Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali


Malhamchi qo’ng’izlar — Meloidae oilasi


Download 324.56 Kb.
bet2/2
Sana21.06.2020
Hajmi324.56 Kb.
#120823
1   2
Bog'liq
Nurmamatov Shoxboz.


Malhamchi qo’ng’izlar — Meloidae oilasi. Malhamchi qo’ng’izlarning teri qoplag’ichi va ustqantlari yumshoq. Ba’zi turlari rangli. Rivojlanishi ortiqcha o’zgarishli yoki gipermetamorfoz tariqasida o’tadi. Tuxumdan kichkina kompodesimon lichinka chiqadi, u chigirtka ko’zachasiga kiradi yoki gullarga chiqib olib, biror asalariga ilashib, uning iniga kirib oladi. Lichinka bu yerda asal bilan oziqlanadi, rivojlanadi, va imagoga aylanib uchib ketadi. Agarda lichinka chigirtkalarni kuzachasiga tushsa, u yerda u ularning tuxumlarini yeb rivojlanadi, ya’ni entomofag hasharot sifatida taniladi.

Shunday qilib malxamchilar chigirtka va asalarilarning parazit qatoriga kiradi. Keng tarqalgan malxamchilarga turt nuqtali malxamchi - Mylabris quadripuctata; qizil boshli shpanka - Epicauta erythrocephala va boshqalar kiradi. Eron, O’rta Osiyo, Afg’oniston, G’arbiy Xitoy, Markaziy Osiyo, Qozog’istonda tarqalgan.

Uncha yirik bo’lmagan qo’ng’iz, tanasining uzunligi 10 — 12 mm, qora, metal singari yaltiroq bo’lib, usti qora tuk bilan qoplangan. Qanot qalqoni qora —ko’kimtir, asosida qizil xoli, o’rta qismida va uchiga yaqin joyda ikkita bog’lami bor.

Qurtlari Marokash va bahorikor chigirtkalar ko’zachasida parazitlik qiladi. Qo’ng’izlari krestguldoshlar, g’alladoshlar, va dala ekinlari gulining changi bilan oziqlanadi va shu bilan ekinlarga katta zarar yetkazadi. Bir generatsiya beradi. Voyaga yetgan vakillari qishlab qoladi.





F
rolov malhamchisi-Mylabris frolovi Erm. Uncha yirik bo’lmagan (uzunligi 10-12 mm) qo’ng’iz tanasi qora, metall singari yaltiroq, bo’lib, usti qora tuk bilan qoplangan. Ustki qanotida qizil bog’lamlari bor. Lichinkalari chigirtkalarda parazitlik qiladi. Voyaga yetgan qo’ng’izlari esa karamdoshlar, g’alladoshlar va murakkabguldoshlar kabi o’simliklar gulining changi bilan oziqlanadi. Frolov malhamchisi qo’ng’izi tekisliklar, tog’ oldi hududlardagi o’tloqlarda yashaydi va uning lichinkalari chigirtka tuxumlari bilan oziqlanib, ularning sonini kamaytiradi.

To’rt nuqtali malhamchi-Milabris quadripunctata L. Tanasi cho’zinchoq, uzunligi 12-16 mm, qora tusda. Qanotlari qizg’ish-qo’ng’ir, har qaysisining uchida qora va ikki juft qora xoli bor. Lichinkalari chigirtkalarning ko’zachalarida rivojlanadi va ularning tuxumini qiradi. Qo’ng’izlari esa sabzavot va boshqa ekinlar gulining changi bilan oziqlanib, ekinlarga zarar yetkazadi.

Bu qo’ng’izning o’ziga xos xususiyati qoni-gemolimfasi tarkibida zaharli moda-kantaridin borligidir. Bu modda teriga tegsa kuydiradi va pufakchalar hosil qiladi. Kantaridin moddasi borligi tufayli hasharotxo’r qushlar va boshqa hayvonlar bu qo’ng’izni yemaydi.

Tadqiqot jarayonida, bu hasharotlarni ko’plab gullardan terildi. Bular ko’p harakatchan emas, ularni bemalol qo’l bilan tutib terish mumkin. Odatda biz yirikroq gullarda ko’proq uchraydi.

Ayrim yillari, ommaviy holda ko’payib ekinlarga va yaylovlarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Aksincha ularning lichinkalari foydali, chunki ular chigirtkalarnining ko’zachalardagi tuxumlarini iste’mol qiladi.

To’rt nuqtali malhamchining lichinkalari triungulinlar deb nomlanadi, gullar ustiga chiqmasdan yer sathida yugurib yuradi. Chigirtka ko’zachasini topganda, ichiga o’tib, bir- ikkita zararkunandaning tuxumini yeb tullaydi va kalta oyoqli lichinkaga aylanadi. Kaltaoyoqli lichinka, bir necha marta tullab chigirtka ko’zachasidagi qolgan tuxumlarni yeb, qishlovchi soxta g’umbakka aylanadi so’ngra, yana lichinka holatiga qaytadi va haqiqiy g’umbak davriga o’tadi. Anashu g’umbakdan qo’ng’iz rivojlanadi.

Tillarang bronza qo’ng’izi – Cetonia aurata L. Qo’ng’izlar turkumi, yaproqsimon muylovlilar oilasiga mansub (Scarabaeidae). Chiroyli o’rtacha kattalikda (tanasining uzunligi 15 – 21 mm), oltin rang – yashil tusli, qanot qalqonida oq xollari bo’lgan qo’ng’iz. Yozda chiriyotgan barglar to’plamiga, daraxtlar kovagiga tuxum qo’yadi. Qurtlari ham usha joyda rivojlanadi. Boyaga etgan qo’ng’izlar daraxtlarning guli, mevasi, bargi bilan oziqlanadi. Shu bilan birga ular yaxshi changlatuvchi ham hisoblanadi. Hamma joyda tarqalgan. Mevali bog’larda va o’rmon daraxtzorlarida yashaydi.

Qurtlari olti oyoqli, yug’on, oq, uzunligi 60 mm. May qo’ng’iziga o’xshaydi. May qo’ng’izi lichinkasidan farqlanib, o’simlik ildizlarini kemirmaydi, faqatgina chirindi barglart bilan oziqlanadi. Ular may oyidan avgustgacha uchib yuradi.

Zarafshon vohasida keng tarqalgan. Ayniqsa ular jiyda daraxtining yosh novdalarini, bir joyda, bir necha soat kemirganini kuzatdik.

Umuman bo’larni taraqqiyoti, tukli bronza qo’ng’izini rivojlanishiga uxshab ketadi. Zarafshon vohasining hamma hududlarida uchrab, o’simliklarga mehanik holda shikast etkazib, gullarini soatlab kemirishi, oziqlanishi tufayli jiydalarni hosildorligiga ta’sir etadi.

Polifag hasharotlar guruhiga kiradi, shunga muvofiq ular ko’zga ko’rinarli darajada uchrasa ham, zarar etkazishi sezilarli emas.

Tangachaqanotli gerbifaglar. Kungaboqar parvonasi – Homoeosoma nebulella Hb. Bu hasharot kungaboqarning ancha jiddiy zararkunandasi hisoblanadi; chunki bu zararkunanda ko’plab paydo bo’lgan vaqtlarda kungaboqar hosili deyarli batamom nobud bo’ladi. Lekin kungaboqardan boshqa qoqio’tdoshlar oilasiga mansub begona o’tlarning ko’pchiligida urug’ va gullarini yeb oziqlanadi. Bu hasharotni ba’zan kungaboqar kuyasi deb yuritadilar, bu noto’g’ridir, holbuki bu zararkunanda kapalaklar(Ruralididae) oilasiga kiradi.

Kungaboqar kapalagi Markaziy Osiyoda, Qozog’istonda, Kavkazda, Sibirda, Rossiyaning Yevropa qismida, Ladoga ko’ligacha bo’lgan yerlarda, Yevropaning o’rta va janubiy qismlarida, Turkiya hududida, Shimoliy Afrikada uchraydi.

Kapalagi qanotini yozib turganda 2 – 2,7 mm kattalikda bo’ladi; oldingi qanoti ensiz, oqish yoki kul rangda, qanotining o’rtasiga yaqinroq joyida hamma vaqt aniq ko’rinib turmaydigan to’rtta qoramtir nuqta bor; keyingi qanoti birmuncha enliroq va oqishroq bo’ladi. Kapalakning paypaslagichlari yuqoriga qayrilgan; oldingi qanotida uchinchi radial tomir yo’q; keyingi qanotidagi medial tomir ikkita shoxlagan. Tuxumi oq, yaltiroq, 0,8 mm kattalikda bo’ladi. Qurtining bo’yi 1 sm ga yetadi; rangi och kul tusli, usti sal qoramtirroq; orqasi bo’ylab uchta jigar rang yo’l o’tadi; biqinida nafas olish teshiklari bo’ylab bittadan qoramtir chiziq o’tadi.

Qurt tanasi tukchalar bilan siyrak qoplangan. G’umbagi 9 – 12 mm kattalikda; jigar rangda; tanasining oxirida bulavkasimon yo’g’onlashgan 6 – 7 ta tikanchasi bor; urchuqsimon pishiq oqish pillasiga joylashib oladi; uning uchiga ko’pincha tuproq zarrachalari ilashgan bo’ladi.

Kungaboqar kapalagining Markaziy Osiyo sharoitida qanday hayot kechirishi tekshirilgan emas. O’rta va Quyi Volga bo’yida o’tkazilgan tekshirish natijalariga qaraganda bu hasharot tuproqda pilla stadiyasida qishlaydi; ko’klamda g’umbakka aylanadi; qushqo’nmas o’ti gullash paytida voyaga yetgan kapalagi qorong’i tushishi bilan ucha boshlaydi; kapalak kunduzi o’simlik bargi ostida yoki kesakchalar panasida harakatsiz yotadi.

Kapalak ucha boshlaganidan keyin tez orada uning urg’ochisi tuxum qo’yishga kirishadi; bunda kapalak kungaboqarning yoki boshqa murakkabgulli begona o’tlarning savatchasidagi gul changchilariga, ba’zan gul urug’chisiga va gullarning ichki sathiga bittadan tuxum qo’yadi. Kapalak kungaboqarning bitta savatchasiga juda ko’p tuxum qo’yishi mumkin. Bitta urg’ochi kapalak 200-300 tagacha tuxum qo’yadi. Tuxumdan chiqqan qurt dastlab gulning ichki qismlarini yeb yashaydi; uchinchi yoshidan boshlab esa urug’ning ichiga kirib, uning mag’zini yeydi.

Qurtning rivojlanish davri 2 – 3,5 haftaga cho’ziladi, so’ngra o’simlikdan yerga tushib, tuproq orasiga kiradi va shu joyda pilla o’rab kelgusi yil ko’klamigacha diapauza holatida qoladi.

Ayrim qurtlar, ayniqsa sernam va o’rtacha harorat sharoitida pilla o’raganidan keyin tez orada g’umbakka aylanadi. Mana bu g’umbakdan ikkinchi avlod kapalaklari chiqib, darhol tuxum qo’yishga kirishadi. Markaziy Osiyoning sernam va o’rtacha salqin haroratli tog’ mintaqalarida bu zararkunanda ehtimol ikki avlod(birinchi avlodi diapauza holatini kechirmaydi) bersa kerak.

Kungaboqar parvonasi barcha kungaboqar yetishtiriladigan hududlarda keng tarqalgan. Bu kuyaning kapalaklari kungaboqar gullash davrida paydo buladi va gul savatchalariga tuxum kuyib kupayadi, kurtlar asosan kungaboqar va boshqa begona o’tlarning guli bilan oziqlanadi, keyinchalik esa urug’larni yeb oziqlanadi.

Mingdevona tunlami(Chloridea peltigera schiff) ituzumdoshlar, murakkabguldoshlar va gulxayridoshlar oilasiga mansub begona o’tlarning gullari va ko’saklarini zararlaydi. Bu hasharotning qurti madaniy ekinlar zararkunandasi sifatida yeryong’oqqa, kungaboqarga, kanakunjutga, marmarak va ayniqsa maxsarga, ba’zan g’o’zaga zarar yetkazib turadi; bunda eng ko’p maxsarni shikastlaydi. Masalan, Toshkent viloyatida maxsarning 50-85% g’unchasi va gullayotgan boshchasi shikastlanganligi kuzatilgan. Bu zararkunanda dastidan maxsar hosili ba’zan 40-50% kamayib ketadi. Mingdevona tunlami Markaziy Osiyoda, Kavkaz ortida, Kavkazning shimoliy qismida, Ukrainada, Sibirning g’arbiy qismlarida, Yevropaning markaziy va janubiy qismlarida hamda Shimoliy Afrikada uchraydi.

Kapalagi qanot yozib turganida 3-4 sm kattalikda; sarg’ish-kul tus rangda; oldingi qanotida ba’zan ko’ndalangiga o’tgan qoramtir yo’li bo’ladi. Noctuidae oilasidan bo’lgan bu tunlamning buyraksimon dog’chasi qora hoshiyali kulrang tusda bo’ladi; bu buyraksimon dog’dan to qanotning oldingi chetigacha keng qoramtir yo’l o’tadi. Keyingi qanoti oldingisidan birmuncha oqish, ammo ba’zan har ikkisi bir xil rangda bo’ladi. Keyingi qanotining tashqi chetida qo’ng’ir-kulrang tus rangli keng belbog’-yo’l bor; bu yo’l o’rtasida oysimon kichkina dog’cha joylashgan.

Mingdevona tunlami (kapalagi) g’o’za tunlami kapalagiga o’xshaydi, faqat mingdevona tunlamining oldingi qanotida buyraksimon dog’chadan qanotning oldingi chetigacha o’tgan qoramtir yo’lga qarab uni ajratib o olish mumkin. Buning tuxumi ham g’o’za tunlami tuxumiga o’xshaydi. Qurtining bo’yi 5 sm gacha, to’q yashil yoki yashil tusda; odatda orqasi bo’ylab uchta kul tus yo’l o’tadi, biqinidan esa uzunasiga oqish chiziq o’tadi. Qurt tanasi mayda do’mboqchalarga joylashgan dag’al tukchalar bilan siyrak qoplangan. G’umbagi och qo’ng’ir tusda, qorni yuqorisida ikki qator parallel tikancha joylashadi.

Mingdevona tunlami tuproqning 5 – 8 sm chuqurligida g’umbaklik stadiyasida qishlaydi. Buning kapalagi mart oxiri va aprel oylarida uchadi. Kapalak g’umbakdan chiqishi bilan dastlabki kunlarda tuxum qo’yishga kirishadi.



Ikkiqanotli gerbifaglar. Ikkiqanotli gerbifaglar asosan ikkita oilaga mansub. Bular chiporqanotlar (Tephritidae) va g’ovak yasovchi pashshalar (Agromyzidae)dir. Har ikkila oila ancha katta bo’lib ularga xilma-xil pashshalar mansub.

Biologik nuqtai-nazardan g’ovak yasovchi pashshalar juda katta diqqatga sazovor. Ularning 1000 dan ortiq turi bo’lib barchasi ham o’simlik to’qimalarida rivojlanadi. Bu oila vakillari orasida gall hosil qiluvchilar, murakkabguldoshlarning gullarida yashovchilar, urug’larning ichida, o’tlarning poyalarida yashovchilar va hatto daraxt tanasida yashashga o’tgan turlari ham mavjud.

Lekin ularning ko’pchiligi barg parenximasida o’ziga xos g’ovak “mina” hosil qiluvchi pashshalardir. “Mina”ning shakli turlicha, ba’zan uning shakliga qarab, pashshaning turini aniq aytib berish mumkin. Shunisi qiziqki g’ovak yasovchi pashshalar eng sodda qirqquloqlar va ochiq urug’li o’simliklardan tortib, to madaniy o’simliklargacha bo’lgan deyarli barcha guruh o’simliklarda parazitlik qiladi.

Kichik, ba’zan juda kichik (0,9-4 mm kattalikdagi) pashshalar. Tanasi odatda kalta, ko’krak bo’limi yirik, qorni keng, oyoqlari esa kalta. Qanotlarining uzunligi tanasiga teng yoki biroz uzunroq.

Tanasida yaxshi rivojlangan tukchalari bor. Ayniqsa boshining orqa tomonida, ko’zlarining atrofida, peshonasida va og’iz atroflarida uzun tuklar mavjud.

Mo’ylovlarining asos qismidagi bo’g’imlari juda kalta, 3-bog’imi har doim katta, odatda yumaloq. Xartumchasi ko’pincha kalta va yo’g’on, ba’zan esa cho’ziq va bo’g’imli. Paypaslagichlari yaxshi rivojlangan. Ko’kragi mustahkam tukchalar bilan qoplangan, qalqonchasining chetlarida ham 2-4 ta tukchasi bo’ladi. Ko’kragining yonlarida esa tuklari biroz siyrakroq.

Oyoqlarida tuklari kam, boldirlaridagi tuklar alohida ahamiyatga ega. Qornidagi tuklari esa anchagina kalta.

Agromizidlardan biri Phytomyza atricornis 2-2,5 mmli kichik hasharotdir. Boshi, mo’ylovlari, oldko’kragi kulrang tusli, qorni esa biroz to’qroq, oyog’i qora rangda.

Tuxumlari cho’ziq, oq rangli, uzunligi 0,4-0,5 mm. Lichinkasi oqish, yarim shaffof, ba’zan uning tana qoplag’ichlari ostidan ichagidagi yashil massa bilinib turadi. Lichinka tanasining orqa uchida 4 dona konussimon o’simta mavjud, ulardan ikkitasi ancha aniq bilinib turadi. Lichinkasining uzunligi 5-6 mm. Soxta pillasi yoki pupariysi sariq, uzunligi 2,5-3 mm.

Bu pashsha soxta pilla yoki pupariy bosqichida qishlab qoladi. Buning uchun tuproqning 10-20 smli chuqurligini tanlaydi. Fitomizaning g’umbagi jigarrang, anchagina silliq, bo’gimaro chuqurchalari sezilarli darajada.

Viloyatimiz sharoitida pashshaning birinchi avlodi aprelning oxiri-mayning boshlarida uchib chiqadi. Bu jarayon sutkalik o’rtacha harorat 12-16oC bo’lganda boshlanib, 20-25 kun davom etadi. Aprelning oxiridanoq urg’ochi pashshalar

tuxumqo’ygich yordamida barg etini tartibsiz, teshib tashlashadi.

Bu teshiklardan oqib chiqqan shirani yalab oziqlanadi. Tuxumqo’ygich yordamida o’simlik to’qimalarini teshib 1-3 tadan tuxumlarini qo’yadi. 17-20 oCda tuxumning rivojlanishi 2-4 kun davom etadi.

Tuxumdan chiqqan lichinka barg parenximasini kemira boshlaydi, bunda u barg epidermisiga zarar yetkazmaydi, faqat ichini yeb g’ovak hosil qiladi. G’ovak hosil qiluvchi pashsha lichinkasi faoliyati natijasida bargning asosiy fotosintez qiluvchi qismi (ustunsimon hujayralar) yo’qotiladi va o’simlik jiddiy zarar ko’radi. Shunday bo’lsa ham g’ovak hosil qiluvchi pashsha lichinkasi xlorofil bilan oziqlanmaydi. Burglar yuqori tomondan oqarib qoladi. 5-7 dona lichinka tushgan barg qurib qoladi.

Fitomizaning lichinkalik bosqichi 15-17 kun davom etadi. Bu paytda ular 3-4 marta tullaydi. Ular shu bargning o’zidayoq g’umbakka aylanadi. G’umbaklik bosqichi 28oC haroratda 10-11 kun davom etadi. G’umbaklarning bir qismi diapauzaga ketadi. Iyun oyida ikkinchi avlod pashshalar uchib chiqadi. Pashshalar oktyabr oyida, tuproqning 10-20 sm chuqurlikdagi qatlamida qishki diapauzaga ketadi. Umuman g’ovak hosil qiluvchi pashshalar yiliga 3-4 generatsiya(avlod) beradi. Tuxum bosqichidan imagoga aylanganicha 28-30 kun vaqt talab qilinadi.

Melanagromyza pulicaria Meig. pashshasi Samarqand viloyatida keng tarqalgan. Ko’rinishidan oldingi pashshaga o’xshash. O’rta ko’kragi va qorni yaltiroq, kattaligi 2-2,7 mm. Lichinkasining g’umbakka aylanishi barg ichidagi g’ovakda kechadi. G’umbagi och-sariq, biroz yaltirab turadi. Imagosi g’umbak bo’g’imlaridan birining devorini buzib tashqariga chiqadi. Bu pashsha ham aprelning oxiridan uchib chiqib, mayning boshlarida barglarga tuxum qo’ya boshlaydi. Shu paytdan noyabrgacha faol bo’ladi. Tuxum bosqichining davomiyligi 5-6 kunni tashkil etadi. Lichinkasi 3 ta yoshni o’taydi. Lichinkaning har bir yoshi 3-4 kun davom etadi. Shuning uchun lichinkalik bosqichi 9-12 kun davom etadi.

G’umbaklik davri odatda 26-30oC haroratda 10-17 kun davom etadi. Erkaklari 2-3 kundan keyin nobud bo’ladi. Urg’ochi esa yana 5-8 kun yashaydi.



Chiporqanotlar(Tephritidae) oilasi. Eng katta oilalardan biri.Butun dunyo bo’ylab keng tarqalgan.Eng ko’p turi tropiklarda tarqalgan.Dunyo faunasida 100 dan ortiq urug’ga kiruvchi 4000 dan ortiq turiga tarif berilgan.Polearktikada 300 dan ortiq xususan Rossiyada 200 ta turi uchraydi.

Bu oila vakillari kichik va o’rta kattalikdagi pashshalar bo’lib bazilari yorqin rangda, qanotlari yo’l yo’l va dog’chali, urg’ochilarida tuxum qo’ygich yaxshi rivojlangan.

Chiporqanotlar(Tephritidae) oilasiga mansub gerbifaglarga keng tarqalgan Tephritis cometa va Tephritis postica larni misol qilish mumkin. Bular o’rtacha va kichik pashshalar bo’lib, qanotida guldor dog’lari bor.
1.2. G’o’za ko’sak qurti umuiy ta’vsifi
Zarari. Pushti rang ko’sak qurti dunyoda g’o’zaning eng xavfli va eng ko’p tarqalgan zararkunandalaridan biri hisoblanadi. Mavjud ma’lumotlar, bu zararkunanda bosgan hududlarda har yili paxta hosilining 20—25 % chasi nobud bo’lishini ko’rsatadi. Bu qurt Misrda ayniqsa katta zarar yetkazadi, unda ko’pincha paxta hosilining 30—40 %, kechpishar navlarining esa ba’zan 80 % gacha qismi pushti rang ko’sak qurtidan nobud bo’ladi. Braziliyada ba’zi yillari ayrim joylardagi paxta hosilining 30—66 % nobud bo’lganligi aniqlangan. Gavay orollarida pushti rang ko’sak qurti g’o’za ekinlaridagi hosil organlarining 50 dan 99 % chasini nobud qilib, paxtachilikni deyarli barbod etdi.

Bu zararkunanda hosilning miqdoriga ta’sir qilibgina qolmay, balki tolaning chiqishini va chigitdan olinadigan moy miqdorini ham juda kamaytiradi.



Tarqalishi. Pushti rang qurt yer yuzidagi paxtakor mamlakatlarning deyarli hammasida tarqalgan bo’lib, u tarqalmagan juda oz mamlakatlardan biri MDHda hozircha uchramaydi. Bu qurt g’o’za o’stiriladigan hamma joylarda urchishi va zarar yetkazishi mumkin. Pushti rang qurtning vatani Hindiston bo’lib, 1903 yildan keyin, asosan urug’lik chigit bilan birga, dunyoning boshqa paxtakor mamlakatlariga tarqalgan.

Ta’rifi. Pushti rang qurt kapalagig’o’za kuyasining qanotlari yozilganida ikki uchi orasi 12—20 mm keladi. Qorinchasi kul rang yoki qo’ng’ir, oyoqlari to’q qo’ng’ir tusda. Pastki lab paypaslagichlari uzun va yuqori tomonga qayrilgan bo’ladi. Xartumchasi uzun va butunlay tangachalar bilan qoplangan bo’ladi. Kapalagining oldingi qanotlari kambar, o’tkir uchli, qo’ng’ir rangli va ularning oldingi chetlari bir-birlaridan unchalik chegaralanib turmaydigan qora dog’chalar bilan qoplangan bo’ladi.

Qanotlarining o’rtasida qora dog’ bor, bu dog’ ba’zan 2 qismga ajralib turadi. Qanotlarining o’rta qismi noto’g’ri shakldagi qoramtir tangachalar bilan qoplangan. Keyingi qanotlari oldingilaridan birmuncha kengroq, ularning tashqi cheti o’yiqchali, asoslariga yaqin qismi esa rang-barang tovlanib turadigan ochroq tusda va keyingi cheti serbar hoshiyali bo’ladi. Oldingi qanotlarining tubiga yaqin qismidagi anal tomirlari ikkiga ayrilib turadi.

Kapalagi harakatlanmay turganida qanotlar bir tekisda yopiladi. Tuxumi cho’zinchoq oval shaklda va uning bir uchi ancha kengroq bo’ladi. Yangi qo’yilgan tuxumi oq yoki ko’kish tusda bo’lib, rivojlangan sari zarg’aldoq va so’ngra qizil rangga kiradi. Tuxumining uzunligi 0,52—0,54 mm, eni 0,24—0,26 mm keladi.

Endigina tuxumdan chiqqan va hali oziqlana boshlamagan qurtlari sarg’ish tusda, to’q jig’ar rang boshli bo’ladi. Tanasining sirtida siyrak qoramtir va uchlari salgina yo’g’onlashgan tukchalar bor.

Qurtlar oziqlana boshlaganidan keyin tanasi yarim tiniq oq tusga kiradi, boshi qorayadi, ikkinchi yoshdan e’tiboran qurtlarning tanasidagi tukchalar och rangga kiradi va ularning uchlari yo’g’onlashmagan bo’ladi.

Katta yoshlardagi qurtlarning tanasi silindr shaklida, tanasining qorin tomoni oq va orqa tomoni pushti rangli bo’ladi. Boshi qizg’ish qo’ng’ir, ustki jag’lari qoramtir qo’ng’ir tusda, peshonasi uchburchak shaklida, peshona choki salgina to’lqinlanib va peshonaning keyingi chetidagi o’yiqcha yetib turadi. Ustki labining o’rtasida chuqur va bir tekis dumaloqlangan o’yiqcha bor.

Ustki jag’lari baquvvat bo’lib, ularning uzunligi eniga teng keladi, bu jag’larda 4 ta baquvvat kalta tishcha bor, tishchalarning pastki 3 tasi o’tkir uchli va yuqorigi bittasi to’mtoq bo’ladi.

Qorinchasidagi dastlabki 4 juft (soxta) oyoqlarining tovonlarida bir xil kattalikdagi ilmoqlar bor, bu ilmoqlar bir-biriga tutashmagan doira shaklida joylashgan, ilmoqlarning tutashmagan tomoni tashqariga qarab turadi. Anal soxta oyoqlarida teskari joylashgan bir qator ilmoqlar bor. Voyaga yetgan qurtning bo’yi 11—15 mm keladi.

G’umbagining uzunligi 8—10 mm keladi; tanasi ancha yo’g’on, qizg’ish qo’ng’ir tusda bo’lib, tanasining oxirida yuqoriga qayrilgan mustahkam o’siqcha bor. Mo’ylovchalari qanot boshlang’ichlari uchiga borib yetmaydi. Keyingi oyoqlari ko’krakdagi beshinchi segmentga joylashgan qanot boshlang’ichlari orqasiga chiqib turadi. G’umbakning butun tanasi tuk bilan qoplangan.

Hayot kechirishi. G’o’za kuyasi bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga urug’lik chigit bilan birga o’tadi. Bu zararkunanda urug’lik chigit ichida ikki yarim yilgacha diapauza holatida tura oladi. Bundan tashqari, kapalaklari shamol vositasi bilan ancha uzoq joylarga tarqaladi; chigit yoki ko’sak ichidagi qurtlari suv bilan ham tarqala beradi. 

Pushti rang qurt urug’lik chigit bilan, shuningdek paxtadan tayerlangan buyumlar yoki qop-qanor bilan tarqalishi mumkinligi hamda iqlim sharoitlarining o’zgarishiga juda tez moslashib olishi va juda katta iqtisodiy zarar keltirishi O’zbekistonda bu zararkunandaga qarshi qat’iy karantin tadbirlarni qo’llash juda muhim ekanligini ko’rsatadi.

Bu zararkunanda ko’pincha terib olingan paxta chigitlarida, shuningdek dalaga to’kilgan va terib olinmagan ko’saklarda, tuproq yoriqlarida, kesakchalar tagida va boshqa shu kabi joylarda qurtlik stadiyasida qishlaydi.

Ba’zi qurtlar chigit ichida 30 oygacha harakatlanmay yota beradi. Bunday qurtlarni “uzoq siklli” qurtlar deyiladi. Qurtlar bunday holatga kirishdan oldin chigit ichida ipaksimon va nam o’tmaydigan pishiq devorchali dumaloq pillacha o’raydi. Aksari hollarda bu qurt bir necha chigitni o’rgimchak iplari bilan bir-biriga biriktirib qo’yadi. Bunday chigitlarning mavjudligi g’o’zaning pushti rang qurt bilan zararlanganligini aniqlash uchun asos bo’ladi. Qurt bu holatdan harorat va namlik yetarli darajada ko’tarilgan paytda chiqadi.

Tozalangan chigitlarni qoplarda yoki uyumlarda saqlashda “qisqa siklli” (ya’ni diapauzaga kirmagan) qurtlar chigitlardan chiqib burchak tirqish hamda yoriqlarga kiradi va keyinchalik shu joylarda g’umbakka aylanadi. Dalalardagi qurtlar ko’klam va yoz fasllarida tuproqning yuza qavatida, kesakchalar va o’simlik qoldiqlari orasida g’umbakka aylanadi. Qurtlar, odatda, chigit ichida g’umbakka aylanmaydi.

Qurtlar g’umbakka aylanishdan oldin o’rgimchak iplaridan cho’zinchoq-oval va mayin devorli pillacha o’raydi. G’umbaklik stadiyasi tashqi sharoitga qarab 7—12 kun, o’rta hisobda 10 kun davom etadi; pilla o’ray boshlashdan to g’umbakka aylanguncha 2—7 kun, o’rta hisobda esa 4 kun o’tadi. Sharoit qulay bo’lganida kapalaklar 14—20 kun, ba’zilari hatto 32 kungacha yashaydi.

Kapalaklar g’umbakdan chiqqandan 2—6 kun keyin tuxum qo’ya boshlaydi. Bitta urg’ochi kapalak 400—500 tagacha tuxum qo’yadi.

Voyaga yetgan kapalaklar kam harakat bo’lib, ular kunduzlari o’simlik barglari tagida, tuproq yoriqlari orasida, kesakchalar, xas-cho’plar va hokazolar tagida yotadi. Shu xilda yotgan kapalak bezovtalansa uchadi, lekin shu ondayoq yana pana joyga kirishga urinadi.

Kapalaklar tuxumlarini kechalari bitta-bittadan g’o’za shonalari, ko’saklari yoki barglariga yopishtirib qo’yadi. Ba’zi hollarda tuxumlarini kichkina to’dalarga ham qo’yadi. Dalalarda ko’saklar bo’lganida tuxumlarning ko’pchiligini ko’saklarning sirtiga, asosan ko’saklar bilan gul yonliklari o’rtasiga joylaydi. 

Sharoitga (asosan haroratga) qarab tuxumlarning rivojlanishi 3—14 kun davom etadi. Tuxumdan chiqqan qurt shu ondayoq g’o’zaning hosil organlariga kirib olishga urinadi. Qurtlar ko’sakning ichki qismi bilan oziqlanishni yaxshi ko’radi. Bitta ko’sakdan bir necha qurt oziqlana oladi, shona va ko’saklar bo’lmaganida barglar bilan ham oziqlana beradi.

Qurtning shikastlashi natijasida mayda tugunchalar ko’pincha qo’ng’ir tusga kirib, keyin to’kiladi. Qurtlar shikastlagan ko’saklar ba’zan noto’g’ri o’sib so’poqlashadi. Bunday ko’sak devorining ichkari tomonida shishlar hosil bo’ladi, chigitlar kattalashib ketadi, tola juda oz bo’ladi. Ko’sakni pushti rang qurt shikastlashi natijasida zararlanmagan chigitlar ham kattalashib ketadi.

So’poq ko’saklarning foizi mavsum o’tgan sari ko’paya beradi. G’o’zaning qisqa tolali navlariga qaraganda uzun tolali navlarida so’poq ko’saklar ko’proq bo’ladi. Pushti rang qurt tushgan mayda shonalar odatda to’kiladi. Yirik shonalar to’kilmaydi, biroq ular xunuk gul chiqaradi, bunday gullardagi toj barg uchlari o’rgimchak ipi bilan o’ralgan bo’ladi. Qurtlik stadiyasi 9—19 kun, o’rta hisobda 12—13 kun davom qiladi.

O’suv davrining ikkinchi yarmidan boshlab qurtlarning bir qismi harakatsiz holatga o’tib, ba’zan kelgusi yilning ko’klamigacha g’umbakka aylanmaydi. Uzoq siklli qurtlariing soni kuzda ko’payadi.

Pushti rang qurt g’o’zadan tashqari gulxayrilar oilasidan bo’lgan ba’zi o’simliklarga, jumladai bog’ gulxayrisi va bomiya ekinlariga ham tushishi mumkin.

Bu qurt joylarning iqlim sharoitiga qarab yiliga to’rtdan oltigacha avlod beradi.

Kurash choralari. Bu zararkunandaga qarshi kurashda dalalarni o’z vaqtida o’simlik qoldiqlaridan tozalash, kuzda shudgor qilish, kuz va qish fasllarida sug’orish, yerni yaxshilab ishlash, paxta hosilini erta terib olish, g’o’zaning tez pishadigan navlarini erta muddatlarda ekish kabi agrotexnik tadbirlar nihoyatda muhimdir.

Paxta yig’ib-terib olingandan va qayta ishlangandan so’ng paxta tozalash, moy chiqarish zavodlari, paxta va chigit omborlari sinchiklab tozalanadi hamda dezinfeksiya qilinadi.

Bu zararkunanda ilashib o’tishi mumkin bo’lgan yuklarni chet mamlakatlardan kirgizish ta’qiqlanadi, zararlangan va bu jihatdan shubhali bo’lgan yuklar sinil kislota bilan vakuum usulda dezinseksiya qilinadi. Toylardagi paxta tolasi mexanik yo’l bilan presslarda dezinseksiya qilinadi.

Paxta va chigit kimyoviy yo’l bilai dezinseksiya qilinishidan tashqari, quyoshda ham yuqumsizlantiriladi, biroq bu usulda chigit ichidagi qurtlar qirilib bitmay qolishi ham mumkin.

Tikanli ko’sak qurti Earias insulana Boisd.

Zarari. Bu zararkunandaning qurtlari g’o’zaning shona va ko’saklarini nobud qiladi. Shikastlangan shonalar va mayda tugunchalar to’kiladi. Bu qurtlar poya uchlaridagi ko’rtaklarni ham nobud qiladi, ba’zan poyalarni kemirib poya ichiga kirib oladi, bu holda poyalarning uchlari quriydi. Qurtlar ko’sak ichidagi chigitlarni kemiradi, ularning chiqitlari bilan ifloslangan tolalar chiriydi. Ba’zi mamlakatlar (Misr, Hindiston, Iroq) da bu zararkunanda g’o’za ekinlarini ko’plab shikastlaydi.

Tarqalishi. Shimoliy-Sharqiy Avstraliyada, Hind va Tinch okeanlarining orollarida, Hindi-Xitoy, Hindiston, Pokiston, Afg’oniston, Eron, Iroq, Suriya, Turkiyada, O’rta dengiz sohili va orollarida, Janubiy Ispaniya va Afrikada uchraydi. Tikanli ko’sak qurtning shimoliy tarqalish chegarasi Turkmanistonning eng chekka janubi-g’arbiy, Armaniston va Ozarbayjonning janubidir. MDH hududida bu qurt bitta-yarimta uchrab turadi va iqtisodiy jihatdan sezilarli zarar yetkazmaydi.

Misr, Eron va Iroqda bu qurt ba’zi yillari g’o’za ekinlarining ancha qismini (barcha ko’saklarning 70 foizchasini) shikastlaydi.



Ta’rifi. Kapalagining uzunligi 10 mm ga yaqin, qanotlari yozilganida ikki uchi orasi 20—22 mm keladi. Oldingi qanotlari taxminan uchburchak shaklida bo’lib, ularning oldingi chetlari qayrilib turadi. Keyingi qanotlari serbar bo’ladi. Mo’ylovchalari ustida mayda tukchalar bor, bu tukchalar erkak kapalaklarda uzunroq bo’ladi. Erkaklarining ikkinchi juft oyoq panjalarida yelpig’ichsimon taralib turgan tukchalar bor.

Kapalaklarining rangi juda o’zgarib turadi. Odatda oldingi qanotlari yashil tusda bo’ladi; biroq sariq va hatto kul rang, yoki qo’ng’ir sariq, yaltiroq sariq yoki qo’ng’ir qanotli kapalaklar ham uchraydi. Ba’zan kapalaklarning oldingi qanotlarida hyech qanday gul bo’lmaydi, ko’pincha qanotlarining tashqi chetlari yonidan 3 ta to’lqinsimon ko’ndalang chiziq o’tadi; ba’zi kapalaklarda oldingi qanotlarning tashqi chetlari yonida bunday chiziqlar o’rnida, bittadan qoramtir dog’lar bo’ladi. Kapalaklarning sudak turkumida oldingi qanotlar bo’ylab och rangli chiziq o’tadi. Keyingi qanotlari oq yoki kul rang tusda bo’ladi.

Tuxumi oval shaklda; rangi ko’kish, zangori yoki kul rang, bir uchi kertikli do’mboqchalar bilan qoplangan, uzunligi 0,5 mm cha keladi.

Qurtlarining tanasidagi birinchi bo’g’imdan boshqa hamma bo’g’imlarida to’rtta yo’g’on hamda yumshoq tikan va har qaysi tikannnng uchida bittadan qilcha bor. To’rtinchi bo’g’imida (nafas teshigi yonida) yana ikkita kalta tikan va o’n ikkinchi bo’g’imda tag’in ikkita katta tikan joylashgan.

Qurtlarining rangi ham, kapalaklarniki singari, juda o’zgarib turadi. Ularning rangi oqish yoki och yashil tusdan tortib to’q jigar rang tusgacha bo’ladi. O’n ikkinchi bo’g’imdagi tikanlar och rangli; tanasining oxirida qizil yoki qo’ng’ir naqsh bor. Qurtining kallasi qo’ng’ir tusda bo’lib, uning ustidan ko’ndalang chiziq o’tadi. Rivojlanib bo’lgan qurtining uzunligi 14—17 mm keladi.

G’umbagi sarg’ish qo’ng’ir, ko’krak bo’limi va tanasining keyingi qismi ancha qoramtir tusda. Tanasining oxirgi yonlarida uchtadan tishcha bor. G’umbakning uzunligi 9 – 11 mm keladi; g’umbagi moki shaklidagi juda pishiq devorli pilla ichiga joylashadi. Pillaning bir uchi cho’zinchoq, ikkinchi uchi to’mtoqdir. Pillaning ichki tomoni oq rangli, tashqi tomoni esa kul rang va qo’ng’ir tusda tovlanib turadigan iplardan iborat. G’ubagining uzunligi 10—15 mm keladi. 



Hayot kechirishi. Bu zararkunanda kapalaklarning bir joydan ikkinchi joyga tez ko’chish yuli bilan, paxta toylariga, ayniqsa g’umbakka aylangan holda qop-qanorlarga ilashib olib tarqaladi.

Aksari joylarda tikanli ko’sak qurti qishki uyquga kirmasdan yil bo’yi urchiy beradi; o’zi yashaydigan mintaqalar (Eron) da esa bu zararkunanda g’umbaklik yoki pillaga o’ralgan qurtlik stadiyasida qishlaydi.

Kapalaklari kechalari harakatlanib, kunduz kuni har xil pana joylarga yashirinadi. Voyaga yetgan kapalaklar bir oyga yaqin yashaydi. Gulxayrilar oilasiga mansub o’simliklarning shonalari, ko’saklari, poya, shox uchlari va boshqa qismlariga bitta-bittadan tuxum qo’yadi. Bir urg’ochi kapalak 100 tadan 230 tagacha, o’rta hisobda 140 ta tuxum qo’ya oladi.

Tuxumlarining rivojlanishi 3—12 kun davom etadi. Tuxumdan chiqqan qurtlar shona va ko’sak yoki poya va shox ichiga kirib oladi. Bu qurtlar birmuncha vaqt barglar, xususan yosh bargchalar bilan ham oziqlanishi mumkin.

Tikanli ko’sak qurti shikastlagan shona va tugunchalarning ko’pchiligi to’kiladi. Yirik ko’saklar vaqtidan ilgari ochilib chiriydi. Poya va shox uchlari quriydi, bu qurt yosh o’simliklarga tushganida ularni nobud qiladi. Qurtlar serharakat bo’ladi va o’zlarining rivojlanish davrida oziqlanayotgan joylarini bir necha marta o’zgartirib, bir necha shona yoki ko’sakni shikastlaydi. Bu qurt teshib o’tgan joylarda chetlari ko’tarilib turgan teshikchalar hosil bo’ladi. Qurtlik stadiyasi 15—28 kun davom etadi.

Qurtlar g’umbaklanish uchun tashqariga chiqadi. O’zlari yashaydigan shimoliy mintaqalarda oxirgi bo’g’in qurtlar tuproq betidagi o’simlik qoldiqlari orasiga, kesakchalar tagiga, yoriqlarga kirib pilla o’raydi. Yozgi bo’g’in qurtlar ham tuproq betida va o’simliklarning har xil qismlarida g’umbakka aylanishi mumkin. Qurtlar ko’sak ichidan chiqishi bilanoq o’sha ko’sak devori va gulyonliklari o’rtasiga joylashib oladi. Tikanli ko’sak qurti bir yilda 4—5 marta avlod beradi.



Kurash choralari. Agrotexnika tadbirlaridan chigitni erta ekish, paxtaning tezpishar navlarini tanlash, hosilni yig’ib-terib olgandan so’ng dalalarni o’simlik qoldiqlaridan tozalash, dalalarni kuzda shudgor qilish masalalariga katta e’tibor beriladi. Shu bilan birga, bu zararkunandani jalb qilish uchun, ekin dalalari yoniga bomiya ekib, unga tushgan qurtlarni mexanik yo’l bilan yo’qotish ham tavsiya etiladi.

Nihoyat, qurtlar teshib o’tgan joylarida ularning qora dog’ shaklidagi chiqindilari ravshan ko’rinib turgan poya, shox uchlari va ko’saklar yulib olinib, darhol yuq qilinadi.



II-bob. Hashoratlarning qishloq xo’jaligidagi o’rni

2.1. . G’o’za ko’sak qurtiga qarshi kurash.


G`o`za ekinida o`simlikning er ostki qismini kemiruvchi zararkunandalardan ko`p tarqalgan zararkunanda bu tunlamlar hisoblanadi. Tunlamlar bugungi kunda paxta etishtiruvchi barcha mintaqalarda g`o`za va boshqa ekinlarning er ostki qismlariga zarar etkazuvchi tunlamlarning un bitta turi aniqlangan.

Tunlamlar g`o`zaga turli darajada shikast etkazadi. O`rta Osiyo sharoitida g`o`zaga ko`pincha kuzgi tunlam tushadi. Boshqa turlari, jumladan ipsilon, tamaki tunlami, qora-C, qora elkali, lentali katta, qora dog`li och kulrang er, undov va yovvoyi tunlamlar uncha ko`p uchramaydi, ammo bazi yillarda qishloq xo`jalik ekinlariga havf tug`dirishi mumkin.

Bu tunlamlar hammaxo`r hisoblanadi, lekin ularning xush ko`radigan ekinlari va begona o`tlari mavjud. Masalan, undov tunlami-bedani, kuzgi tunlam-g`o`zani, yovvoyi tunlam esa poliz ekinlarini xush ko`radi.

Yashash tarzi, shikastlashi va kurash choralari hamma tunlamlarda bir xil. 
Kuzgi tunlam sug`oriladigan paxtachilik tumanlarida keng tarqalgan zararkunandalardan biri hisoblanib, uning qurtlari 34 ta o`simliklar oilasiga mansub bo`lgan yuzlab ekinlarga zarar etkazadi. G`o`za, beda, qand lavlagi, makkajo`xori, g`alla, moyli ekinlar va sabzavot-poliz ekinlari, shuningdek, begona o`tlardan pechak, yovvoyi tojiqo`roz, sho`ra, olabuta va boshqalar kuzgi tunlamning eng xush ko`rgan ozig`i hisoblanadi.

Kuzgi tunlam qurtlari o`nib chiqayotgan g`o`za chigitini shikastlab, urug` pallalarini teshadi, ildizlarni yoki ildiz bo`g`zi bilan poyani qo`shilgan joyini kemiradi. Natijada dalada g`o`za nihollarining soni kamayadi, ba`zan maysaning er ustki qismiga ham zarar etkazadi. Shonalash davrida g`o`za poyasinig ichki qismi qatayadi va yog`ochga aylanganidan keyin tunlam qurtlari ularni kemirishga ojizlik qiladi. Shu boisdan qurtlar ertagi ekinlarga qaraganda kechki ekinlarni ko`proq zararlaydi. 

Qoraqalpog`iston sharoitida ilmiy tajriba o`tkazgan olimlarning fikricha, g`o`zaning besholti chinbarg davridan keyin shikastlanmasligiga mazkur sabablardan tashqari ozuqa tarkibining biokimyoviy o`zgarishi ham sabab bo`ladi

Qurtlar yoppasiga ko`paygan yillari maysalar juda siyraklashadi va ekinni qayta ekish kerak bo`ladi. G`o`za erta ekilganda zararkunandaning qurtlari katta yoshga etguncha besh-olti chinbarg chiqaradi va shikastlanmaydi, chunki bunday g`o`zani qurt eya olmaydi.

Kech ekilgan g`o`za, makkajo`xori va boshqa sabzavot-poliz ekinlarini kuzgi tunlam qurtlari kuchli zararlaydi. Kuzgi tunlamning o`simlikni shikastlash belgilari va qanday zarar etkazishiga, shuningdek morfologik belgilariga qarab boshqa tunlam turlaridan ajratish mumkin. 

Kuzgi tunlam kapalaklari g`o`zaning ildiz yonidagi qismlariga va tuproq betiga bittadan yoki 2-3 tadan jami 500-600 dona, ko`pi bilan 2000 tagach tuxum qo`yadi. 3-7 kundan keyin tuxumdan chiqqan qurtlari dastlab barglarning orqa tomoni bilan oziqlanib, keyin tuproqqa tushadi va tomir bug`zi bilan oziqlanishni boshlaydi. 

Kuzgi tunlamning birinchi bug`in qurtlari yosh g`o`zaga, uchinchi bo`g`ini esa kartoshka, sabzavot va poliz ekinlariga katta zarar beradi, ikkinchi bug`inining zarari kam bo`ladi, sababi havo haroratining ko`tarilishi bilan zararkunandaning soni kamayadi.

G`o`zaning er ustki bo`limlarini kemiruvchi zararkunandalarga g`o`za tunlami, karadrina, gamma tunlami, beda tunlami, otquloq tunlami, g`o`zaning poyasiga zarar keltiradigan poya kuyasi va boshqa zararkunandalar tegishli. 
G`o`za tunlami O`zbekistonda paxtachilik xo`jaliklarining hamma joylarida uchraydi. G`o`za tunlami g`o`zani, tomat va makkajo`xori ekinlariga katta zarar beradi. Bu zararkunanda o`simlikning meva qismlari (g`uncha, shona, ko`sak) bilan oziqlanadi.

G`o`zaga shonalash davridan boshlab tuxum qo`ya boshlaydi. Kapalaklari tuxumlarini g`o`zasi g`ovlab o`sgan, namligi yuqori bo`lgan dalalardagi g`o`zaning o`suv nuqtasiga, o`suv nuqtasi yonidagi barglarga, shonasi va gul asoslariga qo`yadi. Tuxumlardan 4-6 kunda qurtlari chiqadi va oziqlanishni boshlaydi.
G`o`za tunlamining har bir qurti rivojlanish davrida g`o`zaning 15-20 tagacha shona, gul va tugunchalarini zararlaydi. Zararlangan shona va tugunchalari to`kiladi.

G`o`za zararkunandalariga qarshi kurashda uyg`unlashgan tizimga oid bo`lgan agrotexnik, biologik va kimyoviy usullardan foydalaniladi. 
Agrotexnik usul tashkiliy xo`jalik va agrotexnik tadbirlarni o`tkazishdan iborat bo`lib, bunda kuzgi shudgor, yoqob suvni berish, g`o`za qator oralariga ishlov berish, begona o`tlarga qarshi kurashish, uvat yoqalarini tozalash, oziqlantirish va boshqalar nazarda tutilgan. Bu bo`yicha Xorazm viloyatida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan olimlarning (Durdiev, 1987) o`tkazgan tadqiqotlari shuni ko`rsatadiki, sho`r yuvish va yoqob suvini berish davomida 3-4 kun ichida suv ostida turgan erda kuzgi tunlam 83 %, undov tunlamining qurtlari esa 27 % gacha nobud bo`lgan. 

Bir tomondan ekinga havf soladigan miqdorda zararkunandaning to`planishidan saqlaydi, ikkinchidan o`simlikning chidamliligini va himoya qilish choralarining samaradorligini oshiradi. Agrotexnik choralarni o`tkazish zararkunandaning biologik rivojlanishini bilishga asoslangan bo`lib, zararkunandaning ekin turida ommaviy rivojlanadigan paytida qo`llanilishi kerak.
Zararkunanda turlarining ommaviy ko`payishi sababli, ularga qarshi har xil agrotexnik choralarni qo`llashni talab etadi.

Almashlab ekish-ekin turlariga qarab har 2-5 yilda dalalarni ekin turi bilan almashlab turish orqali zararkunanda, kasallik va yovvoyi o`tlarning ommaviy ko`payishining oldi olinadi. Masalan: beda-g`o`za, yoki makkajo`xori, jo`xori, oraliq ekinlar bilan almashtirib ekish maqsadga muvofiqdir. Sababi bir turdagi ekinni bir dalaga ko`p yillar davomida ekish (Monokul`tura) zararli organizmlarning shu dalada to`planishiga sabab bo`ladi.

Tuproqqa ishlov berish-o`simlikning normal o`sishiga imkon beradi, chidamliligini oshiradi. Begona o`tlarni yo`q qilib, tuproqdagi qurtlarni yuqoriga chiqaradi. Natijada qurtlarni qushlar eb ketadi. Dalani tekislash orqali tuproqning bir tekis sho`ri yuviladi va suvga to`yinadi, qishlovdagi ko`pchilik zararkunandalar nobud bo`ladi.

Tuproqni chuqur haydaganda qishlovdan chiqmoqchi bo`lib turganlari chiqa olmaydi, tuproq ustiga chiqib qolganlari qushlar em bo`ladi. 
Ekinlarning chidamli navlarini tanlash, ularning yuqori konditsiyaliligini aniqlash ekish muddatlarini kechiktirmasdan, ob-havoga qarab, o`rtacha 10 kunlik doimiy harorat +12 0C dan oshib, erlar ekishga tayyor bo`lganda ekish. Ekiladigan materiallar gammoz, ildiz chirish va vilt kasalliklarining tashqi infektsiyasiga qarshi dorilangan bo`lishi kerak. Ekish qanchalik erta boshlansa, er ostki kemiruvchi zararkunandalarining qishlashdan chiqishidan oldin o`simlik nihollari 5-6 haqiqiy barg chiqarib ulguradi va zararkunandaning zararidan saqlanib qoladi. Kech ekilganda nihollar kemiruvchi va so`ruvchi zararkunandalardan katta zarar ko`radi.

Vegetatsiya davrida mineral o`g`itlar bilan ta`minlash natijasida o`simlikning yaxshi o`sishi ta`minlanadi, asosan o`simlikning dastlabki rivojlanishi yosh nihol davrida azotli o`g`itlarni berish natijasida o`simlik nihollarning o`sishi tezlashadi, poyasini mustahkamlaydi va barglar soni ko`payib, zararkunandaga o`simlikning immuniteti ortadi, fosforli o`g`itlar xujayra shirasining osmotik bosimini yuqorilatib, urgimchak kananing zarariga chidamli bo`ladi.
Ekinlarni sug`orish ishlarida zararkunandalarning bazi bir fazalariga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Asosan ko`sak qurtining g`umbakka aylanish davrida sug`orilganda ko`pchilik g`umbaklari nobud bo`ladi.

Shuningdek namlikning ortishi qurtlarda kasalliklarni keltirib chiqaradi. Tuproq zararkunandalari sug`orilgan tuproqlardan yuqoriga chiqishga majbur bo`ladi va ularni qushlar yoki entomofaglar nobud etadi. 

Defolyatsiya va desikatsiya ishlari unimni tez va toza holida yig`ib olishga imkoniyat yaratishi bilan birga qishlovga tayyorlanayotgan zararkunandalarning ma`lum bir qismini nobud etadi. Hosilni yig`ib olgandan so`ng dalani o`simlik poyalaridan tozalash kerak. Sababi o`simlik qoldiqlari ko`pchilik zararkunanda va o`simlik kasalliklari uchun qishlab qolish joyi hisoblanadi. 

Biologik usul-g`o`zani kemiruvchi zararkunandalarga qarshi parazit va yirtqichlarni qo`llash bilan xarakterlanadi. Hozirgi kunda ildiz kemuruvchi zararkunandalarning nufuzi va ahamiyati 3040 yil avvalgiga nisbatan ancha kamaygan. Bunga uyg`unlashgan amallarni olib borish sabab. Tunlamlarning uncha ko`p bo`lmagan soniga qarshi kurashish mumkin. Buning uchun g`o`za nihollari paydo bo`lgach, zararkunandaning feromon tutqichlarini tarqatish lozim. Kech yoki qayta ekilgan paykallarga kuzgi tunlam feromoni bilan bir qatorda undov tunlami feromoni ham joylashtirishi mumkin.

Har ikkala feromonli tutqichlar bir-birida kamida 25-30 m masofada o`rnatiladi. Har kechada o`rtacha 3-4 kapalak tutilishi trixogramma qo`yishni boshlash kerakligidan dalolat beradi. O`z vaqtida (kechiktirmay) dalaga chiqarilgan sifatli biomahsulot muvaffaqiyat garovidir. Tabiiy sharoitda zararkunandaning kushandalari bor bo`lib, ular kemiruvchi zararkunandaning, asosan tullamlarning tuxumlari, kichik o`rta va katta yoshdagi lichinkalari bilan oziqlanadi va ularning sonini kamaytirib turadi.

Ularga biolaboratoriyalarda ko`paytiriladigan tuxumxo`r trixogramma paraziti, brakon va oltinko`z, tabiiy sharoitda apanteles, ixnevmonid parazitlari, jujelitsa qo`ng`izi, sirfid pashshasi, yirtqich kana kabilar kemiruvchi va so`ruvchi zararkunandalarni yo`qotishda ishtirok etadi. 

Kimyoviy usul qishloq xo`jaligi ekinlarining zararli organizmlardan himoya qilishda kimyoviy usulda etakchi natijaga tez erishiladi va barcha ishlar mexanizatsiyalashtirilgan turda amalga oshiriladi. Hisob kitoblarga qaraganda ekinlarni zararkunandalardan kimyoviy usul bilan himoya qilganda 4-5 tsentner hosil saqlanib qolinadi va unga sarflangan qarajatlar 5-6 borabor qoplanadi. Lekin bu usulning ham kamchilik tomonlari bor. Masalan: issiqqonli hayvonlar bilan insonga va foydali hasharotlarga zaharli hisoblanadi.

Shunungdek birdek tarkibga ega bo`lgan kimiyoviy moddalar zararkunandaga ko`p takrorda sepilganda, zararkunandada ushbu pestitsidga chidamlilik paydo bo`ladi. Keyinchalik preparatning biologik samaradorligi pasayadi. Lekin pestitsidni kerakli vaqtda, tegishli ilmiy tavsiyalarga amal qilgan holda qo`llash va belgilangan me`yorda qo`llanganda yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.

Pestitsidlarga qo`yiladigan talablar quyidagicha: issiqqonli hayvon, inson va foydali hasharotlarga kam zaharli bo`lishi, qo`llanilgandan so`ng qisqa vaqt ichida zaharsiz metobolitlarga bo`linishi, yuqori iqtisodiy va biologik samaraga ega bo`lishi, tashishga va saqlashga qulay bo`lishi lozim. O`simliklarni zararkunanda, kasallik va begona o`tlardan himoya qilishda qo`llaniladigan kimyoviy birikmalar – pestitsidlar (pestis-zararli, yuqumli, tsido-o`ldirish degan manoni bildiradi) deyiladi. Pestitsidning asosida zahar turadi. Zahar bu - eng kam miqdori organizmga tushganda, uning biologik rivojlanishini to`xtatishiga, yani uni o`limga olib kelishiga aytiladi. 


Xulosa

Har yili Respublikamiz qishloq xo’jaligi zararkunanda hayvonlar, kasalliklar va begona o’tlardan ulkan miqdorda zarar ko’radi.

Qishloq xo’jaligi sohasiga ko’plab bir yillik, ko’p yillik, parazit va zaharhli begona o’tlar zarar yetkazadi. Jahon mamlakatlari o’rtasida savdo a’loqalarining kuchayishi, yuk tashish hajmining ortishi foydali yuklar va maxsulotlar bilan birga zararkunanda hashorotlar va begona o’tlarning ham tarqalishiga sabab bo’lmoqda. Begona makonga tushgan o’simliklar ko’pincha tabiiy dushmanlaridan xalos bo’ladilar va yoppasiga ko’payib ketishlari mumkin. Bularga ko’plab misollar keltirish mumkin. Xususan Amerika qit’asiga Xorazm vohasidan yantoqning borib qolishi va begona o’t sifatida tarqalganligi hammaga ma’lum.

Ularga qarshi ananaviy kimoviy va agrotexnik kurash serxarajat va ko’pincha kam samaralidir. Bundan tashqari qo’llanilgan kimyoviy moddalar tuproqda yig’iladi va buning oqibatida ko’plab foydali organizmlar nobud bo’ladi, biotsenotik aloqalar buziladi, oziq-ovqat mahsulotlari, hayvonlar va insonlar zaharlanadi.

Begona o’tlarga qarshi mexanik va agrotexnik usullarni qator holatlarda masalan pichanzorlar, yaylovlar va boshqa kam ishlatiladiga yerlarda qo’llash iqtisodiy samara bermaydi. Ba’zi holatlarda esa begona o’tlar bevosita dorivor o’simliklar bilan yonma-yon o’sadi va bu ularga qarshi ananaviy usullarning birortasini ham qo’llashga imkon bermaydi.

Shunday holatda begona o’tlarga qarshi biologik usul ya’ni ularning tabiiy dushmanlarini gerbifaglarni qo’llash yaxshi samara berishi mumkin. Qator olimlar tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida begona o’tlarning sonini tabiiy ravishda cheklaydigan biologik agentlar: viruslar, soda hayvonlar, zamburug’lar, nematodalar, kanalar, hashorotlar kabi fitofaglar borligi aniqlandi.

Bu organizmlar o’zining hayoti davomida ko’pincha bir yoki bir-biriga yaqin turlarga bog’liq holda yashaydi. Ular faqat ushbu o’simliklarning to’qimalari bilan oziqlanishga moslashgan va madaniy o’simliklarga zarar yetkazmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Баздырев Г.И., Смирнов Б.А. Сорные растения и меры борьбы с ними. М.: Московский рабочий, 1986. 190 с.

2. Бронштейн Ц.Г. Методические указания по испытанию биологического метода борьбы с заразихами (сем. Orobanchaceae). М: Колос, 1970. С. 1-17.

3. Гештовт Ю.Н. Борьба с горчаком ползучим // Защита растений. 1995. №1. С.15-18.

4. David V. Alford. Agricultural Entomology. Textbook. USA.1999.

5. Dadaev S., Mavlonov O – Zoologiya. Iqtisod-Moliya Toskent -2008.180 b

6. Bey-Bienko G.YA. Obщaya entomologiya. M.: «Vыsshaya shkola», 1966. – 495 s., II izd., 1980.

7. Lukin E.I. Zoologiya. – M.: «Vыsshaya shkola», 1981.

8. Murodov S.A. Umumiy entomologiya kursi. – Toshkent: «Mehnat», 1986.

9. BMI. Xazratova Diyora Isomiddin qizi


Internet saytlari:

  1. www.gov.uz-O‘zbekiston Respublikasi xukumat portali.

  2. www.lex.uz- O‘zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.

  3. www.cips.msu.edu /Landislab/ www.msu.edu/

  4. www.zoology.com/pat/animal.html.

  5. www.entomology.com/pat/insects.html.

  6. Htpps\t.me. Manba.uz



Download 324.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling