4. TALABALARNING VAZIFALARI:
4.1. Talabalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, institut rahbariyati buyruqlariga hamda ushbu Nizomga amal qilishi;
4.2. O‘zidagi tashabbuskorlik, fidoyilik singari hislatlarni davlat va jamiyat manfaatlari uchun namoyon etishi;
4.3. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, shuningdek, o‘zga millat vakillarining tili, dini, urf-odat va an’analarini hurmat qilishi;
4.4. Ma’naviy jihatdan etuk mustaqil fikrlovchi, keng dunyoqarashga ega, zamonaviy talablarga javob beradigan mutaxassis bo‘lib etishishi uchun mavjud shart-sharoit va imkoniyatlardan samarali foydalanishi;
4.5. Do‘stlik, birodarlik, bag‘rikenglik, hamjihatlik tuyg‘ularini qadrlashi;
4.6. Terrorizm, diniy ekstremizm va odam savdosiga qarshi kurashni o‘zining vatanparvarlik burchi deb bilishi;
4.7. Jamoat ishlarida faol ishtirok etishi;
4.8. Kutubxonadan olgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarini hamda boshqa texnik jixozlarni yaroqsiz bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi, ularga zarar etkazgan holda belgilangan tartibda jarima to‘lashi;
4.9. Institut hududi va jamoat jaylarining ifloslanishiga yo‘l qo‘ymasligi, ekologik tozalikka rioya qilishi;
4.10. Institut rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni belgilangan muddatda bajarishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |