Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti


ASSISTANS XIZMATLARI KO‘RSATUVCHI


Download 376.81 Kb.
bet84/95
Sana04.04.2023
Hajmi376.81 Kb.
#1327117
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   95
Bog'liq
маъруза матни L

ASSISTANS XIZMATLARI KO‘RSATUVCHI YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLAR


Assistans xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar sug‘urtalash shartnomasi doirasida sug‘urtalanuvchilarga (sug‘urtalangan shaxslarga, foyda ko‘ruvchilarga) hamda sug‘urtalovchilarga texnik, tibbiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatadilar, shuningdek ularga moliyaviy yordam ko‘rsatadilar.
Assistans xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradilar. Assistans xizmatlariga faqat sug‘urtalovchilar tomonidan, sug‘urtalanuvchilar (sug‘urtalangan shaxslar)ning ishtirokisiz haq to‘lanadi.
Assistans xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar quyidagi huquqlarga ega:

  • sug‘urtalovchilar bilan assistans xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha mustaqil ravishda shartnoma tuzish;

  • sug‘urtalovchi tomonidan assistans xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan barcha axborotlar taqdim etilmagan taqdirda assitans xizmatlari ko‘rsatishni rad etish;

  • assistans xizmatlari ko‘rsatishga zarur mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;

  • assistans xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan shartnomaga muvofiq majburiyatlarning bajarilishini talab qilish;

  • qonun hujjatlari va shartnomada nazarda tutilgan boshqa huquqlar.

Assistans xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar quyidagilarga majbur:

  • sug‘urtalanuvchilardan (sug‘urtalangan shaxslardan) sug‘urta hodisalari (holatlari) to‘g‘risidagi xabarlarning kecha-kunduz qabul qilinishini tashkil etish va sug‘urtalanuvchilarga (sug‘urtalangan shaxslarga) sug‘urta shartnomasi doirasida, taqdim etilgan sug‘urta polisi asosida zarur yordam ko‘rsatish;

  • sug‘urtalash hollarini ko‘rib chiqish va tartibga solish chora-tadbirlarini ko‘rish;

  • sug‘urtalanuvchilarga (sug‘urtalangan shaxslarga) chaqiruv qabul qilingan vaqtdan boshlab imkoni boricha eng qisqa muddatlarda zudlik bilan zarur yordam va xizmatlar ko‘rsatishning tashkil etilishini ta’minlash;

  • qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatni bajarish.




Download 376.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling