3. Ish joyingizdan lavozimingiz va yillik daromadingiz ko‘rsatilgan ma'lumotnoma yoki o‘qish joyingizdan hujjat. Mazkur hujjatlar orqali arizachi o‘z davlati bilan bog‘liqligini tasdiqlab va o‘z yurtiga qaytib ketishini kafolatlaydi.
4. Bank tomonidan ma'lumotnoma. Safar qiluvchi shaxsning to‘lov qobiliyati haqida bank tomonidan rasmiy ma'lumotnoma taqdim qilinishi shart. Mazkur bandga diqqat bilan yondashish lozim. Chunki moliyaviy hujjatlariga viza ofitserlari alohida e'tibor beradi. Aynan ushbu hujjatdagi ma'lumotlar anketadagilari bilan mos kelishi zarur.
5. Tibbiy sug‘urta. Ushbu hujjat safar vaqtida yuz berishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy baxsiz hodisalardan shaxsni sug‘urtalashga qaratilgan.
Shuningdek, hujjatlar taqdim qilish paytida quyidagi holatlarga e'tibor qaratish tavsiya qilinadi:
— Hujjatda ko‘rsatilgan umumiy summa, mamlakatda yashash davomidagi xarajatlar uchun yetarli bo‘lishi shart;
— Bank tomonidan tasdiqlangan daromad haqidagi ma'lumot rejalashtirilgan sayohat xarajatlariga zid kelmasligi zarur;
— Safar uchun rejalashtirilgan umumiy mablag‘, rasman tasdiqlangan bo‘lishi kerak;
— Hisobdagi mablag‘ ma'lum muddat davomida asta-sekin to‘planishi kerak. Qisqa muddat ichida hisobraqamda yirik mablag‘ paydo bo‘lishi kelgusida viza ofitseri tomonidan viza berilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin;
— Yig‘ilgan mablag‘ rasman tasdiqlangan daromadga muvofiq bo‘lishi lozim.
Yodda tuting! Soxta hujjatlar taqdim qilinishi mamlakatga kirishga 10 yillik taqiq qo‘yilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Asosiy zaruriy hujjatlar ro‘yxatiga fotosurat kiritilmagani sababi viza markaziga tashrif chog‘ida bevosita biometrik ma'lumotlar bilan birgalikda markaz xodimi tomonidan fotosurat ham olinadi.
Buyuk Britaniya vizasi uchun taqdim qilinadigan qo‘shimcha hujjatlar
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, asosiy zaruriy hujjatlardan tashqari, viza uchun taqdim qilinadigan qo‘shimcha hujjatlar ham mavjud. Mazkur hujjatlar taqdim etilishi majburiy emas, biroq ular viza olinishida ijobiy rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |