli ulanishlarni ajratish yoki ulash;  
 5.  Tarmoqqa ulangan komp`yuterning ustki qopqog`ini echish;  
 6.    Axborotni  tasvirlovchi  modul  (monitor)  qopqog`ini  ochish,  chunki 
elektron-nur trupkaga yuqori kuchlanish beriladi; 
 7.  Ventilyatsion tirqishlarni berkitish; 
 8.    Malakaviy  mas`uliyatga  ega  bo`lmagan  foydalanuvchilarga 
komp`yuterda paydo bo`lgan nosozliklarni sozlashga ruxsat berish
 9.  Boshqa nominalga ega bo`lgan saqlagichlarni ishlatish; 
10.  Nosoz mashinalar bilan ishlash;  
11.  Ish vaktida uzoq tanaffuslarga mashinani yoqiq xolda tashlab ketish;  
Kiritish/chiqarish  qurilmalari  (monitor,  klaviatura,  va  sichqoncha)  ergonomik 
ekspluatatsiya  va  sog`liqni  asrash  uchun  mo`ljallangan.  Shuningdek,  kiritish/chiqarish 
qurilmalarini nosoz ishlashi, qo`lni noto`g`ri qo`yish yoki to`g`ri o`tirmaslik, uzoq vakt uzluksiz 
klaviatura  yoki sichqoncha orqali axborot kiritish inson tanasining zo`riqishiga va charchashiga 
olib  kelishi  mumkin.  Ko`zni  zo`riqishiga,  mushaklarda  nerv  tizimini  susayishiga,  bo`g`imlarda 
og`riq paydo bo`lishiga xam sababchi bo`ladi. Bu xolat quyidagi maslaxatlarga amal qilinganda 
sezilarli darajada kamayishi mumkin.  
Ish  joyida  monitor  shunday  joylashishi  kerakki,  yorug`lik  iloji  boricha  yuqoridan 
burchak  ostida  tushishi  kerak.  Monitor  derazaga  nisbatan  yoni  bilan  turishi,  ish  stoli  esa, 
yorituvchi  qurilmalar  orasida  turishi  kerak.  Ko`zni  zo`riqtiradigan,  to`g`ri    (ko`rish  maydoniga 
tushayotgan  yorug`lik  manbai)  va  qaytgan  (ekrandan  qaytgan  yorug`lik)  yorug`likdan  iloji 
boricha ximoyalanish kerak. Buning uchun ish joyini o`zgartirish kerak. Monitordagi tasvirning 
yoritilganligi,  ravshanligi  va kontrasti bajarilayotgan ishga va xonaning  yoritilganligiga bog`lik 
xolda  sozlanishi  kerak.  Monitor,  xujjatlar  va  klaviatura  shunday  joylashishi  kerakki,  ularni 
yorug`lik  manbasiga  nisbatan  joylashganligiga  bog`liq  bo`lgan  yuzalaridagi  ravshanlik  1:10 
nisbatdan oshib ketmasligi kerak (1:3 nisbat tavsiya etiladi).  
Klaviatura  va  sichqonchani  shunday  joylashtirish  zarurki,  ularning  ekspluatatsiyasida 
sezilarli  kuchlanishlar  paydo  bo`lmasligi  kerak.  Klaviaturani  tananing  yuqori  qismiga  nisbatan 

 
97 
parallel ravishda, sichqonchani esa, aynan klaviatura satxida joylashtirish kerak. Stol cheti bilan 
klaviatura orasi 5-10 sm bo`lishi kerak. 
Monitorni shunday joylashtirish kerakki, undagi tasvirni boshni yoki tanani burmasdan 
ko`rish  mumkin  bo`lsin.  Monitorgacha  bo`lgan  masofa  70  sm  dan  oshmasligi  zarur  (optimal 
masofa  50  sm).  Xujjatlashtirish  qurilmalari  va  tez-tez  ishlatib  turilmaydigan  texnik  vositalar 
operatordan  o`ng  tomonda,  maksimal  erishish  zonasida  joylashtirish,  aloqa  vositalari  esa  chap 
tomonda  o`ng  qo`lni  yozish  uchun  bo`sh  qoldirish  maqsadida  joylashtirish  tavsiya  etiladi. 
Xujjatgacha bo`lgan masofa xuddi monitor uchun mo`ljallangan masofadek bo`lishi kerak. 
Stol  yoki  stulning  balandligi  operatorning  bo`yiga  qarab  moslashtiriladi.  Stulning 
suyanchigi  umurtqa  pogonasini  bel  qismiga  tegib  turadigan  va  operator  to`g`ri  o`tira  oladigan 
bo`lishi kerak.  
O`tirganda  oyoqlarning  bukilgan  burchagi  90
0
  va  undan  yuqorini  tashkil  qilishi zarur. 
Axborot kiritish vaqtida qo`lning tirsakdan to kaftgacha bo`lgan qismi pol bilan parallel bo`lishi, 
elkalar esa erkin xolda bo`lishi kerak. 
Monitor tasvirning yuqori chekkasi ko`z chizig`ida bo`lishi zarur. 
Bu  maslaxatlarning  xammasi  ShK  bilan  ishlashda  tana  a`zolarini  toliqtirmasdan, 
zo`riqtirmasdan ishlashini ta`minlaydi.       
 
4.2. Statik elektr maydoni va nurlanishdan himoyalanish 
 
Ma`lumki,  komp`yuter texnikasi elektromagnit nurlanish  manbai  xisoblanadi.  U inson 
xayoti uchun xavfli, ayniqsa uni noto`g`ri ishlatganda. Bu masala O`zbekiston uchun o`ziga xos 
axamiyatli  o`ringa  ega.  Chunki  O`zbekistonda  komp`yuter-axborotlashtirish  texnologiyalarini 
rivojlantirish bo`yicha katta ijobiy o`zgarishlar qilinmokda. 
Komp`yuter texnikasini ishlab chiqarish jarayonida avtomatikani, tezkorlikni, aniqlikni 
oshiradi.  Lekin  bu  qurilmani  ximoyasiz  ishlatish  inson  salomatligiga  salbiy  ta`sir  ko`rsatishi 
muqarrardir. 
 
 
O`zbekistonda  xam  komp`yuter  texnikasini  rivojlantirish  bosqichlarida  ularning  soni 
ko`paytirildi. Bojxonadan  o`tkazilayotgan komp`yuter texnikalarini ekologik  me`yorlarga javob 
berishiga  qaralmadi  (chet  ellarda  elektromagnit  xavfsizlik  bo`yicha  «shved  standarti»  MPR  II 
jaxon xamjamiyatida tan olingan). ShK monitorlari uchun ekran ximoya fil`trlari sifatini tartibga 
soluvchi  biror  bir  xujjatlar  yo`q.  Natijada,  bozorda  «absolyut»,  «to`liq»,  «global»  ximoya 

 
98 
fil`trlarining  reklamasi  ko`payib  ketdi.  Tekshiruvlar  natijasida  esa,  ularning  ayrimlari  chiroyli 
romchaga  solingan  oddiy  shisha  bo`lib  chiqmoqda.  Lekin  muommo  faqat  shunda  emas, 
komp`yuter  texnikasi  bilan  jixozlangan  ish  joylarida  o`rnatilgan  sifat  darajasi  gigienik 
meyyorlarga mos kelmayapti. 
Ish joyida elektromagnit xavfsizlik muommosini xal qilish uchun komp`yuterlarni eng 
yangi modellariga almashtirishni o`zi kifoya qiladi degan noto`g`ri o`ylashlar ko`p tarqalgan. 
Komp`yuter  bilan  ishlaganda  xavfsizlik  (boshqa  murakkabroq  elektrotexnik  vositalar 
bilan  xam)  birinchi  navbatda  uni  to`g`ri  o`rnatish  va  to`g`ri  ekspluatatsiya  qilishga  bog`liq 
bo`ladi. 
Lekin, 
ekspluatatsiya 
bo`yicha 
ko`rsatma 
xam, 
komp`yuterning 
texnik 
xujjatlashtirishdagi  boshqa  xujjatlarda  xam  bu  muommo  xakida  axborot  berilmaydi. 
quyidagilarni ko`pchilik albatta bilmaydi:         
-  ShK  bilan  jixozlangan  ish  joyidagi  elektromagnit  maydon  darajasi  komp`yuter 
ta`minot vilkasini tarmoq razetkasiga mo`ljallanishiga bog`liq xolda 3-5 martta o`zgaradi; 
- ish  joyida  ko`chirma  tarmoq  fil`trlarini  ishlatishda elektromagnit maydon darajasi 
tez ko`tariladi;  
-  statistik  ma`lumotlarga  qaraganda  zamonaviy  komp`yuterlarning  20%  foiziga  yaqini 
elektromagnit  maydon  xosil  qilish  darajasi  bo`yicha  oldingi  ishlab  chiqarilgan  modellaridan 
kamroq farq qiladi. Shuningdek, korxonalarda ishlatiladigan evropa standarti bo`yicha bajarilgan 
elektro  ta`minot  razetkalari  amaliyotda  ShK  ta`minot  vilkasini  erga  ulovchi  o`tkazgich  bilan 
kerakli kontaktni ta`minlab bera olmaydi
-  ish  joyida  displey  ekranlariga  o`rnatilgan,  past  chastotali  o`zgaruvchan 
elektrmaydonni  kamaytirishi  kafolatlangan    ximoya  fil`trlari  odatda  2-4  marttadan  ko`p 
kamaytira olmaydi; 
-  ximoya fil`trlarining materiallari va ularning xujjatlarida o`zgaruvchan elektromagnit 
maydonni  kamaytirish  bo`yicha  ko`rsatilgan  95-99%  ko`rsatkich  xech  qachon  real  sharoitda 
erishilmaydi.  Bunday  fil`trlar  ish  joyida  ekrandagi  elektrostatik  potentsialni  kamaytirishi 
mumkin; 
-  ixcham  komp`terlar  (noutbuk)ni  ekspluatatsiyasida  xam  to`liq  xavfsizlik 
ta`minlanmaydi.  To`g`ri  past  kuchlanish  ist`mol  qiladigan  bu  komp`yuterlar  ekranda 
elektrostatik  potentsial  xosil  qilmasada,  lekin  ta`minot  tizimida  o`rnatilgan  impul`sli 
o`zgartirgichlardan  xosil  bo`ladigan  o`zgaruvchan  elektromagnit  maydon  qiymati  sezilarli 
darajada  mavjud.  Xatto  noutbuklarning  ayrim  turlaridagi  elektromagnit  maydon  elektron-nur 
trupkali displeylarda xosil qilinadigan maydondan unchalik kam emas. 

 
99 
ShK  ni  ekspluatatsiya  qilishda  o`tkazilgan  tekshiruvlar  shuni  ko`rsatadiki, 
elektromagnit  xavfsizlikni  ta`minlash  komp`yuterlarning  sifatiga  bog`liq  bo`lmagan  xolda, 
o`zining ma`lum axamiyatiga ega. 
Komp`yuter texnikalarining sifati, kerak bo`lgan tashkiliy va texnik tadbirlarni narxi va 
xajmiga,  tavsifiga  xal  qiluvchi  axamiyatni  kasb  etadi.  Lekin  bunday  tadbirlarda  majmuani  o`zi 
ShK  bilan  ishlaganda  mexnat  sharoitida  gigienik  meyyorlar  talabini  ta`minlashni  kafolatlash 
uchun mas`uliyatli jayga ega bo`lishi kerak.  
Mutaxassislarning  elektromagnit  xavfsizlik  soxasidagi  ishlash  malakalari  shuni 
ko`satadiki,  bu  muommo  hal  kilinishi  mumkin  va  uni  hal  qilishda  xamma  narsa  etarli:  ilmiy 
qo`shimcha  ishlash  va  muommoni  hal  qilish  usullarini  tasdiqlash,  mutaxassislar,  o`lchov 
texnikalari,  ximoya  vositalari  va  x.k.  Bu  borada  o`z  ichiga  ShK  ekspluatatsiyasi  bo`yicha 
mutaxassislarni  o`qitishni,  mexnatni  muxofaza  qilish  xizmati  xodimlari  va  ShK  bilan  ishlashda 
xavfsizlik  talablarini  qondira  oladigan  maxsuslashtirilgan  laboratoriyalarni,  ShK  ishlatiladigan 
ish  joylarida  baxolash  usuli  bo`yicha  texnik  vositalarni  tanlashni,  nurlanishni  o`lchash  va 
kamaytirish usullarini, ShK dan foydalaniladigan ish joyini tashkillashtirish usullarini va optimal 
ish tartibini o`z ichiga oluvchi tizimli yondashish zarur. Aynan shunday kompleksli yondashish 
shaxsiy  elektron  xisoblash  mashinasi  bilan  ishlaganda  ish  joyida  elektromagnit  xavfsizlikni 
ta`minlaydigan namunali dasturni taklif qiladi. 
Axborot  asri  ko`pchilik  soxalar  uchun  o`zining  majburiyatlarini  bajarish  usulida 
dramatik  o`zgarishlarga  olib  keldi.  Xozir  o`rta  darajadagi  texnik  mutaxassislar  bo`lmaganlar 
xam, ilgari yukori malakali dasturchi qilgan ishini bajarishi mumkin. Xodim o`z ixtiyorida xech 
qachon ega bo`lmagan bir qancha aniq va operativ axborotlarga ega bo`ladi. 
Komp`yuterlar  birinchi  paydo  bo`lgan  vaqtda  ular  faqat  ularni  ishlata  oladigan  son 
jixatdan  unchalik  ko`p  bo`lmagan  mutaxassislarga  tegishli  bo`lgan.  Odatda  ular  ish  joyidan 
xududiy  jixatdan  uzoqroq  bo`lgan  maxsus  binolarda  joylashtirilgan.  Xozirda  esa 
komp`yuterlashtirish  avtomatikasi  ancha  rivojlandi,  bajariladigan  ishlarni  osonlashtirmokda, 
lekin  inson  salomatligiga  ozmi-ko`pmi  salbiy  ta`sir  qilmokda.  Bunday  nurlanishdan 
ximoyalanish choralarini ko`rish global muommolarga aylangan va uni xal qilishda ko`p ximoya 
vositalari ishlab chiqarilmoqda.  
Mutaxassislarning  fikri  bo`yicha  50  sm  masofada  elektrostatik  maydon  ta`siri  inson 
uchun  xavfsiz  darajagacha  kamayadi.  Maxsus  ximoya  fil`trlarini  qo`llash  orqali  ularni  nol` 
qiymatgacha kamaytirish mumkin.  Lekin  monitor ishlaganda nafaqat  uning  ekrani  elektrlanadi, 
balki  xona  ichidagi  xavo  ham  elektrlanishi  tabiiy,  albatta.  Bu  xolda  xavo  o`z  xolatini 
o`zgartiradi,  ya`ni  o`zida  musbat  zaryad  to`playdi,  musbat  elektrlangan  kislorod  molekulasi 

 
100 
inson  organizmiga  kisloroddek  singmaydi  va  nafakat  o`pkani  bo`sh  ishlashiga,  balki  o`pkaga 
changlarning mikroskopik zarrachalarini ham olib keladi. 
Komp`yuter radiatsiyasi xaqida gapiruvchi odamlar, komp`yuterni yadro reaktori bilan 
chalkashtirib qo`yganlar. Komp`yuter xech  qanday  radiaktiv  zarrachalar  (-al`fa,  -beta, -gamma, 
neytronlar)ni  chiqarmaydi.  Ixtiyoriy kinoskop,  monitorning kinoskopi  xam  rentgen nurlanishini 
tarqatadi,  lekin  zamonaviy  komp`yuterlarda  bu  to`liqligicha  neytrallanadi.  Xatto  eski 
monitorlarda  xam,  agar  siz  yarim  metr  uzoqroq  masofada  o`tirsanggiz,  siz  to`liq  xavfsizlikda 
bo`lasiz. 
Bunday  ishonch  qaerdan  paydo  bo`ldi?  degan  savol  odamni  qiziqtiradi.  Bu 
monitorlardagi  «Low  Radiation»  yozuvidan  xosil  bo`lgan.  Lekin  «Radiation»  so`zi  o`zbek  va 
boshqa tillarga tarjima qilinganida radiatsiya emas, balki elektromagnit nurlanish degan ma`noni 
beradi.  Bunday  nurlanishni  nafaqat  komp`yuter,  xatto  ixtiyoriy  elektr  asbobi  ham  tarqatishi 
tabiiy.  Elektromagnit  maydonni  asosan  monitor  chiqaradi.  Inson  tanasi  «magnitlanish» 
xususiyatiga  ega  va  buning  ta`sirida  moddalar  almashinuvi  ham  o`zgaradi.  O`zgaruvchan 
elektromagnit  maydon  inson  organizmida  ionlarni  tebranishiga  olib  keladi,  bu  xar  doim  ham 
uning  foydasiga  bo`lavermaydi.  Lekin,  xuddi  shu  maydon  meditsinada  ham  ishlatiladi  (misol 
uchun:  fizioterapiyada),  lekin  u  erda  xammasi  ma`lum  miqdorda  va  vakt  bo`yicha  xisoblangan 
bo`ladi. Ma`lumki dori bilan zaxar faqat miqdor bo`yicha farqlanadi. Lekin biz kundalik xayotda 
elektromagnit  nurlanishni  ko`p  miqdorini  televizordan,  chang  yutgichdan,  trolleybusdan 
«olamiz»,  agar  uyda  elektr  kabeli  bo`lsa,  bu  komp`yuterdan  xam  zararlirok  bo`ladi.  Ayrim 
odamlar  komp`yuterdan  tarqalayotgan  elektromagnit  nurlanishni  kamaytirish  yoki  undan 
saqlanish uchun kaktus o`simliklaridan foydalanadi. Ko`pchilik o`simliklar (bunda kaktus  ham) 
xaqiqatdan  xam  elektromagnit  nurlanish  katta  bo`lgan  sharoitda  o`sadi.  Lekin  ular  nurlanishni 
xech  qancha  kamaytirmaydi.  Ayrim  komp`yuterlashtirilgan    joylarda  butun  bir  bog`ni  qurish 
mumkin, lekin bularning bari befoyda. Ishlayotgan monitor elektromagnit nurlanishdan tashqari 
elektrostatik maydonni ham xosil qiladi. Qo`lingizni monitorga yaqin olib borsangiz shitirlagan 
ovozni  va  igna  kabi  sanchilishlarni  sezasiz.  Xuddi  shunday,  ekrandan  yarim  metr  uzoqroq 
masofada  o`tirsangiz,  siz  xavfsizlikda  bo`lasiz,  ayniqsa  ekran  erga  ulangan  fil`tr  bilan 
jixozlangan  bo`lsa.  Biroq,  negadir  xamma  unitib  qo`yadigan  yana  bir  axamiyat  bor:  monitor 
ishlayotgan vaqtda nafaqat ekran, balki xonadagi xavo ham zaryadlanadi – bu inson organizmiga 
juda zararli. Tog` va dengiz xavosining xususiyati – ular manfiy zaryadlangan bo`ladi. 
 Shuning  uchun  momaqaldirok  bo`lib,  chaqmoq  chaqqandan  so`ng  nafas  olish 
engillashadi  (bu  yuqoridagi  sabablarga  ko`ra)  va  aksincha,  musbat  zaryadlangan  kislorod 
organizmga kisloroddek singmaydi. Siz istaganingizcha xonani shamollatishingiz mumkin, lekin 
xavo musbat zaryadga ega bo`lsa - bu uni yo`q degani bilan barobardir.  

 
101 
Ko`p komp`yuterlar ishlayotgan xonada nafas olish, xar doim qiyin. Shuningdek, doim 
televizor  ishlab  turadigan  xonalarda  nafas  olish  bundanda  qiyinlashadi.  Shuning  uchun 
quyidagilar e`tibor qaratish kerak: 
1. Komp`yuterlar ishlayotgan xonada xavo ionizatori bo`lishi kerak.  
2. Monitorni shunday qo`yish kerakki, u sizdan yarim metr uzoqroqda bo`lsin. 
3.  Elektrostatik  maydondan  ximoyalanish  uchun  albatta,  ekraningizni  ximoya  fil`tri 
erga  ulanishi  zarur.  Ko`pchilik  foydalanuvchilarda  ximoya  fil`trining  o`tkazgich  simi  uzilgan 
yoki  korpusga  ulangan  bo`ladi.  Uni  erga  ulash  kerak,  aks  xolda  sizning  ximoya  fil`tringiz 
foydasiz bo`ladi (xatto, zararli xamdir, chunki xonadagi xamma changlarni o`zida to`playdi).   
4.  Ximoya  fil`trlari  (ekranlari)  elekromagnit  nurlanishdan  saqlamaydi.  Rentgen 
nuridan,  ko`zni  zo`riqishidan,  elektrostatik  kuchlanishdan  saqlaydi  (agar  ximoya  fil`tri  erga 
ulangan bo`lsa). 
5.  Agar  sizning  monitoringiz  MPR  II  standartiga  mos  kelsa,  u  xolda  ximoya  fil`trga 
xarajat qilmasa ham bo`ladi, fil`tr monitorga o`rnatilgan.  
6.  Monitor  elektromagnit  va  elektrostatik  maydonni  nafaqat  ekran  tomonidan  xosil 
qiladi.  Monitorning  orqa  va  yon  tomonlaridan  xosil  qilinadigan  elektromagnit  maydon  oldi 
tomoniga  nisbatan  ancha  kuchliroq.  Shuning  uchun,  nafaqat  o`zimizning  monitordan,  balki 
qo`shni monitorlardan xam ximoyalanishimiz kerak. Sanitariya meyyorlari ta`kidlaydiki, qo`shni 
komp`yutergacha  bo`lgan  masofa  yarim  metrdan  kam  bo`lmasligi  kerak.  Yaxshisi 
komp`yuterlarni  devorning  parimetri  bo`yicha  o`rnatgan  ma`qul.  Afsuski,  ayrim  korxonalarda 
monitorning orqa tarafi oldinda o`tirgan odamga qarab turadi.      
7. Umuman olganda biron-bir joyga chiqib kelmoqchi bo`lsangiz, komp`yuterni tez-tez 
o`chirib yoqib turish tavsiya qilinmaydi. 
 Biroq bu narsa monitorga taalluqli emas. Tushlikka ketganda yoki komp`yutersiz ishlar 
bilan  shug`ullanganda  monitorni  o`chirib  qo`ying,  shunda xavodagi  musbat  ionlar  soni  kamroq 
bo`ladi. 
Hozir  xamma  narsalar  o`zgardi.  Komp`yuter  terminallari  va  stol  ustida  turadigan 
komp`yuterlar  xamma  joyda  ishlatilmoqda.  Komp`yuter  qurilmalari  foydalanuvchilarga  muxim 
bo`lib  qoldi,  shuning  uchun  ko`pchilik  odamlar  undan  foydalanishni  tez  va  oson  o`rganishlari 
mumkin. 
 
 
 
 

 
102 
UMUMIY  XULOSA 
 
Bitiruv malakaviy ishda quyidagi masalalar keltirilgan: 
-  tarmoqning  tashkil  etilishi  va  ularga  qo`yiladigan  talablar,  asosan 
tarmoqning  tashkil  etilishi,  tarmoq  elementlari,    ularning  vazifalari  va 
xususiyatlari,  tarmoq  tuzilmalari  komponentlari,  tarmoqning  funktsional  modeli, 
kommutatsiya usullari
-  axborot  xavfsizligini  buzilishiga  olib  keluvchi  taxdidlarning  turlari  va 
ularning tasniflari, ximoyaning buzilishlari, passiv xujumlar, ma`lumotlar oqimini 
taxlili, axborotlar mazmunini fosh etish, ximoya mexanizmlari; 
-  axborot  xavfsizligini    ta`minlash  choralari  tasniflari,  komp`yuter  tizimlari 
va tarmoqlarining axborot xavfsizligini ta`minlash va apparat dasturli vositalari;. 
- o`zaro ochiq tizimlarning etalon modelini xavfsizlik arxitekturasi,   axborot  
xavfsizligining xizmatlari va mexanizmlari; 
- axborot xavfsizligining dasturiy texnikaviy vositalarining tuzilishi; 
- tarmoqlar oraligi ekranlari va o`rnatish chizmasi, tarmoqlararo 
ekranlarning asosiy tashkil etuvchilari;
 
 

tarmoqlararo ekranlarning ishlash xususiyatlari va ulash sxemalari; 
- tarmoqlararo ekranlarning asosiy komponentlari; 
-  tarmoqlararo  ekranlar  asosidagi    tarmoq  ximoyasining  sxemalari,  shaxsiy 
va taqsimlangan tarmoq ekranlari ko`rib o`tilgan. 
 
 
 

 
103 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1.  Domarev V.V Bezopasnost` informatsionnix texnologiy: metodologiya  
     sozdaniya sistem   zashiti / V.V. Domarev. – M.: SPb; Kiev: DS DifSoft ,   
     2001. - 688s 
2.  Petrakov  A.V. Osnovi  prakticheskoy  zashiti  informatsii.: -  M.:  Radio  i  
svyaz`., 1999 g.  
3.  Romanets  Yu.V.,  Timofeev  P.A.,  Shan`gin  V.F.  Zashita    informatsii  v 
komp`yuter sistemx  i setyax.- M.: Radio i svyaz`,  1999 g.   
4.  Kulakov    M.V.,  Garanin  A.V.,  Informatsionnaya  bezopasnost`        
telekommunikatsionnix  sistem  (texnicheskie  aspekti)  Ucheb.              Posobie 
dlya vuzov M.: Radio i Svyaz` 2004 
1.  Informatsionnaya    bezopasnost`    gosudarstvennix    organizatsiy    i  
kommercheskix    firm. Spravochnoe  posobie  M.: 2002. 
2.  Zegjda  D.P.  Osnovы  bezopasnosti  informatsionnix  sistem:  Ucheb.  posobie  
dlya stud. vuzov. – M.: Goryachaya liniya – Telekom,  2000. -     452s. 
7.  S.K. G`aniev, M.M. Karimov, K.A. Tashev “Axborot xavfsizligi” –O`quv   
     qo`llanma – T., “Aloqachi”, 2008, 382 bet. 
8.  D.e Akbarov «Axborot xavfsizligini ta`minlashning kriptografik  
     usullari va ularning qo`llanilishi» -Toshkent, “O`zbekiston markasi”   
     nashriyoti, 2009 – 432 bet. 
9. Shakina L.G. «Oxrana truda na predpriyatiyax svyazi» M: Radio i svyaz`,   
         1983g 
10. Oxrana truda na predpriyatiyax svyazi. Pod. redaktsii N.I. Baklashova.    
   M.-1985  
 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling