Sug’urta mas’uliyati – sug’urtalovchining sug’urta holatlari ro’y berganda sug’urta qoplamalari yoki sug’urta summalarini to’lash bo’yicha majburiyati.
Sug’urta guvohnomasi (polisi) – sug’urta amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Sug’urta tarifi – sug’urta summasiga nisbatan foiz stavkasi.
Sug’urta badali (mukofoti) – sug’urta summasiga nisbatan belgilangan sug’urta tarifi bo’yicha pul to’lovi.
Sug’urta muddati – sug’urta ob’ektining sug’urtalangan davri.
Sug’urta holati – sug’urta qoplamasi yoki sug’urta summasi to’lanishi kerak bo’lgan turli salbiy va boshqa kelishilgan oqibatlarga olib keluvchi haqiqatda sodir bo’lgan holatlar.
Sug’urta dalolatnomasi – o’rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladigan va sodir bo’lgan sug’urta holatini hamda sabablarini tasdiqlovchi hujjat.
Sug’urta qoidalari – ixtiyoriy sug’urta shartlarini belgilovchi me’yoriy hujjatlardan biri.
Sug’urta – ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslar o’rtasida qoplash.
Sug’urta summasi – sug’urta ob’ektini haqiqatda sug’urtalangan qismining pul ko’rinishidagi qiymati.
Sug’urta agenti – sug’urta tashkilotining uning nomidan va uning topshirig’i bilan shartnomalar tuzuvchi shtatsiz xodimi.
Sug’urta qoplamasi – zararni qoplash uchun to’lanadigan to’lovlar summasi bo’lib, u har bir holat va sug’urta shartnomasi shartlaridan kelib chiqib, sug’urta summasiga teng yoki undan kam bo’ladi.
Ixtiyoriy sug’urta - tomonlarning xohish-irodasiga ko’ra amalga oshiriladigan sug’urta munosabatlari.
Litsenziya - muayyan faoliyat bilan shug’ullanish huquqini beruvchi hujjat.
Majburiy sug’urta – sug’urta shakllaridan biri bo’lib, unda sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchilar o’rtasida sug’urta munosabatlari qonun kuchida yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |