Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


-jadval  Bank marketingi tamoyillari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet69/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   131
12-jadval 
Bank marketingi tamoyillari 
 
Bank marketingi tamoyili 
Bank faoliyatida qo„llash xususiyati 
Bozor o‗zgarishlarini hisobga olish 
Bank xizmatlari bozorida baholar darajasini, 
talab va taklifni o‗rganish va tezkor qarorlar qabul 
qilib bankning rivojlanish strategiyasini ishlab 
chiqish. 
Bozor talablar asosida xizmatlar 
ko‗rsatish va mahsulotlar yaratishga 
yuqori darajada moslashish 
Mijozlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, turli 
bank mahsulotlarini taklif etish, xizmatlar sifatini 
oshirish 
Bank xizmatlari bozoriga maqsadli 
ta‘sir qilish 
Bank xizmatlariga talabni o‗rganish uchun 
mijrozlar bilan turli usullarda mnosabatlarga 
kirishish, bank xizmatlarini foydali jihatlarini 
tushuntirish
Marketingning uzoq muddatliligi 
Bank bozorini prognozlash orqali bankda 
strategik rejalashtirishni rivojlantirish 
Bank marketingi tamoyillaridan kelib chiqib, bank marketingi xizmatlari 
bozorida mijozlarni ehtiyojlarini qondirish va bankning samarali faoliyatini 
ta‘minlashdan iborat.
27-rasm. Marketingning rivojlanish bosqichlari 
Xalqaro amaliyotdan ma‘lumki, tijorat banklarining marketing strategiyasi va 
Ishlab chiqarish 
konsepsiyasi 
Tovar ishlab chiqariladi va 
xizmatlar ko‗rsatiladi 
Tovar konsepsiyasi 
Tovar sifatiga e‘tibor beriladi. 
Sotish konsepsiyasi 
Tovar sotish
jadalshadi 
Маркетинг 
концепцияси 
Mijozlar ehtiyoji
o‗rganiladi 


112 
siyosati ma‘lum rivojlanish bosqichlar asosida shakllangan. Bu esa, bozor 
faoliyatining va raqobat kurashining rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan. Shu 
nuqtai-nazardan kelib chiqib marketingning rivojlanish bosqichlarini yuqoridagi 27-
rasmda keltirib o‗tamiz: 
1. Ishlab chiqarish konsepsiyasi. 
2. Tovar konsepsiyasi. 
3. Sotish konsepsiyasi. 
4. Marketing konsepsiyasi. 
Marketing faoliyatining konsepsiyasi – bu aniq mijozga mo‗ljallangan bankning 
maqsadli strategiyasi va falsafasidir. U to‗liq moliya-kredit tizimiga va bank 
faoliyatiga ta‘sir qiluvchi barcha ko‗rsatkichlarni tahlil qilishga asoslangan. 
Marketing konsepsiyasi bazasida bank faoliyatini mukkammalashtirish bo‗yicha 
takliflar tayyorlanadi va keyin ichki va tashqi bank faoliyatini kompleks rejalashtirish 
ishlari olib boriladi. 
Bank xarakteriga qarab (faoliyatining ixtisoslashganiga, ta‘sischilariga) 
marketing konsepsiyasining maqsadi va vazifalari tanlanadi. Ayrim banklar yagona 
marketing konsepsiyasiga asoslangan holda faoliyat ko‗rsatib kelishadi, lekin bu 
yo‗nalishda faqat ishonchli va konservativ banklar faoliyat ko‗rsatishi mumkin, 
buning uchun ularda ko‗p miqdorda aylanma mablag‗lar va resurslar bo‗lishi kerak,
iqtisodiy va siyosiy o‗zgarishlar ta‘siriga ham chidamli bo‗lishlari shart. Boshqalar 
esa ichki va tashqi omillar dinamikasining bog‗liqligiga qarab, tezlik bilan o‗zining 
konsepsiyasini o‗zgartirib turishadi, shu o‗rinda shuni ta‘kidlash kerakki bironta ham 
konsepsiya amaliyotda sof ko‗rinishda uchramaydi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling