Shomaj - sug’urta hodisasi ro’y berishi natijasida ishlab chiqarishni to’xtab qolishi bilan bog’liq foyda olmaslik riskini sug’urtasi.
Ekstsedent riski - mazkur toifadagi risk bo’yicha zararni qayta sug’urtalash to’g’risidagi kelishuv.
4-MAVZU: SUG‘URTANING FUNKSIYALARI
Sug’urta funksiyalari
Sug’urta funksiyalarining qo’llanilish sohalari
Tayanch iboralar
1.Sug’urta funksiyalari
Sug‘urtaning o‘ziga xos funksiyalari uning doimiy takrorlanib turuvchi qator vazifalarida namoyon bo‘ladi. Sug‘urtaning funksiyalari (Sf) riskdan himoya (RH), ogoh etish (OE), investitsiya (I), jamg‘armachilik(J)dan, ya’ni: Sf=RH+OE+I+J dan iborat bo‘lgan bo‘lsa, XXI asr boshida uning yangi (axborot berish va texnologik (AT), shuningdek, rivojlanayotgan davlatlar misolida ijtimoiy himoya (IH) kabi funksiyalari namoyon bo‘layotganligi haqida ham fikr bildirish mumkin. Sug‘urta funksiyalarining yangi majmuasi (2.1-chizma) Sf=RH+IH+OE+ +I+J+AT kabilardan iborat bo‘lib qoldi. Individual sug‘urta doirasida har bir shaxs o‘z ehtiyoji hamda manfaatidan kelib chiqib, sug‘urta shakli va qoplama summasi
hajmini ixtiyoriy asosda belgilaydi. Shu o‘rinda, sug‘urta faoliyatining ijtimoiy himoya funksiyasi yaqqol namoyon bo‘ladi.
2.1-chizma. Sug‘urta funksiyalarining majmuasi2.
Sug‘urta — moliyaviy ta’minot vositasi sifatida mijozlarning mol-mulkini risklardan himoyasini kafolatlashi orqali sug‘urtalanuvchining ijtimoiy-iqtisodiy himoyasini ta’minlaydi. Bizning nazarimizda, bunday himoya ta’minlanishida sug‘urtaning riskdan himoya funksiyasidan farqli ravishda ijtimoiy himoya funksiyasi mijoz uchun ahamiyatliroq sanaladi. Bu holat rivojlanayotgan davlatlarda fuqarolarning jon boshiga olayotgan daromadlari nuqtayi nazaridan kelib chiqib, yangi mulklarni sotib olish imkoniyatlari cheklanganligi sababli, ular uchun ko‘proq mohiyat kasb etishi bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |