Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
Download 0.57 Mb.
|
Гуруҳ мураббийси журнали 2019-2020
3. MURABBIYNING VAZIFALARI:
3.1. O‘z guruhi talabalarining har biri haqida tasdiqlangan ma’lumotnomaga ega bo‘lishi; 3.2. “Guruh murabbiylari” jurnalini belgilangan tartibda yuritishi; 3.3. “Axborot va maurabbiylik soatlari” darsini “Murabbiylar kengashi” tomonidan taqdim etilgan rejaga ijodiy yondashgan holda o‘tkazishi; 3.4. Guruhda ta’lim-tarbiya ishlarini Nizomda belgilangan talablar asosida olib borishni o‘zining asosiy vazifasi deb, bilishi; 3.5. Guruhning o‘z shioriga ega bo‘lishini ta’minlashi; 3.6. O‘zlashtirishi, davomati va tartib-intizomi yaxshi bo‘lmagan talabalar bilan yakka tartibda ishlashi, ularni ibratli talabalarga biriktirib qo‘yishi va ilg‘orlar safiga olib chiqishi uchun dekanat hamda jamoat tashkilotlari bilan hamjihatlikda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishi; 3.7. I.A.Karimov O‘zbekiston mustaqilligining ijodkori, tashabbuskori va rahnamosi ekanligi haqida “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asari hamda muhtaram prezidentimiz Sh. Mirziyoyev asarlari va nutqlari asosida mazmunli turkum muloqotlar o‘tkazishi; 3.8. Mamlakatimizning jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni, ichki va tashqi siyosatdagi yangiliklar, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-siyosiy jarayonlar, islohotlarning borishi va erishilayotgan yutuqlar bilan muntazam tanishtirib borishi; 3.9. Institutda o‘tkaziladigan tadbirlarda guruhning faol ishtirok etishini ta’minlashi; 3.10. Shogirdlarining yashash joylaridagi shart-sharoitlaridan xabardor bo‘lib, ularning ota-onalari hamda yaqinlari bilan muloqotda bo‘lib turishi; 3.11. Moddiy jihatdan yordamga muhtoj bo‘lgan talabalarning ehtiyojlarini atroflicha o‘rganib chiqib, fakultet yoki institut rahbariyatiga taklif kiritishi; 3.12. Mamlakatimizning fan, ta’lim, madaniyat, adabiyot, san’at va boshqa sohalardagi namoyandalari bilan uchrashuvlar tashkil etishi; 3.13. O‘zbekiston poytaxtining diqqatga sazovor joylariga tashriflar uyushtirishi; 3.14. Talabaning burchi, vazifasi, institut, oila va jamoat joylarida o‘zini qanday tutishi, katta va kichik yoshdagilarga qanday munosabatda bo‘lishi hamda nimalarga e’tibor bilan qarashi kerakligi haqida suhbatlar o‘tkazib borishi; 3.15. Institut Nizomiga, ichki tartib-qoidasiga rioya qilmagan, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini buzgan guruh talabasi belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida o‘z talabalarini ogoh etib turishi; 3.16. Ta’lim-tarbiya ishlari bo‘yicha takliflar kiritishi; 3.17. Guruh talabalarining talab va istaklarini tegishli pog‘onalarga etkazishi, lozim bo‘lganda ularning haq-huquqlarini himoya qilishi; 3.18 Murabbiylar institut rahbariyatining buyrug‘i bilan guruhdan ozod qilinishi yoki boshqa ishga o‘tkazilishi mumkin.
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling