Simmetrik va assimmetrik ko‘p protsessorli tizimlar
Simmetrik ko‘p protsessorli tizim (symmetric multiprocessing (SMP)) – bu ko‘p protsessorli kompyuter tizimi bo‘lib, uning barcha protsessorlari teng huquqli va o‘sha bir OT nusxasini ishlatadi. Operatsion tizim bunda istalgan protsessorda bajarilishi mumkin. Bunday tizimda istalgan bo‘sh protsessorga istalgan topshiriq berilishi mumkin.
Barcha protsessorlar umumiy xotira va umumiy disklar resurslarini ishlatadi. Bir necha jarayonlar (yoki oqimlar) unumdorli sezilarli buzilmasdan bir vaqtda bajarilishi mumkin. Ko‘plab zamonaviy OTlar SMP arxitekturasini qo‘llaydi. Simmetrik multiprotsessorli tizimda OT (masalan, Linux) o‘rnatilgandan keyin foydalanuvchi menyuda boot loader ni ko‘rishi mumkin, bu haqiqatda uning kompyuteriga bitta emas, balki ikkita SMP qo‘llanadigan va qo‘llanmaydigan OT versiyalari o‘rnatilganligini bildiradi.
Assimmetrik ko‘p protsessorli tizim (asymmetric multiprocessing) – bu ko‘p protsessorli kompyuter tizimi bo‘lib, unda protsessorlar o‘z funksiyalari bo‘yicha maxsuslashtirilgan. Har bir protsessorga o‘ziga xos topshiriq beriladi. Bosh protsessor (master processor) bo‘ysunuvchi jarayonlarning (slave processors) ishlashini rejalashtiradi. Bunday tizimda OT bitta ma’lum unga biriktirilgan markaziy protsessorda bajariladi.
Bunday arxitektura juda katta tizimlar uchun o‘ziga xos. Misol uchun "Elbrus" tizimi o‘z tarkibida konfiguratsiyaga bog‘liq ravishda bittadan o‘ntagacha markaziy protsessorlarga, bittadan to‘rttagacha maxsuslashtirilgan kiritish/chiqarish protsessorlariga (KChP), bittadan to‘rttagacha ma’lumotlarni uzatish protsessorlariga (MUP) ega.
Kompyuterlarning SMP-arxitekturasini tashkil etish sxemasi 1.3- rasmda keltirilgan.
1.3- rasm. Kompyuterlarning SMP-arxitekturasini tashkil etish sxemasi
Taqsimlangan kompyuter tizimlari va ularning OTlarini o‘ziga xos xususiyatlari
Taqsimlangan tizimda (distributed system) hisoblashlar o‘zaro tarmoqqa birlashtirilgan bir necha fizik protsessorlar (kompyuterlar) orasida taqsimlanadi. Kuchsiz bog‘langan tizim (loosely coupled system) – taqsimlangan kompyuter tizimi bo‘lib, unda har bir protsessor o‘z lokal xotirasiga ega bo‘ladi, turli protsessorlar esa o‘zaro aloqa liniyalari – yuqori tezlikli shinalar, telefon liniyalari, simsiz aloqa (Wi-Fi, EVDO, Wi-Max va boshqalar) orqali o‘zaro ta’sirlashishadi.
Taqsimlangan tizimlarning afzalliklariga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |