Toshkent axborot texnologiyalari universiteti u. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev operatsion tizimlar


Nomlangan kanallar(yoki konveyerlar)


Download 7.33 Mb.
bet101/220
Sana28.07.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1663293
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   220
Bog'liq
Операцион тизимлар

Nomlangan kanallar(yoki konveyerlar) - bitta dasturning chiqish faylini boshqa dasturning kirish fayliga bog‘lashga imkon beradigan siklik buferlar.
Xotirada akslanadigan fayllar - belgilangan virtual manzilda jarayon manzili maydonida joylashtirilgan oddiy fayllar. Fayl atributlari
“Fayl” tushunchasi o‘z ichiga faqat uning ma’lumotlarini saqlashdan tashqari atributlarni ham oladi. Atributlar – fayl xususiyatini tavsiflovchi axborot.
Fayl atributlari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

identifikatori);

  • faylga kirishga uchun parol (faylga kirish uchun parol);

  • faylga kirish operatsiyalariga ruhsat berish to‘g‘risida axborot;

  • yaratilgan vaqti, so‘nggi kirish va so‘nggi o‘zgarish

to‘g‘risida axborot;

  • faylning joriy hajmi (yozuvdagi baytlar soni);

  • faylning maksimal hajmi (faylni hajmini oshirish mumkin bo‘lgan baytlar soni);

  • “faqat o‘qish uchun” belgisi;

  • “tizim fayli” belgisi;

  • “arxiv fayli” belgisi;

  • “ikkilik/belgili”belgisi;

  • “vaqtinchalik” (jarayon tugagandan so‘ng yo‘q qilish)

belgisi;

  • Bloklash belgisi;

  • Fayl yozuvi uzunligi;

  • Yozuvning muhim qismini ko‘rsatish;  Kalit uzunligi.

Fayl atributlar to‘plami fayl tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi: fayl xarakteristikasida turli xil turdagi fayl tizimlarida turli xil atribut to‘plamlaridan foydalanish mumkin. Masalan, yuqorida keltirilgan ro‘yxatdagi so‘nggi uchta atribut bo‘lmagan strukturalashmagan faylni qo‘llab-quvvatlovchi fayl tizimida fayl tuzilishi bilan bog‘langan bo‘ladi. Bir foydalanuvchilik OT lar atributlar to‘plami foydalanuvchi va himoya qiluvchi (ya’ni fayl egasi, fayl yaratuvchisi, faylga kirish uchun parol, faylga kirishga ruhsat berish to‘g‘risidagi axborot) layoqatiga ega atributlar bo‘lmaydi.
Foydalanuvchi atributga kirish huquqini olish uchun ushbu maqsadda fayl tizimiga taqdim etilgan vosita yordami bilan olishi mumkin. Odatda istalgan atribut ma’nosini o‘qishga ruhsat beriladi, o‘zgartirishga esa faqat ayrimlariga ruhsat beriladi. Masalan, foydalanuvchi faylga kirish qoidalarini o‘zgartirish mumkin, lekin unga faylni joriy hajmini va yaratilgan sanani o‘zgartirishga ruhsat berilmaydi.

Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling