Toshkent davlat agrar
Download 187.57 Kb.
|
amaliyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonaning to`lov qobiliyati tahlili
- Sof foyda va uning o`zgarishining omilli tahlili
- Sof foyda va uning o`zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
Yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida xo`jalik subyektining debitorlik va kreditorlik qarzlari balansini tahlil qilib chiqishimiz mumkin bo`ladi. Ma’lumotlardan ko`rinadiki, o`rganilayotgan davrda korxonada jami debitorlik qarzlari 65586,54 ming so`m bo`lgan bo`lsa, jami kreditorlik qarzlar esa 26029,49 ming so`mni tashkil etgan. Ya’ni debitorlik qarzlari kreditorlik qarzlaridan 39557,05 ming so`mga ko`p bo`lgan. Bu albatta ijobiy hol bo`lib hisoblanadi. Chunki undirib olishi lozim bo`lgan qarzi to`lashi kerak bo`lgan qarzidan ko`pdir. Debitorlik qarzlarining aylanuvchanligi tahlili 2-jadval
Ma’lumotlardan ko`rinadiki, o`rganilayotgan davrda biz tahlil qilayotgan xo`jalik yurituvchi subyektda debitorlik qarzlarining holati o`tgan yilning shu davriga nisbatan 20513?25 ming so`mga kamaygan, ya’ni debitorlik qarzlari o`tgan yilga nisbatan deyarli 1.2 marotabaga kamaygan. Ayni vaqtda mahsulot sotishdan olingan sof tushum summasi o`tgan yilning shu davriga nisbatan 4911,11 ming so`mga o`sganligini kuzatish mumkin. Buning ta’sirida debitorlik qarzlarining undirilish davri o`tgan yilga nisbatan 23 kunga qisqargan. Ya’ni debitorlik qarzlarining undirib olinishi ancha tezlashgan. Bu albatta ijobiy holat deb baholanadi. Debitorlik qarzlarining aylanish koeffisienti va aylanish davri o`zgarishining omilli tahlili 3-jadval
Debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti o`tgan yilga nisbatan 1.8 koeffitsiyentga oshgan. Kreditorlik qarzlarining aylanuvchanligi tahlili 4-jadval
Yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida biz tahlil qilayotgan xo`jalik subyektida kreditorlik qarzlarining aylanishiga baho berishimiz mumkin bo`ladi. Ma’lumotlardan ko`rinib turibdiki, korxonada kreditorlik qarzlari o`tgan yilning shu davriga nisbatan 586,75 ming so`mga qisqargan. Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxi esa joriy yilda 59715,53 ming so`mga kamatgan. Bularning natijasida korxonada kreditorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti o`tgan yilgi 1388,5 koeffitsiyentdan hisobot yiliga kelib 1372,5 koeffitsiyentgacha ko`tarilgan. Ya’ni kreditorlik qarzlarining aylanuvchanligi bir necha marotabaga tezlashgan. Bunday natijalarni korxona uchun ijobiy baholash lozim. Korxonaning to`lov qobiliyati tahlili2021 yil. 5-jadval
Jadval ma’lumotlaridan ko`rinadiki, biz tahlil qilayotgan xo`jalik subyekti joriy davrda to`lov qobiliyatiga ega hisoblanadi. Korxonaning jami to`lov mablag`lari 234944,24 ming so`m bo`lgani holda, jami to`lov qarzlari 11286,65 ming so`mni tashkil qilgan. Bundan ko`rinadiki korxonada to`lov qarzlariga nisbatan to`lov mablag`lari 2329657,59 ming so`mga ko`p bo`lgan. Bu esa korxonaning mutlaq to`lov qobiliyatiga ega ekanligidan dalolat beradi. Sof foyda va uning o`zgarishining omilli tahliliBozor munosabatlari sharoitida har bir xo`jalik subyekti o`z faoliyati natijasida sof foydaga erishishni ko`zlaydi. Shu sababli ham sof foyda miqdorini o`rganish va unga ta’sir etuvchi omillarga baho berish korxona samaradorligini oshirishga olib keladi. Korxona ixtiyorida qola- digan va uning erkin tasarrufidagi foyda sof foyda deyiladi. Ushbu ko`rsatkich soliq to`loviga qadar bo`lgan foyda summasidan foyda (daromad)dan soliq va boshqa soliqlar va ajratmalar summasini chegirish asosida aniqlanadi. Sof foyda tahlilida uning o`tgan yillarga, shuningdek, korxona biznes-rejasi ko`rsatkichlariga nisbatan o`zgarishlari o`rganiladi. Moliyaviy natijaviylikning ushbu yakuniy qatori barcha ichki va tashqi axborotdan foydalanuvchilar e’tiboridagi masala hisoblanadi. Tashqi axborotdan foydalanuvchilar korxonaning foydalilik darajasiga, o`z aktivlarini maqsadli boshqarishning shartlarini belgilashga ham jiddiy ahamiyat berishadi. Masalan, korxona mulkida ta’sischi sifatida qatnashuvchilar aksiya egalari kelishuviga yoki xususiy kapitaldagi ulushiga qarab taqsimlanadigan hisob foydasining holatiga hamda korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda bilan qiziqsalar, investitsiya homiylari esa korxona faoliyatining barqarorligi va o`sish darajalariga ko`proq qiziqadilar. Sof foyda va uning o`zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili |
Ko`rsatkichlar |
O`tgan yili |
Hisobot yili |
Farqi (+, –) |
1. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda |
54300 |
68750 |
+14450 |
2. Sotilgan mahsulot tannarxi |
28172 |
44219 |
+16047 |
3. Davr xarajatlari |
13876 |
24531 |
+10655 |
4. Asosiy faoliyatning foydasi |
12252 |
14345 |
+2093 |
5. Moliyaviy faoliyatdan foyda va zararlar |
0 |
0 |
0 |
6. Favquloddagi foyda va zararlar |
- |
- |
- |
7. Foydadan soliq va boshqa soliq hamda ajratmalar |
2252 |
2750 |
+498 |
Joriy yilning sof foydasi |
10000 |
11595 |
+1595 |
Jadval ma’lumotlaridan shuni xulosa qilish mumkinki, tahlil qilinayotgan xo`jalik subyektining hisobot davridagi sof foyda hajmi o`tgan yilga nisbatan 1595 ming so`mga oshgan. Uning o`zgarishiga har bitta ko`rsatkichning ta’sirini farq qatoriga qarab baholash mumkin. Sof foydaning oshishiga faqat baho sabab bo`lgan. Jadvaldan ko`rinib turibdiki, tannarx, davr xarajatlari va soliq xarajatlari ham oshgan va buning natijasida sof foyda sezilarli darajada oshmagan.
XULOSA
Men Xasanova Zulfizar 3-98 guruh talabasi ishlab chiqarish amaliyotni o`tash davrida buxgalteriya fani juda ma'suluyatli, muhim, jamiyat uchun kerakli va qiziqarli fan ekanligiga amaliy jarayonlar orqali guvoh bo'ldim. Amaliyot o'tash davri qisqa bo'lganiga qaramay kopgina bilim va ko'nikmalarga ega bo'ldim deb ishonch bilan ayta olaman. Men amaliyot o'tagan xo'jalik yurituvchi sub'ekt rolik ishlab chiqaruvchi korxona bo'lib, ko'z bilan qaraganda oddiy bir rolik sifatida korishimiz mumkin lekin shu oddiy koringan mahsulotni tayyor holga kelguncha kozga korinmas bir qancha bosqichlardan o'tib keladi. Tayyor mahsulotni tayyor holiga kelguncha mehnat resurslaridan, moddiy resurslardan foydalanamiz va ta'minot, ishlab chiqarish jarayonlaridan o'tib tayyor holga keladi so'ngra realizatsiya jarayoni orqali xaridorlar tayyor mahsulot bilan ta'minlanadi. Ishlab chiqarish bosqichlari amalga oshishi o'ziga tegishli hujjatlar bilan asoslanib boriladi. Amaliyot davrida shu hujjatlar bilan ishlashni, ularni qay tartibda to'ldirish kerakligini, elekron shakllari bilan ishlashni o'rganib oldim. Hujjat ishlari o'ta sinchkovlikni, aniqlikni talab qilar ekan. Shuni qo’shimcha qilib aytamanki men amaliyot o’tagan xo’jalik yurituvchi sub’ekt uncha ham ilg’or texnika va texnologiyalar bilan ta’minlanmaganligiga guvoh bo’ldim. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z faoliyatini yanada samaraliroq olib borishi uchun so’ngi avlod texnologiyalarini ish jarayoniga jalb qilishi kerak. Shu bilan birga yangi texnologiyalardan oqilona foydalanish uchun ishchi-xodimlarning malakasini ham oshirish kerak deb o’ylayman shundagina ish unumdorligi ham sifati ham oshadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
“Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun” 2016 y
Akramov E.A Korxonalarning moliyaviy holati tahlili. O’quv qo’llanma. – T., 2007.
Bobojonov O, Jumaniyozov K. “Moliyaviy hisob” -T.: ”Moliya” nashiriyoti, 2002. -672 b.
Do’stmurodov R., Mengliqulov B., Davletov I. Moliyaviy hisob. – T .: ToshDAU taxririyat-nashriyot bo’limi, 2007.
“Iqtisod va hisobot" jurnali 1992-94 yil sonlari.
Sotvoldiyev A.S “Zamonaviy buxgalteriya hisobi” 3 tomli, 1 tom. – T.: “Sharq”, 2004.
Internet saytlari:
1. www.agro.uz – O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi sayti
2. www.mf.uz – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sayti
3. www.soliq.uz – O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi sayti
4. www.norma.uz – “Norma” MCHJ sayti
5. www.mehnat.uz – O`zbekiston Mehnat vazirligi sayti
6. www.stat.uz – Davlat Statistika Qo`mitasi sayti
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling