Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


-rasm. Korporativ boshqaruv elementlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   131
21-rasm. Korporativ boshqaruv elementlari

Korporativ boshqaruv keng ma‘noda - ishtirokchilar konsepsiyasiga muvofiq 
daxldor bo‗lgan hamma shaxslarning (aksionerlar, boshqaruvchilar, kreditorlar, 
kontragentlar, yollangan xodimlar, davlat va boshqalar) rasmiy va norasmiy 
munosabatlar tizimi sifatida qarash mumkin.
Boshqa tizimlar singari (tartibga solish, boshqarish) korporativ boshqarishda 
ham elementlar bo‗lib, ularni 3 ta guruhga bo‗lish mumkin:
 tashkiliy-tarkibiy; 
 normativ-huquqiy;
 funksional. 
korporativ boshqaruv 
elementlari 
tashkiliy-tarkibiy; 
normativ-huquqiy 
funksional. 


62 
Tashkiliy-tarkibiy element amaliy faoliyatini amalga oshiruvchi bo‗limlarni o‗z 
ichiga oladi. Normativ-huquqiy o‗z ichiga kompaniyaning huquqiy maqomini 
belgilab beradigan normativ aktlar va korporativ boshqaruv kodekslarini oladi. 
Funksional blok o‗z ichiga faoliyatni amalga oshirish, uning yo‗nalishlari, shakllari 
va usullari, vositalari, choralarini oladi. 
Korporativ boshqarishni turli mamlakatlarda turlicha talqin qilishadi. AQShda 
va Angliyada kompaniyalarning kapitaliga ko‗pchilik alohida shaxslar va firmalar 
egalik qiladi. Korporativ boshqaruvning kontinental modeli amal qiluvchi davlatlarda 
(Yevropa, MDH, Lotin Amerikasi) asosan jamiyat ulushi guruhlarga tegishli bo‗ladi. 
Shundan kelib chiqib ushbu mamlakatlarda AQShga nisbatan kapital taksimoti va 
unda ovozlar berilishi konsentratsiyasi nisbatan yuqori.
Bundan tashqari, ayrim hollarda 50 foiz aholisi to‗g‗ridan-to‗g‗ri yoki bilvosita 
kompaniyalarning aksiyalariga egalik qiladi. Germaniyada esa ushbu ko‗rsatkich 20 
% ni tashkil qiladi. Shundan xulosa qilish mumkinki, tijorat banklari faoliyatini 
boshqarishning ikki modelini ―menejerlar xukmronlik qiluvchi model‖ AQSh 
amaliyotida qo‗llaniladi va Yepvropa mamlakatlarida ko‗llaniladigan ―aksiya 
paketiga ega aksionerlar xukmronlik qiladigan‖ modellarni ajratib ko‗rsatish 
mumkin.
Korporativ boshqaruvni tashkil qilish bir qator tamoyillariga asoslanishi lozim. 
Iqtisodiy 
Hamkorlik va Taraqqiyot tashkiloti (IHTT) ning korporativ boshqaruv 
bo‗yicha tamoyillarini o‗z ichiga olgan qoidasi mavjud. Ular quyidagilar: 
1. Aksionerlar huquqlari 
2. Aksionerlar uchun tenglik 
3. Korporativ boshqarishda aksionerlarning roli. 
4. Ma‘lumotlar ochiqligi va tranparentlik 
5. Kengashning javobgarligi. 
Korporativ boshqarishda eng asosiy masala bo‗lib, kopaniya ishtirokchisi 
hisoblangan 3 ta guruhni munosabatlarini aniqlab olishni talab etadi. Bular: 
aksionerlar, bank kengashi va boshqaruv. 
Korporativ boshqarish – kompaniya egalarining va ular yollagan xodimlarning 
maksadli va o‗zaro manfaatli munosabatlari tizimi.
Markaziy banki Boshqaruvining 2000- yil 24- iyundagi 11/6-sonli bayonnomasi, 
№472-sonli ―Tijorat banklarida korporativ boshqaruv to‗g‗risida‖gi Nizomiga asosan 
«Korporativ boshqaruv» tushunchasi tijorat banki faoliyatini boshqarishda Kengash 
a‘zolari va boshqa rahbar xodimlar tomonidan amalga oshiriladigan asosiy faoliyat 
hamda qoidalar majmuasi tushuniladi. Shu bilan birga korporativ boshqaruv 
konsepsiyasi biznes yuritish etikasining andozalari va aksionerlarga bo‗lgan 
munosabatlarda mas‘uliyat hisi hamda bank faoliyat ko‗rsatayotgan jamiyat talablarni 
e‘tiborga olishni o‗z ichiga oladi.Korporativ boshqarishning predmeti bo‗lib amalga 
korporativ munosabatlar yig‗indisi hisoblanadi.
1999-yil sentyabrda Bank nazorati bo‗yicha Bazel qo‗mitasi «Kredit 
tashkilotlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish» bo‗yicha maxsus hujjat 
qabul qildi va unda korporativ boshqaruvni qo‗llash bo‗yicha tavsiyalarni keltirib 
o‗tgan. Mazur hujjat IHTT bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Ushbu hujjatga 


63 
asosan, bank muassasalarida korporativ boshqaruv — bu direktorlar kengashi va 
yuqori bo‗lim menejerlari tomonidan bank faoliyatini boshqarish va natijada bank: 
 O‗z oldiga qo‗ygan maqsadga erishishi va bank egalarining mulki va 
qimmatliklarini oshiradi;
 Kundalik moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiradi;
 Faoliyat davomida manfaatdor tomonlarning (xodimlar, mijozlar, tartibga 
soluvchi organlar va davlat) manfaatlarini himoya qiladi;
 Bank biznesi ishonchliligini ta‘minlash va me‘yoriy talablarni bajarish 
qoidalariga muvofiq tarzda korporativ harakatlarni amalga oshirish;
 Omonatchilar manfaatlarini himoyalash. 
Samarali korporativ boshqaruvni tashkil etish orqali banklar bir qator 
masalalarni hal etishi lozim bo‗ladi.
Birinchidan, mulk egalari va boshqaruvchilar o‗rtasidagi munosabatlarni 
aniqlashtirish. Bank biznesi sanoat, savdo yoki boshqa sohalarga nisbatan murakkab.
Ikkinchidan, banklar moliyaviy vositachilik funkiyasini amalga oshirib boshqa 
korxona tashkilotlarga nisbatan o‗zining mablag‗lari bilan ishtiroki kam, ya‘ni asosan 
jalb qilingan mablag‗lar hisobidan amalga oshiradi. Bunday sharoitda banklar jalb 
qilingan mablag‗larni joylashtirishda risk darajasini baholashi va mablag‗ egalarining 
ishonchini qozonishi lozim. Bank faoliyatida yuzaga keluvchi risklar va mablag‗lar 
egalarining ishonchini qozonish, ularning mablag‗larini kafolatlash tizimini 
mavjduligi bu jarayonni soddalashtiradi. 
Ma‘lumki, bank nazorati bo‗yicha Bazel qo‗mitasi 12 ta riskni keltirib o‗tgan. 
Ular: tizimli, strategik, kredit, mamlakat, bozor, foiz, likvidlik riki, valyut, operasion, 
huquqiy, reputasion, kuzatish riski.
Tijorat banklari tomonidan mukammal kredit siyosatining ishlab chiqilmasligi 
va aloqador shaxslarga berilgan kreditlarning kredit portfelidagi ulushi ortib borishi 
banklar faoliyatidagi risklar darajasining oshishi olib keladi. Ushbu ko‗rsatkichlarni 
ixtiyoriy mamlakatda, shu jumladan rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida ham 
ko‗rishimiz mumkin: AQShdagi krizisni eslasak (1980- yillar o‗rtalarida) va 
Yaponiyada (1990 yillarda), qoniqarsiz kredit siyosati orqali kreditlarning berilishi, 
hamda Buyuk Britaniyada Barings bankining inqirozi (1995- y.) bunga misol bo‗la 
oladi. Ammo bu holat o‗tish davri va rivojlanayotgan mamlakatlarda ko‗proq 
kuzatiladigan xolat hisoblanadi. Masalan, 90 yillarning ikkinchi yarmida Meksikada 
daxldor shaxslarga berilgan kreditlar miqdorining oshib ketishi natijasida 
mamlakatda jami kredit qo‗yilmalari tarkibida umidsiz kreditlar 20 foizini tashkil 
etgan. Xitoyda 2002 yil boshida umidsiz kreditlarning salmog‗i oshib rasmiy 
ma‘lumotlarga asosan 343 mlrd dollarni, norasmiy ma‘lumotlarga asosan 480 dan 
604 mlrd dollargacha yetganligini ko‗rish mumkin. Bu esa, mamlakat YaIMning 44-
55 foizini tashkil qilgan.
Banklarda samarali korporativ boshqaruv tamoyillari. Bazel qo‗mitasi 
hujjatlariga asosan zamonaviy banklararo raqobat sharoitida banklarda samarali 
korporativ boshqaruv bir qator tamoyillarga asoslanadi va ular quyidagilar: 

Korporativ boshqaruv kodekslarida belgilab qo‗yilgan va boshqa 
standartlarda keltirilgan tartiblarni qo‗llash;


64 

alohida olingan xodim yoki bank faoliyati natijalarining belgilab olingan 
rivojlanish strategiyalariga muvofiqlik tamoyili; 

huquqlar va majburyatlarning aniq taqsimlanish tamoyili (jumladan qarorlar 
qabul qilishda);

direktorlar kengashi, boshqaruv va auditorlarning o‗zaro hamkorlik va 
samarali ta‘sir mexanizmi tamoyili;

ichki nazorat tizimining ishonchliligi (ichki audit xizmati va tashqi audit 
tekshiruvlarini o‗tkazish orqali uning samaradorligini baholash) va risklarni 
boshqarish xizmat amvjudligi tamoyili;

bank biznesining alohida olingan yo‗nalishlarida risklarni doimiy 
monitoring qilish tamoyili;

bank 
xodimlari 
va 
boshqaruvchilarni 
moliyaviy 
va 
faoliyatini 
rahbatlantirish tizimining mavjudligi tamoyili;

bankning ichki talabini ta‘minlovchi va zarur tashqi ma‘lumotlar 
ma‘lumotlar tizimining mavjudligi va bankning shaffofligi. 
Yuqoridagi tamoyillarning tijorat banklarida korporativ boshqaruvni tashkil 
qilishda qo‗llanilsa, boshqaruvning samaradorligi yanada oshadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling