Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
Marketingning maqsad va vazifalari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
8.2. Marketingning maqsad va vazifalari
Bank marketingining ajralmas qismi bu uning maqsadi bilan ifodalanadi. Bank marketingining maqsadi uyidagi jadvalda keltirilgan: `11-jadval Bank marketingi maqsadlari Bank marketingi maqsadi Maqsadning mazmuni Foydani oshirish 1. Bank faoliyatini kengaytirish 2. Mijoz bazasini oshirish 3. Xizmatlar bozoridagi ulushini orttirish 4. Xizmatlar turlarini ko‗paytirish 5. Bir-biriga aloqador xizmatlarni joriy qilish Raqobatbardoshlikni oshirish 1. Barcha bank xizmatlarini ko‗rsatuvchi ―bank supermarket‖ larini tashkil etish. 2. Yangi xizmatlarni taklif etish. 3. Bank xizmatlari bozoridagi o‗rnini mustahkamlash 4. Bank mahsulotlari va xizmatlarini sotishni rag‗batlantirish Kapital bozoridagi o‗zgarishlarga moslashuv 1. Kapital bozorini o‗rganish, depozit va omonatlarni jalb qilishni kengaytirish 2. Raqobatchilarni o‗rganish 3. Iste‘molchilarni o‗rganish va baholash. 4. Bank mijozlari toifalari bo‗yicha xizmatlarni guruhlash Marketingning asosiy maqsadi - bankdan to mijozgacha bo‗lgan har bir jarayonda bank xizmatlari ko‗rsatishda mukammal tezlikni ta‘minlashdan iborat. Pul mablag‗larining aylanish darajasi va sotilishi o‗ta foydali bo‗lishi, moliyaviy mablag‗larni saqlashda kam xarajat talab qilinishi, mijozlar talabining o‗z vaqtida qondirilishi va to‗liq amalga oshirishga qodirlik shunday tezlikka erishishga imkon beradi. Tijorat banklarida marketingning bosh maqsadi mijozlarni doimiy jalb qilish hisoblanadi. Chunki, bankning mijozlari qancha ko‗p bo‗lsa, uning daromad olishi, barqaror faoliyat yuritishi mumkin. Bank marketingi aniq turdagi bank operatsiyalarining ta‘sirini oshirishga yo‗naltirilgan professional faoliyatdir. Bugungi kunda u to‗liq talab qilib olinmagan va banklar tomonidan yetarlicha o‗zlashtirilmagan soha xisoblanadi. 111 Marketing tizimini yaratish masalasi, doimiy izlanishni va yuqori malakali ish yuritishni hamda moliya soxasi marketingini taxlil qilishni taqozo etadi. Bank xizmatlari bozorida kredit muassasalari oldidagi maqsadni aniq ifodalashga qodirlik va unga erishish usullaridan foydalanish banklar uchun o‗ta muhim vazifadir. Tovarlar va xizmatlarni sotish - bozor sharoitida ishlayotgan xar qanday korxona faoliyatining muhim pog‗onasidir. Bank faoliyati tadbirkorlik sohasining bir turi bo‗lganligi sababli u ham bundan mustasno emas. Banklarda marketingni tashkil etish aniq tamoyillarga asoslanishi lozim. Biz quyida bank marketingining tamoyillarini keltirib o‗tamiz. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling