Toshkent davlat agrar


Tabel Tabel bu, ishchi xodimlarning ishlagan va ishlamagan kunlari, hamda ish soatlarini hisoblab ko`rsatuvchi hujjat. Ish haqi kitobi


Download 187.57 Kb.
bet7/10
Sana23.02.2023
Hajmi187.57 Kb.
#1224179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
amaliyot

Tabel
Tabel bu, ishchi xodimlarning ishlagan va ishlamagan kunlari, hamda ish soatlarini hisoblab ko`rsatuvchi hujjat.

Ish haqi kitobi
Hisoblangan ish haqi va ushlanmalari, korxonaning xodim oldidagi qarzi va aksincha xodimning korxona oldidagi qarzlari qayd etib boriladi va 70 yil davomida arxivda saqlanadi.
Mehnat daftarchasi
Mehnat daftachasida ishlovchilarning mehnat faoliyatini yuritayotgan (yoki yuritgan) joylari va faoliyatga kirishish yoki aksincha ozod bo`lishini sababi va asos bo`luvchi hujjatlar raqamlari bilan ish beruvchilar omonidan imzo va muhr bilan tasdiqlangan holda qayd etiladi. 2019 yildan mehnat shartnomalari onlayn bo`lgandan so`ng u ham onlayn rasmiylashtiriladigan bo`ldi


Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish, unda qo`llaniladigan hujjatlar bilan tanishish va ularni to`ldirishni o`rganish
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar hisobi 6010 – “Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar”, 4310 – “Mol yetkazib beruvchilarga berilgan bo`naklar” schyotlarida to’ldiriladi.
Ishonchnoma
Mol etkazib beruvchi yoki transport tashkiloti omboridan materiallarni olish uchun buxgalter ekspeditorga ishonchnoma yozib beradi. “Ishonchnoma” lavozimdor shaxsning materiallarni olish chog’ida xo'jalik yurituvchi sub'ektning huquqini rasmiylashtirish uchun xizmat qiladi. Xo'jalik yurituvchi sub'ekt buxgalteriyasi ishonchnoma oluvchiga bir nusxada berib, undan tilxat oladi; berish-olishlar haqidagi ma'lumotlar ishonchnoma varaqasining qo'shimcha qismiga (koreshogiga) yoziladi, bu holda berilgan ishonchnomani maxsus daftarga yozib qo'yishga hojat qolmaydi. Ishonchnoma bo'yicha TMZlar doimiy tusda olinadigan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar ishlatadi.
Shartnoma
Shartnoma — fuqarolik huquqida ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltirish, burchlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi, bitimniig turi, sharhidan kelib chiquvchi fuqarolik huquqiy munosabat ham, shuningdek, yozma ravishda tuzilgan Sh. mazmuni bayon qilingan hujjat ham Shartnoma termini bilan ataladi. Shartnoma soʻzining sinonimi — kontrakt. Fuqarolar va yuridik shaxslar Shartnoma tuzishda erkindirlar. Sh. tuzishga majbur qilinishga yoʻl qoʻyilmaydi, Shartnoma tuzish burchi qonunlarda yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shahrini ham tuzishlari mumkin. Iqtisodiy shartnoma savdo shartnomasining turlaridan biri bo'lib, unga o'xshash. Ushbu shartnomaga muvofiq, etkazib beruvchi tovarni qabul qilish va unga ma'lum miqdorda pul to'lash majburiyatini olgan xaridorga mol-mulkni (to'liq xo'jalik yuritishi yoki operativ boshqaruv) o'tkazish uchun shartnoma tuzish paytiga to'g'ri kelmaydigan belgilangan muddatlarda (muddatda) majburiyatini oladi.

Download 187.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling