Toshkent axborot texnologiyalari universiteti u. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev operatsion tizimlar


Jarayonlarni rejalashtirishni amalga oshiradigan rejalashtiruvchilar


Download 7.33 Mb.
bet33/220
Sana28.07.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1663293
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   220
Bog'liq
Операцион тизимлар

Jarayonlarni rejalashtirishni amalga oshiradigan rejalashtiruvchilar
Operatsion tizimda jarayonlarni rejalashtirish odatda bir nechta rejalashtiruvchilar tomonidan amalga oshiriladi, ularning har biri o‘z chaqiruvlar davriga va o‘zi hal qiladigan o‘ziga xos vazifasiga ega.
Rejalashtiruvchi (scheduler)bu – maxsus tizim dasturi bo‘lib, jarayonlarni turli usullar bilan rejalshtirishni amalga oshiradi. Asosiy maqsadi vazifani tizimga taqdim qilish uchun tanlash va qaysi jarayonlarni bajarishni hal qiladi.
Rejalashtiruvchilar 3 turda bo‘ladi:

  • Uzoq muddatli rejalashtiruvchi (Long-Term Scheduler);

  • O‘rta muddatli rejalashtiruvchi (Medium-Term Scheduler);  Qisqa muddatli rejalashtiruvchi (Short-Term Scheduler).

Uzoq muddatli rejalashtiruvchi (vazifalarni rejalashtiruvchi) – qaysi jarayonlarni tayyor jarayonlar navbatiga o‘tkazish kerakligini belgilaydi.
Qisqa muddatli rejalashtiruvchi (protsessorni rejalashtiruvchi) – keyingi bajarilishi kerak bo‘lgan jarayon va qaysi jarayonlar protsessor bilan ta’minlanishi kerakligini belgilaydi.
O‘rta muddatli rejalashtiruvchi (jarayonlarni almashtirishni rejalashtiradi) – vaqtni taqsimlash rejimini amalga oshirish uchun tizimga yozishni va almashtirishni rejalashtiruvchi qo‘shilishi mumkin, u qaysi foydalanuvchi jarayonlarini xotiraga va diskka ko‘chirish (swapping) kerakligini belgilaydi.
Rejalashtiruvchilar va jarayonlarning xususiyatlari. Har bir rejalashti-ruvchining, shuningdek har bir jarayonning o‘ziga xos xususiyatlari bor.
Qisqa muddatli rejalashtiruvchi juda tez-tez chaqiriladi, masalan, kamida keyingi protsessor kvant vaqtining tugashi, shuning uchun u juda tez va samarali amalga oshirilishi kerak.
Uzoq muddatli rejalashtiruvchi nisbatan kamdan-kam hollarda chaqiriladi, chunki tizim jarayonni tayyor jarayonlar holatiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilmaydi. Shuning uchun u nisbatan sekin bajarilishi mumkin, unchalik samarali amalga oshirilmaydi.
Bunday rejalashtiruvchini o‘z ichiga olgan tizimning sxemasi quyidagi 2.13- rasmda keltirilgan.

2.13- rasm. Foydalanuvchi jarayonlarini xotiraga va diskka ko‘chirish sxemasi
Ammo, umuman olganda tizimning asosiy vazifasi - iloji boricha ko‘proq jarayonlarga xizmat ko‘rsatish, aynan uzoq muddatli rejalashtirish multidasturlash darajasini (koeffisientini) – tizimning vaqt birligida xizmat qiladigan jarayonlar sonini aniqlaydi.
Jarayonlarning o‘zi ham ularni rejalashtirish nuqtai nazaridan boshqacha harakat qilishi mumkin. Jarayonlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  • Kiritish/chiqarishga yo‘naltirilgan (I/O bilan bog‘langan - (I/O bound)) – hisoblashga qaraganda kiritish/chiqarishga ko‘proq vaqt sarflaydigan jarayonlar. Bunday jarayonlar odatda protsessor vaqtining ko‘pgina qisqa kvantlarini sarflaydi.

  • Protsessordan foydalanishga yo‘naltirilgan (CPU bilan bog‘langan – CPU bound) - bu ko‘p vaqtini hisoblash uchun sarflaydigan jarayonlardir. Bunday jarayonlar protsessor vaqtining oz sonli uzoq muddatli kvantlarini sarflaydi.


Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling