Buyuk Britaniya viza turlari:
Tashrif maqsadiga ko‘ra, Buyuk Britaniya vizasi boshqa davlat fuqarolariga quyidagi turlarda berilishi mumkin:
1. Mehnat vizasi: mamlakat hududida rasmiy mehnat faoliyatini olib borish uchun;
2. Biznes vizasi: turli xil rasmiy tashriflar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, biznes uchrashuvlar va shunga o‘xshash qisqa muddatli safarlar uchun;
3. Ta'lim vizasi: Buyuk Britaniya hududida joylashgan ta'lim muassasalarida ta'lim olish uchun;
4. Oilaviy hamda mehmonga borish vizasi: yaqin qarindoshlar, do‘stlar bilan ko‘rishish uchun;
5. Vaqtinchalik yashash vizasi: ma'lum muddatga viza yig‘imlarini to‘lagan holda Buyuk Britaniyada vaqtinchalik yashash uchun;
6. Tranzit vizasi: Buyuk Britaniya orqali ma'lum yo‘nalishda parvoz qilayotgan fuqarolar uchun (48 soatgacha mamlakatda bo‘lishiga ruxsat beradi).
Buyuk Britaniya vizasini olish uchun qanday hujjatlar zarur?
Viza ofitseriga taqdim etilishi zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati har bir viza turi uchun turlicha bo‘lib, ushbu ro‘yxat ma'lumotnomalar, sertifikatlar, guvohnomalarni o‘z ichiga olishi mumkin. Mazkur hujjatlar asosan ikki turga, asosiy hujjatlar va ikkinchi darajali hujjatlarga bo‘linadi. Birinchi turdagi hujjatlar barchadan birdek so‘ralsa, ikkinchi turdagi hujjatlarning taqdim etilishi viza ofitseri qarori ijobiy tomonga o‘zgarishiga xizmat qiladi.
2021yilda ingliz vizasi uchun taqdim etiladigan 5 ta asosiy hujjat:
1. Xorijga chiqish pasporti. Pasport amal qilish muddati safaringizning so‘nggi kuniga qadar yetishi zarur. Agarda uning amal qilish muddati tugayotgan bo‘lsa, unda yangi xorijga chiqish pasporti olish bilan shug‘ullanishning ayni payti.
2. Buyuk Britaniya vizasini olish uchun anketa to‘ldirish. Mazkur anketa elchixona yoki immigratsiya xizmati saytida onlayn tartibda ingliz tilida to‘ldiriladi. E'tibor qiling, anketadagi savollar doimiy yangilanib turadi. Ushbu anketa sifatli to‘ldirilishi avval ingliz tilini bilish darajangizga bog‘liq. Agarda til bilishingiz yetarli darajada bo‘lmasa, til biladigan tanishingiz orqali to‘ldirganingiz ma'qul.
Do'stlaringiz bilan baham: |