Toshkent axborot texnologiyalari universiteti u. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev operatsion tizimlar
Download 7.33 Mb.
|
Операцион тизимлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kontekstni almashtirish
Kontekst jarayoni
Jarayonni boshqarish blokiga mo‘ljallangan axborotlarni saqlash uchun uni ikki qismga ajratib ishlatish qulayroq. Protsessorning o‘z ichiga olgan barcha registrlar (dasturiy hisoblagich belgilarini o‘z ichiga olgan bo‘ladi) kontekstli jarayon registrlari deb ataladi, qolganlari esa – tizimli kontekstli jarayon deb ataladi. Registr va kontekstli jarayon tizimini bilish operatsion tizimda uning ishlarini amalga oshirishni boshqarish uchun yetarli hisoblanadi. Biroq bu jarayonni to‘liq tavsiflash uchun yetarli emas. Operatsion tizimni aynan jarayon qanday hisoblanishi ya’ni uning manzilida qanday kod va qanday ma’lumotlar borligi qiziqtirmaydi. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan qaralganda, teskarisi bo‘ladi, ya’ni ma’lumotlar o‘zgarishini aniqlovchi registrlar kontekstning qator imkoniyatlari va olingan natija jarayon manzilini o‘z ichiga olishi ko‘proq qiziqtiradi. Jarayon manzilida joylashgan kod va ma’lumotlarni foydalanuvchi konteksti deb ataymiz. Qisqa vaqtga qabul qiladigan registr, tizim va foydalanuvchi majmui kontekst jarayoni deb ataladi. Jarayonning istalgan vaqt momenti o‘zining konteksti bilan tavsiflanadi. Kontekstni almashtirish Protsessor bir jarayondan boshqa jarayonga o‘tganda jarayonni bajaruvchi kontekstni saqlashi va protsessorga ulanadigan jarayon kontekstini qayta tiklashi (jarayonlar bajarilishini to‘xtatilgan bosqichdan davom ettirish uchun) zarur. Jarayonni ishlash unumdorligini saqlash, qayta tiklash protsedurasi kontekstni almashtirish deb ataladi. Bu texnikadan foydalanib bir protsessor bir nechta jarayonlar o‘rtasida taqsimlanadi. Kontekstni almashtirishga sarflangan vaqt foydali ishlarni bajarish uchun hisoblash mashinalarida foydalanilmaydi. U mashinadan mashinagacha o‘zgaradi va odatda 1 dan 1000 mikrosekundgacha oraliqda tebranadi. O‘z ichiga threads of execution (oqimdan foydalanish) tushunchasini olgan jarayon modelini kengaytirish yordami bilan zamonaviy operatsion tizimlarga sarflanadigan xarajatlar kamaytirilmoqda. Jarayon tushunchasi ularning resurslari bilan bog‘langan bajariladigan buyruqlar to‘plami va joriy vaqtda uni bajarilish bilan tavsiflanadi. Jarayon istalgan vaqt momentida registr, tizim va foydalanuvchi qismidan tashkil topgan o‘zining kontekstini to‘liq tavsiflaydi. Jarayonlar operatsion tizimlarda registrli va tizimli kontekstini o‘z ichida ifodalagan PCB–ma’lumotlar tuzilishini belgilashni taqdim etadi. Jarayonlar beshta asosiy ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: yangi (tug‘ilish), tayyorlilik, bajarish, kutish, tugatish. Operatsion tizimda holatdan jarayon holatiga o‘tish natijasida operatsiyalar bajariladi. Operatsion tizim jarayonda quyidagi operatsiyalarni bajarishi mumkin: jarayoni yaratish, jarayonni tugatish, ma’lum bir vaqtga jarayonni to‘xtatish, jarayoni ishga tushirish, jarayoni bloklash, bloklangan jarayoni qayta ochish, jarayon ustuvorligini o‘zgartirish. PCBni o‘z tarkibiga olgan jarayonlar o‘rtasida o‘zgarish bo‘lmaydi. Multidasturli operatsion tizimlar ishlashi turli xil jarayonlarni bajaradigan operatsiyalarni o‘tkazish zanjiridan tuzilgan va jarayonni saqlash, qayta tiklash protseduralari hamda kontekstni o‘zgartirishdan iborat bo‘ladi. Kontekstni o‘zgartirish jarayoni amalga oshiradigan foydali ishga aloqasi bo‘lmaydi va unga sarflangan vaqt protsessor ishlashi foydali vaqtini qisqartiradi. Download 7.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling