Ular quyidagilar:
— Safar davomida yashash uchun mehmonxona bron qilinganini tasdiqlovchi hujjat;
— Talabalik vizasi uchun Buyuk Britaniya OTMlariga o‘qishga qabul qilinganini tasdiqlovchi CAS – Confirmation of Acceptance for Studies guvohnomasi va ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi test natijasi;
— Ish uchun borayotganlar uchun – rasmiy ishga taklif qilingani to‘g‘risidagi CoS (Certificateof Sponsorship) sertifikat;
— Biznes-vizasi uchun konferensiyaga ro‘yxatdan o‘tgani to‘g‘risida yoki biznes hamkorlar tomonidan taklifnoma;
— Mehmonga borish vizasi uchun qarindoshlaringiz yoki tanishlaringiz tomonidan yuborilgan taklifnoma;
— Agarda safarga farzandingiz bilan borayotgan bo‘lsangiz, uning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi, agarda boshqa birovning farzandi bilan bo‘lsa, uning ota-onasi tomonidan berilgan rasmiy tasdiqlangan ishonchnoma.
Do'stlaringiz bilan baham: |