Toshkent axborot texnologiyalari universiteti u. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev operatsion tizimlar


Download 7.33 Mb.
bet156/220
Sana28.07.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1663293
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   220
Bog'liq
Операцион тизимлар

Nazorat savollari

  1. Mijoz-server arxitekturasini tushuntiring.

  2. Mijoz-server tuzilishi va asosiy tushunchalari.

  3. Soket nima?

  4. Soket ma’lumotlar tuzilishini tushuntiring.

  5. Tarmoq operatsion tizimlari va ularning asosiy tarmoq xizmatlari.

  6. E-mail arxitekturasini tushuntiring.

  7. SMTP protokoli vazifasi va imkoniyatlari.

  8. POP va IMAP protokollarining vazifalarini tushuntiring.

  9. Tarmoq kompyuterlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlari.

  10. Peer-to-peer arxitekturasini tushuntiring.

  11. DHCP protokolini tushuntiring.

  12. Tarmoq fayllarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlari.

VIIIBOB. OPERATSION TIZIMLARDA XAVFSIZLIK MASALALARI
8.1. Operatsion tizimning asosiy xavfsizlik masalalari
Kompyuter xavfsizligi mavzusi juda keng bo‘lib, fizik va ma’muriy nazorat, shuningdek, avtomatik boshqaruv turlari masalalarini qamrab oladi. Kompyuter tizimlarida saqlanadigan ma’lumotlar hajmi oshgani sayin, axborotni himoya qilish zarurati ham oshadi. Ma’lumotni ruxsatsiz kirishdan himoya qilish operatsion tizimlarning asosiy vazifalaridan biridir. Afsuski, ushbu maqsadga erishish tobora qiyinlashib bormoqda. Ma’lumotlarga ruhsatsiz kirish va foydalanishdan himoya qilish barcha operatsion tizimlarning asosiy vazifasiga aylanadi. Ushbu bobda operatsion tizimlar uchun kompyuter xavfsizligi masalalari ko‘rib chiqiladi.
Avtonom kompyuter tizimini turli xil yo‘llar bilan tashqi hujumlardan samarali himoya qilish mumkin, masalan, parol qo‘yish, qattiq diskni yechish va uni xafvsiz yerga (seyfga) joylash. Tarmoqda ishlaydigan kompyuterlarda xavfsizlikni ta’minlash ancha murakkab vazifadir.
Axborot tizimlarining xavfsizligi sohasida odatda ikkita muammo mavjud: kompyuter xavfsizligi va tarmoq xavfsizligi.
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling