Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
-bob. TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA MARKETING
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.1. Bank marketingining mohiyati va uning o„ziga xos xususiyatlari
8-bob. TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA MARKETING
8.1. Bank marketingining mohiyati va uning o‗ziga xos xususiyatlari 8.2. Marketingning maqsad va vazifalari 8.3. Bank marketingining konsepsiyalari 8.4.Bank marketingining tarkibiy qismlari. 8.5.Marketing tizimida nazorat va bank faoliyatini rivojlantirishdagi o‗rni. 8.6.Tijorat bankida ichki nazorat xizmati 8.1. Bank marketingining mohiyati va uning o„ziga xos xususiyatlari Marketing - bu bozorda samarali faoliyat ko‗rsatishning mujassamlashishidir. Bu atama dastlab 1902-yilda AQShda paydo bo‗lgan, 20 yildan keyin esa bu atamadan jahonning ko‗pgina mamlakatlari foydalana boshladilar. Marketing ("marketing") - "bozor bilan bog‗liq faoliyat" ma‘nosini anglatadi. Lekin bu tushunchaning ma‘nosi juda kengdir. Marketing - ayirboshlash yo‗li bilan ehtiyoj va talablarni qondirishga yo‗naltirilgan inson faoliyatining turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o‗zaro manfaatlariga asoslangan harakatlarini, talabni shakllantirish va qondirish uchun birlashtirishdir. Dunyo amaliyotida marketing birdaniga paydo bo‗lgan emas. Bu - ishlab chiqarish va sotishning maqsadi, vazifalari va rivojlanish uslublariga menedjerlarning ko‗p yillik evolyutsion qarashlari natijasidir. Marketing - murakkab, dinamik, ko‗p qirrali tushunchadir, bu esa marketingga tamoman universal tavsif berish mumkin emasligidan dalolatdir. Taniqli Amerika olimi - marketolog F.Kotler marketingning ta‘rifini quyidagicha ifodalaydi: "Marketing - tovarlarni yaratish, taklif etish va ayirboshlash asosida ayrim olingan kishi va guruhlarning talab va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan iqtisodiy va boshqaruv jarayonidir". Boshqaruv muammolari bo‗yicha yetakchi nazariyotchi olimlardan biri Peter Drukkerning ta‘rifi esa quyidagicha: "Marketingning maqsadi sotishga qaratilgan harakatlarni yo‗q qilishdan iboratdir. Uning maqsadi xaridorlarni shunday o‗rganish va tushunishdan iboratki, tovar va xizmatlar uning talabiga aynan mos tushib, pirovardida o‗zini-o‗zi sotadi". Fransuz marketing maktabida qo‗llaniladigan ta‘rif ham Peter Drukker ta‘rifiga juda yaqin turadi. Unga ko‗ra: "Marketing -bu sotishni ta‘minlash va sotuvga tovarlar va xizmatlarni iste‘molchilarning talabiga mos holda chiqarish orqali ularning talabini qondirish maqsadida o‗tkaziladigan chora-tadbirlar majmuidir". Amerika Marketing Assotsiatsiyasining 1985-yilda marketingga bergan ta‘rifi esa quyidagicha: "Marketingning mohiyati insonlar va tashkilotlar talabini qondirish maqsadida tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va uni amalga oshirish, narx belgilash, tovarlar harakati va sotilishini uyushtirishdir". Bank rahbariyatining bosh maqsadi ko‗proq mijozlar jalb qilish orqali o‗zining xizmat turlarini kengaytirish, bozorni egallash hamda olayotgan foydani 109 ko‗paytirishdir. Ushbu maqsadlarga erishish uchun bank marketingini usullaridan foydalaniladi. Oxirgi yillarda marketing faoliyatining maqsadi va mazmuni moliyaviy bozordagi kuchli raqobat ta‘sirida banklar va mijozlar o‗rtasidagi munosabatlar o‗zgarayotgan sharoitda aniq tarzda o‗zgardi. Avvaliga, banklar marketingini bank xizmatlariga bo‗lgan talabni o‗rganish, mijozlarni jalb qilish va rag‗batlantirish maksadida o‗rganishgan xolos. Banklarda marketing konsepsiyasi o‗tgan asrning 80-yillaridagina tashkil topib, u tijorat banklarini boshqarish uchun asosiy mezon sifatida yuzaga keldi. Marketing strategiyasi, birinchi navbatda bankning o‗z maxsulotiga emas, balki mijozlarning aniq ehtiyojlariga qaratilishi zarurligini taqozo qiladi. Shuning uchun marketing bank xizmatlarini, mijozlarning manfaatlarini moliya bozorida to‗liq o‗rganish va ehtiyojlarining o‗zgarish tahlilini olib borishni nazarda tutadi. Bank marketingi rivojlanib borishi bilan ko‗plab iqtisodchilar tomonidan ushbu mavzuda kitoblar va maqolalar chop etila boshlandi. Bank marketingining mohiyati, uning rivojlanish bosqichlari, asosiy vazifalari va uning boshqa nazariy tushunchalari ko‗plab kitoblarda keltirilib o‗tilgan. Jumladan bozor iqtisodiyotiga o‗tish davrida banklarda marketing tamoyillaridan foydalanish borasida Rossiya iqtisodchilari tomonidan bir qator kitoblar nashr etilgan. Quyida bank marketingi to‗g‗risida fikr yuritgan mualliflar va ularning asarlari to‗g‗risida ma‘lumotlar berib o‗tamiz. Ma‘lumki, marketing so‗zi inglizcha ―market‖ so‗zidan olingan va o‗zbek tilida bozor ma‘nosini anglatadi. Demak, bank marketingi – bu banklarning o‗z xizmatlari va mahsulotlarini realizatsiya qilish, xizmatlar va mahsulotlar bozoridagi strategiya va siyosatini amalga oshirish borasidagi faoliyatidir. Tijorat banklarida marketing faoliyatini alohida tashkil qilinadigan bo‗limlar shug‗ullanadi. E.A.Utkin tomonidan yozilgan ―Bankovskiy marketing‖ kitobida keltirilgan ma‘lumotlar, ya‘ni bank marketingiga berilgan ta‘riflar, uning tamoyil va maqsadlarini boshqa mualliflar tomonidan yozilgan kitoblarda ham ko‗rish mumkin. Ushbu kitobda bank marketingining nazariy asoslari yaxshi yoritilib berilgan. Bozor iktisodiyotiga o‗tish davrida banklarda marketingdan foydalanish, unga ta‘sir etuvchi tashqi va ichki omillar, ularning tahlillari va shu tahlillarga ko‗ra bankning bir qator qarorlar qabul qilish, bank faoliyatini rejalashtirish jarayoni, strategik va marketing rejalalari haqida ham tushunchalar berilgan. I.T.Balabanovning ―Banki i bankovskoe delo‖ nomli kitobida bank marketingiga qisqacha to‗xtab o‗tilgan bo‗lib, unda bank marketingining nazariy tushunchalariga katta e‘tibor berilgan. Bundan tashqari marketing tadqiqotlari o‗z ichiga oluvchi faoliyatlar haqida ham tushunchalar berilgan. V.E.Cherkasov va L.A.Plotisinalar muallifligi ostida nashr etilgan ―Bankovskie operasii: marketing, analiz, rascheti‖ kitobida bank xizmatlari bozori va uning tahlili to‗g‗risida tushunchalar berilgan. Xizmatlar bozorida aniq banklarga tegishli ulushlarni aniqlash va ularni tahlil etish yo‗nalishlari ko‗rsatilgan. O.I.Lavrushin muallifligi ostida nashr etilgan ―Upravlenie deyatelnostyu kommercheskogo banka‖ kitobida bank marketingi to‗g‗risida fikrlar yuritilgan. Lekin uning asosiy yunalishi faqatgina bankning ichki omillari bo‗lib qolgan. Ya‘ni 110 bank xizmatlari, bank tashkiliy tuzilmasi yoki xodimlar strategiyasi kabilar. Bank marketingi esa juda ko‗p faoliyatlarni o‗z ichiga oladi. Shu tarzda mijozlarning ehtiyojlari ma‘lum bir mahsulotga bo‗lgan talabni qondirishga va sotib olishga bo‗lgan xohishiga qarab o‗lchanadi. Shunday qilib, bank marketingini yuqori daromadli bank xizmatlari bozorini izlash va foydalanish, mijozlarning aniq ehtiyojlarini hisobga olib amalga oshirish uchun mo‗ljallangan faoliyat deb, ta‘kidlashimiz mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling