Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti


Kasko - transport vositasining borti. Kasko sug’urtasi transport vositasini nobud bo’lishi yoki shikastlanishi o’z ichiga oladi. Kaf


Download 376.81 Kb.
bet15/95
Sana04.04.2023
Hajmi376.81 Kb.
#1327117
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   95
Bog'liq
маъруза матни L

Kasko - transport vositasining borti. Kasko sug’urtasi transport vositasini nobud bo’lishi yoki shikastlanishi o’z ichiga oladi.
Kaf - tashqi savdo shartnomasi bo’yicha yuklarni belgilangan portgacha (joygacha) etkazib berish sharti. Bunda tashilayotgan tovarning qiymatiga dengiz transportida tashish bilan bog’liq xarajatlar kiritiladi. Ushbu shart bo’yicha tovarlarni sug’urta qilish tovar etkazib beruvchining (sotuvchi) majburiyatiga kirmaydi.
Kvota - 1) bir necha sug’urta kompaniyasi tomonidan birgalikda tegishli ob’ekt sug’urtalanayotganda, bitta sug’urta kompaniyasiga to’g’ri keladigan hissa. Bunday xolatda har bir sug’urta kompaniyasiga tegishli kvota yagona sug’urta polisida o’z aksini topadi; 2) qayta sug’urtalash kompaniyasini qayta sug’urtalashda qatnashish hissasi.
Kovernota - sug’urta vositachisi tomonidan sug’urtalanuvchiga beriladigan va sug’urtalanuvchining sug’urta shartnomasi tuzishini tasdiqlovchi xujjat. Ushbu xujjatda ko’rsatilgan muddat mobaynida sug’urta brokeri sug’urtalanuvchiga sug’urta polisini berishi shart. Chunki, kovernota sug’urta kompaniyasi uchun yuridik kuchga ega bo’lgan xujjat hisoblanmaydi.
Komissiya haqi - mijozlarni sug’urtaga tortganligi uchun sug’urta kompaniyasi tomonidan vositachilarga (sug’urta brokeri, agent) to’lanadigan haq. Komissiya haqining miqdori sug’urtaning turiga va kelib tushgan badalning xajmiga bog’liq holda sug’urta badaliga nisbatan foizlarda to’lanadi.
Konosament - dengiz transportida yuklarni tashish shartlarini ifodalovchi xujjat. Konosament shartnoma mavjudligi faktini va yuk tashuvchini yukni qabul qilib olganligini tasdiqlovchi xo’jjat. Konosamentga imzo chekishi bilan yukni saqlash, uni tegishli manzilga etkazish mas’uliyati to’laligiga yuk tashuvchi kema zimmasiga o’tadi. Imzolangan konosamentning asl nusxasi sotib oluvchiga yuboriladi va ushbu xo’jjat unga tegishi bilan sotib oluvchi yukning huquqiy egasi hisoblanadi.
Kumulyatsiya- bir qancha yirik sug’urta summali ob’ektlarning bitta sug’urta hodisasi tufayli zarar ko’rishi extimolligini nazarda tutuvchi sug’urta risklarini yig’indisi.

Download 376.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling