Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti


-MAVZU: SUG’URTA FONDINING SHAKLLARI VA UNI TASHKIL QILISH


Download 376.81 Kb.
bet79/95
Sana04.04.2023
Hajmi376.81 Kb.
#1327117
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   95
Bog'liq
маъруза матни L

14-MAVZU: SUG’URTA FONDINING SHAKLLARI VA UNI TASHKIL QILISH
1. Sug’urta zahirasi haqida tushuncha va uning shakllanishi.
2. Sug’urta zahirasining turlari.



    1. Sug’urta zahirasi haqida tushuncha va uning shakllanishi







Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda sug’urta bir

tomondan, aynan riskdan himoya vositasi hisoblansa, ikkinchi tomondan, u tadbirkorlik faoliyati hamdir. Keyingi yillarda sug’urta mamlakatimizda ham tadbirkorlik faoliyatiga aylanmoqda.
Shu nuqtai nazardan, bizning fikrimizcha, sug’urta faoliyatini uning funktsional mohiyati bilan uzviy bog’liq bo’lgan xizmatlarni tashkil etish hamda ularni ko’rsatish (uning mulkiy shakli, boshqaruv tizimi va boshqa iqtisodiy omillar bilan o’zaro bog’liq bo’lgan) sa’y-harakatlar majmuasi deb ta’kidlash mumkin. Mazkur faoliyatning asosiy maqsadi iqtisodiyot sub’ektining talabiga ko’ra, uni sug’urta risklaridan himoyasini ta’minlashga qaratilgandir.
Aynan shu maqsadni amalga oshirish uchun sug’urtachi tomonidan sug’urtalanuvchidan sug’urta mukofotlari undirib olinadi. Bu undirilgan mukofotlar hisobidan, o’z mijozi bo’lgan sub’ektning, ehtimollikka ko’ra, zarar ko’rishining oldini olish, undan ogoh etish, sug’urta hodisasi yuz bergan taqdirda, uning oqibatlarini tugatish uchun maqsadli sug’urta zaxirasini (14.1-chizma) shakllantiradi. Sug’urtachining sug’urta zaxirasini shakllantirish jarayoni qayta taqsimlash munosabatlari sifatida namoyon bo’ladi.
«Qabul qilingan sug’urta majburiyatlari bajarilishini ta’minlash uchun sug’urtalovchilar ham so’mda, ham chet el valyutasida to’langan sug’urta mukofotlaridan maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda sug’urta zaxiralarini shakllantiradilar hamda joylashtiradilar.
Sug’urtalovchining sug’urta zaxiralariga mos keluvchi aktivlari olib qo’yilishi mumkin emas».

CUG’URTA
ZAXIRASI

14.1-chizma. Sug’urta zaxirasini shakllantirish va sug’urta qoplamasini amalga oshirish jarayonlari

«Qabul qilingan sug’urta majburiyatlari bajarilishini ta’minlash uchun sug’urtalovchilar ham so’mda, ham chet el valyutasida to’langan sug’urta mukofotlaridan maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda sug’urta zaxiralarini shakllantiradilar hamda joylashtiradilar.


Sug’urtalovchining sug’urta zaxiralariga mos keluvchi aktivlari olib qo’yilishi mumkin emas»2.
Sug’urta zaxirasi - jismoniy va yuridik shaxslarning sug’urta munosabatiga kirishlari, ya’ni sug’urta mukofotlarini to’lashlari hisobiga shakllanadi. Ushbu zaxirani shakllantirish har bir sug’urtalanuvchi tomonidan sug’urta mukofotlari o’z vaqtida va to’liq to’lanishi evaziga yuz beradi. Zaxira mablag’lari faqat maqsadli sarflanadi hamda uning resurslari hajmi sug’urta tashkiloti tomonidan statistik, ekonometrik andozalarga va ehtimollik nazariyasiga asoslanib aniqlanadi hamda shakllantiriladi. Shuningdek, sug’urta zaxirasi mablag’laridan samarali foydalana bilish sug’urta faoliyati natijasi qanday bo’lishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Sug’urta hodisasi yuz berishi oqibatida ko’rilgan zararlar sug’urta zaxirasini shakllantirgan sub’ektlar o’rtasida o’zaro taqsimlanadi, ya’ni mablag’larning qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. Bu esa, o’z navbatida, sug’urtalanuvchilarning mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) imkoniyatlarini kengaytiradi.
Amaliyotda sug’urta zaxiralarini shakllantirish orqali risklardan himoyalashning optimal darajadagi shakli ishlab chiqilgan. Sug’urta zaxirasini samarali boshqarish sug’urta tashkilotining talab darajasidagi moddiy-moliyaviy va insoniy zaxiralarga ega bo’lishini ta’minlaydi. Bu jarayonda, bir tomondan, sug’urta xizmatining talab darajasida amalga oshirilishi kafolatlansa, ikkinchi tomondan, mijozlarning sug’urta xizmatiga bo’lgan ishonchi ortadi. Cug’urta tashkiloti moliyaviy barqarorligini ta’minlashning asosiy omili sifatida sug’urta zaxirasini shakllantirish muammosi mamlakatimiz sug’urta nazariyasida yetarli o’rganilmagan jabhadir.
Sug’urtachi sub’ektning boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan (odatda ularning mablag’lari to’liq o’z ixtiyorida bo’ladi) farqli jihati shundaki, sug’urtachining mablag’lari:
- sug’urta zaxirasi;
- uning o’z mablag’laridan tashkil topgandir.
O’z mablag’lari taqsimotini qanday olib borish sub’ektning xohishiga ko’ra amalga oshirilsa, zaxiradan foydalanish imkoniyati qat’iy belgilab qo’yilgan.
Sug’urtachi zaxira mablag’lari hisobidan:
- sug’urta qoplamasini to’lashi;
- sug’urta shartnomasining amal qilish davri tugashi vaqtida uning bir qismini, shartnoma shartlariga binoan, o’z mablag’lari tarkibiga o’tkazishi mumkin.
Bunday shaklda olingan daromadning hajmi har bir shartnoma bo’yicha qoplama to’langanligi va boshqa qator sabablarga bog’liqdir. Sug’urta qoplamasi to’lovi holati yuz beradimi yoki yo’qmi bu noma’lum bo’lsada, sug’urtalanuvchi manfaatining himoyasi ta’minlangan bo’ladi. Shunday himoya hisobiga sug’urta tashkiloti sug’urtalanuvchidan mukofot undirib oladi va albatta, bu undirilgan summa uning o’z mablag’i hisoblanadi.
Endi, o’z mablag’larining bir qismiga nisbatan sug’urtachining erkin taqsimlash huquqi cheklanganligiga kelsak, bu boshqa shaxslar manfaatlari shuni talab etganligidan kelib chiqadi1.
Sug’urtachi asosan sug’urta mukofotlari va investitsiya faoliyatidan daromad oladi. Ayrim hollarda boshqa sug’urtachi uchun sug’urta brokeri vazifasini bajarishi hisobiga komission yig’imlarni undirishi ham mumkin. Ammo, bu manba uncha katta bo’lmaganligi uchun sug’urtachi daromadida ahamiyatli o’rin tutmaydi.
Demak, sug’urtachi daromadlarining bir qismini zaxira uchun saqlaydi, boshqa qismidan esa, o’z xohishiga ko’ra foydalanadi. Zaxira bir necha turda bo’lishi mumkin, uning hajmi maxsus vakolatli Davlat organi tomonidan belgilanadi. Daromadning zaxiraga ajratilgan qismi soliq solish bazasidan chiqariladi. Mazkur mablag’dan sug’urtachiga faqat maxsus vakolatli Davlat organi tomonidan belgilangan qoida asosida foydalanishga ruxsat beriladi.


    1. Download 376.81 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling