117
ko‗rsatish sifatini yaxshilashdir. Bu marketingning komleks rivojlanishini taqozo
qiladi.
Bankning maqsadi birinchidan, mijozlarni pul mablag‗larni joylashtiruvchi
omonatchilar sifatida jalb qilish,
ikkinchidan, bankning kredit mablag‗larini yuqori
foyda bilan keltiradigan va o‗z muddatlarida kaytarishga qodir korxonalarga berish.
Oxir-oqibat bank marketingi bitta maqsadga: daromadlardan maqsadga muvofiq
va xo‗jaliklarda vaqtincha bo‗shab qolayotgan pul mablag‗laridan foydalanish uchun
qaratilgan.
Marketing jarayoni mijozlarni o‗rganishdan va ularning ehtiyojlarini
aniqlashdan
boshlanadi, xizmatlardan foydalanilgan va ulardan anik ehtiyojlari
qondirilgandan so‗ng tugaydi. Yangi turdagi bank xizmatlarini joriy qilish jarayoni
ushbu xizmatlarni
taklif qilish usulidan, bank xizmatchilari va ularning joylarini
tayyorlashdan boshlanadi. Masalan, mijoz bankka kirib kelishida o‗zining harakatini
asosan chapdan o‗ngga qarab yurishdan boshlaydi. Demak, yangi xizmat turlarini
taklif qilishda ularni
chap tomonga joylashtirilsa, unda mijoz ularga ko‗proq
e‘tiborini jalb qiladi va bu xizmatlardan foydalanish ehtimoli oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: