TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
KURS ISHI
(Agro) Turizm fakulteti
20-150 S guruh
Fan: ASMda xo‘jalik faoliyati tahlili
Mavzu: Korxonaning to’lov qobiliyati tahlili
Bajardi: Jalilova Madina
Tekshirdi:
Toshkent – 2023
Mundarija:
1.Kirish………………………………………………………………….3
2.Korxonaning to’lov qobiliyati tahlili………………………………...4
2.1.Korxonaning to’lov qobiliyati……………………………………..4
2.2.Korxonaning to’lovga qobiliyatining zarur va muhim sharti……6
2.4.Korxonaning to’lov qobiliyati ko’rsatkichlari tahlili…………...15
2.5.Korxonaning to’lov qobiliyati ko’rsatkichlari va ularni hisoblash tartibi…………………………………………………………………..22
3..Xulosa…………………………………………………………….…28
4.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………….….30
1.Kirish.
Korxonalar ko’p turdagi iqtisodiy aloqalarni, jumladan, xomashyo va materiallar sotib olish, tayyor mahsulotlarni sotish bilan bog’liq bo’lgan hisob kitoblarni bajarishadi. Shuningdek, davlat budjeti, moliya, bank, sug’urta va kreditorlar bilan munosabatda bo’linadi. Ularga hisob berishni belgilangan muddatda amalga oshirish, moliyaviy tartib intizomiga rioya qilish katta ahamiyatga ega. Shu sababli ham korxonaning to’lov qobiliyatini bilish, uni tahlil qilish, ko’rsatkichlari va ularni hisoblash tartibi korxona faoliyatini to’g’ri yurgizishda, uning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir.
2.Korxonaning to’lov qobiliyati tahlili.
2.1.Korxonaning to’lov qobiliyati.
To’lov qobiliyati deyilganda, xo’jalikning muddati kelgan to’lov majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo’lgan mablag’larni yetarli yoki kamchiligini aniqlash tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning to’lov qobiliyatiga ega bo’lishi muhim va bu uning o’z vaqtida zarur bo’lgan qarzlarni qaytarish imkoniyatlarini belgilaydi. Korxona balansi ma’lumotlarga asoslanib, to’lov qobiliyatining qay ahvoldaligi hisoblanadi. Buning uchun korxonaning to’lash uchun zarur bo’lgan mablag’lari bilan qarz majburiyatlarini solishtirish mumkin.
To’lov mablag’lariga pul mablag’lari, jo’natilgan Tovar va mahsulotlar qiymati hali ( hali pul kelib tushmagan), debitor sotishdagi tushum va boshqalar kiradi, shuningdek, qisqa muddatga olingan ssudalar ham vaqtincha to’lov majburiyatlarini amalga oshirish uchun manba bo’lishi mumkin. Qimmatli qog’oz, aksiya, obligatsiya sotishdan olingan mablag’ va qo’shimncha korxonalarda qatnashishdan kelgan daromadlar ham to’lov majburiyatlarini bajarishdagi manba bo’lishi kerak. To’lov majburiyatlariga mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga, budjet va sug’urtaga, mehnat haqi, turli xil kreditorlarga bo’lgan va boshqa turdagi qarzlar kiradi. Korxonaning ma’lum bir kundagi to’lov qobiliyatini aniqlash uchun shu muddatdagi to’lov majburiyatlari bilan mablag’lar solishtiriladi. Korxona balansi aktividagi moddalarni pulga aylanishi aktiv likvidligi, to’lovga qodirlik (to’lov qobiliyati) esa muddatida va to’liq hajmda qarzlardan uzilishni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |