4-Kredit shartnomasini tuzish va ta'minotni rasmiylashtirish. Bank ijobiy qaror chiqargan holatda kredit shartnomasini imzolaydi va belgilangan tartibda kredit bo'yicha ta'minotni rasmiylashtiradi.
5-Kreditni olish. Kredit alohida ssuda hisob raqamini ochish va ushbu hisob raqamidan korxonaning to'lovlarini naqdsiz pul bilan o'tkazish orqali beriladi.
III. XO`JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING ISHLAB CHIQARISH VA MOLIYA-XO`JALIK FAOLIYATINI TAHLIL QILISH
«Imona Dilxumor Fayz» xususiy korxonasining moliya-xo`jalik faoliyatini tahlil etishdan asosiy maqsad moliyaviy faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarini aniqlab, mablag`lardan yanada to`g`ri foydalangan holda hisob-kitob tartibini mustahkamlashga qaratiladi. Demak, bu xizmat ko`rsatish va uni sotish, xarajatlarni tejash, pul-moliya aloqalari va boshqa faoliyatlarning bir-biriga bog`liqligini ko`rsatadi.
Debitorlik qarzlaridan tushadigan mablag`lar ishlab chiqaruvchi korxonaning asosiy pul mablag`lari manbalaridan biri hisoblanadi. Xaridorlar majburiyatlarini o`z vaqtida bajarmasalar korxonada pul mablag`lari defitsiti kelib chiqadi, joriy faoliyatini moliyalashtirish uchun korxonaning aylanma aktivlarga bo`lgan ehtiyoji oshadi, moliyaviy holati yomonlashadi. Shu sababli ham korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlilini o`tkazish nihoyatda muhim sanaladi.
1-jadvalda «Imona Dilxumor Fayz» xususiy korxonasining 2021 yilgi moliya-xo`jalik faoliyati ma'lumotlaridan foydalanib quyidagi tartibda tahlil etildi:
1-jadval
Debitorlik va kreditorlik balansi tahlili
2021 yil
Debitorlik qarzlar
|
Summa ming soʼm
|
Kreditorlik qarzlar
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |