Toshkent axborot texnologiyalari universiteti u. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev operatsion tizimlar


Download 7.33 Mb.
bet57/220
Sana28.07.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1663293
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   220
Bog'liq
Операцион тизимлар

Vazifalar ro‘yxati Asosiy xotira Asosiy xotira
Vazifa 1 = 30K Qism 1 = 100K 1-qismda
vazifa 1 (30K) Vazifa 2 = 50K
Vazifa 3 = 30K 200K
(kutmoqda) mavjud 2-qismda Ichki
Vazifa 4 = 25K vazifa 4 (25K) bo‘linish

4-qismda Bo‘sh qism vazifa 2 (50K)
3.7- rasm. Asosiy xotiradan qismlarga ajratilgan holda foydalanish
Asosiy xotiradan qismlarga ajratilgan holda foydalanish
3.1- jadvalda keltirilgan. Vazifa 1 mavjud 100 Kbayt xotiraning atigi 30 Kbaytini oladi, vazifa 3 qismlarni bo‘shashini kutishi kerak, hatto 1- qismda 70K bo‘sh joy mavjud bo‘lsa ham. Vazifalarga “kerakli hajmdagi birinchi mavjud qism” asosida bo‘sh joy ajratilgan. Agar tizimda bajariladigan barcha vazifalar bir xil o‘lchamli bo‘lsa yoki o‘lchamlari oldindan ma’lum bo‘lsa va konfiguratsiyaga qarab o‘zgarmasa, belgilangan qismlar sxemasi yaxshi ishlaydi. Ideal holda, bu tizimda yaqin soatlarda, kunlarda yoki haftalarda bajariladigan barcha vazifalar to‘g‘risida aniq ma’lumot talab qiladi. Ammo, agar operator kelajakni aniq taxmin qila olmasa, qismlarning o‘lchamlari tasodifiy ravishda belgilanadi va ularning o‘lchami kiruvchi vazifalar uchun juda kichik yoki juda katta bo‘lishi mumkin. Qismning o‘lchamlari juda kichik bo‘lsa, jiddiy oqibatlarga olib keladi. Boshqa tomondan, agar qismlar juda katta bo‘lsa, xotira behuda sarflanadi. Agar vazifa to‘liq qismni egallamasa, qismda foydalanilmagan xotira bo‘sh qoladi, uni boshqa vazifaga o‘tkazish mumkin emas, chunki har bir qism bir vaqtning o‘zida bitta vazifaga beriladi. Bu ajralmas birlikdir. 3.7- rasmda shunday vaziyatlardan biri ko‘rsatilgan. Ruxsat etilgan qismlardan qisman foydalanish va bir vaqtning o‘zida qism ichida foydalanilmagan bo‘shliqlarni yaratishning bu hodisasi ichki bo‘linish (fragmentatsiya) deb ataladi va belgilangan qismlar uchun xotirani taqsimlash sxemasining asosiy kamchiligi hisoblanadi.
Dinamik qismlar
Dinamik qismlarda mavjud xotira qo‘shni bloklarda saqlanadi, lekin vazifalarga yuklanish vaqtida qancha xotira maydoni kerak bo‘lsa, shuncha xotira maydoni taqdim qilinadi. Bu belgilangan qismlarga nisbatan sezilarli yaxshilanish bo‘lsada, bu muammoni to‘liq hal qilmaydi. 3.8- rasmda ko‘rsatilgandek, dinamik qismlarni taqsimlash sxemasi birinchi vazifalarni yuklashda xotiradan to‘liq foydalanadi.
Ammo tizimga yangi vazifalar kiritilganda, vazifaning kattaligi bo‘shagan xotirani hajmiga to‘g‘ri kelmasa, ular bo‘sh joyga ustuvorlik (prioritet) tartibida joylashtiriladi. 3.8- rasmda “birinchi kelganga - birinchi xizmat” ustuvorligi ko‘rsatilgan. Shunday qilib, keyingi xotirani taqsimlash, taqsimlangan xotira bloklari o‘rtasida bo‘sh xotiraning bo‘laklarini (fragmentlarini) yaratadi. Ushbu muammo tashqi bo‘linish deb nomlanadi va ichki bo‘linish singari, xotirani yo‘qotishga imkon beradi. 3.8- rasmda (e) uchta bo‘sh qism mavjud 5 KB, 10 KB va 20 KB jami 35 KB, 8- vazifani bajarish uchun atigi 30 KB kerak bo‘ladi. Biroq, ular bir-biriga qo‘shni emasligi va vazifalar doimiy ravishda yuklanganligi sababli, ushbu sxema 8- vazifani kutishga majbur qiladi. Asosiy xotirani taqsimlashda dinamik qismlardan foydalanish. Quyidagi 5 ta rasmda
(a-e) asosiy xotiraga qayta ishlash uchun 8 ta vazifa yuborildi va “birinchi kelganga - birinchi xizmat” algoritmi asosida xotira maydoni ajratilgan. Hatto qismlar orasida yetarli bo‘sh xotira bo‘lsa ham, 8 vazifa (e) kutishi kerak.

Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling