Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
-жадвал Zamonaviy marketing konsepsiyasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
11-жадвал
Zamonaviy marketing konsepsiyasi. Boshlang„ich nuqtasi Vositalar Bozordagi faoliyatning maqsadlari Xaridorlarning, maqsadli guruhlarning ehtiyojlari, afzal ko‗rgan narsalari Marketing sohasidagi tadqiqotlar (marketing-miks) Xaridorlar ehtiyojlarini bar- qaror qondirish evaziga foyda olish Qo‗yilgan maqsadlarga erishishda firma dastlab o‗zining resurs potensialining bozor imkoniyatlaridan kelib chiqishi kerak, ya‘ni ishlab chiqarish, texnologiyalar darajasi, moliya, sotish kabi hal qiluvchi sohalarda o‗zining kuchli va kuchsiz tomonlarini hisobga olishi lozim. Oxirgi paytlarda marketing yordamida yechiladigan masalalarning murakkablashuvi sharoitida uning baynalminallashuvi bilan bog‗liq bo‗lgan global marketing haqida tobora ko‗proq gapira boshladilar. Bu jarayon, ayniqsa, transmilliy kompaniyalar uchun xosdir. Ular tomondan bozor alohida segmentlar kabi emas, ko‗proq ehtiyojlarning gomogenizatsiyasi jarayoni va iste‘molchilarning mashhur va tanilgan tovar markalarini olishga juda ishtiyoqmandligiga ko‗ra yagona bozor sifatida qaraladi. Shuni ta‘kidlash joizki, global marketing asosida innovatsion tovarni ehtiyojlarni qondirishning standartlashgan va iste‘molchilarning keng segmentlari uchun qulay va arzon bo‗lgan usuliga aylantirish g‗oyasi yotadi. 115 Bozorning globallashuvi mamlakatlar va ayrim hududlarning o‗z chegaralaridan tashqarida faoliyat ko‗rsatishga intilishiga aytiladi. Bu haqda savdoning liberallashuvi, investitsion to‗siqlarning olib tashlanishi, erkin tadbirkorlikning paydo bo‗lishi va boshqalar dalolat beradi. Yirik korxonalar doirasida esa globallashuv ichki bozor chegaralaridan chiqish va jahon bozorini o‗zlashtirishga umumiy yondashuvning shakllanishini bildiradi. Bularning hammasi shunday xulosaga olib keladiki, zamonaviy marketing yo‗nalishlari va tendentsiyalari korxona darajasida muvaffaqiyatli amalga oshirish uni boshqarish konsepsiyasi sifatida qabul qilish, funksiyalararo koordinatsiyaning rivojlanishi va qarorlarni qabul qilish, korporativ madaniyatni takomillashtirish bo‗yicha funksiyalararo guruhlarning yaratilishini talab etadi. Ishonchimiz komilki, marketing kelajagi aynan ana shu konsepsiya bilan bog‗liq. Ba‘zi bozorlarda esa u allaqachon ustunlik qilmoqda. Dorilar, o‗yinchoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari, sport jihozlari, kompyuterlar va boshqalarni ishlab chiqarishni misol sifatida keltirishimiz mumkin. Bundan buyon iste‘molchilar bozorda uyushgan kuch tarzida namoyon bo‗ladilar. Bu esa tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatida ancha qiyinchiliklarga olib keladi. Konsyumerizm, qisqacha qilib aytganda, iste‘molchilarning o‗z huquqlarini himoya qilishi yo‗lidagi harakati deb tushuntiriladi. Bunda iste‘molchilarning harakati iqtisodiy evolyutsiyaning mahsuli sifatida, ishlab chiqaruvchilar iqtisodiyotidan iste‘molchilar iqtisodiyotiga, sotuvchilar bozoridan xaridorlar bozoriga o‗tish sifatida qaraladi. Konsyumerizm marketing konsepsiyasiga ishonchsizlik bildirmaydi, balki uning amaliyotda real tatbiq etilishini talab qiladi. Tabiiy resurslarning cheklanganligani anglab olish va iste‘mol va marketingning atrof-muhitga ta‘siridan tashvishlanishni ifodalovchi environmentalistik harakat rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga ekologik muammolarga e‘tibor kuchaymoqda. Ekologiya firma tashqi muhitining omili sifatida qaralmoqda. "Yashil marketing" harakati rivojlanmoqda, bu esa ekologik jihatdan toza bo‗lgan mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirishga ko‗maklashadi. Bank faoliyatidagi asosiy marketing konsepsiyalari quyidagi yo‗nalishlardan iborat: 1. Ishlab chiqarish yoki bank texnologiyasini takomillashtirish konsepsiyasi. Unga asosan mijozlar narxi yuqori bo‗lmagan, mavjud xizmat turlariga qarab banklarga mijoz bo‗ladilar. 2. Mahsulot yoki bank xizmatlarini takomillashtirish konsepsiyasi. qonsepsiyaning asosiy tamoyili, shundan iboratki, unda bank xizmatlarini mijozlar tomonidan sotib olishga jalb etadi, chunki bu xizmatlar o‗z xarakteriga va sifatiga ko‗ra raqobatchilar taklif etayotgan xizmatlardan yuqoriligi bilan farq qilishi hisobiga, iste‘molchilarga katta foyda keltiradi. 3. Savdo yoki tijorat harakatlarini kuchaytirish konsepsiyasi. U mijozlarni jalb etish va xizmatlarni sotish hajmining o‗sishini ta‘minlash uchun marketing tekshirishlarga asosan bank xizmatlari reklamasiga va ilg‗or axborotlarga asoslanadi, 4. An‘anaviy konsepsiyaga asosan bank xizmatlaridan foydalanish hajmining o‗sishini ta‘minlash uchun, alohida ijtimoiy guruhlar va aholining aniq talabini va 116 ehtiyojini tahlil qilib amalga oshirish mumkin. Boshqacha qilib aytganda marketing, u yoki bu bank xizmatlariga bo‗lgan talab va takliflarni tahlil qilishdan boshlanishi kerak va shundan so‗nggina uni o‗tkazish uchun takliflar va dasturlar ishlab chiqiladi. 5. Ijtimoiy konsepsiyada maqsadli falsafa, mafkura, bank strategiyasi va siyosati umuminsoniy fazilatlarga qaratiladi. Ayrim hollarda bu konsepsiyani ―insonga qaratilgan‖ yoki ―aql-idrokni iste‘mol konsepsiyasi‖ deb ham atashadi. Bu konsepsiya asosan banklar uchun kelajakda umumjamiyat manfaatlariga xizmat qilishga yordam beradi. Keyingi bosqich bu belgilangan xizmatlarning marketing rejasini tayyorlashdan iborat. Rejaga barcha kerak bo‗lgan ma‘lumotlar kiritiladi, ya‘ni xizmatning tarixi va o‗ziga xos xususiyatlari, bozorning ahvoli, raqobatchilari, marketing sohasida bankning maqsadlari va xizmatlarning sotilishi hamda vositalari yordamida ushbu strategik vazifalar bajariladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling