Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


-rasm. Bank xodimlari bo„limining tuzilishi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   131
29-rasm. Bank xodimlari bo„limining tuzilishi. 
Zamonaviy menejmentda xodimlar faqatgina mehnat resursi bo‗lib qolmasdan 
balki, banklar faoliyatining muhim eementi hisoblanadi. Bank xodimlarini va 
mutaxassislarini birlashtirish faqat o‗zini –o‗zi boshqaruvchi organ emas, balki o‗zi-
o‗zidan rivojlanuvchi va o‗z-o‗zini tartibga soluvchi organ sifatida qaraladi. Demak, 
bank oldiga qo‗yilgan maqsadlarga erishishda bank xodimlarni kelishibva birgalikda 
jamoa bo‗lib harakat qilishi lozim. Bu orqali bankning manfaatlari, shuningdek 
bankning alohida xodimning ham amalga oshadi. 
Банк бошқаруви раиси 
ўринбосари 
Ходимлар бўлимининг таркибий тузилиш 
Ходимларни 
ѐллаш ва ишга 
олиш 
Ходимларни 
ривожлантириш 
хизмати 
Ходимлар иш 
фолиятини 
баҳолаш ва 
назорат қилиш 
Меҳнат 
муносабатлари 
бўйича юрист, 
психолог 


95 
Banklarning kadrlar xizmatining tashkil etilishi. Tijorat banklarida xodimlarni 
boshqarish va ular bilan ishlaydigan kadrlar bo‗limi tashkil etiladi. Kadrlar bo‗limi 
alohida hujjatlar asosida tashkil etiladi. Amaldagi tartibiga asosan bankning tashkiliy 
tuzilishida xodimlarning mehnat joyi, uning vakolatlari va majburiyatlari, huquqlari 
va majburiyatlarining taqsimoti keltirib o‗tiladi. Tijorat banklarida kadrlar bilan 
shug‗ulalanadigan alohida raisning o‗rinbosari faoliyat olib boradi. Bank bo‗yicha 
rahbar kadrlar, xodimlarni jalb qilishga asosiy javobgarlik unga biriktiriladi.
Bank xodimlari soni bankning foliyati ko‗lami va uning bajaradigan 
operatsiyalari va xizmatlari ko‗lamiga bog‗liq. Bank xodimlari bo‗limining vazifasi 
bo‗lib: 
1. Bank xodimlarini boshqarish bo‗yicha qarorlarni (malaka oshirish, o‗qitish, 
konfliktlarni yechish va boshqalar.) chiqarish; 
2. bank xodimlarini rivojlantirish bo‗yicha uzoq muddatli bank stategiyalari va 
rejalariga mos dastur, ya‘ni strategik kadrlar siyosatini ishlab chiqish. 
Bank faoliyatining yo‗nalishiga mos kadrlar siyosati ishlab chiqish bankning 
konsepsiyasi sifatida qaraladi. Kadrlar siyosati mehnat munosabatlarini tartibga 
solishda amaldagi qonunchilikka rioya etishi va mehnat kodekslari asosida amalga 
oshiriladi. Har bir bank o‗zining kadrlar siyosatini mustaqil ishlab chiqib ularga 
qo‗yiladigan talablar, ularni boshqarish, mansabini oshirish, rag‗batlantirish va 
boshqalarni mustaqil belgilaydi va o‗z xodimlarini boshqaradi. Masalan tijorat 
banklari o‗zida ―Bank xizmatchilari to‗g‗risida‖gi, ―Ishga qabul qilish tartibi 
to‗g‗risida‖gi, ―Ichki tartib qoidalar to‗g‗risida‖gi, ―Shtat jadvali to‗g‗risida‖gi, ―Ish 
haqi to‗g‗risida‖gi, ―Mukofotlash to‗g‗risida‖gi, ―Xodimlarni attestatsiyadan tartibi 
to‗g‗risida‖gi va boshqa kabi ichki tartiblar bo‗lishi mumkin. Kadrlar siyosatini 
shakllanishi bankning ichki an‘analari va korporativ madaniyat va bank obro‗yiga 
qarab ham belgilanishi mumkin. Kadrlar bo‗limi yuristlar bilan birga uslubiy 
xarakterdagi hujjatlarni ishlab chiqadi. (Mehnat shartnomalar, anketa, buyruqlar va 
boshqalar. 
Bank xodimlarini boshqarish bo‗yicha xizmat faoliyatining asosiy yo‗nalishlari 
quyidagilar: 
1. bankning xodimlarga bo‗lgan joriy kelajakdagi ehtiyojlarni rejalashtirish; 
2. kadrlarni tanlab olish; 
3. kadrlar zaxirasini tashkil etish; 
4. bank xodimlarini baholash va nazorat qilish; 
5. xodimlarni rag‗batlantirish tizimini ishlab chiqish. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling