Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
Tijorat banklarida aktiv va passivlarni boshqarishning «Farq» usuli
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
6.6. Tijorat banklarida aktiv va passivlarni boshqarishning «Farq» usuli
Tijorat banklari faoliyatida aktiv va passivlarni boshqarishda muhim vosita bo‗lib, aktiv va passivlar bo‗yicha o‗rtacha foiz stavkalar bo‗lib xizmat qiladi. Tijorat banklari faoliyatini sof foizli marja yoki spred ko‗rsatkichlari boshqarish mumkin. Banklarda aktiv va passivlar bo‗yicha foiz stavkalar o‗rtasidagi farq orqali banklar faoliyatini boshqarish bugungi kunda keng tarqalgan usullardan hisoblanadi. Mazkur usulni chuqur o‗rgangan Fransiyalik tadqiqodchi SSF banki xodimi Patrik Berjere tomonidan 1991- yilda «aktiv va passivlarning qaytish darajasi va «farq» tahlili» nomli o‗zining uslubini ishlab chiqdi. Mazkur uslubning eng muhim tomoni shundan iboratki, bu uslub to‗la kompyuter texnologiyasiga asoslangan, ammo oddiy YeXSEL dasturida yaratilgan, bank balansini to‗la tahlilini o‗z ichiga qamragan dastur hisoblanadi. Bugungi kunda Rossiya iqtisodiy adabiyotlarida bu uslub turg‗un holat tahlili sifatida qaralmoqda. Jumladan, Ye.Stroganova va O.Zaxarovalar 20 Farq(GAP) tahlilini «statik holat» va «matematik tahlil» sifatida qaraydilar. Biz bu mulohazalarga qo‗shila olmaymiz. Chunki bu boshqaruv – tahlil usulubi «dinamik tahlil» hisoblanadi. Bu dasturda yakuniy natija olishdan oldin balansning har bir bandi chuqur o‗rganilib chiqiladi. Shunga ko‗ra aniq qaytish grafigiga ega bo‗lgan aktiv va majburiyatlar bo‗yicha kutilayotgan aniq to‗lov muddatlari borasida raqamlarga ega bo‗linadi. Qaytish grafigiga ega bo‗lmagan beqaror aktiv va majburiyatlar bo‗yicha esa taxminlar kiritilib kelajakdagi holat o‗rganiladi. Shu bilan birga bir hisobot shakli 20 Строганова Е. «Управление процентнiм риском - одна из основуспешного развития банк». ст. журнал «Бюллетень финансовой информации» № 1-2 (44-45), январь-февраль, М.: -1999 г. стр - 90-97. О.Захарова. «Как восстановить ликвидность российских банков». cт. журнал. «Бюллетень финансовой информации» № 10 (41), октябрь, М.: -1998 г. cтр - 14-17. 88 bilan bank bir xaftalik, o‗n besh kunlik, oylik, yarim yillik, yillik va hohlasa joriy balans ma‘lumotlariga asoslangan holda bir necha yillik aktiv va passivlarning hamda likvidlik holati tahliliga ega bo‗lishi mumkin. Banklarda aktiv va passivlarni boshqarish, avvao bank likvidligini optimal boshqarish, mijozlarga o‗z vaqtida, sifatli xizmat ko‗rsatishning garovi bo‗lsa, ikkinchi tomondan bank uchun ishonchli kredit mablag‗larining manbaini tashkil etish demakdir. Ammo tijorat banki uchun kecha yopilgan balans bo‗yicha turg‗un likvidlik holatini o‗rganish emas, balki kutilayotgan likvidlik riskini oldindan bilish muhim. Bugungi kunda har tijorat banki o‗zining aktiv va passivlarni boshqarish bo‗yicha alohida o‗z siyosatini va strategiyasini ishlab chiqadi. Markaziy bank tomonidan iqtisodiy me‘yorlar o‗rnatilishi jarayonida tijorat banklarining likvidlik darajasi inobatga olingan. Jumladan, 30 kungacha muddatga joylashtirilgan likvid aktivlar 30 kungacha bo‗lgan qisqa muddatli majburiyatlarni (talab qilib olgunga qadar depozitlar va 30 kungacha to‗lov muddati keladigan muddatli omonatlar) qoplashi lozim. Mazkur me‘yorning o‗rnatilgan darajasi 30% ni tashkil qiladi. Demak bank o‗z likvid aktivlari bilan qisqa muddatli majburiyatlarini (talab qilib olgunga qadar hisob raqamidagi depozitlar va 30 kungacha to‗lov muddatli omonatlar) to‗liq qoplash imkoniyatiga ega. Boshqa tomondan esa bank ortiqcha likvid mablag‗larni tutib turibdi va bu esa daromadlilik darajasining kamayishiga sabab bo‗ladi. Farq (GAR) bu – bank likvidligining holati (mablag‗larning yetarliligi yoki kamomadini) ifodalab, tijorat banklari aktiv va passivlari o‗rtasidagi muvofiqlikni qaydarajada ekanligini ko‗rsatadi. Tijorat banklari aktiv va passivlari o‗rtasidagi o‗zaro mutanosiblik ―Farq‖ni ko‗rsatadi. Ushbu GEP ikkiga bo‗linadi: 1. Salbiy Farq (-GAR) bankning likvid mablag‗larga bo‗lgan talabi mavjudligini ifodalaydi; 2. Ijobiy Farq (+GAR) esa likvid mablag‗larning ortiqchaligini ifodalaydi. Bu yerda asosan salbiy farq (-GAR) bankda mablag‗lar tanqisligini, ijobiy farq (+GAR) esa mablag‗larning ortiqchaligini ko‗rsatadi. Bunday holatda mazkur salbiy farq (-GAR) ni yopish, ijobiy farq (+GAR)ni daromad keltiruvchi aktivlarga taqsimlash orqali kelajakda foydaning miqdori taxmin qilinadi. Mazkur ijobiy farqni (+GAR) daromad keltiruvchi aktivlar o‗rtasida qayta taqsimlashda aktivlarning daromadlilik darajasiga e‘tibor beriladi. Salbiy farqni (-GAR) qoplash uchun jalb qilinadigan mablag‗larning eng yuqori foiz darajasi (M max ) asos qilib olinadi. Jalb qilinadigan mablag‗larning eng yuqori foiz darajasi (M max ) tanqis bo‗lgan mablag‗larni tashqi bozordan sotib olishning eng yuqori tannarxini ko‗rsatadi. Jalb qilinadigan mablag‗larning eng yuqori foiz darajasiga (M max ) foiz darajalarning kelajakdagi taxminiy darajasini (% F ) qo‗shish orqali haqiqiy tannarx aniqlanadi. Foiz darajalarining kelajakdagi taxminiy darajasini hisoblash yordamida yoki bir qancha chet mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda bir nechta aktiv operatsiyalarning elastik foiz darajalarini asos qilib olgan holda belgilash mumkin. Bu xil jarayonning qanchalik samarali olib borilayotganini kuzatish uchun aktivlarning daromadlilik koeffisenti AKD(ROA) ko‗rsatkichini kuzatib borish va amalga oshirilgan aktiv va passivlarning boshqarish samarasini va daromadlilik 89 darajasini ko‗rish mumkin. Boshqa tomondan aktiv va passivlarni boshqarish samarasi aktivlarning sifatiga va majburiyatlarning shakliga ko‗p tomondan bog‗liq. Bank o‗z zimmasiga oladigan majburiyatlari qanchalik ko‗p va arzon bo‗lsa bankning daromadlik darajasi shunchalik ortib boradi. Bunday holatda bank likvidligini boshqarish asosiy strategik maqsad bo‗lishi lozim. Bank o‗z sarmoyasiga mos qanchalik majburiyat olishi mumkinligini va bu majburiyatlarni qanday aktivlarga joylashtirishi lozimligini aktivlarning daromadlilik koeffisenti (ROA) va Leveraj ko‗rsatkichlari orqali kuzatilib boradi. Bu ko‗rsatkichlarning sifati bankning o‗z sarmoyasini orttirish imkonini beradi. Shuni ta‘kidlash kerakki, bank kapitali qanchalik yirik bo‗lsa, bu bank shunchalik tavakkalchilikka asoslangan holda daromadligi yuqori bo‗lgan investisiya loyihalarini moliyaviy qo‗llab - quvvatlash imkoniga ega bo‗ladi. Bank olgan daromadning qancha miqdori bank ixtiyorida bank kapitalini orttirish maqsadida qolishini kapitalning daromadlilik koeffisenti (ROE) ko‗rsatkichi yordamida ko‗rishimiz mumkin. Mazkur uslubda bankning likvidlik holati eng qulay holatlar hisobga olingan holda tahlil qilinib, iqtisodiy sharoit bank uchun qulay bo‗lganda bank foydasining maksimal ortish darajasi bilan iqtisodiy holat noqulay bo‗lganda bank zararining eng quyi nuqtasiga tushish holati solishtirilib bankning bozordagi imkoniyat chegarasi ham o‗rganiladi. Bu jarayonda eng muhim muammo salbiy Farq (-GAR)ni yopish masalasi bo‗lib, tahlillar noqulay sharoit hisobga olingan holda olib boriladi. Chunki bank uchun mablag‗lar jalb qilgan holda barqaror mablag‗larni shakllantirishga salbiy ta‘sir ko‗rsatuvchi quyidagi omillar ta‘sir ko‗rsatadi: pul emissiyasining qisqarishi hisobiga iqtisodiyotda jamg‗armalarning kamayishi. nominal foiz darajalarining va majburiy zaxiralar fondiga ajratmalar darajasining ortishi hisobiga bank bozoridagi mablag‗lar tanqisligi. korxona va tashkilotlarning byudjet oldidagi to‗lovlarning ortishi va muddati o‗tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarning ortishi qarzlarning o‗sishi. Agar bankda likvid aktivlar ortiqchaligi kuzatilsa, bank mablag‗lar bozoriga sotuvchi sifatida chiqadi va foiz darajalari ko‗tarilish holatida yuqori foizda likvid mablag‗larini daromad keltiruvchi aktivlarga joylashtirish hisobiga foyda oladi. Bundan tashqari bank foyda mikdorining foiz darajasidagi o‗zgarishlarga nisbatan elastikligini tahlili juda muhim. Bu tahlil bank boshqaruviga likvid aktivlarida kamomad kuzatilgan paytda foiz darajasidagi o‗zgarishlarni hisobga olgan holda jalb qilinadigan mablag‗larning qisqa muddatga yoki uzoq muddatga jalb qilinishi, likvid aktivlar ortiqcha bo‗lgan paytda esa bu mablag‗larni qisqa muddatga yoki uzoq muddatga joylashtirish borasida qaror qabul qilishida foydali hisoblanadi. Mazkur ko‗rsatkichni topish uchun ortiqcha likvid mablag‗larni jalb qilishda yoki likvid mablag‗larni qoplashda foiz darajasining 2 foizga o‗zgarishi taxmini asosida foyda miqdoridagi o‗zgarish kuzatilib, bu o‗zgarish miqdorining yillik foyda tarkibidagi salmog‗i aniqlanadi. Mazkur ko‗rsatkich elastiklik koeffisienti deb atalib quyidagi formula bilan topiladi: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling