Mezo darajadagi iqtisodiy risk- sanoat, agrar va xizmat ko‗rsatish sohasi
yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan risklar majmui.
Mikro darajadagi iqtisodiy risk- sanoat, firmaning xo‗jalik faoliyati —
tadbirkorlik va investisiyalash jarayonida yuzaga keluvchi risklar.
Mikrofirma - bu mulkchilik shaklidan qa‘tiy nazar, ish bilan band bo‗lgan
xodimlarning o‗rtacha yillik soni ishlab chiqarish sohasida 20 kishidan, xizmat
ko‗rsatish soxasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo‗lmagan tarmoqlarda 10
kishidan, ulgurji, chakana savdo, va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan
oshmagan korxonalar
Mikrokredit - qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng
kam ish haqining 1000 baravari miqdoridan oshmaydigan pul mablag‗idir.
Mikromarketing - ayrim kompaniya (korxona) miqyosi bilan chegaralangan
marketing faoliyati.
Moliyaviy bozorlar – moliyaviy resurslarni taklif kiluvchilarni va ularga
extiyoj sezayotlar oddatda fond birjalariga uxshash vositachilar yordamida bitim
tuzish uchun birlashtirish mexanizmidir
Moliyaviy bozorlar - Xozirgi zamon tushunchasida moliyaviy bozorlar deganda
moliyaviy aktivlarni savdosi tushunilib, unda savdoni anik koidalari, bozor
ishtirokchilarini maxorati va rivojlangan bozor infratartibi, chikim va bitishuvlarni
amalga oshirishni mustaxkamligi mavjud buladi.
Moliyaviy derivatlar (financiaI derivatives) – bozor narxiga ega bulgan pulli
dastak bulib, uning soxibiga birlamchi kimmatbaxo kog‗ozlarni sotish yoki sotib
olish xukukini beradi. Bularga opsionlar, fyucherslar, varrantlar, svoplar kiradi.
Moliyaviy institutlar – masalan, banklar va ssuda omonat assotsiatsiyalari –
oddatda omonatlarni kabul kiladilar va keyin pulni kreditga beradilar yoki boshka pul
bilan mablag‗ larni investisiyalaydilar.
Moliyaviy lizing - bu ijara munosabatlarining alohida turi bo‗lib, bunda bir
tomon (lizing oluvchi )ning topshirig‗iga binoan uchinchi tomonidan (sotuvchidan)
mulk (lizing obyekti) ni lizing shartnomasida belgilangan shartlarda lizing oluvchiga
to‗lov asosida foydalanish va egalik qilish uchun hamda keyinchalik lizing
oluvchining xususiy mulkiga o‗tishi sharti bilan berish maqsadida sotib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |