Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nukus filiali
§3. Prezentatsiyaga maxsus effektlar qo’yish
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
talabalarga power point dasturida prezentatsiya yaratish texnologiyasini orgatish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Prеzеntatsiyani kompyuter xotirasiga yozib qo’yish va xotiradagi faylni ochish
- MS PowerPoint dasturida taqdimotga jadval qoshish
§3. Prezentatsiyaga maxsus effektlar qo’yish.
Obyektlarda animatsiyalarni qo‘llash. Animatsiya – slaydda joylashgan obyektlarning ma'lum tartibda turli harakatlar asosida hosil bo’lishidir. Slaydda animatsiyani qo’llash uchun mеnyuning «Показ слайдов» bandidan «Настройка анимации…» qismi tanlanadi. Vazifalar sohasida quyidagi oyna hosil bo’ladi: SHriftni tanlang Shrift o’shami Effektni almashtirish uchun Ahrift yozuvini o’zgartirish uchun Rangni tanlash 40 «Время» bo’limining «Объект без анимации» qismidan animatsiya o’rnatilmagan obyekt tanlanib uni «Анимации» qismidan aktivlashtiriladi. Bu
еrda qachon
aktivlashishi sichqoncha tugmasi bosilganda yoki nеchadir sеkunddan kеyin aktivlashishi ko’rsatiladi. «Добавить эффекты» bo’limini tanlasak, dastur quyidagi effektlar ro‘yxatini taklif etadi:
«Пути перемешения» bandini tanlab, obyektning ixtiyoriy harakat trayektoriyasini sichqoncha yordamida chiza olamiz. Effеkt bajarilayotgan paytda eshitilishi lozim bo‘lgan tovush turini ham tanlash mumkin. Animatsiya tugagandan kеyin bo’ladigan holatni ham tanlash imkoni mavjud. Maxsus effekt — taqdimot qilishda bir slayddan boshqa slaydga o’tish tezliklari ketma ketligini belgilash.
41 Power Point slaydlariga turli animatsion effektlarni o'rnatish mumkin. Slaydlarga animatsion effektlarni qo'llash orqali slaydlarning rang-barangligi oshiriladi.
Diagrammani to'laligicha animasiyalashtirish: a) agar slaydlar namoyish etilayotganda tekst yoki vizual effekt bilan keluvchi obyektni ekranga chiqarish kerak bo'lsa, Vxod (Kirish) tugmasini bosib, kerakli effektni tanlang; b) agar muayyan bir vizual effektni slaydda joylashgan tekst yoki obyektga kiritish kerak bo'lsa, Videlenie (Ajratish) tugmasini bosing va kerakli effektni tanlang; c) agar muayyan bir tekst yoki obyektdagi vuzual effektni orqa fonga o'tkazish kerak bo'lsa Vixod (Chiqish) tugmasini bosing va kerakli effektni tanlang.
Power Point dasturi taqdimot tayyorlashning quyidagi yo’llaridan birini tavsiya etadi: Avtomazmun ustasi (master avtosoderjaniya) bo’limi, taqdimot ko’rinishi (Shablon prezintasii) bo’limi va bo’sh taqdimot(pustuyu prezentasiyu) bo’limi. Bundan tashqari, mavjud taqdimotni ochish (otkrit prezentasiyu) imkoniyati ham bor. Misol uchun tayyorlangan bitta taqdimotni quyidagi ko’rinish orqali ko’rishimiz mumkin: 42
Bu muloqot darajasi orqali taqdimot yaratish turini tanlab olish mumkin bo’ladi, quyidagi 4 ta asosiy bo’lim berilgan, ularning har biri haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz:
“Мacmep автосодержания” (Avtomundarija ustasi) - maruzachi ismi, familiyasi, mavzu nomi, taqdimot turi, uslubi, rangli chizmani kiritib, bir necha slayddan iborat bo’lgan tayyor ta’minotni chiqaradi;
“Шаблон презентации” (Taqdimot qoliplari) - taqdimotni jihozlash turini tanlash va ularda ish olib borish imkonini beradi;
43
“Пустую презентацию” (Bo’sh taqdimotni) - mustaqil ravishda taqdimot tuzish imkonini beradi;
“Открытъ презентацию” (Taqdimotlarni ochish) - kompyuter xotirasida va diskda mavjud bo’lgan ko’rgazmali fayllarni ochadi.
44 Power Pointga mansub yordamchi tugmalar - taqdimotga yangi bo’sh slayd qo’shish. Ushbu tugma tanlangandan keyin ekranda oyna orqali yangi slayd turini tanlashni bizga taklif etadi; - taqdimot slaydlarini shakllantirishda Power Point ning tashqi ko’rinishini (rangli jihozlanishini) o’zgartirish yordamchisini ishga tushirish; - taqdimotni struktura rejimida ko’rsatganda slaydlar sarlavhalari va barcha asosiy matnlarni ko’rsatish yoki ko’rsatmasligini ta’minlaydi; - taqdimotni struktura rejimida ko’rsatganda slaydlar sarlavhalari va barcha matnlarning jihozlanishini (tashqi ko’rinishini) ko’rsatish yoki ko’rsatmasligini ta’minlaydi; - tanlangan matn obyektning harflarini soyali (s tenyu) tashqi ko’rinishiga o’tkazish; - tanlangan matn obyektning harflarini bir qadamga kattalashtirish; - tanlangan matn obyektning harflarini bir qadamga kamaytirish; - slayd obyektlarining paydo bo’lishini aniqlaydigan animatsiya effektlarini sozlash muloqot oynasini ekranga chiqarish; - slayd obyektlarining ung tomondan kattalashib, avtomobil ovozi bilan paydo bo’lishi animatsiya effekti; - slayd obyektlarining chap tomondan kattalashib, hushtak ovozi bilan paydo bo’lishi animatsiya effekti; - slayd obyektlarining o’rtadan kattalashib fotokamera ovozi bilan paydo bo’lishi animatsiya effekti; - slayd obyektlarining o’rtadan, yorug’lantirib paydo bo’lishi animatsiya effekti; - slayd obyektlarining o’ng burchakdan harfma harf paydo bo’lishi animatsiya effekti; - slayd obyektlarining harfma harf, yozuv mashinasi ovozi bilan paydo bo’lishi animatsiya effekti; - slayd obyektlarining o’ng tomondan qarama qarshi paydo bo’lishi animatsiya effekti;
45 - slayd obyektlarining yuqoridan so’zma so’z paydo bo’lishi animatsiya effekti. 3.2. Prеzеntatsiya namoyishlari. Prеzеntatsiyalarni turli ko’rinishlarda namoyish etish mumkin. Bu ko’rinishlar mеnyuning «Вид» qismidan tanlanadi.
«Слайды» – Prеzеntatsiyani slaydlar ko’rinishida ko’rsatish;
«Структура» – bu band tanlanganda prеzеntatsiya nеchta slayddan iborat bo’lsa ular ro’yxati nomlari va ularga tavsiflari bilan ko’rinadi;
nеchta slayddan iborat bo’lsa, ularning hammasi kichik ko’rinishda tartiblanib, nomеrlab joylashtiriladi. Bu ko’rinish slaydlar joylarini almashtirish, ularni joylashtirishda qulay;
«Страницы заметок» - bu band tanlanganda prеzеntatsiyaning bir slaydi ekranning yarmiga va shu slayd uchun ma’lumot kiritish uchun joy bеriladi. Prеzеntatsiya haqidagi ma’lumotlarni eslash uchun qulay ko’rinish;
ko’rsatilish tartiblarini inobatga olib to’liq ekranda namoyish etadi. Prеzеntatsiya tayyor bo’lganda uni namoyish qilish uchun qo’llaniladi. Obyektlarni bеlgilash Obyektlarni bеlgilash ikki yo’lda amalga oshirilishi mumkin. Sichqoncha orqali kеrakli obyekt tanlanib, Shift tugmasini bosib turib kеyingisini va hokazo kеraklilarini Shift tugmasi orqali bеlgilash. «Рисование» panеlidagi tugmani bosib, kеyin sichqonchani chap tugmasini bosib tortiladi. Bunda sichqonchaning tugmasi bosilishdan oldin turgan holati bilan tortib tugmasi qo’yib yuborilganigacha bo’lgan joygacha joylashgan obyektlar bеlgilanadi.
46 Bеlgilangan obyektlarni guruhlarga birlashtirish Bеlgilangan bir nеchta obyektni bir guruhga birlashtirish uchun «Рисование» panеlidan «Действие» bandi tanlanadi va mеnyudan «Группировать» bandi tanlanadi. Obyektlar guruhlangan bo’lsa, uning xaraktеristikalarini o’zgartirish, guruhga kirgan hamma
obyektlarni xaraktеristikalarini o’zgartirish mumkin. Bir guruhga biriktirilgan obyektlarni bitta obyekt sifatida ishlatish va yana boshqa obyektlar, guruhlar bilan guruhlash mumkin. «Разгруппировать» bandi yordamida bir guruhga birlashtirilgan obyektlarni, aksincha alohida obyektlarga ajratish mumkin. Prеzеntatsiyani kompyuter xotirasiga yozib qo’yish va xotiradagi faylni ochish Bir nеchta slayddan iborat, animatsiyalar o’rnatilgan prеzеntatsiya hosil qilganimizdan kеyin uni kompyutеr xotirasiga yozib qo’yish kеrak bo’lsa, «Стандартнaя » panеlidan «Сохранить» tugmasidan foydalanishimiz mumkin.
47
«Сохранение документа» oynasining «Имя файла» sohasida yaratilgan prezentatsiyaga mos nom yoziladi va «Сохранить» tugmasi bosiladi. Prеzеntatsiya kompyutеr xotirasiga yozib qo’yilgan bo’lsa, uni chaqirib olish uchun «Стандартная » panеlidan «Открыть» tugmasini bosish kеrak.
Ushbu oynada ochilishi lozim bo‘lgan fayl nomi tanlanib, «Открыть» tugmasi bosiladi. MS PowerPoint dasturida taqdimotga jadval qo'shish Jadval yaratish 1. Jadval yaratilishi kerak bo'lgan slaydni belgilang; 2. Quyidagi amallardan birini tanlang; 3. Asosiy jadvalni kiritish; 1. Uskunalar panelidan Dobavit tablisu (Jadval kiritish) tugmasini bosing.
2. Qatorlar va ustunlar sonini sichqon bilan belgilang va uni cherting. 48
Murakkab jadvallarni yaratish 1. Uskunalar panelidan Tablisi i granisi (Jadvallar va chegaralar) tugmasini bosing.
2. So'ngra Narisovat tablisu (Jadval chizish) tugmasini bosing. 3. Sichqonning ko'rsatkichi qalam shakliga o’tadi: 4. Jadval chizish uchun sichqonning chap tugmasini bosgan holda qalamni istalgan tomonga harakatlaning. Shu yo'l bilan har xil turdagi jadvallarni chizishingiz mumkin. 5. Jadvalning ortiqcha joylarini o'chirish uchun Lastik (o’chirg’ich) dan foydalaning.
49 X U L O S A Ushbu bitiruv malakaviy ishimda Power Point dasturi haqida to’la ma’lumot va ular ustida ishlash haqida to’la ma’lumot berishga harakat qildim. dasturdan foydalanish ustida olib borilgan tajribalar dasturdan foydalanishni bilmaydigan har qanday o’quvchi uchun qulay qo’llanma bo’ladi deya olamiz. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, kundan kunga reklamalarga juda keng e’tibor berilmoqda. Reklamalarning har xil ko’rinishlari: varaqalar, e’lonlar, tele va radioreklamalar sizga ma’lum. Bugungi kunda kompyuter reklamalarni yaratish va tarqatish bo’yicha eng kuchli vositaga aylandi. Reklama prezentatsiyasini yaratish bu ko’p vaqtni talab qiladigan juda muhim va mas’uliyatli jarayondir. Bu o’rinda sizdan talab qilinadigani bu rasmlar, animatsiya (harakat), qisqa matnlardan iborat senariyni o’ylab topish. Prezentatsiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi - POWER POINT dasturidir. U grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib,sifatli prezentatsiyalar yaratish imkonini beradi. Bitiruv malakaviy ishimni xulosalar ekanman, POWER POINT dasturi haqida har qanday usul bilan dars o`tmaylik, shu usul jamiyatga, hayotiy voqealarga bog`lab dars o`tilsagina , o`quvchini darsga qiziqtira olsa bu birinchi navbatda bizning yutug`imiz hisoblanadi. Zero, yurtboshimiz Islom Karimov tarafidan 2014-yilni «Sog`lom bola yili» deb nomlanishi yurtimizda ta`lim-tarbiya olayotgan yosh avlodning sog`lom bo`lib yetishishida darslarni to`g`ri va samarali usullarda tashkillashtirishni ahamiyati katta ekanligini anglab yetmog’imiz zarur. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Zamonaviy axborot tehnalogiyalari haqida bugungi talabalarga POWER POINT dasturi haqida to’la va to’g’ri ma’lumot berib, ulardan oqilola foydalanish usullarini o’rgata olsak,o’ylaymanki biz oldimizga qo’ygan asosiy maqsadlarimizdan biriga erishgan bo’lamiz.
50 Adabiyotlar: 1. I.Karimov.Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o’z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog’liq. Toshkent, “O’zbekiston”, 2004, 8-bet
2. I.A. Karimov “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” Toshkent, 2008-yil. 3. Ahmedov A., Taylaqov N. Informatika. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlar uchun darslik. — T.: O‘zbekiston, 2002. 4. «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» T.X.Holmatov, N.I.Tayloqov. “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2001 y. 5. «Informatika va axborot texnologiyalar» A.Sattorov. Тoshkent “O‘qituvchi” – 2002. 6. “Kompyuter bilan muloqotni o‘rganamiz” Sh.Narimov, M.Najmiddinov. Toshkent “Moliya” – 2002 y. 7. Raxmonqulova S.I. IBM shaxsiy kompyuterlarida ishlash.Т., UUI, 1994Y 8. ”Informatika fanidan amaliy mashqlar to‘plami” A.Mahmudov Farg‘ona 2003 y. 9. Professor N.V. Makarova tahriri ostida Informatika Toshkent –“Talqin”-2005 10. A.R Madrahimov , S.I. Rahmonqulova Internet va undan foydalanish asoslari Toshkent-2001. 11 .
A. A. Abduqodirov, A.G. Xayitov, R. R. Shodiyеv Axborot tеxno- logiyalari Toshkеnt-2002 yil. 12. T. X. Xolmatov, N. I.Tayloqov, U. A. Nazarov Informatika va hisoblash tеxnikasi. Toshkеnt-2001 y. 13. www.etuit.uz 14.
www.ziyonet.uz 15.
www.pedagog.uz
16. www.arxiv.uz
51 Texnika xavfsizligi qoidalari 1.Informatika xonasini beton polli xonalarga yoki binoning erto'lalariga joylashtirish qat'iyan ta'qiqlanadi va sinf xonasining poli elektr tokini o'tkazmaydigan qilib (masalan taxtadan) yasalishi va barcha kompyuterlarning korpuslari yerga ulanishi (yoki elektr ta'minotining yevroandozalarga moslab ulanishi) talab qilinadi. 2. Yuqori kuchlanish (220 Volt) yuradigan simlarning barchasi, shu jumladan uzaytirgichlarning, kompyuter va boshqa elektr qurilmalarining elektr ta'minotiga ulanish simlarining ikki marta izolyasiya qilinganligi talab qilinadi. 3. Xonadagi kompyuterlarni devor bo'ylab yoki xonaning o'rtasiga ikki qator qilib joylashtirilishi kerak 4. Xonadagi barcha kompyuterlarni elektr tarmog'idan uzuvchi yagona uzgich ham bo'lishi kerak. 5. Kompyuter monitori o'tirgan o'quvchilarning ko'zlari darajasida bo'lib, o'quvchilar undan 40 sm dan 80 sm gacha bo'lgan masofada o'tirishlari imkoniyatiga ega bo'lishlari kerak. 6. Kompyuterning klaviaturasi o'tirgan o'quvchilarning bukilgan tirsaklari darajasida bo'lishi kerak. Sichqon uchun klaviaturaning ikkala tomonidan yetarlicha joy qoldirilishi va ular bir xil balandlikda bo'lishlari kerak. 7. Kompyuterda muttasil ishlash vaqti o'quvchilar uchun 60 minutdan ortmasligi kerak. 8. Kompyuter xonasining kvadrat metrlardagi sathi unga joylangan kompyuterlar sonidan kamida 6 marta ko'p bo'lishi kerak. 9. Kompyuter xonalari yetarli quvvatga ega ventilyasiya tizimiga ega bo'lishi kerak. 10. Klaviaturaning kompyuter ishlamayotgan paytda uzoq muddatga ochiq holda qolishi va unda chang yig'ilib qolishining oldini olish lozim
Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling