Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali


Lalmikor yerlarda yem-xashak, sabzavot va poliz ekinlarini parvarish


Download 1.05 Mb.
bet3/3
Sana27.06.2020
Hajmi1.05 Mb.
#121968
1   2   3
Bog'liq
ALMASHLAB EKISH KURS ISHI


2.6. Lalmikor yerlarda yem-xashak, sabzavot va poliz ekinlarini parvarish

qilish.

Maʼlumki, mamlakatimizda lalmikor ekin maydonlar 750 ming gektardan oshiqroqni tashkil etadi. Bu yerlardan 130 ming gektari yogʼinlar bilan taʼminlangan maydonlardir. Dehqon va chorvadorlarimiz sugʼoriladigan yerlar bilan birgalikda mazkur maydonlardan ham foydalanib kelishmoqda. Kelgusida lalmi maydonlar dehqonchiligi yangi texnika va texnologiyalarni, qurgʼoqchilikka chidamli ekinlar navlarini joriy qilish orqali yanada rivojlantiriladi, albatta.

Poliz ekinlari qurg’oqchilikka chidamli hisoblanadi, ularni issiq iqlimli tog’oldi tumanlarida sug’ormasdan yetishtirish mumkin. Lalmikor polizchilik dengiz sathidan 1200-1500 m yuqoridagi tog’oldi tekisliklarida va zinapoyalarida joylashib, bu yerlarda yillik o’rtacha yog’in miqdori 400-500 mm ni tashkil etadi. Shuningdek, dengiz sathidan 500-700 m balandlikda yillik yog’in miqdori 250-300 mm bo’ladigan tekisliklarda ham sug’ormasdan poliz ekinlarini yetishtirish mumkin.

Lalmikor polizchilikni rivojlantirish juda muhim, chunki bu yerda yetishtiriladigan mevalar ta’mi sug’orib yetishtirilgan mevalarga nisbatan shirinroq bo’ladi, tog’oldi rayonlarda poliz ekinlari yetishtirish birmuncha arzonroq, shuningdek, lalmikor polizchilikda o’simliklar kasalliklarga unchalik chalinmaydi. Lalmikor polizchilik Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida keng tarqalgan bo’lib, umumiy maydon 7,5-8 ming gektarni tashkil etadi.

Mamlakatimizda lalmi yer maydonlarini 30-40 ming gektarga, olinadigan poliz mahsulotining yalpi hosilini 150 ming tonnagacha yetkazish imkoniyatlari mavjud. Bu imkoniyatlardan to’la foydalanish aholining poliz mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirishda muhim omil hisoblanadi.

Poliz ekinlari navlari lalmikor polizchilikka har xil moslashib, turlicha natija beradi. Tarvuz o’simligining ildizi tuproqda chuqur joylashgani sababli, bu ekinning lamikorlikka moslashishini ta’minlaydi. Qovun tarvuzdan ko’ra kamroq lalmi yerlarga ekiladi. Qovoqning ildiz sistemasi tuproq yuzasiga yaqin joylashgan, o’simlikdan ko’p namlik bug’lanib ketadi, shuning uchun qovoq turlari lalmi yerlarga ekishga yaroqli emas.

Lalmikor yerlardagi tuproq-iqlim sharoitlari birmuncha keskin bo’lganligi

sababli, bu yerda o’stiriladigan navlar issiqqa va qurg’oqchilikka chidamli, ildizlari yaxshi rivojlanadigan bo’lishi kerak. Bunday xususiyatlarga ega bo’lgan bir qancha navlar xalq seleksiyachilari va olimlar tomonidan yaratilgan va rayonlashtirilgan. Shulardan: Jizzax va Samarqand viloyatlarining yuqori tekisliklarida va pastki tog’oldi zonalarida yetishtirish uchun qovunning Yubileynaya, Arbakeshka 1219, Po’rsildoq, Ichi qizil; kechpisharlaridan: Gulobi bogarnaya; tog’oldi zonalarining yuqori pog’onalarida- yuqorida nomi keltirilgan navlar va shular bilan birga Zarg’aldoq-gulobi navi ekishga tavsiya etiladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining lalmi tekisliklarida qovunning Bosvoldi, Po’rsildoq; kechpishar navlaridan -Qo’ybosh, Ichi qizil, Qo’ybosh 476, Bogarnaya 34; tog’oldi lalmi yerlarida- yuqoridagi navlar bilan birga Arbakeshka 1219, Ko’kcha 588; kechpisharlardan -Zarg’aldoq gulobi; Qora qand navlari ekiladi.

O’zbekiston g’allachilik ITI olimlari lalmi yerlarda yetishtirish uchun tarvuzning quyidagi navlarini ekishga tavsiya etadi: Jizzax va Samarqand viloyatlarining tekisliklarida Qo’ziboy bogarniy; Bagaevskiy murashka, Oq qo’ziboy 30, Tezpishar, Sputnik, tog’oldi zonasida - Qo’ziboy 30, Qo’ziboy bogarniy, Xayit qora, Sputnik, Mozaichniy; Qashqadaryo va Surxondaryo lalmi tekisliklarida - Tezpishar, Mozaichniy; Qo’ziboy bogarniy; Oq qo’ziboy, Xayit qora, Bagaevskiy murashka, Dinniy list; tog’oldi lalmikorlikda-yuqoridagi navlar bilan birga Qo’ziboy 30, Amerikanskiy beliy; Beliy dlinniy 107.* Qishloq xo’jalik ekinlarini sinash bo’yicha davlat komissiyasi tomonidan 1998 yildan Jizzax, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarining lalmi yerlarda yetishtirish uchun qovunning Arbakeshka 1219, tarvuzning - Mozaichniy, Sputnik va Qo’ziboy 30 navlari tavsiya etilgan.

Yerda nam tanqisligi, tuproqda va uning poliz ekinlari palagi taralgan ustki qismida haroratning keskin ko’tarilishi o’simlikning o’sishi va rivojlanishiga, shuningdek, ularda kechadigan fiziologik jarayonlarga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. Tuproqdagi nam tanqisligi tufayli o’simlikka ildiz sistemasi orqali suv shimilishi buziladi, natijada o’simlikning o’suv davri, ayniqsa ob-havo noqulay kelgan yillarda uzoqqa cho’zilib ketadi. Lalmikor yerlarda havo va tuproq haroratining juda ko’tarilib ketishi, havo nisbiy namligining pasayishi poliz ekinlarining gullashini susaytiradi, g’uncha va yangi tugilgan mevalarning qurib qolishiga sabab bo’ladi. Ba’zan vazni 200-300 g keladigan yirik mevalari ham qurib qoladi.

Yerda nam tanqisligi, tuproqda va uning poliz ekinlari palagi taralgan ustki qismida haroratning keskin ko’tarilishi o’simlikning o’sishi va rivojlanishiga, shuningdek, ularda kechadigan fiziologik jarayonlarga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. Tuproqdagi nam tanqisligi tufayli o’simlikka ildiz sistemasi orqali suv shimilishi buziladi, natijada o’simlikning o’suv davri, ayniqsa ob-havo noqulay kelgan yillarda uzoqqa cho’zilib ketadi. Lalmikor yerlarda havo va tuproq haroratining juda ko’tarilib ketishi, havo nisbiy namligining pasayishi poliz ekinlarining gullashini susaytiradi, g’uncha va yangi tugilgan mevalarning qurib

qolishiga sabab bo’ladi. Ba’zan vazni 200-300 g keladigan yirik mevalari

ham qurib qoladi.

Bunga sabab, o’simlik gulidagi changi hayot qobiliyatining pastligi (24-25 %) va sug’oriladigan yerlardagiga qaraganda gullarga hasharot changlatuvchilarning kam kelib qo’nishidir. Buni, ayniqsa ob-havo quruqkelgan yillarda o’simlik tupida bittadan meva tugilishiga yoki butunlay tugilmasligiga olib keladi.

Yerga to’kiladigan gul va tugunchalar foizini pasaytirish va mayda bo’lib, yetilmay qoladigan mevalar miqdorini kamaytirish uchun o’stirish stimulyatorlari (geteroauksin, alfa-NUK, bor kislotasi) qo’llaniladi.

Qo’shimcha changlatish uchun o’simlikka asalarilar jalb etiladi yoki gullar

qo’lda changlatiladi.

Mamlakatimizning lalmikor yerlarida poliz ekinlari hosildor-ligini tuproqda kuz-qish oylarida to’plangan nam miqdori belgilaydi. Shuning uchun bu yerda poliz ekinlari agrotexnikasiga asosan e’tibor yerda ko’p nam to’plash va uni to’la saqlab qolishga qaratilishi kerak.

Poliz ekinlari ekish uchun yerni tug’ri tanlash juda katta ahmiyatga ega.

Bunda past tekisliklardagi erigan qor va yomg’ir suvlari to’planadigan, yozda tuproq namligi janubiy qiyaliklardagiga qaraganda 1,5-2 % yuqori bo’ladigan shimoliy va shimoli-g’arbiy qiyaliklardagi yerlar eng yaxshi hisoblanadi.

Yerlarni ekishga tayyorlash kuzda 20-22 sm chuqurlikda shudgorlash va bahorda ekin ekish oldidan qayta haydashdan iborat. Lekin yerlar kuzda oddiy usulda shudgorlansa, tuproq nami qochib qolganligidan yer sifatsiz haydalib, kesak ko’chadi. Bundan tashqari, yer kuzda va bahorda qayta haydalishi tufayli mahsulot tannarxi qimmatlashib ketadi. O’zbekiston lalmikor dehqonchilik ilmiy tekshirish instituti yerlarni kuzda shudgor qilmay, bahorda aprel oyida 20-22 sm chuqurlikda haydashni va may oyida ekin ekish oldidan 16-18 sm chuqurlikda qayta haydashni tavsiya qiladi.

Yerni haydash bilan bir vaqtda mola bostirish kerak. Poliz ekinlarini ekish muddati ob-havo sharoitiga qarab belgilanadi. Obhavo quruq kelgan yillarda erta ekish yaxshi natija beradi. Namgarchilik ko’p bo’lgan yillarda esa kechroq ekish kerak bo’ladi. Poliz ekinlaridan egat hosil qilish kerak bo’lgan taqdirda, bu ekinlar uchun ajratilgan maydonning bir qismiga urug’lar aprel oyida ekiladi.

Odatda, poliz ekinlari urug’i ivitilib ekiladi. Urug’lar yerni ekin ekishga tayyorlash paytida bir yo’la ochib ketilgan sayoz egatlar tubiga 4-6 donadan qilib uyalab ekiladi, plug qayta o’tishida qo’shib ketiladi. Poliz ekinlari urug’ini mexanizatsiya yordamida ekishda g’o’za seyalkalaridan foydalaniladi.

Poliz ekinlari oziqlanish maydonining optimal kattaligi ko’p jihatdan yillikob-havo sharoitiga bog’liq bo’ladi. Lalmikor dehqonchilik ilmiy tekshirishinstitutida olib borilgan tajriba natijalariga ko’ra, yog’ingarchilik ko’pbo’lgan yillari qovun va tarvuzning oziqlanishi maydoni kichik (2,5-3 m2) va aksincha, quruq kelgan paytda katta (3-5 m2) bo’lishi kerak.

Poliz ekinlari bitta chinbarg chiqarganda yaganalanadi. Bunda har qaysi uyada bittadan sog’lom maysa qoldiriladi. Lalmikorlikda poliz ekinlarini parvarish qilishda yog’ingarchilikdan keyin hosil bo’ladigan tuproq qatqalog’iga qarshi kurash muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Maysalar unib chiqqunga qadar qatqaloq rotatsion motiga yoki tishli borona bilan buziladi, unib chiqqandan keyin qator oralari yumshatiladi.

Bahorda gʼalla ekinlarini qulay ekish muddati janubiy viloyatlarda (Qashqadaryo, Surxondaryo) fevralning birinchi oʼn kunligi, markaziy mintaqa viloyatlarida (Toshkent, Jizzax, Samarqand, Navoiy) esa ikkinchi va uchinchi oʼn kunligi hisoblanadi. Qoʼshimcha, qayta va bahorgi ekishda biologik hayot tarzi bahorgi boʼlgan navlarni ekish tavsiya etiladi. Bunda bugʼdoyning “Oq bugʼdoy”, (Grekum–40), “Surxak–5688”, “Baxmal–97” navlarini 90–100 kg/ga, arpaning “Unumli arpa”, “Nutans–799”, “Lalmikor”, “Savruk” navlarini 90–95 kg/ga meʼyorida ekilishi lozim.

Respublikamizning yogʼin-sochin bilan taʼminlanmagan tekislik mintaqalarida maʼdanli oʼgʼitlar aksariyat yillarda samara bermaydi. Faqat ob-havo seryogʼin kelgan (300–350 mm) yillardagina oʼgʼitlarni qoʼllash tavsiya etiladi. Shunday paytlarda kuzgi gʼalla ekinlari uchun gektariga sof taʼsir etuvchi modda hisobida 30 kg. dan azotli, fosforli va kaliyli oʼgʼitlar berish zarur. Yogʼin-sochin bilan yarim taʼminlangan lalmikor yerlarda oʼgʼitlar meʼyori 40 kg/ga azot, fosfor va kaliyni, togʼoldi va togʼli maydonlarda barcha oʼgʼitlar meʼyorini 50 kg/ga, seryogʼin kelgan yillarda (400–600 mm) esa 60 kg/gacha (sof taʼsir etuvchi modda hisobida) berish hosildorlikni oʼrtacha 4–5 sentnerga oshirish imkonini beradi.

Soʼnggi yillarda ob-havoning seryogʼin va salqin kelishi, havo namligining ortib ketishi natijasida respublikamizning sugʼoriladigan maydonlari kabi lalmi yerlarida ham kuzgi gʼalla (asosan bugʼdoy) ekinlarining begona oʼtlar, turli kasallik va zararkunandalardan jiddiy zararlanish holatlari koʼplab kuzatilmoqda. Bu yil kuz iliq, namgarchilik yetarli boʼlganligidan koʼchat soni koʼp boʼlishi, begona oʼtlarning yoppasiga avj olib, rivojlanishiga qulay sharoit tugʼildi.

Begona oʼtlarni kamaytirish, tuproqdagi namlikni saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega agrotexnologik tadbirlardan biri bu – boronalash. Bu tadbirni viloyatlarning yogʼin-sochin kam boʼladigan quyi lalmikor yerlarda mart, yarim taʼminlangan qir-adirlik maydonlarda mart-aprelь, togʼ oldi va togʼli yerlarda esa may oyining birinchi oʼn kunligida bajarish lozim.

Sugʼoriladigan va lalmikor maydonlarda uchraydigan 500 ga yaqin zararkunanda va hasharotlar mavjud boʼlib, shulardan 50 ga yaqini gʼalla hosiliga jiddiy zarar keltiradi. Hozirgi paytda gʼalla maydonlarida begona oʼtlarga qarshi kurashda Davlat reestriga kiritilgan gerbitsidlardan gektariga 75 foizli Granstar (15–20 g/ga), “Dafosat” (10–20 g/ga) 50 foizli “Granstar plyus” (15–20 g/ga), “Biostar”, “Tayfun” (10–20 g/ga) va boshqa preparatlardan foydalanish tavsiya etiladi. Qattiq va chang qorakuyaga qarshi urugʼlik bugʼdoy har tonna urugʼ hisobida 2,5 kg “Bugʼdoydor”, 0,4–0,6 l “Bahor”, “Vitavaks 200” 2,5–3 l va boshqalar bilan ekishdan oldin dorilanishi lozim.

Sariq va qoʼngʼir zang, sariq barg dogʼlanishi va boshqa kasalliklarga qarshi gektariga 0,3 l hisobida 33 foizli Аlьtosuper, 1 kg hisobida 25 foizli “Bayleton”, 0,3–0,5 l “Kolosal”, 0,26 l “Titul” va boshqa fungitsidlarni purkash tavsiya etiladi. Zararkunandalardan zararli xasva, shilimshiq qurt, shiralarga qarshi kurashda gektariga 0,15 l “Karate”, 1,5 l “B-58 Yangi”, 0,6–0,8 l “Detsis”, shuningdek yaylovzorlardagi chigirtkalarga qarshi 0,05–0,08 l/ga hisobida “Detsis” insektitsidlarni purkash zarur. Barcha turdagi kimyoviy preparatlarni havoning ochiq, shamol tezligi 0,5 m/sek. dan oshmagan paytda purkash yaxshi samara beradi, bunda suv sarfi gektariga 200–300 l. ni tashkil etishi lozim.

Lalmikor maydonlarda dehqonchilik qilayotgan fermer xoʼjaliklarida ularning tuproq va ob-havo sharoitlarini, yer maydonini hisobga olgan holda gʼalla – toza va band shudgor – beda navbatlab ekishning maqbul sxemalarini joriy etish, serhosil, mahalliy noqulay ob-havo sharoitlarga, kasallik va zararkunandalarga chidamli navlarni tanlash, ularni resurstejovchi agrotexnologiyalar asosida yetishtirish, bu maydonlardan rejalashtirilgan yuqori va sifatli hosil yetishtirishning asosiy shartlaridan biridir.

Hozirgi kunda respublikamizda haydaladigan lalmikor ekin maydonlari qariyb 800 ming gektarni tashkil etadi. Bunday maydonlarda moyli, dukkakli va ozuqabop ekinlar yetishtirish va ulardan hosil olish aholining turmush darajasini oshirish bilan birga hududdagi fermer xoʼjaliklarining iqtisodiy ahvolini yaxshilaydi.

Maʼlumki, maxsar, zigʼir, kunjut, kungaboqar, undov kabi moyli ekinlar moyi oziq-ovqat sanoatida ekologik toza mahsulot sifatida ishlatiladi. Dukkakli ekin noʼxat, gorox, yasmiq kabi ekinlar yuqori oqsilga boy oziq-ovqat sifatida ishlatilsa-da, bu ekinlar tuproq unumdorligini saqlash va oshirishda biologik sof azot toʼplovchi vazifasini ham bajaradi, shuningdek, siderat oʼgʼitlar sifatida qoʼllaniladi.

Moyli ekinlardan moy ajratib olingandan keyin ularning toʼponi yoki kunjarasi chorva mollari uchun toʼyimli ozuqa boʼladi. Bundan tashqari ulardan sanoatda olif, linoleum, lak, boʼyoq va moylash materiali tayyorlanadi, tibbiyotda dorivor vosita olinadi. Maxsar lalmikor hududlar uchun katta ahamiyatli va istiqbolli ekin hisoblanadi, uning moyi oziqa sifatida boshqa oʼsimlik moylari qatorida keng isteʼmol qilinadi.



Maxsar ikki guruhga boʼlinadi: tikanli va tikansiz, gul toʼplami savatcha, koʼp gulli va koʼp urugʼli, diametri 1–4 sm, savatchasida 20–80 donagacha urugʼ joylashadi. Urugʼining yadrosi tarkibidagi moyliligi 48–60 %, butun urugʼning moyliligi esa 25–30 foizni tashkil etadi. Ekin issiqlikka ayniqsa, gullash va pishish fazasida juda talabchan boʼladi, urugʼi +1–2 oS da unib chiqa boshlaydi, maysalari -6–8 oS sovuqqa ham bardosh beradi.

Maxsarni mart oyining birinchi va ikkinchi oʼn kunligida, togʼoldi hududlarda esa mart oyining ikkinchi va uchinchi oʼn kunligida ekish maqsadga muvofiq. Urugʼi erta ekilganda hasharotlar kam zararlaydi, shunda urugʼida moy miqdori yuqori boʼladi. Maxsar maydonlari 20–22 sm chuqurlikda haydaladi. Yerni ekishga tayyorlash va erta bahorda nam saqlash uchun boronalash zarur. Ekishda urugʼ sifatini eʼtiborga olgan holda SZT-3,6 seyalkasi bilan qator oralari 30 sm, ekish chuqurligi 5–6 sm, ekish meʼyori 20–22 kg/ga, agar qator orasi 45 sm boʼlsa 18–20 kg/ga urugʼ sarflash tavsiya etiladi.

Togʼoldi va togʼli hududlarda ekish meʼyorini 8–10 foizga oshirish mumkin. Tuproqda harorat 4–5 oS boʼlganda urugʼi 10–15 kunda unib chiqadi. Ekish uchun urugʼ tozaligi 95, unuvchanligi 85 foizdan kam boʼlmasligi zarur. Lalmikor hududlarda maxsarning tikansiz “Milyutin–114” va tikanli “Fallaorol” navlarining urugʼini ekish tavsiya etiladi. Zigʼir urugʼidan sifatli parhez xususiyatiga ega boʼlgan qimmatbaho moy olinadi. Urugʼi tarkibida 30–47,8%, yaxshilangan navlardan esa 47–50% moy olish mumkin.

Moyi sanoatda lak, boʼyoq, linoleum, plyonka va boshqa yomgʼir oʼtmaydigan materiallar tayyorlashda ishlatiladi. Kunjarasi tarkibida 33,3% oqsil va boshqa toʼyimli moddalar boʼladi. 100 kg kunjarasida 186 oziqa birligi boʼlib, toʼyimliligi jihatidan yuqori ekin hisoblanadi, bundan tashqari zigʼir poyalaridan sifatli qogʼoz tayyorlanadi va tola olinadi. Urugʼi +5 oS da una boshlaydi. Unib chiqqandan gullaguncha havoning harorati oʼrtacha 15–17 oS, pishish davrida 19–20 oS talab qiladi, maysalar -6 oS sovuqqa chidaydi. Lalmikor mintaqalardagi och tusli boʼz va toʼq tusli boʼz, togʼli mintaqada chimli boʼz tuproqlar zigʼir uchun qulay hisoblanadi. Urugʼi ekilgan dalalar begona oʼtlardan toza boʼlishi lozim.

Zigʼirni ekish muddati mart oyining birinchi va ikkinchi oʼn kunligiga toʼgʼri keladi. Uning “Baxmal–2” va “Bahorikor” navlarini ekish maqsadga muvofiq. Ekish meʼyori tekislik mintaqalarda 16–18 kg/ga, togʼoldi mintaqasida 20–22 kg, togʼli mintaqada esa 25–30 kg/ga boʼlib, urugʼlar 4–6 sm chuqurlikka ekiladi. Tuproqdagi namlik va harorat yetarli boʼlganda urugʼlar 6–12 kunda unib chiqadi.

Oʼzbekistonda kunjut qadimdan ekiladigan moyli ekinlardan hisoblanadi. Urugʼining tarkibidagi moy miqdori boʼyicha moyli ekinlar orasida birinchi oʼrinni egallaydi. Sovuq presslash (juvozda) yoʼli bilan olingan kunjut xushtaʼmligi boʼyicha zaytun moyiga tenglashadi. Urugʼida 48–65 % moy, 16–19 % oqsil va 15–17,5 % eriydigan uglevodlar saqlanadi. Sovuq presslashda olingan kunjarasini tarkibida 40 % oqsil, 8 % yogʼ boʼlib undan chorva mollari uchun oziqa sifatida foydalanish mumkin.

Kunjut sugʼoriladigan yerlarda hosildorligi 20–25 s/ga, lalmikorlikda 10–15 s/ga. ni tashkil etadi. Kunjut issiqsevar oʼsimlik boʼlib urugʼlari 15–16 oS haroratda una boshlaydi, maysalari qiygʼos unib chiqishi uchun harorat 18–20 oS qulay hisoblanadi. Lalmikorlikda yillik yogʼingarchiliklar miqdori 350–400 mm boʼlganda, umuman seryogʼin yillarda togʼli va togʼoldi mintaqalarda yaxshi hosil beradi. Oʼsuv davri 73–150 kun boʼlib, navlari ertapishar, oʼrtapishar, kechpishar guruhlarga boʼlinadi.

Kunjutning «Tashkentskiy–122» navi mamlakatimizning barcha mintaqalarida ekish uchun Davlat reestriga kiritilgan. Lalmikor maydonlar uchun kunjutning ekish meʼyori 3–4 kg/ga, chuqurligi esa 2,5–3 sm. ni tashkil etadi. Ekish muddati aprelь oyining uchinchi va may oyining birinchi oʼn kunligiga toʼgʼri keladi.



Noʼxat lalmikor maydonlarda boshoqli don va boshqa ekinlar uchun yaxshi oʼtmishdosh hisoblanadi. Urugʼni ekish uchun boshoqli don ekinlaridan boʼshagan maydonlar 20–22 sm chuqurlikda kech kuzda yoki erta bahorda (fevralь-martda) agʼdarib haydaladi. Yerni tekislash hamda begona oʼtlarni yoʼqotishda ogʼir vaznli, oʼtkir tishli zig-zag boronalar qoʼllaniladi.

Noʼxatni ekish muddati tuproqning mexanik tarkibi va ob-havoga bogʼliq holda tuproqning yetilganligi bilan belgilanadi. Lalmikor maydonlarning qir-adirlik mintaqalarda mart oyining birinchi oʼn kunligida, togʼoldi va togʼli mintaqalarida esa mart oyining uchinchi oʼn kunligi va aprelning birinchi oʼn kunligida urugʼini ekish eng maqbul muddat hisoblanadi. Bahor oylarida yogʼingarchilik koʼp boʼlganda noʼxatning ildiz chirish, fuzarioz va askoxitoz kasalliklari bilan zararlanishi kuzatilmoqda. Bu don hosilining keskin kamayishiga olib kelmoqda.

Qir-adirlik mintaqalarida joylashgan lalmikor maydonlarda noʼxatning askoxitoz kasalligiga chidamli “Lazzat” navini gektariga 50–55 kg, yirik urugʼli «Jahongir», «Iroda–96», «Yulduz» navlarini 60–70 kg, togʼoldi va togʼli mintaqalarda esa 75–80 kg ekish maqbuldir. Ekish chuqurligi tuproqning mexanik tarkibiga qarab, xususan yengil qumoqli tuproqlarda 4–5 sm, ogʼir tarkibli tuproqlarda 5–6 sm boʼlsa, urugʼning bir tekis unib chiqishiga zamin yaratiladi. Bunda urugʼ qator oralari 45–60 sm tartibda diskali soshniklar oʼrnatilgan SZT-3,6 rusumli seyalkalar yordamida ekiladi.

Noʼxat boshqa dukkakli ekinlar qatori fosforga talabchanligi sababli ekish bilan birgalikda gektariga 30–40 kg sof holda fosforli oʼgʼitlar beriladi. Tuproqning gumus (chirindi) miqdori kam boʼlgan, unumdorligi past maydonlarda gektariga 30–40 kg sof holda azotli oʼgʼitlar bilan oziqlantirish hosildorlikni oshirish imkonini beradi.

Noʼxatning oʼsish-rivojlanish davrlarida asosiy eʼtiborni begona oʼtlardan tozalash uchun agrotexnik tadbirlarni oʼz vaqtida oʼtkazish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun qatqaloq paydo boʼlgan va urugʼ unib chiqmagan maydonlarda bir yillik begona oʼtlarni yoʼqotish uchun zig-zag oʼtkir tishli yengil va oʼrta vaznli boronalar bilan tuproqqa dalaning diagonali boʼylab ishlov beriladi. Аprelь va may oylarida uchraydigan koʼp yillik begona oʼtlarni yoʼqotish uchun ekin qator oralariga kulьtivator yoki qoʼl kuchi yordamida ishlov beriladi.

Аskoxitoz kasalligi ob-havo seryogʼin kelgan yillari ekinga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Bu sharoitda noʼxatning qator oralariga koʼproq ishlov berish hamda oltingugurt kukunini gektariga 20 kg, “Folikur” preparatini esa 2–3 l hisobida qoʼllash yuqori samara beradi.

BEDА — ChORVАGА QUVVАT Beda lalmikor maydonlarda boshoqli don va boshqa ekinlar uchun yaxshi oʼtmishdosh ekin hisoblanadi. Yem-xashak ekinlari orasida beda asosiy ekin hisoblanadi. Ekin maydonining koʼpligi, hosildorligi, pichan toʼyimliligi uzoq vaqt saqlanishi va xoʼjalik uchun foydali jihatdan beda bir yillik yem-xashak ekinlaridan ustun turadi. Beda urugʼini ekish uchun boshoqli don ekinlaridan boʼshagan maydonlar 20–22 sm chuqurlikda, kech kuzda yoki erta bahorda (fevralь-martda) agʼdarib haydaladi.

Yerni tekislash hamda begona oʼtlarni yoʼqotish uchun ogʼir vaznli oʼtkir tishli zig-zag boronalar bilan ishlov berilib, mola bosiladi. Shunda urugʼ bir tekis 1–2 sm koʼmiladi, bu urugʼning meʼyorida unib chiqishini taʼminlaydi. Qir-adirlik mintaqalarda fevralning uchinchi oʼn kunligida, martning birinchi oʼn kunligida, togʼoldi va togʼli mintaqalarda esa mart oyining uchinchi oʼn kunligi va aprelning birinchi oʼn kunligida urugʼini ekish eng maqbul muddat hisoblanadi.

Ekish meʼyori lalmikor maydonlarning qir-adir mintaqalarida 8–10 kg/ga, togʼ oldi va togʼli mintaqalarda 10–12 kg/ga hisobida boʼladi. Ekish chuqurligi tuproq mexanik tarkibiga qarab, xususan yengil qumoqli tuproqlarda 2–3 sm, ogʼir tarkibli tuproqlarda 1–2 sm atrofida boʼladi. Beda boshqa dukkakli ekinlar qatori fosforga talabchanligi sababli ekish oldidan yoki ekish bilan birgalikda gektariga 70–80 kg sof holda fosforli oʼgʼitlar beriladi.

Tuproqning gumus (chirindi) miqdori kam, unumdorligi past maydonlarda gektariga 80–120 kg sof holda azotli oʼgʼitlar bilan oziqlantirish beda hosildorligini oshirish imkonini beradi. Bedaning oʼsish-rivojlanish davrlarida asosiy eʼtiborni begona oʼtlardan tozalash uchun agrotexnik tadbirlarni oʼz vaqtida oʼtkazish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun urugʼ unib chiqmagan maydonlarda zig-zag oʼtkir tishli oʼrta vaznli boronalar bilan dalaning diagonali boʼylab ishlov beriladi.




  1. Amaliy qism

3.1 Topshiriq: Fermer xoʼjaligining umumiy yer maydoni 99 ga. Xoʼjalikda 1:2:1 bugʼdoy-gʼoʼza almashlab ekish joriy etilgan. Bugʼdoy hosildorligi 51,8 s/ga, paxta hosildorligi 27,2 s/ga.

Yangi almashlab ekishda 1:1 bugʼdoy-takroriy ekin-gʼoʼza navbatlab ekiladi. Bugʼdoy hosildorligi 56,8 s/ga, kartoshka hosildorligi 315 s/ga, paxta hosildorligi 30,5 s/ga. Eski va yangi almashlab ekishda ekinlar salmogʼi va ekinlar boʼyicha yalpi hosildorlikni hisoblang. Аlmashlab ekishning rotatsion jadvalini tuzing.

Bunda eski almashlab ekish tizimida birinchi yili bug’doy ikkinchi yili paxta uchunchi yil yana bug’doy ekiladi.

1.2:1 sxemali qisqa rotatsiyali almashlab ekishning rotatsion jadvali.



Yillar

Dalalar

I

II

III

2018

Bug’doy + takroriy ekin mosh

Bug’doy

Go’za +oraliq ekin kartoshka

2019

Bug’doy

Go’za + oraliq kartoshka

Bug’doy + takroriy mosh

2020

Go’za + kartoshka

Bug’doy+ takroriy ekin mosh

Bug’doy

Izoh: Birinchi yili: 1-dala: Bug’doy + takroriy ekin mosh, 2-dala- Bug’doy,
3-yili- Go’za + oraliq kartoshka. Bunda g’uza- salmogi 33.3%, kuzgi bug’doy -66.6%).

Yangi ekish sxemasi bo’yicha yani 1:1 sxema bo’yicha ekinlar salmog’i 50:50 bo’ladi.

G’o’za-bug’doy-beda almashlab ekishi hisobiga olingan qo’shimcha paxta hosili (2,8-5,2 ts/ga) har bir fermerning ichki imkoniyatlari asosida bedani navbatlab ekishning 1:1 tizimida ham keng foydalanib qaysiki g’o’za-g’alla navbatlab ekishda g’alla beda bilan birgalikda ekilib kech kuzda va bir o’rim beda-dan so’ngra haydovdan so’ngra chigit ekish maqsadga muvofiqdir. Demak, ushbu tizimdagi g’alla beda qoplama ekinlari ehtiyoji chorvachilikni rivojlantirishda va yildan-yilga tuproq unumdorligi pasaya borayotgan fermerlarda tuproq unumdorligini me’yoriy saqlash imkoniyati zaminida yuqori, sifatli hosil olish bilan birga aholini chorvachilik mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish imkoniyatini yaratib, yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishishni ta’minlaydi.


Yillar

Dalalar

I

II

III

2018

Bug’doy

Go’za+oraliq ekin kartoshka

Bug’doy + takroriy ekin makkajo’xori

2019

Go’za+oraliq ekin kartoshka

Bug’doy + takroriy ekin makkajo’xori

Go’za



XULOSA

So’nggi yillar davomida O’zbekiston Respublikasidagi lalmikor maydonlar hajmi va strukturasida jiddiy o’zgarishlar ro’y berdi. B.V.Gorbunov (1963) ma’lumotlariga asosan O’zbekiston Respublikasi xududidagi haydashga yaroqli jami lalmikor maydonlar 3414.4 ming gektarni, shu jumladan och tusli bo’z tuproqlar ( ta’minlanmagan tekislik mintaqa maydoni 835,8 ming gektarni, tipik bo’z tuproqlar (yarim ta’minlangan qir-adirlik mintaqa) maydoni -792,7 ming ga, to’q tusli bo’z (144,8 ming ga) va eroziyaga chalingan to’q tusli bo’z tuproqlar maydoni (tog’ oldi va tog’li mintaqalar)- 506,9 ming gektarni tashkil etadi.

O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari va kadastri Davlat qo’mitasining malumotlariga ko’ra, 2009 yilning 1 yanvar holati bo’yicha respublikamizning 6 ta viloyatida jami 754000 gektar haydalib dehqonchilik qilinadigan lalmi yerlar mavjud (Yusupov va boshqalar, 2010).

O’rta Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlarida qattiq bug’doy azaldan ekib kelingan. Bu haqda mahalliy navlar “Tuyatish”, “Muslimka”, “Xursand” va kelib chiqishi O’rta Osiyo davlatlari va janubiy Qozog’iston bo’lgan, hozirgi kunda O’simlikshunoslik ilmiy tadqiqot instituti genofondida saqlanayotgan namunalar misol bo’la oladi, hatto 20-asrning boshlarida Xorazm, Buxoro va Samarqandda qattiq bug’doy donlarini Rossiya, Italiya va Angliyaga eksport qilish uchun yirik savdo bitimlari tuzilganligi to’g’risida ma’lumotlar mavjud (Flyaksberger, 1971.)

Lalmikor dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutida olib borilgan tadqiqotlarda qattiq bug’doyning Melyanopus 40100 navining ekish me’yorlari G’allaorol markaziy tajriba xo’jaligida o’rganilganda, kuzgi muddatda eng maqbul urug’ ekish me’yori 120 kg, bahorgi muddatda ekilganda 90-100 kg ekanligini qayd etadi.

N.V.Pokrovskiy (1960) O’zbekistonning lalmikor yerlarida yumshoq bug’doyga nisbatan qattiq bug’doyning ekish me’yorini oshirish xisobiga don hosildorligiga ijobiy ta’sir etishini aniqlagan.



Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Vorobyov S.A., Кashtanov A.N., Likov A.M., Makarov I.P. Zemle-delie. M.: Agropromizdat. 1991.

2. Ermatov A.Q. Sug’oriladigan dehqonchilik. T.:O’qituvchi. 1983.

3. Ermatov A.Q.,G’aniyev V. Dehqonchilik. T.: Mehnat. 1990.

4.Zaurov E.I. Dehqonchilikdan laboratoriya ishlari va amaliy mashg’u-lotlar T:. «O’qituvchi»,1979 .

5. Tursunxujaev Z., Bolkunov A. Nauchniyi osnovi xlopkovix sevooborotov. T.: Mehnat, 1987.

6.H.Sheraliev. M.Shodmanov Dehqonchilik. Ma’ruzalar matni T.:2004

7. Astanov R., Shodmanov M., Madraimova S. Sistema zemleldeliya .Tekst leksiy. T.: 2004.

8. O’zbekiston Respublikasining "Suvdan foydalanish to’g’risida"gi qonuni, T.1993.

9. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Тошкент, “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 56 б.

10. Мирзиёев Ш.М. Қонун устиворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш юрт тараққиёти ва халқ фаровонлиги гарови. “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 47 б.

11. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 485 б.

12. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 103 б.

13. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7-февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида” ги ПФ-4947-сонли Фармони. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 6-сон, 70-модда.

Интернет сайтлари
17. www.gov.uz. – Ўзбекистон Республикаси ҳукумат портали

18. www.lex.uz. – Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари



19. www.ziyonet.uz.

20. www.edu.uz.
Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling