Toshkent axborot texnologiyalari universiteti u. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev operatsion tizimlar


Download 7.33 Mb.
bet18/220
Sana28.07.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1663293
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   220
Bog'liq
Операцион тизимлар

Fayl-server (file server) – kompyuter va dasturiy ta’minot bo‘lib, u kompyuter-serverning disklarida joylashgan fayllar tizimlari to‘plamiga, lokal tarmoqning (LAN) boshqa kompyuterlariga ulanishni taqdim etadi. Misol uchun, UNIX (Linux, FreeBSD, Solaris va boshqalar) turdagi OT uchun SAMBA (SMB – Server Message Block) serverlar dasturiy ta’minoti lokal tarmoqning Windowskompyuterlaridan UNIX-mashinalarning fayllar tizimlariga ulanishni ta’minlaydi. Samba shuningdek, Macintosh/MacOS platformasi uchun ham amalga oshirilgan.
Ilovalar serveri (application server) – kompyuter va dasturiy ta’minot bo‘lib, hisoblash resurslari (xotira va protsessor) va lokal tarmoqning boshqa kompyuterlaridan ilovalarning ma’lum sinflarini olisdan ishga tushirish uchun zarur muhitni taqdim etadi. Misollar Java Enterprise Editionda (JEE) ishlaydigan ma’lum ilovalar serverlaridan eng yaxshilari WebSphere (IBM), WebLogic (BEA) ilovalar serverlari hisoblanadi.
Ma’lumotlar ombori serveri (database server) – kompyuter va dasturiy ta’minot bo‘lib, kompyuter-serverda joylashgan ma’lumotlar omboriga tarmoqning boshqa kompyuterlariga ulanishni taqdim etadi. Misol, Microsoft SQL Server ma’lumotlar omboriga ulanish uchun serverlar dasturiy ta’minoti hisoblanadi.
Veb-server (Web server) – kompyuter va dasturiy ta’minot bo‘lib, mijozlarga kompyuter-serverda joylashgan Web-sahifalarga WWW orqali ulanishni taqdim etadi. Misol, erkin tarqatiladigan Webserver Apache hisoblanadi.
Proksi-server (Proxy server) – kompyuter va dasturiy ta’minot bo‘lib, u lokal tarmoqning qismi hisoblanadi va Internetga lokal tarmoq kompyuterlaridan samarali kirish, trafikni filtrlash, tashqi hujumlardan himoyalashni ta’minlaydi. Proxy-server odatda operatsion tizimga o‘rnatiladi.
Elektron pochta serveri – kompyuter va dasturiy ta’minot bo‘lib, u qandaydir lokal tarmoq kompyuterlari elektron pochtasini jo‘natish, olish va tarqatishni bajaradi. Shuningdek pochtani shifrlash (email encryption) – ma’lum tarmoq domenidan manzillarga (buyurtmachiga) xatlarni jo‘natishdan oldin shifrlash va ularni buyurtmachi olganidan keyin deshifrlashni ta’minlashi mumkin.

Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling