Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


-bob. TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA MARKETING


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   131
8-bob. TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA MARKETING 
 
8.1. Bank marketingining mohiyati va uning o‗ziga xos xususiyatlari 
8.2.
Marketingning maqsad va vazifalari 
8.3.
Bank marketingining konsepsiyalari 
8.4.Bank marketingining tarkibiy qismlari. 
8.5.Marketing tizimida nazorat va bank faoliyatini rivojlantirishdagi o‗rni. 
8.6.Tijorat bankida ichki nazorat xizmati 
8.1. Bank marketingining mohiyati va uning o„ziga xos xususiyatlari 
Marketing - bu bozorda samarali faoliyat ko‗rsatishning mujassamlashishidir. 
Bu atama dastlab 1902-yilda AQShda paydo bo‗lgan, 20 yildan keyin esa bu 
atamadan jahonning ko‗pgina mamlakatlari foydalana boshladilar. Marketing 
("marketing") - "bozor bilan bog‗liq faoliyat" ma‘nosini anglatadi. Lekin bu 
tushunchaning ma‘nosi juda kengdir.
Marketing - ayirboshlash yo‗li bilan ehtiyoj va talablarni qondirishga 
yo‗naltirilgan inson faoliyatining turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o‗zaro 
manfaatlariga asoslangan harakatlarini, talabni shakllantirish va qondirish uchun 
birlashtirishdir.
Dunyo amaliyotida marketing birdaniga paydo bo‗lgan emas. Bu - ishlab 
chiqarish va sotishning maqsadi, vazifalari va rivojlanish uslublariga menedjerlarning 
ko‗p yillik evolyutsion qarashlari natijasidir. 
Marketing - murakkab, dinamik, ko‗p qirrali tushunchadir, bu esa marketingga 
tamoman universal tavsif berish mumkin emasligidan dalolatdir. 
Taniqli Amerika olimi - marketolog F.Kotler marketingning ta‘rifini 
quyidagicha ifodalaydi: "Marketing - tovarlarni yaratish, taklif etish va ayirboshlash 
asosida ayrim olingan kishi va guruhlarning talab va ehtiyojlarini qondirishga 
qaratilgan iqtisodiy va boshqaruv jarayonidir". 
Boshqaruv muammolari bo‗yicha yetakchi nazariyotchi olimlardan biri Peter 
Drukkerning ta‘rifi esa quyidagicha: "Marketingning maqsadi sotishga qaratilgan 
harakatlarni yo‗q qilishdan iboratdir. Uning maqsadi xaridorlarni shunday o‗rganish 
va tushunishdan iboratki, tovar va xizmatlar uning talabiga aynan mos tushib, 
pirovardida o‗zini-o‗zi sotadi". 
Fransuz marketing maktabida qo‗llaniladigan ta‘rif ham Peter Drukker ta‘rifiga 
juda yaqin turadi. Unga ko‗ra: "Marketing -bu sotishni ta‘minlash va sotuvga tovarlar 
va xizmatlarni iste‘molchilarning talabiga mos holda chiqarish orqali ularning 
talabini qondirish maqsadida o‗tkaziladigan chora-tadbirlar majmuidir".
Amerika Marketing Assotsiatsiyasining 1985-yilda marketingga bergan
ta‘rifi esa quyidagicha: "Marketingning mohiyati insonlar va tashkilotlar talabini 
qondirish maqsadida tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va uni 
amalga oshirish, narx belgilash, tovarlar harakati va sotilishini uyushtirishdir". 
Bank rahbariyatining bosh maqsadi ko‗proq mijozlar jalb qilish orqali o‗zining 
xizmat turlarini kengaytirish, bozorni egallash hamda olayotgan foydani 


109 
ko‗paytirishdir. Ushbu maqsadlarga erishish uchun bank marketingini usullaridan 
foydalaniladi. Oxirgi yillarda marketing faoliyatining maqsadi va mazmuni 
moliyaviy bozordagi kuchli raqobat ta‘sirida banklar va mijozlar o‗rtasidagi 
munosabatlar o‗zgarayotgan sharoitda aniq tarzda o‗zgardi. 
Avvaliga, banklar marketingini bank xizmatlariga bo‗lgan talabni o‗rganish, 
mijozlarni jalb qilish va rag‗batlantirish maksadida o‗rganishgan xolos. Banklarda 
marketing konsepsiyasi o‗tgan asrning 80-yillaridagina tashkil topib, u tijorat 
banklarini boshqarish uchun asosiy mezon sifatida yuzaga keldi. Marketing 
strategiyasi, birinchi navbatda bankning o‗z maxsulotiga emas, balki mijozlarning 
aniq ehtiyojlariga qaratilishi zarurligini taqozo qiladi. Shuning uchun marketing bank 
xizmatlarini, mijozlarning manfaatlarini moliya bozorida to‗liq o‗rganish va 
ehtiyojlarining o‗zgarish tahlilini olib borishni nazarda tutadi.
Bank marketingi rivojlanib borishi bilan ko‗plab iqtisodchilar tomonidan ushbu 
mavzuda kitoblar va maqolalar chop etila boshlandi. Bank marketingining mohiyati, 
uning rivojlanish bosqichlari, asosiy vazifalari va uning boshqa nazariy tushunchalari 
ko‗plab kitoblarda keltirilib o‗tilgan. 
Jumladan 
bozor 
iqtisodiyotiga 
o‗tish davrida banklarda marketing 
tamoyillaridan foydalanish borasida Rossiya iqtisodchilari tomonidan bir qator 
kitoblar nashr etilgan. Quyida bank marketingi to‗g‗risida fikr yuritgan mualliflar va 
ularning asarlari to‗g‗risida ma‘lumotlar berib o‗tamiz. 
Ma‘lumki, marketing so‗zi inglizcha ―market‖ so‗zidan olingan va o‗zbek tilida 
bozor ma‘nosini anglatadi. Demak, bank marketingi – bu banklarning o‗z xizmatlari 
va mahsulotlarini realizatsiya qilish, xizmatlar va mahsulotlar bozoridagi strategiya 
va siyosatini amalga oshirish borasidagi faoliyatidir. Tijorat banklarida marketing 
faoliyatini alohida tashkil qilinadigan bo‗limlar shug‗ullanadi.
E.A.Utkin tomonidan yozilgan ―Bankovskiy marketing‖ kitobida keltirilgan 
ma‘lumotlar, ya‘ni bank marketingiga berilgan ta‘riflar, uning tamoyil va 
maqsadlarini boshqa mualliflar tomonidan yozilgan kitoblarda ham ko‗rish mumkin. 
Ushbu kitobda bank marketingining nazariy asoslari yaxshi yoritilib berilgan. Bozor 
iktisodiyotiga o‗tish davrida banklarda marketingdan foydalanish, unga ta‘sir etuvchi 
tashqi va ichki omillar, ularning tahlillari va shu tahlillarga ko‗ra bankning bir qator 
qarorlar qabul qilish, bank faoliyatini rejalashtirish jarayoni, strategik va marketing 
rejalalari haqida ham tushunchalar berilgan. 
I.T.Balabanovning ―Banki i bankovskoe delo‖ nomli kitobida bank marketingiga 
qisqacha to‗xtab o‗tilgan bo‗lib, unda bank marketingining nazariy tushunchalariga 
katta e‘tibor berilgan. Bundan tashqari marketing tadqiqotlari o‗z ichiga oluvchi 
faoliyatlar haqida ham tushunchalar berilgan.
V.E.Cherkasov va L.A.Plotisinalar muallifligi ostida nashr etilgan ―Bankovskie 
operasii: marketing, analiz, rascheti‖ kitobida bank xizmatlari bozori va uning tahlili 
to‗g‗risida tushunchalar berilgan. Xizmatlar bozorida aniq banklarga tegishli 
ulushlarni aniqlash va ularni tahlil etish yo‗nalishlari ko‗rsatilgan.
O.I.Lavrushin muallifligi ostida nashr etilgan ―Upravlenie deyatelnostyu 
kommercheskogo banka‖ kitobida bank marketingi to‗g‗risida fikrlar yuritilgan. 
Lekin uning asosiy yunalishi faqatgina bankning ichki omillari bo‗lib qolgan. Ya‘ni 


110 
bank xizmatlari, bank tashkiliy tuzilmasi yoki xodimlar strategiyasi kabilar. Bank 
marketingi esa juda ko‗p faoliyatlarni o‗z ichiga oladi. 
Shu tarzda mijozlarning ehtiyojlari ma‘lum bir mahsulotga bo‗lgan talabni 
qondirishga va sotib olishga bo‗lgan xohishiga qarab o‗lchanadi. Shunday qilib, bank 
marketingini yuqori daromadli bank xizmatlari bozorini izlash va foydalanish,
mijozlarning aniq ehtiyojlarini hisobga olib amalga oshirish uchun mo‗ljallangan 
faoliyat deb, ta‘kidlashimiz mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling