Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti
Ixtiyoriy sug’urta turlarini huquqiy tartibga solish
Download 376.81 Kb.
|
маъруза матни L
Ixtiyoriy sug’urta turlarini huquqiy tartibga solish
Mulkiy sug’urta shartnomasiga muvofiq bir taraf (sug’urtalovchi) shartnomada shartlashilgan haq (sug’urta mukofoti) evaziga shartnomada nazarda tutilgan voqea (sug’urta hodisasi) sodir bo’lganda boshqa tarafga (sug’urta qildiruvchiga) yoki shartnoma qaysi shaxsning foydasiga tuzilgan bo’lsa, o’sha shaxsga (naf oluvchiga) bu hodisa oqibatida sug’urtalangan mulkka yetkazilgan zararni yoxud sug’urtalanuvchining boshqa mulkiy manfaatlari bilan bog’liq zararni shartnomada belgilangan summa (sug’urta puli) doirasida to’lash (sug’urta tovoni to’lash) majburiyatini oladi. Mulkiy sug’urta shartnomasi bo’yicha quyidagilar sug’urtalanishi mumkin: - muayyan mol-mulkning yo’qotilishi (nobud bo’lishi), kam chiqishi yoki shikastlanishi xavfi; - fuqarolik javobgarligi xavfi – boshqa shaxslarning hayoti, sog’ligi yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlar bo’yicha javobgarlik, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, shuningdek shartnomalar bo’yicha javobgarlik xavfi; - tadbirkorlik xavfi - tadbirkorning kontragentlari o’z majburiyatlarini buzishi yoki tadbirkorga bog’liq bo’lmagan vaziyatlarga ko’ra bu faoliyat shart-sharoitlarining o’zgarishi tufayli tadbirkorlik faoliyatidan kutilgan daromadlarni ololmaslik xavfi. G’ayriqonuniy manfaatlarni sug’urtalashga yo’l qo’yilmaydi. Qimor, loteriyalar va garov o’yinlarida ishtirok etishda ko’riladigan zararni sug’urtalashga yo’l qo’yilmaydi. Garovga olinganlarni ozod qilish maqsadida shaxs majburan qilishi mumkin bo’lgan xarajatlarni sug’urtalashga yo’l qo’yilmaydi. Mol-mulk uning asralishidan qonun hujjatlariga yoki shartnomaga asoslangan manfaatga ega bo’lgan shaxs (sug’urta qildiruvchi yoki naf oluvchi) foydasiga, uning mulkdori, mol-mulkka nisbatan boshqa ashyoviy huquqga ega bo’lgan shaxs, ijarachi, pudratchi, saqlovchi, vositachi va boshqa shu kabilar foydasiga sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalanishi mumkin. Sug’urtalangan mol-mulkning asralishidan sug’urta qildiruvchida va naf oluvchida manfaat bo’lmagan paytda tuzilgan mol-mulkning sug’urta qilish shartnomasi haqiqiy emas. Naf oluvchi foydasiga mol-mulkni sug’urta qilish shartnomasi naf oluvchining ismi yoki nomi ko’rsatilmasdan tuzilishi mumkin. Bunday shartnoma tuzilganda sug’urta qildiruvchiga egasining nomi ko’rsatilmagan polis beriladi. Bunday shartnoma bo’yicha huquqlarni amalga oshirishda bu polisni sug’urtalovchiga taqdim etish zarur. Shaxsiy sug’urta shartnomasi bo’yicha bir taraf (sug’urtalovchi) boshqa taraf (sug’urta qildiruvchi) to’laydigan, shartnomada shartlashilgan haq (sug’urta mukofoti) evaziga sug’urta qildiruvchining o’zining yoxud shartnomada ko’rsatilgan boshqa fuqaro (sug’urtalangan shaxs)ning hayoti yoki sog’ligiga zarar yetkazilgan, u muayyan yoshga to’lgan yoki uning hayotida shartnomada nazarda tutilgan boshqa voqea (sug’urta hodisasi) yuz bergan hollarda shartnomada shartlashilgan pulni (sug’urta pulini) bir yo’la yoki vaqt-vaqti bilan to’lab turish majburiyatini oladi. Shaxsiy sug’urta shartnomasi kimning foydasini ko’zlab tuzilgan bo’lsa, o’sha shaxs sug’urta pulini olish huquqiga ega bo’ladi. Agar shartnomada naf oluvchi sifatida boshqa shaxs ko’rsatilmagan bo’lsa, shaxsiy sug’urta shartnomasi sug’urtalangan shaxs foydasiga tuzilgan hisoblanadi. Boshqa naf oluvchi ko’rsatilmagan shartnoma bo’yicha sug’urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda, sug’urtalangan shaxsning merosxo’rlari naf oluvchilar deb tan olinadi. Sug’urtalangan deb hisoblanmaydigan shaxs foydasiga, shu jumladan sug’urtalangan shaxs hisoblanmaydigan sug’urta qildiruvchi foydasiga shaxsiy sug’urta shartnomasi faqat sug’urtalangan shaxsning yozma roziligi bilangina tuzilishi mumkin. Bunday rozilik bo’lmagan taqdirda, shartnoma sug’urtalangan shaxsning da’vosi bo’yicha, bu shaxs vafot etgan taqdirda esa, uning merosxo’rlari da’vosi bo’yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Download 376.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling