Toshkent axborot texnologiyalari universiteti u. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev operatsion tizimlar


Operatsion tizimlarning tuzilishi va asosiy komponentlari


Download 7.33 Mb.
bet8/220
Sana28.07.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1663293
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   220
Bog'liq
Операцион тизимлар

1.3. Operatsion tizimlarning tuzilishi va asosiy komponentlari


Operatsion tizim dasturlar bajariladigan muhitni ta’minlaydi. Ichki tomondan, operatsion tizimlar turli xil yo‘nalishlarda tashkil etilganligi sababli, ularning tuzilishida juda katta farq bor. Yangi operatsion tizimning dizaynini yaratish katta vazifadir. Dizaynni boshlashdan oldin tizimning maqsadlari aniq belgilanishi juda muhimdir. Ushbu maqsadlar turli xil algoritmlar va strategiyalar orasida tanlov uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. U dasturlarga va dasturlardan foydalanuvchilarga ma’lum xizmatlarni taqdim etadi. Taqdim etilayotgan o‘ziga xos xizmatlar, albatta, bitta operatsion tizimda boshqa operasion tizimlarga qaraganda farq qiladi, ammo biz umumiy sinflarni aniqlashimiz mumkin. Ushbu operatsion tizim xizmatlari dasturchiga qulaylik yaratish, dasturlash vazifasini osonlashtirish uchun taqdim etiladi.
1.1- rasmda turli xil operatsion tizimlar xizmatlarining ko‘rinishi va ularning o‘zaro bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
Operatsion tizim xizmatlarining to‘plami foydalanuvchi uchun foydali bo‘lgan xususiyatlarni taqdim etadi.
Foydalanuvchi interfeysi (user interface). Deyarli barcha operatsion tizimlarda foydalanuvchi interfeysi mavjud. Ushbu interfeys bir nechta shakllarni olishi mumkin. Ulardan biri bu buyruqlar qatori interfeysi (Command Line Interface - CLI) bo‘lib, unda matnli buyruqlar va ularni kiritish usuli qo‘llaniladi (aytaylik, ma’lum parametrlarga ega buyruqlarni ma’lum formatda terish uchun klaviatura). Ikkinchisi - paketli interfeys bo‘lib, unda buyruqlar va ko‘rsatmalar fayllarga kiritiladi va ushbu fayllar bajariladi. Ko‘pincha foydalanuvchi grafik interfeysi (Graphic User Interface - GUI) ishlatiladi. Bu yerda interfeys kiritish/chiqarishni yo‘naltirish, menyudan tanlash, klaviaturadan matnni kiritish va klaviaturani yo‘naltirish moslamasi bo‘lgan oyna tizimi.

1.1- rasm. Operatsion tizim xizmatlarining ko‘rinishi
Dasturning bajarilishi (program execution). Tizim dasturni xotiraga yuklashi va ushbu dasturni ishga tushirishi kerak. Dastur odatiy yoki noodatiy ravishda (xatolik natijasida) o‘z ishini yakunlashi kerak.

Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling