Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali


Download 22.88 Kb.
Sana20.05.2020
Hajmi22.88 Kb.
#108117
Bog'liq
DLB 8 4-ish


MUHAMMAD AL - XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
«Kompyuter injinering» fakulteti

DI-12-16 guruh talabasi Nuftulayev Javohirning

«Dasturiy loyhalarni boshqarish» fanidan bajargan

AMALIY ISHI


Bajardi: _________ Nuftulayev J
Qabul qildi: _________ Normamatov H


Qarshi-2020

4-amaliy ish

Dasturiy loyihaning bajarilishi monitoringi

Dasturiy loyihalarini yuqorida ko‘rsatilgan tartibda bajarish uning tashkilotchilariga juda katta muvaffaqiyatga erishishni ta’min- laydi, chunki bu xil usulda ish jarayonini tashkil qilish har bir bos- qichning shaffofligiga va tushunarli bo‘lishiga, tizim loyihasiga qiziqqan har bir insonni ushbu ishga jalb qilishga va masalalar ketma-ketligini diqqat bilan nazorat qilishga yordam beradi. Lekin bu bilan Dasturiy loyihasini tuzish va uni boshqarish tamom bo‘ldi, deb xulosa chiqarish mumkin emas, chunki hali oldinda uning dastlabki bosqichlari singari muhim ahamiyatga ega bo‘lgan monitoring va baholov bosqichi turibdi. Bularsiz loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshishi va hayotga to‘g‘ri tatbiq qilinishi katta muammoga aylanishi mumkin. Loyiha- larning bajarilishini kuzatuv jarayoni yoki monitoring - ko‘zda tutil- magan va qo‘qqisdan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish uchun amalga oshiriladi hamda shunday hol yuz berganda, loyihaga kerakli bo‘lgan o‘zgartirishlar kiritiladi va shu orqali uning maqsadga muvofiq ravishda amalga oshishi hamda rivojlanishi ta’min- lanadi. Qanday masalalar yoki ko‘rsatkichlarni kuzatish kerakligi, moni- toring jarayonining vaqti, qoidalari va uni kim hamda qanday amalga oshirilishi lozimligi, mas’ul shaxslar kimlar ekanligi monitoring rejasida oldindan aniqlab olinadi.

Manitoring quyidagilarni amalga oshirishga imkonyat yaratadi

beradi:


  • loyiha amalga oshirilishi jarayonida bajarilayotgan ishlarni doimiy ravishda tekshirishga imkon yaratadi;

  • muammolarni oldindan bilish va mavjud muammolarni aniq- lashga ko‘mak beradi;

  • muammolarni hal qilishga va tegishli yechimlar topishga yor- dam beradi;

  • loyiha ijodkorlaridan yoki undan foydalanuvchilardan qimmatli ma’lumotlar olishga imkon beradi;

  • loyihaning rivoji hamda muvaffaqiyatini ta’minlaydi va unga qiziqishni qo‘llab-quvvatlaydi;

  • monitoring Dasturiy loyihasining ijodkorlari yoki donorlar tomonidan amalga oshiriladi.

Monitoring loyihani nazorat qilishning samarali qurollaridan biri- dir. Uni loyiha bilan bog‘liq xatti-harakatlar va erishilgan muvaffaqi- yatlarni kuzatish deb ham ta’riflash mumkin. Monitoringning samarali bo‘lishi uchun u orqali loyihaga jalb qilingan shaxslarga va tashki- lotlarga uzluksiz ma’lumot berib turish lozim. Monitoring orqali kuzatib turiladigan ko‘rsatkichlar loyihalarning turlariga va ularning nima uchun mo‘ljallanganliklariga qarab xilma-xil bo‘lishi mumkin. Lekin ko‘pin- cha ular loyiha bajarilishi jarayonini, texnik ko‘rsatkichlarni va moliya - viy omillarni qamrab oladi.

Yaxshi ishlab chiqilgan monitoring rejasi quyidagi besh xil ma’- lumotlarni o‘z ichiga oladi:



  • vazifalar bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan loyiha tadbirlari va ularning rivojlanishini;

  • ma’lum bir muddatdagi loyiha sarf-xarajatlarini;

  • zaxiralarning mavjudligi va ularning ishlatilishini;

  • bajarilish muddatlari va undagi o‘zgarishlarni;

  • ma’muriy boshqaruv bilan bog‘liq xilma-xil muammolarni.

Monitoring baholashdan farqli o‘laroq, loyiha to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganini ko‘rsatib va aniqlab berishga xizmat qiladi. Monitoring loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlarga tegishli bo‘ladi va ko‘proq qisqa muddatli faoliyat turlarini hisobga oladi. Ya’ni, u loyiha- ning rivojlanishini kuzatishga imkon berib:

  • vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni aniqlaydi;

  • hozirda vujudga kelgan muammolarni bilish imkonini beradi;

  • muammolarni hal qilishga ko‘mak beradi yoki kerak bo‘lsa,

loyihani qayta tuzish imkonini beradi;

  • loyiha qatnashchilaridan va undan foydalanuvchilardan ma’lu- mot olishga yordam beradi;

  • loyihaning yanada rivojlanishiga imkon berib, unga qiziqishni va ijodiy yondashuvni kuchaytiradi.

Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda, qanday qilib maq- sadga muvofiq bo‘lgan monitoring jarayonini amalga oshirish ketma- ketligi haqida quyidagilarni aytish mumkin.

  1. Qanday masala yoki vazifaning kuzatiluvini ta’minlash nuqtai nazaridan nima kuzatilishi lozimligini aniqlab oling;

  2. Qachon (qaysi vaqt chegaralarida) va nima (qanday ko‘ri- nishda va usulda) kuzatilishi zarurligini belgilang;

  3. Kuzatuv jarayonini olib borish uchun qisqa, oddiy, to‘liq va aniq jadvallar ishlab chiqing;

  4. Ishlab chiqilgan rejaga binoan monitoringni amalga oshiring va natijalarni yozib boring. Agarda monitoring jarayonida biror bir muam- mo chiqib qolsa, uni beshinchi banddan boshlab davom ettiring;

  5. Hosil bo‘lgan barcha muammolarni aniqlab oling;

  6. Muammo katta ahamiyatga egami va uni darhol yechish kerak- mi yoki yo‘qmi - aniqlab oling. Muammo kattami yoki kichikmi, u boshqa muammolar bilan bog‘liqmi yoki yo‘qmi - buni ham yaxshilab tahlil qilib, aniqlab oling;

  7. Har bir muammoni diqqat bilan o‘rganing va fikrlang:

  • U qachon yuzaga kelgan?

  • Qanday yuzaga kelgan?

  • Qayerdayuzaga kelgan?

  • Kim yoki nima tufayliyuzaga kelgan?

  • Unga qanday ta’sir qila olamiz?

  • Kimyoki nima orqali muammoga ta’sir qilish mumkin?

  1. Muammo yuzaga kelishining tub sabablarini aniqlang (masa- lan, jihozlarning nobopligi tufayli, ishtirokchilarning bilimi yoki savi- yasi pastligi sababli, xizmatchilarda qiziqishning susayganligi tufayli, to‘lovlar kech amalga oshirilganligi tufayli, tadbirlarda chalkashliklar borligi uchun va hokazo);

  2. Muammolarni hal qilinish yo‘llarini toping va bunda shunga alohida ahamiyat beringki, biror-bir muammoni yechish ikkinchisini kel- tirib chiqarmasin (masalan, bir vazifani yechish bilan mashg‘ul xizmat- chilarni ikkinchi masalani hal qilishga jalb qilish oldingisining bajaril- masligiga olib kelishi, mablag‘larni qayta taqsimlash ba’zi masalalarni yechish uchun mablag‘ topilmasligiga olib kelishi va shunga o‘xshash- lar);

  3. Topilgan yangi yechimlarning amalga oshirilishini diqqat bi­lan kuzatib turing;

  4. O‘zingiz bilan birgalikda ishlayotgan loyiha xizmatchilariga monitoring jarayoni haqida to‘liq ma’lumotlar berib turing, shunda ular keyinchalik loyiha rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘sha oladilar va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish imko- niyatiga ega bo‘ladilar;

  5. Qilayotgan ishingizni tanqidiy nuqtai nazardan har tomonlama o‘ylab chiqing va yaxshi fikrlaringizni doimiy ravishda amalga oshi- rishga harakat qiling.

Quyida monitoring jarayonini tartibli ravishda amalga oshiri- lishini ta’minlab beruvchi jadval sifatidagi bir misol diqqatingizga havo- la etiladi.

Monitoring jadvalining asosiy va mumkin
bo‘lgan ko‘rsatkichlari


Nima?

Ko‘rsatkichlar

Qanday va qachon?

Kim?

Materiallar va anjomlar

Asbob-anjomlar va texnik vositalarning holati (kompyuterlar va ularning periferiya vositalari), dasturlar, aloqa anjomlari, qoldiq materiallar miqdori, smeta xarajatlari, transport yuk xatlari, asbob- uskunalar va mashinalarning holati, ehtiyot qismlar mavjudligi.

Tashriflar

Uchrashuvlar

Ma’lumotlar

Buxgalteriya

kitoblari

Tekshirishlar

Nazorat


Loyiha ishtirokchilari

Byudjet

Bosh buxgalteriya kitobi, moliyaviy bank hisoblari, haqiqiy xarajatlar bilan reja xarajatlarini taqqoslash.

Kundaliklar

Ro‘yxat daftari Intervyular Xatlar



Loyiha ishtirokchilari

Tayyorlov va ta’lim

Mashg‘ulotlarda ishtirok etish, materiallarni o‘rganish, yangi ko‘nikmalarni

Hisobotlar

Yo‘qlama qilish Byudjet tahlili So‘rovlar



Loyiha ishtirokchilari







rivojlantirish, sifat va h.k.







Qiziqish va intilish

Loyiha tadbirlariga qatnashish, ishga vaqtida kelish, xilma-xil tashab- buskor guruhlarda qatna- shish, loyihaga yangi a’zo- lar jalb qilish va hokazo.

So‘rab-surishtirish.

Bu ishlarga bog‘liq umumiy yoki maxsus statistika ma’lumot- larini o‘rganish Testlashtirish



Loyiha ishtirokchilari

Mas’uliyat va javobgarliklar

Ish jadvallari, ishning sifati, bajarilishi, bajarilish tezligi, kontraktlar, ish jarayonini tekshirish va hokazolar

Yuqorida keltirilgan- larga o‘xshash bosh- qa xatti-harakatlar va hujjatlar orqali ham amalga oshirilishi mumkin.

Loyiha ishtirokchilari

Ma’muriy tadbirlar

Olingan litsenziyalar va ruxsatnomalar, tegishli hujjatlar majmuasining mavjudligi, hisobotlarning o‘z vaqtida tayyorlanishi va hokazolar

Yuqorida keltirilgan- larga o‘xshash bosh- qa xatti-harakatlar va hujjatlar orqali ham amalga oshirilishi mumkin.

Loyiha ishtirok- chilari va loyi- hadan manfa- atdor boshqa shaxslar yoki tashkilotlar

Monitoringni amalga oshirishga amaliy misol

Nima?

Ko‘rsatkichlar

Qanday va qachon?

Kim?

Tashkilot jamoasi a’zolarining loyihaga qiziqishi va uni amalga oshirish yo‘lidagi xatti- harakatlari

A) Qancha inson tayyorlov kurslariga qatnashdi;

B) Qancha shaxs loyihaga qiziqish bildirdi va unga shaxsan ko‘mak berdi?



Tayyorlov jarayoni davomida hisoblash - dars o‘tkazilish davomida Maxsus jadvalda qayd qilish - doimiy ravishda

Shu ishga qiziqqan davlat tashkilotlari vakillari

Materiallar, asbob- uskunalar,

Byudjet


Zaxiralarning olinishi va ishlatilishi

Buxgalteriya kitoblari

Boshqa tashkilotlar yoki shaxslarning yordami Mablag‘larning ishlatilishi

Oyiga bir marta


Moliyalashtirgan tashkilot vakili

Tayyorgarlikning yoki

Loyihaning

O‘tkazilayotgan

Tashkilotning




o‘qitish jarayonining maqsadga muvofiq ravishda

tashkil qilinganligi




tegishli va kun tartibiga muvofiq ravishda davom etayotganligini

tekshirish




tadbirlarning rejadagisi bilan solishtirish

Chorakda bir marta




mansabdor shaxsi

Fikrimizcha, monitoringni amalga oshirish ketma-ketligi va uni qay tarzda hayotga tatbiq qilish tushunarli bo‘lgan bo‘lsa kerak. Lekin shunga qaramay, o‘z loyihangiz uchun (agar u bo‘lsa) quyida keltirilgan monitoring jadvalini to‘ldirishni amalga oshirsangiz, juda ham maq- sadga muvofiq bo‘ladi.



Dasturlash maktabining

Monitoringni amalga oshirish bo‘yicha jadvali

Nima?

Ko‘rsatkichlar

Qanday va qachon?

Kim?

Dasturlash o’quv- maktablari

Kimlar yoki qaysi yoshdagi bolar maktabga kiraoladi va qatnashadi

Maktabga qabul qilingan kundan boshlab darslar olib boriladi, hardiom darslar bir rejimda jadvallar orqali olib boriladi

Dasturlashga qiziqadigan yosh dasturchilar

Maktab sharoitlari Aparat va dasturiy vositalar hamda maktab jihozlari

Zaxiralarning olinishi va ishlatilishi

Iqtisodiy yordam olish

Moliyalashtirgan tashkilot vakili

O‘qitish jarayonining maqsadga muvofiq ravishda

tashkil qilinganligi




Loyhaning tegishli va kun tartibiga muvofiq ravishda davom etayotganligini

tekshirish




O‘tkazilayotgan tadbirlarning rejadagisi bilan solishtirish

Chorakda bir marta




Maktabning deriktori va masul shaxslar

Download 22.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling