Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti
Ixtiyoriy sug’urta turlarini huquqiy tartibga solish
Download 376.81 Kb.
|
маъруза матни L
3. Ixtiyoriy sug’urta turlarini huquqiy tartibga solish.
Majburiy sug’urta tushunchasi va uning joriy etilish shartlari
moddasida majburiy sug’urta haqida alohida ko’rsatib o’tilgan. Xususan, unda shunday deyiladi: «Qonunda quyidagilarni sug’urta qilish majburiyati belgilab qo’yilishi mumkin: - qonunda ko’rsatilgan boshqa shaxslarning hayoti, sog’ligi yoki mol-mulki ularning hayoti, sog’ligi yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi ehtimolini nazarda tutib; - boshqa shaxslarning hayoti, sog’ligi yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi yoxud boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarning buzilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan o’zining fuqaroviy javobgarligi xavfi». Sug’urta qildiruvchi bo’lish majburiyati qonun bilan unda ko’rsatilgan shaxslar zimmasiga yuklanadi. Qonunda majburiy sug’urtaning boshqa turlari ham belgilanishi mumkin. Fuqaroga o’z hayoti yoki sog’ligini sug’urtalash majburiyati qonun bilan yuklatilishi mumkin emas. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki unda belgilangan tartibda xo’jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida davlatga qarashli mol-mulkka ega bo’lgan yuridik shaxslarga bu mulkni sug’urtalash majburiyati yuklanishi mumkin. Mol-mulkni sug’urta qilish majburiyati qonundan kelib chiqmaydigan, balki mol-mulkning egasi bilan tuzilgan shartnomaga yoki mol-mulkning mulkdori hisoblanuvchi yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga asoslangan hollarda, bunday sug’urta ushbu moddaning ma’nosi jihatidan majburiy. Majburiy sug’urta bunday sug’urta qilish majburiyati yuklangan shaxs (sug’urta qildiruvchi) sug’urtalovchi bilan sug’urta shartnomasi tuzishi vositasida amalga oshiriladi. Majburiy sug’urta sug’urta qildiruvchi hisobidan amalga oshiriladi, yo’lovchilarni majburiy sug’urtalash bundan mustasno bo’lib, bu sug’urta qonunda nazarda tutilgan hollarda ularning o’z hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Majburiy sug’urtalanishi lozim bo’lgan ob’ektlar, ular sug’urtalanishga sabab bo’ladigan xavflar va sug’urta pulining eng kam miqdorlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Fuqarolik kodeksining 924-moddasida majburiy sug’urta to’g’risidagi qoidalarni buzish oqibatlari ko’rsatib o’tilgan. Qonun bo’yicha foydasiga majburiy sug’urta amalga oshirilishi lozim bo’lgan shaxs, agar sug’urta amalga oshirilmagani unga ma’lum bo’lsa, sug’urta qildiruvchi sifatida zimmasiga sug’urtalash majburiyati yuklangan shaxs uni amalga oshirishini sud tartibida talab qilishga haqli. Agar sug’urta qildiruvchi sifatida sug’urtalash majburiyati zimmasiga yuklangan shaxs uni amalga oshirmagan bo’lsa yoki sug’urta shartnomasini naf oluvchining ahvolini qonunda belgilangan shartlarga nisbatan yomonlashtiradigan shartlarda buzgan bo’lsa, u sug’urta hodisasi yuz berganida basharti tegishlicha sug’urtalangan taqdirda sug’urta tovoni to’lashga asos bo’lishi kerak bo’lgan shartlarda javobgar bo’ladi. Download 376.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling