Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti


Xususiy va boshqa mulk shaklidagi sug’urta tashkilotlari


Download 376.81 Kb.
bet88/95
Sana04.04.2023
Hajmi376.81 Kb.
#1327117
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   95
Bog'liq
маъруза матни L

Xususiy va boshqa mulk shaklidagi sug’urta tashkilotlari

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 16-bobi


xususiy mulkka bag’ishlangan bo’lib, uning 207-moddasida «xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo’lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir», deb ko’rsatilgan. Sug’urta tashkilotlari xususiy mulk shaklida ham tashkil etilishi mumkin. Shuningdek sug’urta tashkiloti mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklida ham tashkil etiladi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat deganda bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo’lingan xo’jalik jamiyati tushuniladi. Bu haqda O’zbekiston Respublikasining «Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida»gi Qonunining 3-moddasida alohida qayd etilgan. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zararlar uchun o’zlari qo’shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo’ladilar.
Biz yuqorida sug’urta tashkiloti qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklida ham barpo etilishi mumkin, deb ta’kidlagan edik. Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlardagi ulushlarga bo’lingan xo’jalik jamiyati qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat hisoblanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tuzilgan sug’urta tashkilotining ishtirokchilari bo’ladi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari bo’lishi mumkin emas. Ta’kidlash joizki, mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilgan sug’urta tashkiloti ishtirokchilarining soni ellik kishidan oshmasligi lozim.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Sug’urta sohasida davlat monopoliyasini tugatilishiga sabab bo’lgan omillar nima?
2. Sug’urta bozorining qatnashchilari haqida so’zlab bering?
3. Sug’urta tashkiloti qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda barpo etilishi mumkin?
4. Aktsiyadorlik sug’urta tashkilotini tuzishning asosiy xususiyatlari nimada?
5. Aktsiyadorlik sug’urta tashkiloti kuzatuv kengashining vakolatlarini sanab bering?
6. Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi sug’urta tashkilotlarining o’ziga xosligi?
7. Sug’urta tashkilotlari xususiy mulk shaklida tuzilishi mumkinmi?
8. Aktsiyadorlik sug’urta tashkilotlari tuzilayotganda ustav kapitalining eng kam miqdori qancha summani tashkil etishi lozim?
9. O’zbekiston sug’urta bozorida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi sug’urta kompaniyalari faoliyat yuritishi mumkinmi?
10. Sizningcha, sug’urta tashkilotlari yana qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda tuzilishi mumkin?



Download 376.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling