Toshkent axborot texnologiyalari universiteti u. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev operatsion tizimlar


Download 7.33 Mb.
bet155/220
Sana28.07.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1663293
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   220
Bog'liq
Операцион тизимлар

Umumiy domenlar
Umumiy domenlar umumiy xarakterga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tgan hostlarni aniqlaydi. Daraxt ichidagi har bir tugun, domen nomi maydonining ma’lumotlar bazasi uchun indeks bo‘lgan domenni belgilaydi (7.40- rasmga qarang).
Daraxtga nazar tashlasak, umumiy domenlar bo‘limidagi asosiy daraja 14 ta belgilarga imkon beradi. Ushbu belgilar 7.8- jadvalda keltirilgan tashkilot turlarini tavsiflaydi.

7.40- rasm. Umumiy domenlar
7.8- jadval

Belgilanishi

Tavsifi

aero

aviakompaniyalar va aerokosmik kompaniyalar

biz

korxonalar yoki firmalar ("com" ga o‘xshash)

com

tijorat tashkilotlari

coop

kooperativ biznes tashkilotlari

edu

o‘quv muassasalari

gov

davlat idoralari

info

axborot xizmatlarini yetkazib beruvchilar

int

xalqaro tashkilotlar

mil

harbiy guruhlar

museum

muzeylar va boshqa notijorat tashkilotlar

name

shaxsiy ismlar

net

tarmoqni qo‘llab-quvvatlash markazlari

org

notijorat tashkilotlari

pro

professional individual tashkilotlar

Mamlakat domenlari
Mamlakat domenlari qismida ikki belgili mamlakat nomlaridan kelib chiqib qisqartirishlar qo‘llaniladi (masalan, O‘zbekiston uchun uz). 7.41- rasmda mamlakatning domenlari ko‘rsatilgan.

Ildiz (root) darajasi



7.41- rasm. Mamlakat domenlari
Ikkinchi teglar tashkiliy, yoki ular aniqroq va milliy belgilar bo‘lishi mumkin. Masalan, Amerika Qo‘shma Shtatlari shtatdagi qisqartirishlarni ‘us’ning ost-qismi sifatida ishlatadi (masalan, ca.us.).
Anza.cup.ca.us manzilini AQShning Kaliforniya shtatidagi Cupertino shahridagi De Anza kollejiga tegishli ekanligini ko‘rish mumkin.
Teskari domenlar
Teskari domen nomni manzilga xaritalashda ishlatiladi. Masalan, server mijozdan biron bir vazifani bajarish uchun so‘rov olganida ro‘y berishi mumkin. Serverda vakolatli mijozlar ro‘yxati bo‘lgan fayl mavjud bo‘lsa-da, faqat mijozning IP manzili (qabul qilingan IP paketidan olingan) keltirilgan. Server mijozning vakolatli ro‘yxatida ekanligini yoki yo‘qligini aniqlash uchun manzilni xaritaga olish uchun DNS serveriga so‘rov yuborishni so‘raydi.
Ushbu turdagi so‘rov teskari yoki ko‘rsatgichli (pointer - PTR) so‘rov deb ataladi. Ko‘rsatkich so‘rovini bajarish uchun, teskari domen domen nomi maydoniga arpa deb nomlangan birinchi darajali tugun bilan qo‘shadi (tarixiy sabablarga ko‘ra). Ikkinchi daraja,
shuningdek, in-addr deb nomlangan bitta tugun (teskari manzil uchun) qo‘shadi. Qolgan domen IP manzillarini belgilaydi.
Teskari domenni boshqaradigan serverlar ham ierarxik bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, manzilning aniq qismi tarmoqosti id qismiga qaraganda yuqoriroq, va tarmoqosti id qismi host id qismiga nisbatan yuqoriroq bo‘lishi kerak. Shu tarzda, butun saytga xizmat ko‘rsatadigan server har bir tarmoqostiga xizmat ko‘rsatadigan serverlarga qaraganda yuqori darajaga ega bo‘ladi. Ushbu konfiguratsiya umumiy yoki mamlakat domeni bilan taqqoslaganda domenni teskari ko‘rinishga olib keladi. Domen belgilarini pastdan yuqoriga qarab o‘qish qoidalariga rioya qilish uchun 132.34.45.121 kabi IP manzil (132.34 net sinfi bilan B sinf manzili) 121.45.34.132.in-addr.arpa sifatida o‘qiladi. Teskari domen konfiguratsiyasini tasvirlash uchun 7.42- rasmga qarang.

7.42- rasm. Teskari domen

Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling